· Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona...
Click here to load reader
Transcript of · Web viewSamarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli 39-umumiy o’rta ta’lim maktab ona...
Samarqand shaharXTMFMTTEBga qarashli
39-umumiy o’rta ta’lim maktabona tili va adabiyot fani
o’qituvchisi Rasulova Nigoraning2015-2016-o’quv yili uchunmo’ljallab tuzgan “Yosh
adabiyotshunoslar”to’garagi
ISH REJASI
Samarqand 2016
T/r O’tiladigan mavzular Soati Sana Izoh
1 Adabiyot-so’z san’ati 22 Adabiyotshunoslik fani bo’limlari 23 Xalq og’zaki ijodi va janrlari 24 Xalq dostonlari va ularning turlari 25 Xalq ertaklari 26 Ertaklar-yaxshilikka yetaklar 27 Masallar haqida 28 Topishmoqlar 29 Kim ko’p maqol biladi? 210 Adabiy turlar 211 Lirik tur va janrlari haqida 212 Ruboiy va tuyuq 213 G’azal turlari 214 Musammatlar 215 Qofiya va radif 216 Zamonaviy she’riy janrlar 217 Ifodali o’qish mashqi(yod olgan she’rlari
asosida)2
18 She’riy vaznlar.Aruz vazni. 219 Barmoq vazni.Turoq haqida 220 She’r tahlili 221 Erkin vazn 222 Badiiy san’atlar haqida 223 Tazod,tajnis,tanosib,talmeh,tashbeh 224 Epik tur va janrlar 225 Hikoya , qissa, roman 226 Badiiy asar tuzilishi 227 “O’g’ri”hikoyasini rolli o’qish 228 Dramatik tur 229 Drama,trogediya, komediya 230 Dramatik asarlarda remarka tushunchasi 231 Inermediya sahnalashtirish 232 Badiiy ijod usullari 233 Hadis ilmi haqida 234 Kim ko’p hadis biladi? 2
JAMI: 68 soat
Samarqand shahar 39-umumta’lim maktab
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisiRasulova Nigoraning
„ TOPISHMOQLAR“ mavzusidagi dars ishlanmasi
Samarqand - 2016
Darsning borishi.
I .Tashkiliy qism.
O`qituvchi sinfga kirib, o`quvchilar bilan salomlashib,
navbatchi orqali davomatni aniqlaydi. Sinf xonaning tozaligiga
etibor beradi. O`quvchilarning darsga tayyorgarligiga, jumladan,
kitob, daftar ruchkalarining borligiga e’tibor qaratadi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
O`tilgan mavzular bo`yicha o`quvchilar o`zaro bir – birlariga savol
beradilar. To`g`ri, noto`g`ri javob uchun bir – birlariga “rag`bat”,
“jarima” kartochkalari beriladi.
O`qituvchi: Rahmat, demak o’tilgan mavzuni yaxshi
tushunibsizlar. Keling, hozir bir “Xotira o’yini”ni tashkil etaylik. Sizlar
2-guruhga bo’linasizlar. Men kartochkaga yozilgan maqollarni guruh
sardoriga ko’rsataman. U eslab qoladi. So’ng eslaganini daftariga yozadi
va yonidagi sherigiga ko’rsatib, daftarini yopadi. Sherigi ham eslaganini
daftari ga yozadi va 3-bolaga ko’rsatib, daftarini yopadi. Shu tariqa
butun guruh a’zolari ko’rgan maqollarni yodaki daftarlariga yozadilar.
Nihoyada ikkala guruh natijalari asl maqol bilan tekshiriladi. Shart
tushunarlimi? Unda boshladik.
Ikkala guruh sardoriga maqollar ko’rsatiladi.
Maqollar:Bilim baxt keltirar. Ilmsiz- bir yashar,Ilmli ming
yashar. Qunt bilan o’rgan hunar,Hunardan rizqing unar.Birlashgan
o’zar, Birlashmagan to’zar.Kishi yurtida shoh bo’lguncha, O’z
yurtingda gado bo’l.Aql-yoshdan,odob- boshdan.
JarimaRag’bat
Shartlarga to’liq javob bergan o’quvchilarga, ya’ni guruhlarga
rag’bat kartochkalari beriladi.
III. Yangi mavzuni tushuntirish
O`qituvchi: Bugungi yangi mavzumiz bevosita o’tgan o’quv yilidagi
mavzu bilan bog’liq. Doskaga yangi mavzu yoziladi “Manaviyat
xazinasi topishmoqlar”.
So’ng nazariy ma’lumot beriladi.
O`qituvchi: Barcha xalqlar og’zaki ijodining eng sevimli,qiziqarli
va o’ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi.Topishmoqlarni ba’zan
topmacha jumboq matal deb atashgan.Mumtoz adabiyotda ular
chiston ham deyiladi.Topishmoqlar hammabop ommaviy
janrdir.Ularda xalq hayotining barcha qirralari- turmush
madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari inson va uni o’rab
olgan olam o’xshatishlar,taqqoslashlar,savollar vositasida
ifodalanadi.Topishmoqda yashirin ma’no ko’pincha majoziy
shaklda keltiriladi,aniqrog’i, narsa nomi biron-bir qush,
hayvon,buyum o’simlikka qiyoslangan holda
beriladi.Topishmoqlar nasriy va she’riy shaklda ixcham,sodda va
ravon qofiyali uslubda to’qiladi.Topishmoqlar tuzilishiga ko’ra bir
yoki bir necha predmetli bo’lishi mumkin.Topishmoq shunday
ajoyib janrdirki,unda g’ayritabiiy tuyulgan narsa aslida siz bilan
biz kundalik hayotda ko’rib-bilib turgan narsa bo’lib chiqadi. ,,Teg
desa tegmaydi, tegma desa tegadi.’’ [Lab],,Chin qushim,chinni
qushim,Chin tepaga qo’ndi qushim,Tumshug’ini yerga
berib,Xalqqa salom berdi qushim’’. [Choynak].
Topishmoqlar xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari,
jumladan,doston va ertaklar ichida ham uchraydi.Ular doston va
ertaklar mazmunini boyitib,ularning qiziqarliligini,o’qishliligini
ta’minlaydi.Topishmoqlar mavzu jihatdan rang-barang bo’lib,ular
olam va odam bilan bog’liq barcha narsa va hodisalarni qamrab
oladi.Masalan,tabiat hodisalari,yil fasli va mavsumlar,hayvonot
dunyosi,odam,uning a’zolari va xislatlari,mehnat va o’quv
qurollari,cholg’u asboblari,turar joy,uy-xo’jalik asboblari,qurol-
yarog’lar haqida bo’lishi mumkun.Bundan tashqari topishmoqlar
o’zining yaratilish davriga ko’ra an’anaviy topishmoqlar va yangi
zamonaviy topishmoqlar sifatida bir-birlaridan
farqlanadi.An’anaviy topishmoqlar zamirida xalqimizning tarixi,
qadriyatlari aks etgan bo’lsa, zamonaviy topishmoqlarda kundalik
turmushimizdagi o’zgarishlar,fan va texnika yutuqlari o’z ifodasini
topgan.Chiston asli forscha so’z bo’lib,topishmoq,jumboq
ma’nosini anglatadi.Chiston mumtoz adabiyotning kichik lirik
janri hisoblanib,savol-
javob shaklida paydo bo’lgan.Chiston ko’proq ma’rifiy,ijtimoiy-
siyosiy mazmunga ega bo’ladi.Adabiyotimiz tarixida ushbu
janrning go’zal namunalarini Alisher Navoiy,Uvaysiy kabi
shoirlarimiz ijodida uchratishimiz mumkun.,,Boshi taroq dumi
o’roq ’’[xo’roz]
Topishmoq
topmacha jumboq chiston
Adabiyotning aynan ma’naviyat xazinasi ekanligining yana bir
sababi shundaki,uning bag’rida hozirga qadar insoniyat ardoqlab
kelayotgan eng tansiq hislar-
insonparvarlik,adolat,shafqat,go’zallikka tashnalik singari o’lmas
insoniy tuyg’ular jamuljamdir.Adabiyotga oshno tutingan odam
qalbiga bu hislar ko’chib o’tishi,uni hazrati insonga
aylantirishi,hayotiga nur olib kirib,turmushini turfa mazmun bilan
boyitishi aniqdir. Yurtboshimiz ,,Yuksak ma’naviyat-yengilmas
kuch’’ asaridaxalqimizdan yetishib chiqqan,uning dunyoga
ma’rifatli millat sifatida tanilishiga ulkan hissa qo’shgan buyuk
ijodkorlar xizmatiga yuksak baho berar ekan,jumladan,mutafakkir
bobomiz Alisher Navoiyni quydagicha ta’riflaydi;,,Agar bu ulug’
zotni avliyo desak,u avliyolarning avliyosi,mutafakkir
desak,mutadakkirlarning mutafakkiri,shoir desak,shoirlarning
sultonidir’’.Ko’ryapsizki,xalqqa xizmat qilmoq uchun,uning yodida
abadit qolmoq uchun so’zga,adabiyotga,ma’rifat va ma’naviyatga
sidqidildan xizmat qilishning xosiyati beqiyosdir.
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzu bo’yicha “Charxpalak” metodi
asosida guruhlar bir-birlariga topishmoq yozadilar. Avvalo, betartib
jumoq
Top-topushuk
so’zlar beriladi guruhlarga. So’ng biri ikkita so’zni, 2-si uchta so’zni
topishi kerak, 3-si topishmoq matnida qatnashadigan to’g’ri topilgan
so’zlarni to’g’ri joylashtirish kerak . Masalan:
at
1- guruh:
2-
3-
4- Bir parcha.
5- guruh: Patir olamga tatir.
6- guruh: Bir parcha patir olamga tatir.[Oy]
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.Aqliy hujum metodi bilan quyidagi savollarga javoblar aniqlanadi:
1. Topishmoqlarni yana qanday nomlar bilan atashadi?2. Topishmoqda yashiringan ma’no qanday shaklda ifodalanadi?3. Topishmoqlarni aytish va uni yechish jarayoni qanday kechadi?4.Topishmoq deganda nimani tushinish mumkun?5. Nasriy va she’riy topishmoqlarga misol keltiring?
patir parcha tatir
olamgabir
6. Mumtoz adabiyotimizdagi chiston nima?Bir ajoyib ishxona,ichi doim qishxona
Qizdirsang ishlar,kiyim tekislar
3-topshiriq: “Venn diagrammasi" asosida maqol va topishmoqlarning
bir-birlari bilan o’xshash va farqli jihatlarini
misollar asosida tahlil qilish.
1-guruh
2-Guruh
Mazkur shart bo’yicha o’quvchilar bilimi rag’batlantiruvchi
kartochkalar yordamida baholanadi.
V. O’quvchilar bilimini baholash. Uyga vazifa berish.
O’quvchilar bilimi rag’batlantiruvchi kartochkalar asosida baholanadi
va izohlanadi.
VI. UYGA VAZIFA:
O’zbek xalq topishmoqlaridan topib yod olib, daftarga yozib kelish.
Samarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli39-umumta’lim maktab ona tili va adabiyot fani
Topishmoq Maqol
Topishmoq Chiston
o’qituvchisi Rasulova Nigoraning “Adabiyot – so’z san’ati”mavzusida tayyorlagan
SAMARQAND-2016
Mavzu:Adabiyot - so’z san’atiDarsning ta’limiy maqsadi:
O’quvchilarga badiiy adabiyot so’z - san’ati ekanligini o’rgatish. Mavzuni umumlashtirib mustahkamlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:a) O’quvchilarni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash;b) O’quvchilarda ona tabiatga muhabbat tuyg’usini shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:a) O’quvchilar dunyoqarashini o’stirish;b) O’quvchilarning nutqini, muomala madaniyatini rivojlantirish;d) O’quvchilarga badiiy so’z qudrati haqida tushuncha berish va shakllantirish.
Darsning turi:Yangi mavzuni o’rgatish.
Darsning uslubi:Aqliy hujum, og’zaki bayon, ifodali o’qish, sayohat darsi.
Darsning jihozi:Darslik, tarqatma didaktik materiallar, haykalchalar, rasmlar, badiiy adabiyotlardan namunalar, qo’shiq yozilgan tasmachalar.
Darsning shiori:Adabiyot masalasi – bu ma’naviyat masalasidir.
I. Karimov.
Insonni so’z ayladi judo hayvondinBilki guhari sharifroq yo’q ondin.
(A.Navoiy)
Tashkiliy qism:O’quvchilar davomati aniqlanadi. O’quvchilar va sinf xonasining darsga tayyorligi ko’zdan kechiriladi. Shu vaqtda texnik vositalaridan foydalanib o’quvchilarga biror qo’shiq yoki she’r eshittiriladi.
O’qituvchi:Bor ekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan. Qadim o’tgan zamonda, arshi a’lo tomonda “Babadiiy so’z san’ati” mamlakati bor ekan. Bu mamlakatga Adabiyot podshosi hukumronlik qilar ekan. Podsho ismining ma’nosi “Odoblar xazinasi” ekan. Xo’sh, bolajonlar adabiyot so’ziing ma’nosi nima ekan.
O’quvchilar:Odoblar xazinasi.
O’qituvchi:Bu mamlakat podshosining quroli so’z ekan. Uning bir qancha Shoir, yozuv-chi, Dramaturg ismli vazirlari bor ekan. Ularning ham quroli badiiy so’z ekan. Vazirlar so’z orqali ko’plab asarlar yaratar ekan. Bu asarlarda so’zlar kulguli sarguzasht, jaxldor, samimiy, xushchaqchaq ba’zan esa o’ta badjahl bo’lib tilga kirar ekan. Shuning uchun bu mamlakatda ertaklar, qo’shiqlar, she’rlar, hikoyalar, qissalar, dramalar, romanlar, topishmoqlar va maqollar juda ko’p ekan. Badiiy so’z san’ati mamlakatiga borgan kishilar bu kitoblar-dan bahramand bo’lib u yerdan ketgisi kelmas ekan. Bugun biz shu mamla-katga sayohatga chiqamiz. Manzilga yetgunimizcha juda uzoq yo’lni bosib o’tamiz. Yo’lda uchragan har bir bekatda qo’riqchining shartlarini bajarishga to’g’ri keladi.
Mana birinchi bekatga yetib keldik, qo’riqchisi quyon ekan. Sharti 4-sinfda o’tilganlarni takrorlash ekan.
O’tilgan mavzuni takrorlash:Sinf O’quvchilarini guruhlarga bo’lib chiqamiz:
1-guruh: Quvnoqlar.2- guruh: Zukkolar.
3-guruh: Bilimdonlar.
a) Savol:Aziz bolajonlar bir eslab ko’rigchi 4-sinfda o’qish kitobidan qanday hikoya-larni, ertak va she’rlarni o’rgandingiz.
Javob:Birinchi o’quvchi: Z.Diyorning “Serquyosh o’lka” she’rini yod oldik.Ikkinchi o’quvchi: ”Boychechak” qo’shig’ini o’rgandik.Uchinchi o’quvchi: ”Navoiy bobomlar” she’rini yod oldik.To’rtinchi o’quvchi: “Sulton Mahmud v a Beruniy” ertagini o’qidik.Beshinchi o’quvchi: “To’maris ertagini” o’rgandik.Oltinchi o’quvchi: Tinchilik, Vatan, Do’stlik haqida she’rlar, qo’shiqlar o’rgandik.
b)Savol:Qani kim biror she’rini yoddan aytib bera oladi? Yoki qo’shiqni.
Birinchi o’quvchi:Do’stlar, mening yurtimniO’zbekiston deydilar,Dong’i tutgan dunyoniBog’-u bo’ston deydilar.Osmoni keng, beg’uborShifobaxshdir havosi,Dimog’larni chog’ etarUning shodon navosi…
Ikkinchi o’quvchi: Boychechagim boylandi,
Qozon to’la ayrondir. Ayroningdan bermasang,
Qozon - tovog’ing vayrondir. Qattiq yerdan qatalab chiqqqan
boychechak, Yumshoq yerdan yumalab
chiqqan boychechak.d) Savol:
“Ilm afzal” ertagida nimalar hikoya qilinadi?Birinchi o’quvchi:
Bir badavlat kishi bo’lgan ekan. Uning sakkiz o’g’li va bitta qizi bor ekan.Bir kuni badavlat kishi o’g’illarini chaqirib, ularni sinab ko’rmoqchi bo’libdi.-Ilm afzalmi davlat” , – deb savol beribdi.
Yetti o’g’li: - “Davlat afzal”, - deb javob beribdilar.Sakkizinchi o’g’li:– Otajon ilm afzal, meni maktabga bering, baribir menga davlatingizdan hech narsa tegmaydi, – deb javob beribdi.
Ikkinchi o’quvchi:Shunda qizi: - Otajon kichik akam to’g’ri aytdi, ilm afzal, lekin u nima uchun ilm afzalligini ayta olmadi. Ilmning afzalligi shundaki, uni qancha sarflasang shuncha ko’payaveradi. Davlatni esa qancha sarflasang shuncha kamayaveradi., - debdi. Otasi qizining javobidan xursand bo’libdi va kenja o’g’li bilan qizini ilm olishlari uchun maktabga beribdi. Akalari mehnat qila boshlabdilar.
O’qituvchi:– Mana bolajonlar bugun biz siz bilan O’qish kitobingizning davomi bo’lgan “Adabiyot” kitobini o’rganishni boshladik. Sayohatimizni davom ettiramiz.Mana ikkinchi bekat qo’riqchisi bo’rivoy. Sharti: o’qituvchining aytganlarini diqqat bilan tinglash.
O’qituvchi yangi mavzuni bayon qiladi:Adabiyot – so’z san’ati. Adabiyot - odob va eng yaxshi vazilatlarini sindiruvchi kuch. Chunki biz sevib o’qiydigan kitoblarimiz , miriqib ting-laydigan qo’shiqlarimiz, sevib eshitadigan ertak, hikoya, topishmoq, maqollarimiz so’z orqali yaratiladi. Demak adabiyot insonning orzu xayoli umid va armonlarini badiiy so’z yordamida ifoda etadi.
Shodon kunim gul otgan sen,Chechak otgan izimga,Nolon kunim yupatgan sen,Yuzing bosim yuzimga.Singlim deymi,Onam deymi,Hamdard-u hamxonam deymi,Oftobdan ham o’zing mehriIlig’imsan, vatanim.(Muhammad Yusuf)
Shoir bu she’rida so’z sehri orqali Vatanni chiroyli misrlar bilan ta’riflagan.Haykaltaroshlik san’atining quroli toshlar va bolg’acha, rassomchilik san’atining quroli mo’yqalam, tikuvchilik san’atining quroli igna. Dunyoda san’atning bir qancha turlari bor, ularning barchasini o’z qurollari bor. Bulardan farqli o’laro’q adabiyot hayot voqea hodisalarini so’z orqali obrazli qilib tasvirlab beradi. Shuning uchun adabiyot - so’z san’atidir.Endi ertakka qaytamiz:Yuqorida aytib o’tganimiz Adabiyot podshosining She’riyat, Nasr, Dramaturgiya nomli o’g’illari bor ekan.She’riyat degan o’g’lining she’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar kabi o’g’il - qizlari bor ekan.Nasr degan o’g’lining esa ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar nomli o’g’illari bo’lgan ekan.Dramaturgiyaning dama, komediya, tragediya, intermediya singari farzandlari bor ekan. Ularning kiyim - kechaklari, zeb-u ziynatlari sehrli so’zlardan
iborat ekan. Shuning uchun odamlar hamisha ularga qiziqib, ularga intilib yashar ekan.Endi uchinchi bekatga yo’l olamiz, Bu bekatning qo’riqchisi yo’lbars ekan. Uning sharti esa test savollarini yechish:
1) Adabiyot qanday san’at?A) kitobiy san’at; D) so’z san’ati;
B) adabiy san’at; E) she’riy san’at.2) Adabiyot so’zining ma’nosini toping.
A)Odoblar xazinasi; D)So’zlar xazinasi;B)Bilimlar xazinasi; E)So’zlar yig’indisi.
3)Badiiy adabiyotning turlarini toping.A) she’r, qissa, roman; D) hikoya, doston, qissa;B) she’riyat, nasr, dramaturgiya; E) roman, qo’shiq, ertak.
Endi to’rtinchi bekatga yo’l olamiz va qo’riqchi sherning shartlarini bajaramiz. Sherpolvon har bir guruhga tushunchalar tahlili jadvalini
topshiradi.Tushuncha Tahlil (izoh)
Adabiyot,
Rassomchilik
Haykaltaroshlik
Qo’shiqchilik
So’z san’ati
Mo’yqalam
Bolg’acha
Kuy,qo’shiq
Endi beshinchi bekatga yo’l olamiz. Yo’lda zerikmaslik uchun har bir guruh bittadan she’r aytib beradi.
1-guruh:Avliyolar , daholarning beshigisan,Naqshbandlar topgan jannat eshigisan.Tiriklikning navosi ham qo’shig’isan -Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,O’zbekiston, ota makon, ona tuproq!
2-guruh:Yuragimda tulporlaring dukurlari,Qaysi yurtning bordur buyuk Temurlari?Olovlardan omon chiqqan Semurg’lari,Sen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,O’zbekiston , ota makon, ona tuproq.
3-guruh:Ota uyin farog’atin bilmaganlar -Ikkisi bir, biri ikki bo’lmaganlar,Tuproqtegi bo’lib zor – zor yig’laganlarSen azizsan, muqaddassan, ey sajdagoh,O’zbekiston, ota makon, ona tuproq.
1 – 2 – 3 -guruhlar:Daryolarning izlarida daryo bo’lgay,Daholarning avlodi ham daho bo’lgay!Fido bo’lsa, shu Vatanga fido bo’lgay,Fido bo’lsa, shu Vatanga fido bo’lgay!
Endi so’ngi qo’riqchi ayiqpolvonning shartlarini bajaramiz. Shart so’z haqida maqollar aytish.
1-guruh:Tilingni avayla omondur boshingSozingni avayla uzayar yoshing
2-guruh:Yaxshi so’z ham yomoz so’z ham bir o’g’izdan chiqadi .
3-guruh:Yaxshi so’z bilan ilon inidan chiqarYomon so’z bilan pichoq qinidan
1-guruh:Yaxshi so’z - jon ozig’iYomon so’z - dil qozig’i 2-guruh:Sihat tilasang ko’p yemaIzzat tilasang ko’p dema 3-guruh:So’z ko’rki maqol.Otalar so’zi – aqlning ko’zi .
Mana nihoyat badiiy so’z mulki mamlakatiga yetib keldik. Darvozadan kirish uchun esa quyidagi jadvalni to’ldirishimiz kerak.
Mana nihoyat Badiiy so’z mamlakatiga yetib keldik. Bu yerda biz o’quvchi-lar uchun juda ko’p kitoblar bor ekan. Biz ularni qiziqib o’qishga kirishdik va kitob o’qishning juda foydali ekanligini bilib oldik. Ertagimiz nihoyasiga
yetdi.Darsning yakuniy qismi:
O’quvchilarni baholaymiz. Bunda dars mobaynida har bir o’quvchiga bergan javobi uchun berib borilgan ballar jamlanadi. Qaysi guruh ko’p ball
to’plagan bo’lsa g’olib deb e’lon qilinadi. Badiiy so’z mulki mamlakatidan olingan kitoblar bilan barha guruhlar rag’batlantiriladi. O’quvchilar baholanadi.
Baholar kundalik daftarlariga qo’yiladi.Uyga vazifa:
Tabiat tasviri berilgan rasm asosida matn yaratish. Matnda badiiy so’zlardan foydalanish.
sanatlar
haykaltaroshlik badiy so'z sanati rassomchilik
BOLG'A SO'Z MO'YQALAM
Samarqand shahar XTMFMTTEBga qarashli39-umumta’lim maktab ona tili va adabiyot fani
o’qituvchisi Rasulova Nigoraning “Barmoq vazni”mavzusida tayyorlagan
Darsdan tashqari mashg’ulot
SAMARQAND-2016
MAVZU:BARMOQ VAZNIDarsning maqsadi:
1. Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarda barmoq vazni,sodda va qo’shma
vazn ,turoqning ifodalanish yuzasidan bilim,ko’nikma,malaka hosil qilish;
2. Tarbiyaviy maqsad: axloqiy sifatlarni tarbiyalash,she’riyatga mihabbat
uyg’otish ;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: og‘zaki hamda yozma nutq malakasini
shakllantirish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish.
Darsni tashkil etish texnologiyasi:
Metod:”Klaster”, «.Blis so'rov»,
Shakl: Suhbat, guruhda ishlash.
Usul: Topshiriqlarni yozma va og'zaki bajarish asosida.
Vosita: Tarqatma materiallar, yozma topshiriqlar, slaydlar,qo’shimcha adabiyotlar.
Darsning tuzilishi:
1. Tashkiliy qism. (4 daqiqa)
2. Mavzu bayoni (6 daqiqa)
3. Mustahkamlash (7 daqiqa)
4. Guruhlarni baholash,rag’batlantirish (2 daqiqa)
5. Dars yakuni (1 daqiqa)
I. Darsning borishi:
1) Tashkiliy qism. O’quvhchilar bilan salomlashish, navbatchini tinglash,
darsning maqsadini e’lon qilish,motivatsiya yaratish,o’quvchilarni guruhlarga bo’lish.
Mavzu yuzasidan bilimlarini sinovdan o‘tkazish.
O’qituvchi:Aziz,o’quvchilar bugungi mavzumiz yuzasidan siz ozmi-ko’pmi
bilimga egasiz. Keling, hozir Kichik bir muloqot tashkil edaylik-da,xotiramizni
tiklab olaylik.
1.Qani aytingchi,she’riy vaznlarimiz nechta va ular qysilar?
2.Aruz vaznining asoschisi kim?
3.Aruz vaznida necha xil hijo bor?
4.Hijo va bo’gin tushunlari bir-biriga aynan mos tushadi?
5.Turoq nima?
2.Mavzu bayoni:
Barmoq vaznidagi she’rlar bo’g’inlarning miqdoriga asoslanadi.Misralardagi
bo’g’inlar soniga qarab turkum belgilanadi.Misralardagi bo’g’inlar soni 11 ga teng
bo’lsa,she’r barmoq vazning “o’n birlik”turkumida yozilgan deb qaraladi.O’zbek
she’riyatida 13 xil, ya’ni beshlik turkunidan o’n yettilik turkumigacha
foydalaniladi.Barmoq vazni tarkibida ham ikki xil vazn bor.Ular sodda vazn va
qo’shma vaznlardir.
Agar she’rning boshidan oxirigacha misralardagi bo’ginlar miqdori bir xil
bo’lsa,sodda vazn deyiladi.Masalan:
Qon yig’latdi qaysi bag’ritosh,-9 bo’g’in
Jayron,nega ko’zing to’la yosh.-9 bo’g’in
O’yog’ingga qo’yib yotay bosh,-9 bo’gin
Jayron,nega ko’zing to’la yosh.-9 bo’g’in
Misradagi bo’g’inlar miqdori ikki,uch xil ko’rinishda bo’lsa,qo’shma vazn deb
ataladi.
Alisherga alla aytib uxlatgan -11bo’g’in
Sen-ona.-3 bog’in
Og’ushida Bobur kamolga yetgan-11bo’g’in
Sen-ona. -3 bog’in
Barmoq she’r tizimida misralardagi bo’g’inlarning muayyan guruhlarga bo’linishi
turoq deb ataladi.Bo’g’inlarning qanday turoqlarga bo’linishi she’rning o’ziga xos
ritmi,ohangini keltirib chiqaradi.
Tuproq ko’chalarga //chopgan bolalik 6+5=11
Yillar changi ichra //asta yo’qoldi. 6+5=11
Bolalik ketdi-yu //sho’x suhbatlarda 6+5=11
Uni kula-kula // islamoq qoldi. 6+5=11
Mustahkamlash:
Azizlar,keling endi olgan bilimlarimizni mustahkamlab olaylik.Hozir men har
uchala guruhga “Bliss so’rov”metodi aks ettirilgan jadvalni beraman.Siz bir soniya
vaqt ichida uni to’g’ri belgilab berishingiz lozim.
Vaznlar va
tushunchalar
Aruz Barmoq vazni Oq she’r Qo’shma
vazn
turoq
rukn
hijo
Bo’gin
turkum
Qofiyasiz
she’rBo’ginlar
miqdori bir
xil bo’lmagan
vazn
Ikkinchi shartimizda men har uchala guruh vakllariga she’riy parcha aks ettirilgan
matnlar topshiraman.Siz bir soniya vaqt ichida ulardagi bog’inlar soni va
turoqlanishini to’g’ri belgilashingiz lozim.
1-guruh
Garchi shuncha mag’rur tursa ham,
Garchi shuncha mag’rur tursa ham,
Piyolaga egilar choynak.
Shunday ekan manmanlik nechun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
2-guruh
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda.
Chapar urib gullagan bog’in,
O’par edim Vatan tuprogin.
3-guruh
Yurak qoning to’kilgan so’moq,
Bag’ri alvon lolaqizg’aldoq.
Senga toshlar otdi qay gumroh,
Jayron nega ko’zing to’la yosh?
Mashg’ulotimizning uchinchi sharti “Ifodali o’qish”deb nomlanadi.Bu shartga
ko’ra guruh a’zolari o’zaro kelishib,guruhdan bir vakilni ifodali she’r o’qishga
chiqarishlari kerak.O’quvchilarga Abdulla Oripovning “O’zbekiston “she’ridan
parchalar o’qitiladi.Guruh a’zolari olqishlab baholab beradilar.
Guruhlarni baholash,rag’batlantirish :
Guruh a’zolari to’plagan ballar hisoblab chiqiladi va shu asosida guruhlarga
nominatsiyalar beriladi.G’olib guruh 5 balli tizim orqali baholanadi.
Dars yakuni :
Aziz o’quvchilar ,biz darsimizdan ko’zlagan maqsadlarimizga erish oldikmi?
Mavzu yuzasidan savollaringiz yo’qmi?Dars sizga maqul bo’ldimi?
O’quvchilar,siz uyda ,mustaqil holda o’zingiz yod olgan she’rni darsda turoqlarga
bo’lib tahlil qilgandek tahlil qilib ko’ring.
Darsimiz tugadi.Xayr ,sog’-salomat bo’ling!