O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik...
Click here to load reader
Transcript of O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewZarafshon qayirlari bu nodir o’simlik...
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH KAFEDRASI
ALOUTDINOVA UMIDA MAXMUDOVNA
ZARAFSHON QO’RIQXONASIDA YASHOVCHI AYRIM QUSHLARNING UYALASH EKOLOGIYASI
«5420200 – ekologiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISH
Ilmiy rahbar katta o’kit . Belyalova l.E. 20__ y. «____»__________
Bitiruv malakaviy ish “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” kafedrasida bajarildi. Kafedraning 20__ yil “__” _________dagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi (____ -bayonnoma).
Kafedra mudiri: dots. Boymurodov H.
Bitiruv malakaviy ish YaDAKning 20__ yil “__”__________dagi majlisida himoya qilindi va ____ ball bilan baholandi (____-bayonnoma).
YaDAK raisi: ________________
Samarqand-2013
Mundarija
Kirish . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3
1. Adabiyotlar sharhi
1.1. Zarafshon daryosi havzasining umurtqali hayvonlar faunasini
o’rganish tarixi. . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . 7
2. Tadqiqot sharoiti, materiali va uslublari
2.1. Tadqiqot sharoiti…………………………………………………. 9
2.2. Tadqiqot materiali………………………………………………... 15
2.3. Tadqiqot uslublari………………………………………………... 15
3. Tadqiqot natijalari
3.1. Buxoro chittagi ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlari…….. 17
3. 1. 1. Tarqalishi …………………………………………… 17
3.1.2. Kuchib – ketish xarakteri 18
3.1.3. Biotopi ………………………………………………… 18
3.1.4. Soni 20
3.1.5. Ko’payishi ………………………………………………… 20
3.1.6. Polaponlarining oziqlanishi 32
3.1.7.Uyalashning samaradorligi 35
3.1.8. Buxoro chittagi ahamiyati 35
4. Zarafshon vodiysi bioxilma-xilligi va uni asrash muammolari 36
4.1. O’zbekistonda qo’riqxonalarni o’rganish holati 44
4.2. Zarafshon quriqhona hududida qushlar turlari va ekologik guruhlari 46
Xulosalar……………………………………………………………… 51
Tavsiyalar ……………………………………………………………. 52
Foydalangan adabiyotlar……………………………………………… 53
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. So’ngi yilarda inson faoliyatining atrof-muhitga
salbiy ta’siri kuchayib bormoqda. Biosenozlarda insonning xo’jalik faoliyati ta’siri
darajasining oshib borishi, tabiatdagi mufozanatning bo’lishiga olib kelmoqda.
Bunday o’zgarishlar esa hayvonlar va o’simliklar turlar tarkibi va ular sonining
o’zgarishiga olib keladi. Ayrim hayvon turlari sonining qisqarishi genofondda va
turlarning butunlay yo’qolib ketish xovfini keltirib chiqarmoqda. Qo’riqxonalar
tizimining tashkil etilishi ekotizimlar holatini yaxshilash va ularni boyitishga
muhim o’rinni egallaydi. O’zbekistonda qo’riqxona ishlari o’tgan asrining 20-
yilarida boshlagan edi. 1926 yilda O’zbekistonda birinchi qo’rikxona – Guralash
qo’riqxonasi (hozirgi Zomin qo’rikxonasi) tashkil etildi. Bugungi kunga kelib
O’zbekiston Respublikasi hududida 9ta qo’riqxona va 2ta milliy bog’lar faoliyat
ko’rsatmoqda. O’zbekistonda umumiy yer madonining 4,3% ko’rikxonalar
hududiga to’g’ri keladi. Ammo hayvonot do’nyosini asrab kolish uchun kamida
qo’rikxonalar hududi kamida 10%ni tashkil etishi zarur bo’ladi. O’zbekistonda
daryo qayirlari keskin o’zgarishlarga uchragan xududlar xisoblanadi. Qayir
o’rmonlari deyarli yo’qolib ketgan. Masalan, Zarafshon daryosi bo’ylaridagi 500
ming gektar to’qayzorlardan hozirgi kunga kelib 50 ming gektari saqlanib
qolingan. 50-yillarda O’zbekiston hududidagi to’qayzorlar 3 mln 880 ming
gektarni tashkil etgan. To’qayzorlarning o’zlashtirilishi, o’rmonzorlarining qurilish
materiallari sifatida kesilishi, mol boqilishi, suv omborlarining qisqarishi, suv
bosishi yong’inlar va boshqa sabablar oqibatida to’qayzorlar maydoni keskin
qisqarib ketdi. Ma’lumki, ekotizimlar maydonining 10 barobar qisqarishi natijasida
uning tarkibidagi turlar soni o’rtacha 30 % ga kamayib ketadi. To’qayzorlarda
o’simliklarning yo’qolishi bilan bu o’simliklar bilan chambarchas bog’liq bo’lgan
hayvonlar turlari ham qisqarib boradi. To’qayzorlarning o’ziga xos ekotizimini
saqlab qolish maqsadida O’zbekiston hududida Zarafshon, Badayto’qay, Qizilqum
qo’riqxonalari tashkil etilgan. Zarafshon quriqxona 1975 yilda tashkil kilingan.
3
Uning maydoni samarqandning Chupon ota tepaliklardan boshlanib, daryoning
o’ng qirg’og’ bo’i olab oqimga qarsh 47 kilometrga chuziladi, eni esa, 300-1500
metrlar oraligida. Quriqxona maydoni 2352ga bo’lib, shundan 680 ga ormon bilan
qoplangan.
Butun yer yuzida 40 turkumga mansub 8600 tur qushlar bor. Undan xozirgi
kunda Yer yuzidagi 600 tur qushlarni noyob populyasiyalarning minimal
darajasidaga qadar qisqargan turlar qatoriga kiritish mumkin. Qushlarni muhofaza
qilish muammosi tabiatni muhofaza qilish umumiy muammosining bir qismi bo’lib
hisoblanadi. Ko’pgina qushlar tabiiy muhit o’zgarishlari va populyasiya soni
o’zgarishlarining indikatorlari hisoblanadi. Ayniqsa ayrim tur qushlarning yo’qolib
ketishi bu jarayonni puxta o’rganishi talab qiladi. Foydali hasharotho’r qushlardan
zarakunanda hasharotlarga biologik qarshi kurash usuli sifatida foydalanish
mumkin. Shu sababli ularning biologiyasini o’rganish nafaqat amaliy, balki
nazariy ahamiyatga ham ega. Qushlar zararkunanda hasharotlarni kirishda insonga
beqiyos yordan beradi. Ayniqsa uyalash davrida ko’pchilik qushlar polaponlarini
hasharotlar bilan boqib, zarakunandalar sonini boshqaradi. Yildan-yilga kichik
hasharotho’r qushlarni muhofaza qilish va ularni bog’larga va o’rmonlarga jalb
qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Hasharotho’r qushlar zararkunanda
hasharotlarga qarshi kurashining arzon va samarali vositasi bo’lib hisoblanadi
Qo’riqxonalarda hasharotlarga qarshi kurashda zaharli kimyoviy moddalarni
qo’llash mumkin emasligi inobatga olinsa, hasharotxo’r qushlar ekotizimdagi
ozuqa zanjirining asosiy bo’g’inlaridan biri bo’lib qoladi. Zararkunanda
hasharotlarga qarshi kurashda hasharotxo’r qushlardan foydalanish, ularni
muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda qushlar ekologiyasiga oid
bilimlarga ega bo’lish, birinchi navbatda ularning uya qurish sharoitlarini bilishni
talab qiladi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, qushlarning xo’jalik ahamiyati
masalasi u yoki bu sharoitda ularning hayotini o’rganish, ularning biologiyasi va
yashash sharoitlarini bilish asosida qarab chiqilishi kerak.
4
Ushbu malakaviy bitiruv ishi Zarafshon qo’riqxonasida yashovchi ayrim
qushlarning uyalash ekologiyasi, ularning uyalash joylari va muddatlari, tuxum
qo’yish muddatlari, tuxumlarini bosib yotishi, polaponlarini boqshi jadalligi va
polaponlarning o’sishi, oziqlanishi, tuxumlarining taqdiri va boshqalari
o’rganishga bag’ishlangan.
Tadqiqot maqsadi.
Samarqand viloyati Zarafshon qo’riqxonasida yashovchi ayrim qushlarning
uyalash ekologiyasini o’rganishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari.
1. Zarafshon qo’riqxonasi qushlarning turlar tarkibini o’rganish
2. Zarafshon ko’rikxonada asosiy qushlarning yashash muhitini o’rganish.
3. Zarafshon ko’rikxonada asosiy qushlarning na primere buxoro chittagi
uyalash xususiyatlari, polaponlarining o’sishi va rivojlanishi o’rganish.
4. Polaponlar va katta yoshdagi qushlarning oziqlanishini o’rganish.
5.Zarafshon ko’rikxonasi sharoitida asosiy qushlar turlarning ahamiyati
aniqlash.
Tadqiqot nazariy va amaliy ahamiyati. Foydali hasharotxo’r qushlardagi
zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurash usuli sifatida foydalanish
mumkin. Shu sababli ularning biologiyasini o’rganish nafoqat amaliy, balki
nazariy ahamiyatga ham ega. Qushlar zararkunanda hasharotlarii kirishda insonga
beqiyos yordam beradi. Ayniqsa uyalash davrida ko’pchilik qushlar poloponlarini
hasharotlar bilan boqib, zararkunandalar sonini boshqaradi. Yildan-yilga kichik
hasharotxo’r qushlari muhofaza qilish va ularni bog’larga va o’rmonlarga jalb
qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Hasharotxo’r qushlar zararkunanda
hasharotlarga qarshi kurashining arzon va samarali vositasi bo’lib hisoblanadi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalari O’zbekiston faunasi qushlarining uyalash
biologiyasiga doir ma’lumotlarni to’ldirish imkonini beradi. Shuningdek, ishning
materiallaridan Oliy o’quv yurtlari va maktablarda zoologiya va ekologiya
fanlarini o’qitish amaliyotida foydalanish mumkin.
5
Ishning amaliy ahamiyati. Ish materiallaridan buxoro chittagi sonini prognoz
qilishda foydalanish mumkin. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari O’zbekiston
faunasi qushlarining uyalash biologiyasiga doir ma’lumotlarni to’ldirish imkonini
beradi. Shuningdek, ishning materiallaridan Oliy o’quv yurtlari va maktablarda
zoologiya va ekologiya fanlarini o’qitish amaliyotida foydalanish mumkin.
Ishning tarkibi va hajmi. Malakaviy bitiruv ish kirish, 4 bo’lim, xulosa,
tavsiyalardan iborat bo’lib, unga 5 jadval, 3 ta grafik, va 9 rasmlar kiritilgan. Ish 56
bet kompyuterda terilgan matndan iborat. Foydalangan adabiyotlar ro’yxati 48 ta
nomni o’z ichiga oladi.
6
1. Adabiyotlar sharhi
1.1. Zarafshon daryosi havzasining umurtqali hayvonlar faunasini o’rganish
tarixi.
Zarafshon vodiysi flora va faunasining turli-tumanligi bilan avvaldan juda
ko’p tadqiqotilarni o’ziga jalb qilib kelgan Zarafshon vodiysida 1820 yildan
boshlab ko’plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ular Zarafshon daryosi
suv havzllarining yuqori va quyi oqimlarigacha bo’lgan hududlardailmiy
izlanishlar olib borganlar va zoologik materialar to’plaganlar. 1840-yil 25-
avgustdan 25-oktyabrgacha Zarafshon vodiysi bo’ylab A.Leman sayohat qildi. U
Buxoro, Karmana, Kattaqo’rg’on, Samarqand, Panjakent, Vorziminora bo’ylab
sayohat qildi. U shu yerlardagi 30 tur qushlar haqida ma’lumot bergan. Zarafshon
daryosining o’rta oqimlarida ilmiy izlanishlar vodiyga tashrif buyurgan buyuk olim
A. P. Fedchenkoning [38] tadqiqotlari bilan boshlangan. 1868-1870 yillarda
A.P.Fedchenko Zarafshon vodiysi bo’ylab ikki marta sayohat qiladi. U 1869-yilda
Samarqand, Kattaqo’rg’on, Jomboy, Shaxrisabz, Qoratepa, Urgut, Panjakent,
Jizzax va Toshkent marshruti bo’ylab sayohat qildi. A.P.Fedchenko ko’proq
entomologiya materiallar yig’ish bilan shug’ullangan. U to’plagan kolleksiyalar
5000 ekzemplyardan 4500 tasi hasharotlarga xosdir. A.P.Fedchenko tomonidan
qushlar va sut emizuvchi hayvonlarning katta kolleksiyasi to’plangan edi. 1878-
yilda V.F.Russov Samarqand, Boysun, Kitob, Dahbet va boshqa marshurutlar
bo’ylab sayohat qilgan. Russov to’plagan materiallarni 1889-yilda F.D.Plesske
(1888) ishlab o’zining maqolasida 419 tur qushlarning biologiyasini keltirmagan
holda ro’yhatni ko’sratib o’tdi. Shulardan 109 ta tur qushlar Zarafshon vodiysiga
xosdir. 1887-yil yozda S.A.Lidskiy (1988) Samarqand, Yakkabog’, Darbent,
Boysun, Denov bo’yicha qilgan sayohatiga asoslanib «Turkiston o’lkasi va Buxoro
bo’ylab 1887-yilgi sayohat» bo’yicha hisobotini yozadi. 1892-yil Buxoroda,
D.L.Glazunov, Samarqand, Jizzax, Qizilqum, Nurota, Kattaqo’rg’on bo’ylab
sayohat qiladi. 1897-yilda Kaznakov Zarafshonning yuqori oqimlari bo’ylab
Samarqand, Panjikent, Qushtup, Iskandarkul, Hisor bo’ylab sayohat qiladi. 1907-
7
1908 yillarda Samarqandda Duglas Carrruzers hayvonlarni kolleksiyalash bilan
shug’ullanadi. Samarqanddan Hisor tog’lari hayvonlarini o’rganlarini o’rganadi va
to’plangan materiallarni 1910-yilda chop etadi. 1909-yil sentyabr oyida
M.N.Divnogopskiy Samarqandga keladi va shaqar ichida materiala yig’adi. Keyin
Urgut orqali Surxandaryoga o’tib ketadi. Uning yig’gan kolleksiyasi akademik
M.A.Menzber tomonidan qisman qayta ishlangan. 1930-yilda R.N.Meklenbursev
Samarqand bo’ylab (Ohalik, eski aerodrom, Xo’ja Ahror qishlog’i, Samarqand
shahri, Cho’pon-Ota tepaligi, Jomboy qishlog’i) ekspedisiya uyushtilidi. 1941-
yildan boshlab umurtqali hayvonlar zoologiyasi kafedrasi o`qituvchilari
A.K.Sagitov, M.V. Kalujina, Ye.V. Kiseleva va boshqalar tomonidan Zarafshon
vodiysining qushlar ekologiyasi chuqurroq o`rganila boshlandi [33].
1947-yildan tekshirishlar Samarqand viloyati va uning atroflari (Urgut,
Oxalik, Jomboy, Pastdarg`om, Kattaqo`rg`on va boshqa) da o`tkazilgan. 1950-
yilda A.K.Sagitov va I.A. Abdusalyamov boshchiligidagi ekspedisiya 30 –iyuldan
30-avgustgacha Zarafshon vodiysining yuqori qismlarida olib borilgan. 1952 yilda
bahorda uchinchi ekspedisiya, M.V. Kalujina A.K.Sagitov, I.A. Abdusalyamov,
I.M. Ananevlar boshchiligida o`tkazilgan. 1955-yildagi ekspedisiya A.K. Sagitov,
M.V.Kalujina, I.M. Ananev, M.P.Larina tomonidan uyushtirilgan. Ekspedisiyalar
paytida Jumabozor, Jartepa, Urmetan, Zominsoy, Oqtepa, Samarqand marshuruti
bo`lab o`tigan. Barcha ekspedisiyalarda qushlar kolleksiyalari to’plangan, alohida
turlar ekologiyasi o’rganilgan. Zarafshon vodiysi qushlarini o’rganishga S.K.Dal
[8,9], O.P.Bogdanov [6], A.K.Sagitov [34,35], X.V. Salimov [31], J.L.Laxanov
[21], M.V.Kalujina katta hissa qo’shdilar [33]. Zarafshon daryosi xavzasi
qushlarini o’rganishning barcha bosqichlari A.N. Bogdanov [5] maqolasida o’z
aksini topdi. SamDUning umurtqalilar zoologiyasi kafedrasining o’qituvchilari
qushlarning faunasini va ekologiyasi bo’yicha 120 ga yaqin maqola chop etgan.
Zarafshon davlat qo’riqxonasi tashkil etilgandan keyin uning florasi va faunasini
o’rganish bilan Samarqand Davlat universiteti biologiya fakul’teti olimlari
shug’ullanmoqdalar [17].
8
2.Tadqiqot sharoiti, materiali va uslubl
2.1. Tadqiqot o’tkazilgan hududning fizik – geografik tavsifi.
Rel’efi. Zarafshon vodiysi Turkiston va Zarafshon tog’ tumanlari va
ularning yon bag’irlari orasida joylashgan. Zarafshon vodiysining relyefi keskin
o’zgaruvchandir O’zbekiston hududida Zarafshon vodiysining uzunligi 700 km
dan ortiqni tashkil etadi. Zarafshon qo’riqxonasining hududi kenglik yo’nalishi
boyicha Zarafshon va Turkiston tog’ tizmlari yon bag’irlari orasida joylashgan
Zarafshon vodiysining tabiati o’ziga xosdir. Uning butun hududi uning o’ziga
qaragan va oqim bo’yicha qiyalashgan tekisliklardan iborat. Hududning tekisligi
daryo o’zanlari, eski va amaldagi irmoqlari, kanallar va dambalar (ko’tarmalar)
tomonidan buzilib turiladi. Dengiz sathidan balangligi 620 – 900 metrni tashkil
etadi.
Gidrografiyasi. Mintaqaning asosiy suv tarmog’i bo’lib, Zarafshon daryosi
hisoblanadi va u Zarafshon muzliklaridan boshlanadi. Yuqori qismlarda daryo
toshli chochiqlar va qoyali tog’lar orasidan ochib keladi Zarafshon daryosi suv
hovzalarining umumiy maydoni 56ming km2 ni egallaydi. Shundan 10ming km2 ini
tog’li mintaqa, 28ming km2 ini tog’ oldi mintaqasi, 18ming km2 ini cho’l mintaqasi
tashkil etadi [32].
Zarafshon qo’riqxonasining hududida asosiy suv Zarafshon daryosi va uning
irmoqlari hamda o’ng qirg’ig’dagi kanal hisoblanadi. Suv sarfi bo’yicha Zarafshon
daryosida yillar bo’yicha va yil davomida katta beqarorlik kuzatiladi. Suvning eng
ko’p sarflanishi iyun – iyul oylarida, eng kam sarflanishi yanvar – mart oylarida
kuzatiladi. Yil davomida ikkita toshqin kuzatiladi: qorlar erishi davriga (bahorda)
va tog’ cho’qqilaridagi muzliklarining erish davriga (yozda). Bu vaqtlarda daryoda
suvning sathi keskin ko’payib ketadi.
Qo’riqxona hududida botqoqlillar yo’q. Yer osti suvlarining asosiy manbai
bo’lib, zarafshon daryosi hisoblanadi. Ba’zi maydonlarda yer osti suvlarining
joylashishi chuqurligi mavsumiy va yillik o’zgarishlarga ega.
9
Iqlimi. Vodiyning iqlimi O’zbekistonning iqlimiga xos bo’lib, o’zining
ayrim alohida xususiyatlariga ega. Yoz fasli uzoq, jazirama va quruq, qish fasli
sernam, sovuq, lekin shimoli-sharqiy qismdagi nisbatan bir oz yumshoq bo’ladi.
Kuz fasli uzoq va quruq. Atmosfera yog’ingarchilik miqdori yilik 150-300mm ni
tashkil etib, uning asosiy qismi qishda va bahorda yog’adi. Qor qoplami barqaror
emas. Bir mavsum ikkinchi mavsum bilan tezda almashinadi. Qo’riqxona
hududida iqlimi kontinental. Yog’ingarchilik miqdori yil davomida 300 mm dan
600 – 700 mm gacha o’zgarib turadi.
Havo haroratinig absolyut maksimum iyul oyida bo’lib, 370C ni tashkil
etadi. Yoz mavsumi 140 kun may oyining 10 sanasidan sentabr oxirigacha davom
etadi. Yoz fasli quruq va issiq bo’ladi. Dekabr oyining birinchi yarmidan mart
oyining boshlarigacha qish fasli hisoblanadi va u 80 kunni tashkil etadi. Qishgi
oylarning o’rtacha oylik harorati quyidagicha: dekabr – 100C, yanvar – 15 – 2.50C,
fevral – 200C.
Qishda yog’ingarchilik yomg’ir va qor ko’rinishida bo’ladi. Qor qatlamining
balangligi 6 – 8 sm atrofida o’zgarib turadi. Ayozsiz davrning o’rtacha uzunligi
209 kun, oxirgi ayozli kunlar o’rtacha 2 aprelga, birinchi ayozli kunlar 29 –
oktabrga to’g’ri keladi. Barqaror qor qatlami hosil bo’lmaydi. Qishda va yozda
sharqiy yo’nalishda, kuzda va bahorda janubiy – sharqiy yo’nalishda shamol esadi.
Tuprog’i. Vodiyning tuproq qatlami ancha xilma-xildir. Asosiy tuproq tipi
bo’z tuproqlar hisoblanadi. Daryo vodiylarida nam tuproqli sharoitlarda o’tloq,
botqoq-o’tloq, botqoq tuproqlari, shuningdek, sho’rxon tuproqlar taraqqiy etadi.
Tuproq hosil qiluvchi jinslar Zarafshon daryosida oqib kelgan shag’al – qum
yotqiziqlari hisoblanadi. Qo’riqxonanig yoqori qismlarida tuproq shag’alli joylarda
hosil bo’lgan.
Shuningdek qo’riqxona hududida quyidagi tuproq turlari uchraydi:
- bo’z – o’tloq tuproqlari;
- allyuvial – o’tloq tuproqlari;
- qaytar – allyuvial, tuproqlari;
10
- o’tloq – botqoq tuproqlari;
- botqoq tuproqlari.
Bu tuproqlardan eng keng tarqalganlari qaytar allyuvial va allyuvial – o’tloq
tuproqlari hisoblanadi.
Yer osti suvlari 0,3-0,5 metrdan 1,5 m chuqurlikda joylashgan. Gumus
miqdori 1.5 % dan 2.5 % gacha o’zgarib turadi.
O’simliklar olami. Vodiyning pastki qismlarida to’qayzorlar bilan
qoplangan qayir landshafti taraqqiy etadi. «To’qay» so’zi o’rmon ma’nosini
anglatadi. U juda ham o’ziga xosdir. To’qayzorlarda uchraydigan o’simliklar
orasida tol, terak, turang’il, jiyda, chakanda, tog’larda na’matak, maymunjon ko’p
uchraydi. O’rta va quyi oqimlarda ba’zi joylarda chakalokzorlar hosil qiluvchi
yulg’unlar uchraydi. Qo’riqxonaning hamma hududlari to’qayzorlar zonasiga
kiritiladi. To’qayzorlarning o’ziga hos xususiyatlaridan biri bo’lib, ularning
alohida shart – sharoitlar yuqori harorat va yuqori namlik haroitida taraqqiy etish
hususiyati hisoblanadi.
To’qayzorlarning aksariyat o’simliklari suv bosimiga moslashgan. Baquvvat
ildiz sistemasiga ega. Tuproq qatlamining xilma – xiligi va namlik rejimi to’qayzor
o’simliklarining turli – tumanligi ta’minlaydi. O’simliklarning o’sish joylariga
qarab bu erda qayir, qayir usti va cho’l fitotsehozlari farq qilinadi. Qo’riqxona
hududida daraxtchil o’simliklar Zarafshon daryosi o’zani bo’lab uzuq – uzuq
unchalik keng bo’lmagan polosa bo’lib joylashgan va hilma – xil daraxtlardan
iborat: terak, tol, shumtol, zarang, akatsiya va boshqalar. Daraxtchil to’qayzorlarda
o’tchil o’simliklar qatlami asosan veynik, imperata, eriantus, qizilmya, qamish,
kandir, ajiriq, lomonos, pechaklar, qiyoq va boshqalargan tashkil tongan. Jiydali
to’qayzorlarda o’simliklarning 60 %dan ko’prog’ini jiyda tashkil etadi. Bu yerda
ular bilan mirga yulg’un jingil va boshqa siyrak va zich butachil o’simliklar o’sadi.
O’tchil o’simliklar qaplami zich va baland bo’yli bo’lib u asosan yovvoyi
g’alladoshlar, qamish, eriantus, kandir, qizilmiya, veynik va boshqalardan tashkil
topgan. Jiydaning bo’lashi kuzgiqishki davrlarida bu joylarning yemxashak
11
jihatidan ahamiyatini oshiradi. Jiyda mevalari bilan bu davrda to’qayzorning
ko’pgina hayvonlari oziqlanadilar. Baland bo’yli va himoya shart – sharoitlarining
bo’lishi bu joylarga ko’p miqdoridagi hayvonlarni jalb qiladi.
Chakandali to’qayzor tarkibiga 60 % chakanda to’g’ri keladigan o’simliklar
uyushmasidan iborat. Chakandali to’qayzorlar daryo va soylar yoqasida tor polosa
bo’lib joylashadi. Chakandali to’qayzorlar o’zining himoya va oziqa sifatlari
jihatidan jiydali to’qayzorga o’xshab ketadi. Kuzgi – qishgi davrda chakanda
mevalari o’troq hamda qishlovchi qushlarning oziqasi bu’lib xizmat qiladi. (2.1-
rasm).
Suv bilan yaxshi ta’minlangan ochiq joylarda qayir o’tloqlari xosil bo’ladi.
U qizilmiya, yantoq, qo’g’a, ulynik qiyoqlar va boshqalardan tashkil topadi.
Qo’riqxona hududida turang’il o’sadi. Hammasi bo’lib qo’riqxona hududida 300
dan ortiq o’simliklar o’sadi. Ularning ko’pchiligi dorivor, asal beradigan, texnik va
oziqabob o’simliklar sanaladi. Shunindek bu yerda korol’ kov shafrani singari qizil
kitobga kiritilgan turlar ham qayid qilingan [17].
Hayvonot olami. Qo’riqxona umurtqali hayvonlari ro’yhati baliqlarning 13
turini, suvda va quruqda yashovchilarning 2 turini, sudralib yuruvchilarning 11
turini, qushlarning 190 turini o’z ichiga oladi [24,26]. Baliqlar asosan zog’ora
baliqlar turkumi vakillaridan iborat. Suvda va quruqlikda yashovchilardan ko’l
baqasi tez – tez uchib turadi. Yashil qurbaqa kam uchraydi. Sudralib yuruvchilar
faunani unchalik ko’p sonli emas. Yo’llarning chekkalida, ariqlarda, toshlarning
tagida osiyo ilonquyrug’i, o’simliklar o’smaydigan joylarda tez kaltakesakchalar
uchraydi. Bu yerda suvilonlar keng tarqalgan. Bundan tashqari guldor chipon iloni,
qum bug’ma ilonchasi va o’qilon tez-tez uchraydi. Yuqori maydonlarda cho’l
toshbaqasi tarqalgan.
Qo’riqxona hududida qushlar faynasi juda hilma-xildir. Bu yerda
uchraydigan 190 tur qushdan 10 turi o’troq, 30 turi uyda quruvchi, 36 turi
qishlovchi, qolganlari bahorgi va kuzgi uchib o’tish vaqtlarida uchraydi. Uya
quruvchi turlar orasida qirg’ovul, buxoro chittagi, mayna, xakka, qoraboshli
12
vohma qushi va boshqalar odatdagi turlar hisoblanadi.
Zarafshon qirg’ovuli – oddiy qirg’ovulning 12 ta kenja turlaridan biri
hisoblanadi. Uning soni unchalik ko’p emas va 2000 – 2300 ta atrofida o’zgarib
turadi.
Qo’riqxonada mayna juda ham ko’p uchraydi. Bu qush uya qurish joylari
uchun ko’k qarg’a va tillo kurkunaklar bilan uya joylari uchun raqobatlashadi [7].
Qo’riqxona hududida nisbatan erta, mart oyining oxiri aprel oyining
boshlarida haqqush uchib keladi. Aprel oyining o’rtalaridan ularning bir uchta
tuximi bo’lgan uyalarini uchratish mumkin.
Yirtqich qushlardan qo’riqxona hududida toshqirg’iy, jig’iltoy, miqqiy,
oddiy sog’, quloqdor ukki (ba’zi yillarda) uya quradi. Daryo o’zanlarida,
tentakqush, kichik chigitchilar uya quradi. Zarafshon daryosi qirg’oqlaridan
jarliklarda ko’kqarg’a, tilla kurkunak kok kaptar, qora va kichik uzunqanotlar,
zog’cha, mayha, malabel qaldirg’och va boshqalarning uyalari joylashadi. Kuzgi
uchib o’tish sentabr oyida boshlanib, oktabr – noyabr oylaricha davom etadi.
Qo’riqxona hududida go’ng – qarg’a, qora qarg’a, qora to’sh shaq – shaq, b’yuroh,
gizilqorinli va bo’zbosh qizilquyurqlar, sariq tomoqli chittaq, sariq qorinli
lazorevka, bigiztumshuqlar qishlaydi.
Sut emizuvchilar faunasi qo’riqxonada kam sonlidir. Ularning asosiy qismini
kemiruvchilar: qum sichqonlari, yumronqoziqlari, dala sichqonlari, sichqonlar
tashkil etadi. Jayra qo’riqxonaning ko’rki hisoblanadi.
Yulg’un qumsichqoni, oddiy ko’rsichqonlar odatdagi tur hisoblanadi. Dala
sichqonlaridan bu yerda afg’on dala sichqoni, jamoatchi dalasichqon, oddiy va
kaspiy orti dala sichqonlari uchraydi.
Daryo qirg’oqlarida iqlimlashtirilgan va O’rta Osiyo qunduzini siqib
chiqargan ondatra uchraydi. Qo’riqxonada qum tovushqonining soni serilarli
darajada qisqarib ketgan. Yirtqichlardan qo’riqxona hududdida shoqol, karagan
tulki, korsaklarni, kamdan – kam xollarda olaqo’zan va o’sgan to’qayzorlarda goho
13
– goho bo’rsiq uchrab turadi. Bo’rsiq qishda uyquga ketadi. Ba’zan to’qay
mushugi va dasht mushuklarini ko’rish mumkin [7].
2.1-rasm. Zarafshon qo’riqxona florasi
14
2.2. Tadqiqot ob’ektlari.
Tadqiqot ob’ektlari: Zarafshon qo’riqxonasi hududida qushlarning turlar
tarkibinin o’rganish, biotopik tarqalishi va ayrim tur qushlarning uya
ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish .
Ulardan: daraxtzorlarda yashaydigan buxoro chittakni uyalash ekologiyasi
va xususiyatlari o’rganildi.
2. 3.Tadqiqot uslublari
Malakaviy bitiruv ish uchun material amaliyot davrida va qisqa muddatli
ekskursiyalar davomida to’planadi. Tadqiqotlarning asosiy vazifasi bo’lib
Zarafshon qo’riqxonasi hududida qushlarning turlar tarkibinin organish, ular sonini
aniqlash va assosiy tur qushning uya ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlarini
o’rganish hisoblanadi. Qushlar tarkibini organishda biz ornitofaunani biotopik
taqsimladik, yani:
Materiallar asosan qo’riqxonaning birinchi maydonida to’plandi.
Hududning o’ziga xos xususiyatlari (o’simliklar qatlamining mozaik
taqsimlanishi, chegaradosh biotoplar chegaralarining bir – biriga o’tib turishi) ni
hisobga olgan holda qushlarning miqdorini baholash uchun G. A. Novikov [28]
uslubiyatidan foydalandi. Hisoblar marshrutlarda hisob polosasining qayd qilingan
kengliklarida olib borildi. Hisoblar turli biotoplarda o’tkazildi. Qushlarning uya
ekologiyasi umumiy qabul qilingan uslubiyat asosida olib borildi [23]. Tadqiqotlar
davomida qushlarning juftlashish davrining boshlanishi uya qurishi, tuxum
qo’yishi, tuxumlarini bosib yotishi, poloponlarining tuxumdan chiqishi muddatlari
va bu bosqichlarining davomiyligi aniqlandi.
Uya materiallari, uya shakllari, uyalarning joylashgan o’rni va o’lchamlari
tasvirlanadi. Tuxumlarining o’lchamlari va og’irligi shtangensirkul va apteka
tarozilari yordamida o’lchanadi. Poloponlarning tuxumdan chiqqandan so’ng
rivojlanishi Brodi formulasi orqali aniqlandi [40].
15
By erda:
R- uzunlik va og’irlik o’sish kattaligining % hisobidagi miqdori.
V1- boshlang’ich uzunlik yoki og’irlik.
V2- keyingi uzunlik yoki og’irlik.
Poloponlar rangi iplar orqali belgilandi. Poloponlarning oziqlanishi visual
kuzatishlar orqali o’rganildi. Buning uchun 8 karra kattalashtiruvchi durbindan
foydalanildi.
Tuxumlarning o’lchamlari va og’irligi statistik qayta ishlandi [16].
- o’rtacha arifmetik xato
- o’rtacha arifmetik xato
- kvadrat xato
- variatsiya koeffitsienti
Qushlarning uya hayoti doimiy kuzatishlar orqali o’rganilgu. Tixum bosish
va poloponlarini boqish davrlarida sutkalik kuzatishlar olib borildi.
3.Tadqiqot natijalari
16
3.1. Buxoro chittagi ekologiyasining o’ziga xos xususiyatlari.
O’zbekistonda yashaydigan buxoro chittagining sistematik holati
quyidagicha:
Sinf: Aves – Qushlar
Turkum: Passeriformes – Chumchuqsimonlar
Kenja turkum Passeres – Haqiqiy chumchuqlar
Oila: Paridae – Chittaklar
Kenja oila: Parinae – Chittaklar
Urug’: Parus Linnayeus
Kenja urug’: Parus Linnayeus
Tur: Parus bocharensis Lichtenstein – Buxoro chittagi
Kenja tur: Parus bocharensis bocharensis. [ 21,36]
Buxoro chittagining tumshug’i va oyog’i qoramtir, boshining tepasi,
tumshug’ining ostki va jig’ildoni qora rangda. Qora ranglar shuningdek ko’krak
toji va qorni ketadi va dum osti patlarngacha davom etadi.
Chakkasi sof oq rangda, tanasining yon va pastki tomonlari kulrang aralash
oq rangda bo’ladi. Tanasining tepa qismi kulrang tusda. Qishki – baxorgi davrda
katlarining qora ranglarida metall yarqirog’i bo’ladi. Chittak juda serharakat
bo’lib, doim xarakterli «tyuv – tyuv – tyuv - chiz» tovush chiqarib turadi. Bu uning
sayrashi hisoblanadi. Chittak – ko’proq daraxtda yashaydigan qush bo’lib, zarur
paytlardagina yerga qo’nadi. foto
3. 1. 1. Tarqalishi
Buxoro chittagi O’zbekistonda keng tarqolgan bo’lib, u faqatgina baland
tog’ mintaqalarida uchramaydi. O’zbekiston hududida buxoro chittagining vertikal
tarqalishi dengiz sathidan 800 – 900 metrdan 2100 – 2200, kamdan – kam hollarda
2400 – 2500 metrni tashkil etadi [1]. N. M. Maslovning (1947) fikricha buhoro
chittagi faqat vohalarda uya quradi. A. I. Ivanovning (1969) ma’lumotiga ko’ra
17
buxoro chittagi Samarqand shahri uchun odatdagi qush hisoblanadi. I. A.
Abdusalyamov (1973) buhoro chittagini Samarqanddan sal yuqoriroqda, Sudjino
atroflarida uchratgan. A.K. Sagitov va S. B. Bakayevlarning (1980)
ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagi Buxoro vohasining cho’l o’rmonlarida ham
uchraydi. Shuningdek, buxoro chittagi vodiydagi barcha bog’larda yashaydi. Parus
bocharenses kenja turi Orol dengzining sharqiy qirg’oqlari, Amudaryo va deltasi
va g’arbiy O’zboydan tortib sharqqa tomon Chu vodiysi, Tyan-Shan va Oloy tog’
tizmalari g’arbiy etoklarigacha tarqalgan. Shimlo tomonda Orol dengizining
shimoli g’ sharqiy burchagi, Sirdaryoning qo’yi oqimi, Qoratog’ tizmasi va Chu
vodiysigacha, janubga tomon Kopettog’ning shimoliy yon bag’irlarigacha,
sharqroqda. Respublikasiningjanubiy chegaralarigacha tarqalgan.
3.1.2. Kuchib – ketish xarakteri.
Buxoro chittagi Zarafshon qo’riqxonasi sharoitida o’troq qush hisoblanadi.
U qish davrida vertikal ko’chishlar hosil qilib uya qurish hududlarining yuqori
qismlaridan pastga tomon tushadi. Lekin uyalash orealidan chetga chiqmaydi.
Tog’lardan vodiy tomonga ko’chish noyabrning oxirlarida boshlanib, fevralning
oxirida martda ayrim yillarda aprelning o’rtalarida ular yana ortga qaytadilar [1].
O’troq bo’lishga qaramasdan buxoro chittagi uyalash davridan keyin unchalik
uzoq bo’lmagan ko’chishlar hosil qiladi.
3.1.3. Biotopi.
Buxoro chittagining uya biotoni bo’lib. Buta va daraxtlar bo’lgan, ko’pincha
eski, kovoklari bo’lgan saksovul, tut, terak va mevali daraxtlari bo’lgan
daraxtzorlar hisoblanadi. Shuningdek, buxoro chittagi daryo qayiri va
qirg’oqlaridan to’qayzordar, daryolar vodiysidagi mevali daraxtzorlar, tog’ oldi va
tog’ zonalaridagi buta-daraxtzorlarni ham hush ko’radi. Uya quyish davrida tog’
daryolari va soylari vodiysidagi chinor, archa o’sadigan daraxtzordarda uchraydi.
Zarafshon qo’riqxonasi sharoitida buxoro chittagi daraxtzorlarda biotopida
yashaydi. Yo’llar chetida o’sadigan ko’pincha kovoqlari bo’lgan eski daraxtlarda
18
uya quradi. Shuningdek, odamlar tomonidan o’rnatilgan sun’iy uyalarda ham uya
qurishi mumkin. (3.1.1-rasm).
3.1.1-rasm. Buxoro chittagini sun’iy uyasi
19
3.1.4. Soni.
Buxoro chittagi Zarafshon qo’riqxonasida odatdagi va ko’p sonli
qushlaridan biri. Buxoro chittagi uchun xarakteri bo’lgan biotop (Zarafshon
qo’riqxonasi) bo’ylab uch soatlik ekskursiya davomida 2007 yil 16 aprelda biz bor
yo’g’i 6 juft chittaklarni uchratdik. Zarafshon qo’riqxonasida 1 km masofada 15
mayda 12 juft chittak qayd etildi.
Samarqand shahridagi skverda 1,5 soatlik kuzatish davomida 3 ta buxoro
chittagi uchratildi. Buxoro chittagining soni uyadan uchirma qushlar uya hududi
atrofida bo’lish davrida bir oz oshadi. Qish davrida buxoro chittagining 3 gektar
maydonida bir soat davomida 2 ta, baland bo’yli eski chinor, akasiya va terak
daraxtlari o’sadigan bog’larda 1 kmlik marshurut hisobida 3 ta qush sanaldi.
3.1.5. Ko’payishi.
Buxoro chittagi ko’payishga nisbatan erta kirishadi. Ko’payish davrining
yaqinlashib kelishi belgilari martning boshlarida kuzatiladi. Ba’zan sayrayotgan
chittaklarni bir oz ertaroq ham eshitish mumkin. Juftlarga apreldan so’ng chittaklar
uch joylarini tanlashga kirishadi. Bu vaqtda nar qushlar daraxtlarning uchiga
qo’nib olib, bir xil takrorlanib turuvchi tovushlar chiqarib faol sayraydi [19].
Aprelning oxirida tutilgan nar chittaklarning urug’donlari ancha kattalashgan edi.
O’ng urug’donning uzunligi va eni 5,5 x 4 mm ni, chap urug’donning uzunligi va
eni 6 x 5 mm ni, urug’donning og’irlish esa o’rtacha 125 mg ni tashkil etdi.
Aprelning boshlarida moda chittak tuxumdonining o’lchami 4 x 3 mm bo’lib,
follikulalari yaxshi rivojlangan edi [35]. A. V. Popov (1959) tomonidan 4-15
aprelda Varzob vodiysida tutilgan moda chittakning follikulalarining diametri 25
mm ga yetgan edi. Buxoro chittagi uya qurishga aprelning ikkinchi o’nkunligida
kirishadi. Ommaviy uya qurish mayning birinchi yarmida kuzatiladi. Zarafshon
quriqxona sharoitida 19 aprelda uya materiali tashiyotgan buxoro chitagi kuzatildi.
Shofirkon o’rmon xo’jaligida bir kunlik ekskursiya davomida 5–6 ta faol uya
materiali izlayotgan va tashiyotgan qushlar uchratilgan. Tojikistonda buxoro
chittagining qurishi aprelning ikkinchi yarmida kuzatilgan [1]. R.L. Potapovning
20
(1959) kuzatishlariga ko’ra chittaklarning faol joylanishi va uya urish joylarining
tanlashi “Tigrovaya balka” qo’riqxonasining qirg’oq oldi chakalakzorlarida
martning oxiri o’n kunligida, ya’ni respublikaning o’rta tog’ mintaqalariga
nisbatan ancha ilgariroq yuz beradi.
3.1.2-rasm. Buxoro chittagini kovak uyasi
Buxoro chittagi – tipik daraxt kovaklarida uya quruvchi qush hisoblanadi.
Shuning uchun xam uning uyasi ko’pincha eski daraxtlarning kovaklarida
joylashgan bo’ladi. A. K. Sagitov, Bakayev (1980) tomonidan topilgan 6 ta uya
saksovul daraxtidan qovak yerdan 0,2-1,5 m bolandlikda, bir uya tut daraxtining
kovagida, bir uya yerdan 40 sm balandlikda, joylashgan qutida, yana bir uya
devorga ilib qo’yilgan samovarda joylashgan edi. N.A. Zarudniy (1915) tuyaning
21
bosh skeletida joylashgan chittak uyasini topgan. X. Solixboyev (1956) diametri 10
sm vertikal metal quvurda 50 sm balandlikda chittak uya qurganlini yozadi. (3.1.2-
rasm ).
Tojikiston Respublikasi hududidagi uyalar turli daraxtlar: turang’il, terak,
archa, uchqat, jiyda, chinor va har xil mevali daraxtlar tanasidagi yoki
to’nkalardagi kovaklarda joylashgan.
A. K. Rustamovning (1958) ma’lumotiga ko’ra Turkmaniston sharoitida
buxoro chittagi saksovul, turang’il, pista, yulg’undagi kovaklarda uya quradi.
Buning ustiga uyalar deyarli yerga yaqin yoki yerdan 50-120 sm balandlikda
joylashgan bo’ladi. Uya qurish davomiyligi turli uyalarda turlicha. Bu birinchi
navbatda ob – havo sharoitlariga va tanlangan joyning qulayligiga bog’liq bo’ladi.
Masalan, kuzatilgan uyalardan biri qulay kovakda joylashganligiga qaramasdan 12
kun davomida qurib bitkazildi.
Uya materiali bo’lib odatda qo’ylar, tuyalarning jumlari, katta kamdan –
kam hollarda o’tchil o’simliklar xizmat qiladi. Faqatgina bitta uyada uya materiali
sifatida o’tchil o’simlikdar qoyd etildi [35].
Turkmaniston sharoitida uya materiali sifatida buxoro chittagi o’simlarning
poxoli, pat, quruq o’tlar ingichka shoxlardan foydalanadi. Bu materaillar qalin
to’shak hosil qiladi. Bu qatlamga keyinchalik polaponlarini boqishda
foydalaniladigan hasharotlarning xitin qoldiqlari qo’shiladi. Zarafshon
qo’riqxonasi sharoitida buxoro chittagining uya materiali bo’lib, ingichka o’tlar
poyalari, o’simliklarning poxoli, qushlarning patlari, xayvonlarning junlari xizmat
qiladi. (3.1.3-rasm).
Buxoro chittagi uyasining o’lchamlari o’zgaruvgan bo’ladi. A. K. Sagitov va
S. B. Bakayevlarning (1980) ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagi uyasining
o’lchamlari quyidagicha bo’ladi: balandligi – 42 mm, diametri – 102 mm,
lotogining chukurligi – 58 mm. Bizning ma’lumotlarimizga ko’ra Zarafshon
quriqxona sharoitida buxoro chittagi uyasining o’lchamlari quyidagicha kattalikda
o’zgarib turadi (3.1.1-jadval).
22
3.1.3-rasm. Buxoro chittagini uyasini ichki qo’rinishi
Uya qurib bitkazilgandan so’ng moda chittak tuxum qo’yishga kirishadi.
Turkmaniston sharoitida 3 aprelda Tashkuprik yaqinida uchta uyada 3, 4, 5 tadan,
8 aprelda shu yerda ikkita uyada 5, 6 tadan bosib yotilgan tuxumlar topilgan [37].
Murg’obda Sari Yazi yaqinida 26 marta tuxumdonida tayyor tuxum bo’lgan moda
chittak tutilgan [45]. Janub – g’arbiy qizil qum sharoitida 7 ta tuxumi bo’lgan
birinchi uya 7 mayda topilgan. Oyning oxirigacha esa 10 dan ortiq 5 – 7 ta tuxumi
bo’lgan uyalar topilgan [35]. Romit o’rmon xo’jaligida va Varzob sharoitida
buxoro chittagining uyalashi aprelning ikkinchi yarmida qayd qilingan [29].
Zarafshon qo’riqxonasida yangi qo’yilgan tuxum bo’lgan birinchi uya 18 aprelda
topilgan.
23
3.1.1-jadval
Buxoro chittagi uyasining yerdan balandligi (sm) va o’lchamlari (mm)
№
Yerdan balandligi
Kirish teshigining
diametri
Ichki diametri
Tashkil diametri
Kirish yo’lining
cho’qurligi
Uyaning chuqurligi
1 70 60 x 97 30 50 250 25
2 75 5 x 12 40 70 210 30
3 144 97 x 123 75 90 100 55
4 85 7 x 19 100 120 200 60
5 100 13 x 8,5 30 100 115 40
6 130 10 x 6,5 55 80 120 30
7 104 84 x 132 108 110 340 50
8 192 6 x 3,5 40 60 120 30
Tuxumlarini moda chittak xar kuni bittadan qo’yadi. Uyada 6 – 9 tagacha
tuxum bo’ladi [1]. Janubi – g’arbiy qizilqum sharoitida buxoro chittagining
uyasida 5 – 7 ta [35], Turkmanistonda 6 – 8 ta [37] tuxum bo’ladi. Bizning
kuzatishlarimizga ko’ra Zarafshon quriqxona sharoitida buxoro chittagi 5 – 8
tagacha tuxum qo’yadi.
Buxoro chittagining tuxumlarining rangi oq, ba’zan tuxum po’chog’ida
jigar – rangi – qizg’ish nuqtalar bo’ladi. Ko’pchilik tuxumlarning poyonok qismida
toj hosil bo’ladi. (3.1.4-rasm).
Tuxumlarining o’lchami o’zgarib turadi. A. K. Sagitov va S. B.
Bakayevlarning (1980) ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagi tuxumlarining
o’lchamlari quyidagicha: uzunligi – 17, 5 mm, eni – 13,5 mm, ya’ni qo’yilgan
tuxumning massasi 1,3 – 1,7 g. Tojikistonda buxoro chittagi tuxumlarining
o’lchamlari quyidagicha o’zgarib turadi: uzunligi 18,6-19,2 mm, eni 13,1-14,5
mm, [29] va 16,7-17,3 mm x 12,8-13,0 mm [29],Turkmanistonda [30] buxoro
24
chittagi tuxumlarining o’lchami quyidagicha: 16,9-17, 2 x 13,0-13,5 o’rtacha 16,9
x 13,2 (mm). G. P. Dementyev va N. N. Gladkovlarning (1954) ma’lumotlariga
ko’ra buxoro chittagi tuxumining uzunlig va 17,6x13,1 (mm), T.Z. Zoxidov va
R.N. Meklenbursevlarning (1969) ma’lumotlariga ko’ra o’rtacha 17,0-19,5 (mm)
x 12,5-14,0 (mm).
Bizning ma’lumotlarimizga ko’ra Zarafshon kurikxonasi sharoitida buxoro
chittagi tuxumlarining o’lchamlari quyidagicha (n=18): 13,4x17,1 mm, massasi
1,65 g.
3.1.4-rasm. Buxoro chittagini tuxumlari
25
3.1.2.-jadval
Buxoro chittagini tuxumlari o’lchami (mm) va og’irligi (g) (n = 25) (Belyalova L.E.)
O’lcham min max M ± m ± δ C %
Uzunligi 15,9 20,6 17,1 0,16 0,74 3,34
Eni 13,2 14,1 13,4 0,11 0,49 3,49
Og’irligi 1,4 1,9 1,65 0,05 0,26 13,8
Tuxumlar xar kuni bittadan ko’yiladi. Oxirgi yoki oxiridan oldingi tuxum
qo’yib bo’lingandan so’ng moda chittak tuxumlarini bosib yotishga kirishadi.
Tuxumlarini modasi bosib yotadi, nari esa uni boqadi. A. K. Rustamovning (1958)
ma’lumotiga ko’ra gohi-gohida tuxum bosishda urg’ochisini almashtirib turadi.
Uyaga uchib kelayotgan nar chittak signal beradi va modasi uyadan uchib chiqadi.
Birgalikda uchib ketishadi va uyaga yana birgalikda o’ziga xos ovozlar chiqarib
uchib kelishadi (3.1.5-rasm)
3.1.5-rasm. Buxoro chittagini urg’ochisi tuxum bosish davrida
26
Inkubasiya davri davomida tuxum bosish jadalligi o’zgarib turadi.
Inkubasiya davrining boshlarida tuxum bosayotgan qush uyani tez – tez tark etadi.
Inkubasiyaning oxirida u uyada zich o’tiradi, uyani tark etish soni kamayadi.
Tuxum bosish jadalligini kuzatish mobaynida (soat 6 00 dan 20 00 gacha, ya’ni 14
soat (840 daqiqa) moda qush tuxumlarini 670 daqiqa (79,8 %) bosib yotadi. Uya
170 daqiqa (kuzatishning 20,2 %) bo’sh qoldi. Tuxum bosayotgan qush uyani 15
aprel tark etdi. Inkubasiya davrining oxirida moda chittak tuxumlarini 730 daqiqa
(86,9 %) bosib yotdi. Uyani 16 aprel 110 daqiqaga (13,1 %) tark etdi. (3.1.3-
jadval).
Tuxum bosish davrida tuxum og’irligi 13–15 % o’rtacha 14,0% ga
kamayadi. Agar tuxumlarni o’rg’ochisi bossa, erkagi yaqin atrofda bo’ladi va xavf
tug’ilganda bezovta bo’lib sayray boshlaydi. (3.1.1-grafik)
3.1.3-jadval
Buxoro chittagi tuxumlarini bosish rejimi
Sana
Bos
il ga
n ku
n
Kuz
atis
h so
atla
ri
Inkubasiya
to’xtovsiz
davomiyligi
Bosish
vaqti %
larada
Uchib ketish
davomiyligi,
min
Uchib
ketish
lar soni
min
max
O’r
tach
a
min
max
o’rta
cha
6. 04 4 6 – 20 3 63 17,8 79,8 3 15 5,8 33
15. 04 13 6 – 20 5 72 16,4 86,9 7 25 11,3 18
Inkubasiya davri 14 kun davom etadi. Masalan, oxirgi tuxumi 3 may kuni
qo’yilgan uyada polaponlar 17 may kuni tuxumdan chiqdi. Xuddi shunday
ma’lumotlar adabiyotlarda ham keltirilariladi [35].
27
3.1.1-grafik
Buxoro chittagi tuxumlarini qurib kamayish jadalligi
0
500
1000
1500
2000
1 2 3 4 5 6 7
kunlar
mg
1-chi tuxum 2-chi tuxum
28
3.1.6-rasm. Buxoro chittagini 5 - kunlik polaponlari
3.1.7-rasm. Buxoro chittagini 10- kunlik polapon
29
Zarafshon quriqxona sharoitida polaponlarning ommaviy tuxumdan chiqishi
may oyning oxiri va iyun oyining boshlarida kuzatiladi. Turkmanistonda 12
aprelda bir uyada patlari endigina chiqayotgan polaponlar topilgan [30]. Polaponlar
tuxumdan yalang’och chiqadi tanasining ayrim joylarida embrional patlari bo’ladi.
Ularning ko’zlari va eshitish yo’llari yopiq bo’ladi. 1-2 kun davomida ularning
og’irligi 1,7 – 1,2 grammni tashkil etadi. Polaponlar jadal o’sadi, uchinchi kunda
ularning og’irligi uch barobarga oshadi. Uyadan uchib chiqish oldidan uchirma
polaponlarning og’irligi o’rtacha 15,5 grammga yetadi. Hayotining uchinchi
kunida pterimiyalarda pigmentasiya paydo bo’ladi. Beshinchi kunda pat
qalamchalari chiqa boshlaydi. Ikki haftadan so’ng dum patlarining uzunligi 25 mm
ga yetadi. Hayotining oltinchi kunida polaponlarining ko’zlari va eshitish yo’llari
ochiladi. O’ninchi kunda polaponlar deyarli to’liq pat bilan qoplanadi. (3.1.6-3.1.7-
rasmlar; 3.1.4-jadval; 3.1.2-grafik)
3.1.4-jadval
Buxoro chittagini polaponlarni tana massasini usish jadalligi.
Yoshi
(kun)
Tana
og’irligi
Tana
uzunligi
Qanoti Sevka
uzunligi
Dumi Tumshuq
uzunligi
g % mm % mm % mm % mm % mm %
1 1,6 - 35 - 5,0 - 5,0 - - - 4,0 -
3 4,6 96,7 42,3 18,8 7,3 37,3 7,6 41,2 - - 5,0 22,2
5 6,1 28,0 55,6 27,1 11,0 42,7 11,0 47,3 1,6 - 7,3 37,3
7 9,8 46,5 64,6 14,9 18,0 48,2 16,6 40,5 5,5 10,9 8,5 15,1
9 13,2 29,5 72,3 11,2 33,6 60,0 19,5 15,6 7,7 42,5 10,0 16,2
11 15,5 16,0 82,6 13,2 42,6 23,6 20,8 6,4 11,6 40,8 10,6 5,8
13 17,3 11,2 94,0 13,9 50,0 18,1 22,5 7,8 19,0 23,9 10,7 0,6
30
3.1.2-grafik
Buxoro chittagini polaponlarni tana massasini usish jadalligi
0
20
40
60
80
100
120
1 2 3 4 5 6 7
Kunlar
%
Tana og’irligi Tana uzunligi Qanoti
Sevka uzunligi Dumi Tumshuq uzunligi
3.1.6. Polaponlarining oziqlanishi.
31
Buxoro chittagi polaponlarini turli umurtqasiz hayvonlar bilan boqadi.
Polaponlarni boqish jadalligi ularning o’zgarib yoshiga qarab shuningdek, kun
davomida o’zgarib turadi. Masalan, soat 6 00 dan 20 00 gacha olib borilgan
kuzatishlarimiz davomida katta yoshdagi qushlar 6 ta kunlik polaponlariga 90
marta oziq keltirib berdilar. Kuning ertalabki (6 oo – 7 00 gacha) va kechki (17 00 – 18 00 gacha) paytlari polaponlarni boqish jadalligi yuqori bo’ladi. Kunduzi kun isishi
bilan qushlarning uyaga oziq bilan uchib kelish soni kamayadi va bir soat
mobaynida 2 martadan 10 martagacha o’zgarib turadi. Saqqiz kunlik polaponlarini
katta yoshdagi qushlar 102 marta boqdilar. Har bir polaponga o’rtacha 17
porsiyadan oziq to’g’ri keldi. Qushlar uyaga oziq bilan bir soatda o’rtacha 7
martadan uchib keldilar. Polaponlari tuxumdan chiqqandan keyingi dastlabki
kunlarda moda chittak uyada o’tirib polaponlarini isitadi va gohi – gohida
oziqlanish uchun uchib ketadi. Nar chittak bu vaqtda juda faol bo’lib, polaponlarini
asosan u boqadi. So’ngra polaponlarini ikkala qush birgalashib boqadi. Chittaklar
polaponlarini o’rgimchaklar, qo’ng’izlarning lichinkalari, qurtlari bilan boqadi. Bir
oz katta bo’lib qolgan polaponlariga katta yoshdagi qushlar kapalaklar,
qo’ng’izlarning g’umboklari va boshqa hasharotlarni keltirib beradilar. Uya davri
16 – 17 kun [13] yoki 18 kun [35] davom etadi. Masalan, birinchi polapon 17
mayda tuxumdan chiqqan uyadan polaponlar 2 – 3 iyunda uchib chiqib ketdi.
(3.1.8-rasm)
32
3.1.8-rasm. Buxoro chittagini uyasi polaponlari bilan.
Buxoro chittagi bir yilda 2 marta ko’payadi. Birinchi ko’payish aprelning
oxiri mayning boshiga, ikkinchi ko’payish iyunga to’g’ri keladi. Turkmaniston
sharoitida ham buxoro chittash bir yilda 2 marta ko’payadi. [30]. Xuddi shunday
ma’lumotlarni A. I. Abdusalyamov (1973) Tojikiston sharoitida ham keltiradi.
Katta yoshdagi chittaklar hasharotlar bilan oziqlanadi. A. K. Sagitov va S.B.
Bakayevlarning ma’lumotlariga ko’ra (1980) yorib ko’rilgan 5 ta buxoro
chittaklarining ozqozonlarida asalari, qandalalar, oltinko’zlar, sikadalar, chumolilar
uzun tumshuqli qo’ng’izlar, o’rgimchaklar borligi aniqlandi. Ba’zan buxoro
chittagining oshqozonida o’simlik qoldiqlari va urug’larini ham uchratish mumkin
[30]. I. A. Abdusalomovning (1973) ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagining
oziqlanish xarakteri masumga qarab o’zgarib turadi. Bahorda va yozda buxoro
chittagi faqat hasharotlar bilan oziqlanadi.o’simlik ozuqalari juda kam miqdorda
uchraydi.
33
3.1.3-grafik
Buxoro chittagi polaponlarini boqish jadalligi
0
5
10
15
20
25
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
Soatlar
Ozu
qa bila
n o'ch
ib kelishi
Bir kunlik polapon Sakkiz kunlik polapon
34
Kuzgi-qishki davrda chittaklar hasharotlar bilan ham, urug’lar va
o’simliklarning vegetativ qismlari bilan oziqlanadi. O’simlik urug’laridan
chittaklarning oziq rasionida ham yovvoyi holda o’suvchi o’tchil o’simliklarning,
ham madaniy o’simliklarning urug’lari uchraydi.
3.1.7.Uyalashning samaradorligi.
Buxoro chittagi uyasining himoyalangan bo’lishiga qaramasdan (daraxt
kovaklari, sun’iy uyalar) uya davrining muvaffaqiyatliligi unchalik yuqori emas.
Masalan, Qoraqumda 23 ta tuxumdan 8 tasi (34,8%) nobud bo’ldi. Janubi-g’arbiy
Qizilqumda tuxumlarining nobud bo’lishi 41,1% ni tashkil etadi. Asosiy
dushmanlari – ilonlar hisoblanadi. Zarafshon quriqxona sharoitida buxoro
chittagining uyasini zag’izg’on va ilonlar buzib ketadi. Jami 18 ta qo’yilgan
tuxumlarning 13 tasidan (72,2%) polaponlar ochib chiqib, shundan 10 tasi (76,9
%) uyadan uchib chiqdi. Uyalash muvaffaqiyati 55,5% ni tashkil etadi.
3.1.8. Buxoro chittagi ahamiyati.
Buxoro chittagi katta miqdorda hasharotlarni qirishi tufayli mutlaqo foydali
qush sanaladi. Agar ularning bog’larda, istirohat bog’larida, skverlarda,
urmonlarda yashashi hisobga olinsa uning shahar sharoitida bog’larada sanitar
ahamiyati nihoyatda kattadir. Buxoro chitagi sun’iy uyalarda bajonidil uya quradi.
Shu sababli kovakli daraxtlari bo’lmagan yosh bog’larda sun’iy uyalar qurib ularni
shu yerlarga jalb qilish lozim.
35
4. Zarafshon vodiysi bioxilma-xilligi va uni asrash muammolari
O’zbekiston hududi fizik-geografik strukturasiga ko’ra tekislik va tog’li
qismlarga ajratilada. Shu parametrlarga ko’ra bir – biridan ekologik sharoitlari va
florasi xamda faunasi tarkibi bilan farqlanuvchi 5 ta biogeografik zonalarning
mavjudligi aniqlanadi.
1. Tekisliklarining o’sli ekotizimlari.
2. Tog’ oldi chalacho’llar va dashtlar.
3. Namlangan hududlar va deltalar ekotizimlari.
4. Asosiy daryolarning daryo va soxil oldi ekotizmlari.
5. Tog’ ekotizmlari.
Zarafshon davlat qo’rikxonasi ekotizimi daryo va sohil oldi ekotizimlariga
kiradi. Bu ekotizimlar asosan Amudaryo va Sirdaryoning tekislik zonalarini;
Zarafshon va Surxandaryoning quyi oqimlarini qamrab oladi. Daryo ekatizimlari
tarkibida qayir o’rmonlari va to’qayzorlar alohida ajralib turadi. Faunasi tarkibi
unchalik boy bo’lmasa ham, lekin o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Daryo ekotizimlari sharoitlarining xilma – xiligi yashash muhitining uchta
asosiy tiplarini ajratish imkonini beradi: qamishzorlar, daryo suvi yuvib ketgan
yerlar va to’qayzorlar.
Cho’l to’qayzorlarining katta massivlari tor tilim yoki filchalar ko’rinishida
Amudaryo vodiysida va uning deltasida ba’zi joylarda Sirdaryo, Surxondaryo,
Zarafshon va Chiriq daryolari vodiylarida saqlanib qollingan. Ularning umumiy
maydoni 1660 ming gektorda ortiqni tashkil etadi. Tuqayzor tipidagi
landshaftlarning alohida fragmentlarini va Qashqadaryo daryolarining qo’yi
qismlarida uchratish mumkin.
To’qayzor tipidagi o’simliklar floristik tarkibi 35 oila, 105 uruqqa mansub
bo’lgan 285 tur o’simliklardan iborat. Tipik to’qayzor o’simliklari mulardan 40
turini tashkil etadi.
36
O’zbekistonda saqlanib qolingan to’qayzor maylonlarida 5 ta qo’riqxona
tashkil etilgan.
Zarafshon qo’riqxonasi shulardan biri hisoblanib, u 1975 yilda tashkil
etilgan va Samarqand viloyatida joylashgan. Uning hududi Cho’pon ota
tepaligidan boshlanib, tor tilim shaklida Zarafshon daryosining o’ng qirg’og’i
bo’ylab 47 km cha cho’zilgan. To’qayzorning kengligi 300 metrdan 1500
metrgachani tashkil etadi. Uning maydoni 2320 gektar. Shundan 680 gektari
o’rmon bilan qoplangan. Qo’riqxonaning maqsadi to’qay majmuasi, xususan
itshumurtsimon chakandani, to’qayzor o’simliklarini, zarafshon qirg’ovli keja turi
populyasiyasili muhafaza qilish va qayta tiklashdan iborat.
Qo’riqxonaning nisbatan unchalik kata bo’lmagan hududida 300 ga yaqin
o’simliklar, yulg’un, do’lona va boshalardir. Nam joylarda, daraxtlar orasida
qizilmiya, qo’g’a, kandir, kamishlar o’sadi. Qo’riqxonaning faxri bu 14 gektarni
tashkil etuvchi relikb tur ko’k bargli turang’il o’suvchi maydon hisoblanadi.
Mintaqada bu turang’il o’sadigan yagona joy hisoblanadi. Qalik to’qayzorlar
ozuqaga boy bo’lib, ko’plab yovvoyi hayvonlarni o’ziga jalb qiladi. Ularni bu
yerlarda to’ng’izlarning yirik podalari uchratilib, ular o’tgan asr 20 yillarining
o’rtalarigacha turon yo’lbarslarining asosiy ozig’i hisoblangan.
Turon yo’lbarslari to’ng’iz podalarining va asosiy yashash joylari bo’lmagan
to’qayzorlarning qisqarishi oqibatida butunlay yo’qolib ketdi. Kalik
chakolanzorlarda chiyabo’rilar, karagan tulkisi, dasht va to’qay mushuklari
o’zlarining uyalarini quradilar. Bulardan tashqari qo’riqxonada qum tavushqani,
bo’rsiq, quloqdor tipratikan, yulg’un qumsichqani, ko’sichqon, dala
sichqonlarining bir necha turlari yashaydi. Sudralib yuruvchilardan qo’riqxona
uchun suvilon, cho’ldor chipon ilon, o’qilon, cho’l toshbaqasi, sariqilon, cho’l
ilonquyrug’i, suvda va quruqda yashovchilardan yashil qurbaqa va ko’l baqasi
xarakterlidir.
Qo’riqxonada 160 tur qushlarni uchratish mumkin. Zarafshon qayirida bir
necha ming yillar avvalgidek to’qayzorning eng maftunkor qushlaridan biri
37
bo’lgan zarafshon qirg’ovullari tarqalgan. Qirg’ovullar o’zining chiroyti bilan
to’qayzorni faatgina bezab qolmasdan, balki ko’k lenqdorda zararkunanda
hasharotlarni yeb o’rmon va qishloq ho’jaligiga katta foyda keltiradi. Qirg’ovuldan
tashqari qo’riqxonada ko’k torg’oq, oq qanotli qizilshton, kichik musicha,
zag’izg’on, buxoro chittagi, mayna so’fito’rg’ay, dala chumchuqlari doimiy
yashaydi. Jig’oltoy, tillarang kurkunak, oddiy sog’, to’qay bulbuli kabi qushlar
faqat va yozda uchraydi. Martning oxiri – aprelning boshlarida qo’riqxona
hududiga haqqush uchib keladi. Yaqin kunlargacha bu qush Zarafshon daryosining
butun o’rta oqimi bo’ylab tarqalgan edi. Hazir ularning koloniyasi faqat
qo’riqxonada saqlanib qolingan. Afsuski, to’qayzorlarining ayrim turlari butunlay
yo’qolib ketgan va yo’qolib borishda davom etmoqda. Bular qatoriga O’rta Osiyo
qunduzi, olaqo’zan, targ’il sirtlon, qaraquloq, buxoro bug’usi (xongul) kiradi.
Bundan 100 yil avval buxoro bug’usini O’zbekistonning ko’pchina hududlarida
uchratish mumkin edi. O’tgan asrning 60 yillari o’rtalariga kelib buxoro bo’g’usi
faqat qo’riqxonalarda va hayvonot bog’larida saqlanib qolgan. U halqaro Qizil
Kitobga va O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan. Buxoro bug’usini ovlash hamma
joyda taqiqlangan va qonun bilan ta’qib qilinadi.
Zarafshon vodiysi biologik xilma-xilligi o’z tarkibiga 2588 tur o’simliklarni [12]
olib shundan 10% i Qizil kitobga kiritilgan turlar hisoblanadi. Hayvonot
dunyosidan 4 ming tur umurtqasiz hayvonlardan 50dan ortiq baliqlar, 2 tur suvda
va quruqda yashovchilar, 57 tur sudralib yuruvchilar, 83 tur sut emizuvchilar
kiradi. Qo’rikxona xududiga yashovchi sudralib yuruvchi hayvonlar turlari
O’zbekiston sudralib yuruvchilari hilma-xiligining 98% ini ulardan uch turi Qizil
kitobga kiritilgan turlar hisoblanadi. Ko’riq xonagining sut emizuvchilar faunasi
esa respublika sut emizuvchi hayvonlari turlar tarkibining 77% ini tashkil etib,
ularning 14% i Qizil kitobga kiritilgan turlar hisoblanadi. Biologik xilma-xillik
muhofaza qilinadigan hududlarda ayniqsa samarali muhofaza qilinadi. Zarafshon
vodiysi hududida Zarafshon ko’rikhonasi joylashgan bo’lib, u Zarafshon daryosi
vodiysiga to’qayzorlarni saqlashga qaratilgan. Ko’rikxona xududi 2352 gektar
38
bo’lib, u Zarafshon daryosining o’ng qirg’og’i bo’ylab eni 300 metrdan 1500
metrgacha bo’lgan tor polosa ko’rinishida cho’zilgan. Ko’rikxonada 868 gektar
maydonni to’qayzorlar egallaydi. 759 gektar maydonni ochiq dalalar tashkil etadi.
725 gektar maydon o’rmon bilan qoplanmagan. Ko’rikxonani tashkil etishdan
maqsad yo’qolib borayotgan Zarafshon qirg’ovuli endemik kenja turi, qimmatbaho
dorivor o’simlik-chakanda solini tiklash va asrash, to’qayzorlarni muhofaza qilish
va ilmiy-izlanishlar olib borishdan iborat. Zarafshon ko’rikhonasining xarakterli
biotopi turli darajada o’zgartirilgan to’qayzorlardir. Lekin ko’rikxona xududini
faqatgina 30% maydoni o’rmon bilan qoplangan. Ko’rikxonaning yuqori qismi
daraxt-butachil o’simliklari bo’lmagan shag’alli maydonlar va chalacho’lli
xududlar bilan qoplangan. Zarafshon ko’rikhonasining florasi 300ga yaqin tur
o’simliklarni o’z ichiga eladi. Ular orasida 6ta oilaga mansub turlar keng uchraydi:
g’alladoshlar – 48 tur, murakkabchuldoshlar 40 tur, dukkakdoshlar – 23 tur,
krestchuldoshlar-20tur, ra’nochuldoshlar – 14 tur. Bu yerda itshumurtsimon
chakanda, ingichna bargli jiyda, vavilon va jungar tollari, shoxlangan cholg’un va
boshqalar keng tarqalgan. O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan O’rta Osiyoning
endemigi bo’lgan Kesselring savrinjoni va Korolkov za’farogi uchraydi.
Kesselring savrinjoni ko’p yilik tuganaktiyozli o’simlik bo’lib, urug’lari orqali
ko’payadi. Vegetasiyasi yanvar oyidan boshlanadi. Zarafshon qayirlari bu nodir
o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam
o’z arealini qisqartirmoqda. Uning och sariq chullari ko’rikxona hududida onda-
soda tog’ oldi hududlarida dengiz sayhidan 800-900 m balandlikda uchrab turadi.
Ko’rikxona hududida 59 tur dorivor o’simliklar: dala qirqbo’g’ini,
qirqbo’g’insimon efedra, jingalak otquloq, tomorqa samizo’ti, zirk va boshqalar,
shuningdek 20 turga yaqin manzarali o’simliklar-kesselring savrinjoni, Korolkov
za’farini o’tloq gerani, Olivyeri gazak o’ti, tatar iqsiomirnoni, yolg’on-siyrak guli
orxis, vavilon toli va boshqalar o’sadi. Bundan tashqari qo’rikxona xududida 23 tur
texnik o’simliklar. Qo’rikxonadan yo’qolib borayotgan relikt o’simlik turlariga har
xil bargli va ko’k bargli teraklar, Turkiston do’lanasichi kiritish mumkin. Bu yerda
39
ko’k bargli terak o’sadigan umumiy maydoni 14 gektarga teng bo’lgan ikkita
maydon saqlanib qolingan. Ular orasida bir necha o’ylab har xil bargli terakni ham
uchratish mumkin. Turkiston do’lonasi juda kam va yakka-yakka hamda unchalik
katta bo’lmagan guruhlar xosil qilib uchraydi. Yovvoyi holda o’suvchi rezavor-
mevali va mevali o’simliklar to’qayzorlarda yashovchi ko’pincha hayvonlar uchun
muhim ozuqa ahamiyatiga ega. To’qayzorlarda baland daraxt turlaridan shumtol
uchraydi. Jiydali formasiya qayirning o’zanga yaqin joylarida joylashgan bo’lib,
ba’zan ular xilma-xil o’simlik turlari bilan birgalikda o’tib bo’lmaydigan
chakalokzorlar hosil qiladilar. Jiydaning mevalari kattaligi, shakli va rangiga ko’ra
bir-biridan farq qiladi. Tolli formasiyalar daraxtzorlar orasida keng tarqalgan. Bu
formasiyalar jungar toli Vilegeli tollaridan tashkil topadi. Zarafshon ko’rikxonasi
O’zbekiston tekisliklari zonasida chakaldalar saqlanib qolingan yagona xudud
hisoblanadi. Chakalda o’tadigan maydonlar nam shag’alli joylarni egallab, jiyda va
tol daraxtlari bilan birga qalin chakalzorlarni hosil qiladi. Faqat chakanda
o’sadigan maydonlar qo’rikxona hududida 64gektarni tashkipl etadi. Chokanda-
qimmatbaho mevali va dorivor o’simliklar. Qo’riqxona xududida chakanda
o’sadigan maydonlar katta hududlarni egallab, xilma-xil formalar hosil qiladi va
ular har tomonlama o’rganilmoqda. Buta o’simliklaridan qo’riqxona xududida
o’zining to’qay assosiasiyalaridan axamiyatiga ko’ra yulg’un birinchi o’rinda
turadi. Qo’rikhona xududida yulg’un avlodining bir necha turi va gibrid formalari
tarqalgan. To’qayzorlarda ko’pincha sarshoxi yulg’un, shoxlangan yulg’un va
dag’ol o’sadi. To’qayzorlar uchun xos bo’lgan kichik butulardan chinchil
xisoblanadi. To’kayzorlar assosiasiyasida ayrim keng tarqalgan o’tchil o’simliklar
uchraydi. Bularga ravenskiy ernantusi, qilindrsimon imperata, alep jo’xorisi,
tirsakli tulki quyruq, dala yo’ig’ichqasi, oddiy qolish, dalaerkako’ti, ajiriq va
boshqalarni kiritish mumkin. Qo’riqxona hududiga 30 tur sutemizuvchilar, 200
turdan ortiq qushlar, 8 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqda
yashovchilar, 8 tur baliqlar tarqalgan. Baliqlardan 5 turi dag’ora-baliqsimonlar, 2
turi eshvoy baliqlar, 1 turi laqqabaliqlar oilasiga mansub. Suvda va quruqda
40
yashovchilardan ko’l baqasi keng tarqalgan, yashil qurbaqa esa ancha kamroq
uchraydi. Sudralib yuruvchilar faunasi nisbatan kam sonlidir. Bu yerda Osiyo
ilonqurug’i, tez kaltakesakcha, suvilon, naqshdor chiporilon, kum bug’ma
ilonchasi, o’qilonni uchratish mumkin. Bahor boshlanishi bilan cho’l toshbaqalari
o’z inlaridan o’rmalab chiqadi. Ko’rikxona hududiga qushlar faunasi ancha xilma-
xildir. Bu yerda Osiyo ilonquyrug’i, tez kaltakesakcha, suvilon, naqshdor
chiporilon, kum bug’ma ilonchasi, o’qilonni uchratish mumkin. Bahor boshlanishi
bilan cho’l toshbaqalari o’z ishlaridan o’rmalab chiqadi. Ko’rikxona hududida
qushlar faunasi ancha xilma-xildir. Bu yerda uchraydigan 200 turdan 10 turi
o’troq, 30 turi uyalovchi, 36 turi qishlovchi 100 turga yaqini uchib o’tish vaqtida
doimiy uchrab turadi. Uyalovchi turlar ichida Zarafshon qirg’ovuli, Buxoro
chittagi, mayna, xakka va boshqalar xarakterlidir. Zarafshon daryosining o’rta
oqimlarida ba’zi joylarda unchalik katta bo’lmagan jarliklar uchraydi. Ko’pchilik
uchib o’tuvchi uyalovchi va o’troq qushlar (tillarang kurkunoq, ko’kqarg’a, ko’k
kaptar, qora va kichik uzunqanotlar, dag’cha, mayna, mallabel qaldirg’och, va
boshqalar) bu yerlarda o’z uyalarini quradilar. Qushlarning ko’zi uchib o’tishi
sentyabr oyida boshlanib butun oktyabr va noyabr oylarigacha davom etadi.
Qo’riqhona hududa go’ng qorg’a, zag’cha, qora va kulrang qarg’alar,
chumchuqlar, ayrim shak-shaqlar va boshqalar qishlaydi. Ba’zan qalin qor
yoqqandan so’ng to’qayzorlarga tog’lardan qizil qorinli va oq boshli
qizilquyruqlar, sariq tomoqli chittak, sariq qorinli mezorevka, bigiztulimuqlar
tushib keladi. Qo’riqxonada sut emizuvchilar faunasi kam sonliv va o’ziga xosdir.
Bu yerdagi asosiy turlarni 16tur kemiruvchilar-qumsichqonlar, sichqonlar, shu
jumladan eng yirik tur jayralar va boshqalar tashkil etadi. Bu yerda yulg’un
qumsichqoni va oddiy ko’rsichqonlar, odatdagi, ayrim yilarda esa ko’p sonli turlar
hisoblanadi. Dalasichqonlardan afg’on dalasichqoni, jamoatchi dalasichqon, oddiy
dalasichqon va kaspiy orti dalasichqonlari ko’p uchraydi. Ko’pchilik suv havzalari
sahillarida iqlimlashtirilgan va o’rta Osiyo bo’ylab keng tarqalgan ondatra
uchraydi. Qo’riqxona hududida tovushqonsimonlar turkumida qum
41
tovushqonisimonlar turkumidan qum tovushqoni yashaydi. Lekin ko’pchilik
hayvonlar singari uning soni ham so’ngi yillarda keskin kamayib ketdi. Yirqich sut
emizuvchilardan chiyabo’ri, karagan tulkisi, korsak, kamdan-kam hollarda
olaqo’zan va latcha uchraydi. Qalin to’qayzorlarda bo’rsiq yashaydi. Qo’riqxonada
ba’zan dasht mushugi va tuqay mushugini uchratish mumkin. Ko’riqxona tashkil
etilguncha qadar bu yerning o’simlik va hayvonot dunyosi ancha ayanchli ahvolda
edi. Hatto sobiq buyurtmaxona (zakazlik) hududida ham daraxt va butalar kesilib
uning o’rniga bu yerlarda ilgari o’smagan o’rmon daraxtlari ekilgan, madaniy
mevali daraxtlar yetishtiriladigan pitomniklar tashkil etilgan. To’qayzorlarning
kesilishi va bu yerlarning qishloq xo’jalik ekin maydonlariga aylantirilishi
mahalliy fauna turlar tarkibining qisqarib ketishiga olib keldi. Buxoro bug’usi,
to’ng’iz, qunduzlar yo’qolib ketdi. Ilgari bu yerlarda uyalagan ko’pchilik yirtqich
qushlar uyalamay qo’ydi va faqat uchib o’tish vaqtida uchraydigan bo’lib qoldi.
Qarg’alar va oq maylaklar uya turmay ko’ydi. Zarafshonning o’rta oqimida
qo’riqxona tashkil etilishi tufayli saqlanib qolindi. Qo’riqxona xodimlarining katta
urinishlariga qaramasdan uning faunasi turlar soni qisqarishda davom etmoqda.
Daryoning gidrologik rejimi buzilishi oqibatida suv va suv oldi majmualari
hayvonot dunyosi kuchli aziyat chekdi. Yani kanallar va ariqlar tashkil etilib, ular
ko’pchilik suv va suv oldi qushlari yashashi uchun yaroqli emas. Zarafshon
daryosining suvi kamaygan vaqtda uning suvsiz, shag’alli o’zanida yashovchi
hayvonlar bu yerlarni tark etadi. Bunday sharoitlarda ilgari ancha boy faunistik
majmuaning turlar tarkibi ancha kamayib ketgan. Faqatgina bahorda va kuzda bu
yerlarda uchib o’tuvchi suv qushlari to’planishadi. Odatda bu yerlarda bir necha tur
qo’tonlar, baliqchiqlar, suv ilonlari, ko’l bakasi, yashil qurbaqa va baliqlar
yashaydi. Qirg’ovullarning o’ziga xos populyasiyasi yuqolib ketish xavfi ostida
turibdi. Haligacha qo’riqxonaning muhofaza qilinadigan hududlarida va
qirg’ovullar kirib boradigan ko’rikxonaga chegaradosh qishloq xo’jalik ekinlari
maydonlarida ularning uyalash va xo’jalarini boqish davrida mol boqish holatlari
kuzatilmoqda. G’o’zani defomasiya qilish davrida kimyoviy preparatlardan
42
foydalanish qushlarning ommoviy nobud bo’lishiga olib kelmoqda. Bundan
tashqari qo’riqxona hududida brakonyerlik hollari ham kuzatiladi.
Qirg’ovullarning soniga ularning asosiy qishqi ozig’i hisoblangan chakanda va
jiyda hosilining kam bo’lishi ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Co’ngi yilarda bunday
bunday holatlar tez-tez uchrab turadi. Zarafshon suv havzasining buzilgan
ekotizimlarida daraxtlarning zararkunanda hasharotlari (katta tol bargxo’ri va
boshq), va chakanda daraxtining xavfli endomikoz kasalligi keltirib chiqaruvchi
patogen mikroorganizmlar ko’payib ketmoqda. Qo’riqxonada vaqti-vaqti bilan
bo’lib turadigan yong’inlarda ko’plab qirg’ovullar va to’qayzorlarda yashovchi
boshqa hayvonlar nobud bo’ladi. Ko’riqxonada keng miqiyosda biotexnik tadbirlar
majmuasi amalga oshiriladi. Lekin ko’pchilik tadbirlar vaqtinchalik o’tkazilib ular
kam samaralidir. Qirg’ovullarning qishni kamtaloft o’tkazishlari uchun ularga
qo’shimcha oziq berib turishga, yo’ng’ichga, makkajo’xori, bug’day, arna, sut
ekishga, ba’zi yillarda ularning asosiy dushmani bo’lgan chiyabo’rilarni tutib
turishga, yong’inlarning oldini olish chora-tadbirlarni amalga oshirishga to’g’ri
keladi. Ilgari qo’riqxona hududida yashagan oq maylaklar va boshqa turlar
populyasiyalarini qayta tiklash istiqbollari ancha ayanchlikdir. Birinchidan,
ularning soni shu darajaga qisqarib ketdiki, har qanday tabiy tarqalish, oq
maylaklar qo’riqxona hududiga jalb qilingan taqdirga ham bu yerda ularning
yashashi qulay sharoitlar mavjud emas. Qo’riqxona hududidagi kichik oziqlanish
joylari bunday yirik qushlarni qoniqtirmaydi. Qo’riqxona hududidan tashqarida esa
ularni antropogen ta’sirlar – ozuqa yetishmasligi, zaharli kimyoviy moddalar,
bezovtalanish olishi, insonning ta’qib qilishi va hokazorlar kutib turadi. Kalxatlar,
haqqu va boshqa ko’pchilik qushlar ham xuddi shunday ahvolda turibdi. Hongul va
to’ng’izlarga kelsak, qo’riqxona hududida ular uchun qulay bo’lgan yashash
muhitlari juda kam. Buning ustiga qo’riqxonaning aholisi zich bo’lgan Zarafshon
vohasining markazida joylashganligi bu yerda qo’rikxona rejimiga amal qilishni
qiyinlashtiradi. Shunday qilib Zarafshon qo’riqxonasining hozirgi kundagi eng
muhim vazifalaridan biri qo’riqxona hududini kengaytirish va uning atroflarida
43
halokatli antropogen ta’sirlardan himoya qiluvchi himoya zonalarini tashkil
etishdan iborat. Bu yerda to’qayzorlar ekotizimlari tabiiy qayir rejimini qisman
saqlash va uni tiklash ham ekologik tanglik (inqiroz) bo’sag’asida turgan bu
mintaqa holatini yaxshilashiga imkon yaratadi.
4.1. O’zbekistonda qo’riqxonalarni o’rganish holati.
Qo’riqxonalarni tashkil etilishdan maqsad qo’riqxona territoriyalarida ilmiy–
tadqiqot ishlarini olib – borishdir. Shuning uchun quriqxona ilmiy
tadqiqotchilarining ilmiy izlanishlari ornitofaunani o’rganish salmoqli hissa
qo’shadi. Ammo qo’riqxonada o’tkazilgan tadqiqotlari respublikada shu paytgacha
yoritilmagan.
Zomin qo’riqxonasi (Guralash) 1926 yilda tashkil etilgan bo’lib, shu
paytgacha ornitofaunasi to’liq o’rganilmagan. Qo’riqxona territoriyasida birinchi
materiallar S. K. Dal (1936) tomonidan to’plangan. U yezgi fauna turlarini
ekologik ma’lumotlarsiz keltiradi.
Chotqol qo’riqxonasida ilmiy ishlar yaxshi yo’lga qo’yilgan, ammo qushlar
bo’yicha ma’lumotlar kam. Chotqol tog’lari janubiy – g’arbiy bezmalaridagi kaklik
va boshqa qushlarni ekologiyasiga doir ma’lumotlar M. M. Ostapenko , B. M.
Petrov tomonidan to’plangan.
O’zbekistondagi qo’riqxonalar ichida Nurota qo’riqxonasining
ornitofaunnasi ancha to’qliq o’rganilgan. Qo’riqxona tashkil etilguncha qadar bu
hudud qushlari va sut emizuvchilari faunasiga doir ma’lumotlar R. N.
Meklenbursev tomonidan e’lon qilingan. 1970 yilda qushlar bo’limiga ancha joy
ajratilgan X.S. Salixbayev, D.Yu. Kashkarov, A. Sharipovlarning «Nurota
tizmalari umurtqali hayvonlari ekologiyasi» nomli asari nashrdan chiqdi [17].
Nurota qo’riqxonasi yirtqich qushlari ko’payish ekologiyasiga doir qiziqarli
ma’lumotlar Ye.N. Korshunova va Ye.N. Korshunovalar boshlanidan nashr
qilingan. Gissar qo’riqxonasi territoriyasida maxsus ornitologik tadqiqotlar olib
borilmagan. R. N. Meklenbursev ko’p yillar davomida Kashqadaryo basseyni
44
qushlar ekologiyasini urgangan, sobiq Kizilqum qo’riqxonasi faunasi barcha B.
Aromov kichik maqola qildirgan.
Payg’ambarorol qo’riqxonasi o’zining orol holatlari va flora, faunasining
xususiyatlari bilan ko’p olimlarni o’ziga jalb qilgan. Bundan tashqari qo’riqxona
ko’p yillar O’z SSR FA cha bo’ylab zoolog va botaniklar uchun tabiiy laboratorii
bo’lib xizmat qilgan. A.G. Bannikov o’zining bir qancha asarlarining
Payg’ambaroralning tabiiy xususiyatlari va faunasiga bag’ishlagan. G.N. Ishunin
Payg’ambaroral quriqxonasi bo’yicha qisqacha spravochnik yozgan. G.N.
Sapojnikov hayvonlar sonining holatini, L.S. Stepanyan orol qishki aviafaunasini
urgangan [33].
Qizilqum quriqxonasida tashkil etilguniga qadar mashhur ornitong N.A.
Gladkov ornitologik tadqiqotlar olib borgan. Qo’riqxona tashkil etilgach bu yerda
A.K. Sagitov., X.V. Salimov quriqxona hududiga birlashgan Amudaryoning chap
qirg’og’ida E. Annayevflar ishlagan .
Baday tuqay qo’riqxonasi Amudaryoning qo’yi qismida joylashgan. Uning
tabiati va faunasi quriqxona tashkil etilguncha qadar to’liq urganilgan/ shuning
uchun barcha faunistik ma’lumotlar 18 yuz yillik oxiriga to’g’ri keladi [17].
Zarafshon vodiysi qushlari to’g’risidagi ilk ma’lumotlar A.P. Fedchenkonnig
hisobotlarida uchraydi. Vodiy ornitofaunasini o’rganish O’zbek davlat universiteti
tashkil etilgach boshlandi. (Dal, Axmedov, Kalujina, Sagitov, Salimov, Laxanov)
[35]. Qo’riqxona tashkil etilgach qushlar X.V. Salimov. A.K. Sagitov, S.E
Fundukchiyev, V.A. Bagdasarova va SamGU umurtkali hayvonlari kafedrasining
a,zolari tomonidan urganildi. 70 yillarda quriqxonaga qushlarning soni va hisobi va
qishqi ornitofaunani urganuvchi Moskva Universiteti zoologlari tashrif bug’ordi.
Shundan xulosa qilish mumkinki, O’zbekiston quriqxonalari maxsus
o’rganilmagan. Barcha ma’lumotlar kam miqdorni tashkil etadi. Faqat Chotqol
quriqxonasida ornitofauna monitoringi o’tkazilgan.
Tabiatni muhofaza chora-chora tog’ birlarini yaxshilash uchun ornitologiya
tadqiqotlarni keskin ravishda yaxshilash lozim.
45
4.2. Zarafshon quriqhona hududida qushlar turlari va ekologik guruhlari.
Zarafshon davlat kurikxona xududida 200 turdan ziyed kushlarni uchratish
mumkin.
Zarafshon qirg’ovuli – O’rta Osiyodagi eng chiroyli va taniqli qushlardan
biri. Zarafshon kayiriga bundan bir necha ming ilgari zarafshon kirgovuli kelgan.
Erkaklari turli chiroyli rangda tovlanadi, urg’ochilari oddiy himoya rangida
bo’ladi. Qirg’ovul daryo vodiylarida tarqalgan bo’lib, u yerdagi to’qayzor,
qamishzorlarda va vohalar chekkasida yashaydi. Uyasini yerga quradi. Urg’ochisi
8-12 tagacha och yashil-jigar rang tuxum qo’yadi. Jo’jalari tuxumdan chiqqan
birinchi kuniyoq uyasini tark etadi va onasining ketidan ergashib yuradi.
Qirg’ovullar xilma-xil oziq bilan oziqlanadi, o’tlarning ko’k poyasini, urug’larini
va hasharotoarni yeydi. Ular ozig’i ichida to’qayzorlarda o’sadigan jiydaning
mevasi alohida o’rin tutadi. Kolgan kirgovuldan tashkari kurikxonada doim
yashovchi kushlardan ok kanotli kizilishton, musicha, xakka, buxoro chittagi,
karkunok , janub bulbuli va boshka kushlar uchraydi. Mart oxiri, aprel oyi
boshlarida xakkush uchib keladi. Bu kush yakin yillargacha butun Zarafshonnning
urta okimi buylab tarkalgan edi. Xozir esa uning katta bir koloniyasi fakat
kurikxonada saklanib kolgan. Kamishli chakalakzorlarda kugazorlarda kamishkush
in kuradi. Daryo suviga yakin yerlarda cho’l tentakkushi, suvtorgok, childok,
balikchikushlar in yasadi. Dare urta okimining jarli kirgoklarida kukkarga,
kukkaptar,kora va kichik uzun kanotlar va kirgok kaldirgochlari in kuyadilar.
Kurikxonada ok va kuk kutonlar, karchigaylar,kargalar , va boshka kushlar
kishlaydilar
Quloqdor yapalakkush o’rtacha kattalikda bo’lishi va boshidagi quloqqa
o’xshash patlari bilan boshqa qushlardan farq qiladi. Kattaligi taxminan qarg’adek
keladi. Ba’zan tug’aylarda yoki tog’li o’rmonlarda uya qurishi mumkin, lekin
odatda, u qishda uchraydi. Bu vaqtda quloqdor yapaloq qushlar 20-30 tadan bo’lib
galalashib, tukaylarda, eski bog’larda va parklarda to’planib, bitta daraxlarga
kungan holda kun buyi harakatsiz o’tiradi. Kechqurun ular sichqon va boshqa
46
kemiruvchilarni axtarib uchib ketadi. Bu qush foydali bo’lganligi uchun ehtiyet
kilish kerak.
Kulrang pashshaxur – tog’lardagi bargli o’rmonlarning xarakterli vakili,
chumchuqdan bir oz kichikroq bo’lgan oddiy tusdagi qush. U daraxtning cheka bir
shoxchasiga soatlab kunib o’tiradi. Uchib ketayotgan kapalak yeki qo’ng’izni
ko’rgach, keskin sakrab o’ljasini tutadi, keyin yana joyiga kelib kunadi.
Hasharotlar bilan oziqlanadi.
Xakkush – qargadan bir oz katta bo’lgan kichik kuton. Buyi va oyoqlarining
kalta – bulishi bilan boshqa kutonlardan farq qiladi. Daraxtlarga uya quradi,
ko’pincha koloniya bo’lib yashaydi. 4-5 tadan havorang tuxum quyadi. Hakkush
mayda baliqlar, chuvalchang, itbaliq va boshqa mayda jonivorlar bilan oziqlanadi.
Zarafshon qurikhona hududida yashovchi qushlarni 5 ekologik guruhlariga bo’lish
mumkin/ (4.2.1-jadval)
4.2.1-jadval
Zarafshon qurikhona hududida qushlar turlari va ekologik guruhlari.
(Belyalova L.E.,2011)
№ Qush turi
Uya
qu
ruvc
hi
Uch
ib o
’tib
ketu
vchi
Qis
hlov
chi
O’tr
oq
Taso
difa
n o’
chib
ke
lgan
1 2 3 4 5 6 71 Oq laylak + +2 Yovvoyi o’rdak + +3 Churrak + +4 Qora kalxat +5 Sor +6 O’tloq bo’ktarchisi +7 Dala bo’ktarchisi + +8 Botqoq bo’ktarchisi +9 Miqqiy +10 Jig’altoy +11 Bedana + +
47
12 Zarafshon qirg’ovuli +13 Kulrang turna + +14 Baliqchi qush +15 Qoraqanot baliqchisi +16 Loyxo’rak + +17 Fifi +18 Ko’l baliqchisi + +19 Daryo chigirtkasi +20 Ko’k kaptar + +21 G’urrak + +22 Musicha + +23 Uy boyo’g’lisi + +24 Cho’l sog’i +25 Ko’k targ’oq + +26 Tilla kurkunak +27 Yashil kurkunak +28 Turkiston ko’k qarg’asi +29 Sassiqpopishak + +30 Qora uzunqanot +31 Oq qorinli uzunqanot +32 Oq qanotli qizilishton + +33 Dala to’rg’ayi + +34 Kichik dala to’rg’ayi + +35 So’fito’rg’ay + +36 Dasht to’rg’ayi + +37 Ikki dog’li to’rg’ay +38 Qishloq qaldirg’ochi +39 Sariq belbog’li
qaldirg’och+
40 Hind zarg’aldog’i +41 Zag’izg’on + +42 Ola qarg’a + +43 Qora qarg’a + + +44 Go’ng qarg’a + + +45 Zog’cha + + +46 Vahmaqush + +47 Lazorevka + +48 Buxoro chittagi + +49 Oq jiblajibon + +50 Sariq jiblajibon + +51 Kulrang pashshaxo’r + +
48
52 Qorabosh chekan +53 Qora chekan +54 O’ynoqi
toshsirchumchuq+
55 Qizil yelkali qizilquyruq +56 Janub bulbuli +57 To’qay bulbuli +58 Qorato’sh shaqshaq + +59 Qora shaqshaq + + +60 Ola shaqshaq +61 Bo’z shaqshaq +62 Varakushka +63 Yashil penochka +64 Burgalaklar +65 Shaqshaqsimon to’rg’ay
chumchug’i+
66 Hind to’qay chumchug’i +67 Bulbulnamo chirildoq + +68 Qarchig’ay moyqut +69 Kulrang moyqut + +70 Korolyok +71 Yo’rg’a to’rg’aylari +72 Uzun dumli karqunoq + +73 Ola to’g’anoq +74 Qora peshonali karqunoq75 Oddiy chug’urchiq + + + +76 Ola chug’urchiq + + +77 Mayna + +78 Qamishzor
dehqonchumchug’i+
79 Oddiy dehqonchumchuq +80 Tariqxo’r
dehqonchumchuq+
81 Sariq dehqonchumchuq + +82 Oq qalpoqli
dehqonchumchuq+
83 Uy chumchug’i +84 Hind chumchug’i + +85 Ispan chumchug’i + +86 Dala chumchug’i + +87 qizilto’sh +88 Yurok +
49
89 Bo’z vyurok +90 Oddiy qizilbosh +91 Sa’va +92 Ko’k tumshuq +93 Tariq chumchuq +94 Sviristel +95 Bigiztumshuq +
50
Xulosalar
Adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish va shaxsiy kuzatishlar
natijalariga tayangan holda biz qo’yidagi xulosalarga keldik:
1. Zarafshon qo’riqxonasida sharoitida buxoro chittak -doimiy, ku’p sonli,
u'trok t qush hisoblandi
2. Buxoro chittak – dendrofil qush sanaladi, daraxtlarda uya quradi. Uya
qurishiga martga yarimida kirishadi.
3. Iyunning – birinchi dekadasida ommaviy tarzda tuxum qo’yishiga kirishadi,
uyada to’liq tuxumlar son 5-8 ta tuxumdan iborat. Oxirgi tuxumdan oldingisi
qo’yishi bilan tuxum bosish boshlanadi. Inkubasion davr davomiyligi 13-14
kun. Tuxumlarni 2 ta qush ham bosib yotadi.
4. Polaponlar tanasi yalang’och, ko’zlari nomuq bo’ladi. Uya davri 16-17 kun.
5. Buxoro chittak oziqlanish xarakteriga ko’ra – entomofag. Zararli
hasharotlarni quruvchi foydali qush
51
Tavsiyalar
1. Malakaviy bitiruv ish materiallari tabiatni muhofaza qilishga oid
bukletlar, plakatlar, bromyuralar. Albomlar tayerlashda foydali axborot manbai
sifatida foydalanishi mumkin. Hamda kishlok xujalik korxonalarda foydalanish
mumkin.
2. Malakaviy bitiruv ish materiallari maktab, akademik lisey, kasb – hunar
kollejlari o’qituvchilari tomonidan biologiya va tabitshunoslik darlarga tayerlik
ko’rishda « xalkaro tabiatni muhofaza kilish qush » kabi ekologik bayramlarni
tayerlashda va ularni utkazishda sinfdan tashkari ishlari olib borishda foydalanish
mumkin.
52
Foydalangan adabiyotlar ro’yxati
1. Абдусалямов И.А. Фауна Таджикской ССР. – Т. XIX. – ч. 2. – Душанбе,
1971.
2. Аннаева Э.Ч. Птицы культурного ландшафта среднего течения реки аму-
Дарьи. Автореф. канд. дисс.- Самарканд,1970
3.Абреимов Т. Птицы тугаев и прилегающих пустынь низовьев Аму – Дарьи
- Ташкент, 1981.
4.Абдреимов Т. Материалы к экологии большой синицы в условиях
Бадайтугая.- « Экология млекопитающих иптиц Каракалпакии»,1972
5.Богданов А.Н. Птицы бассейна реки Зарафшан //Тр. института зоологии и
паразитологии. АН УзССР – т.5.- Ташкент, 1956.
6.Богданов О.П. Животные Узбекистана.- Ташкент,19
7.Багдасарова В.А., Фундукчиев С.Э. Зарафшанский государственный
заповедник // В кн.:Заповедники СССР.- М.,1990.
8.Даль С.К. Позвоночные низовьев реки Зарафшан. //Тр. Уз ТУ – Т. 7.
Самарканд, 1936.
9.Даль С.К. К изучению наземных позвоночных систем Зарафшанского и
Туркестанского хребтов. //Тр. УЗГУ. – т.7. – Самарканд, 1936
10.Дементьев Г.П., Гладков Н.А., Судиловская А.М. Птицы Советского
Союза. Москва, Наука, 1954. – Т.6.
11.Зарудный Н.А. Заметки по орнитологии Туркестана. //Орнитологический
вестник. - №1. – 1915.
12.Закиров К.З. Флора и растительность бассейна реки Зеравшан. Ташкент,
1955. – 207 с.
13.Захидов Т.З., Мекленбурцев Р.Н. Природа и животный мир Средней Азии.
Ташкент, Ўқитувчи, 1969. – Т.1. – 426 с..
14.Иванов А.И. Птицы Таджикистана. Л-М., Изд-во АН СССР, 1940.- 300 с.
15. Иванов А.И. Птицы Памиро-Алая. – Л., 1969
53
16. КовшарьА.Ф.
17. Ковшарь А.Ф. Орнитологи Казахстана и Средней Азии : ХХ век. Алма-
ата,2003
18. Красная книга Узбекской ССР. – Ташкент, 2006.
19.Козлова Е.В. Оседлыыыыыыые икочующие птицы южных склонов
Гиссарского хребта. // Тр. Зоол.ин-та АН СССР.-Т.8,Л.,1949
20. Лакин Г.Ф. Биометрия. – М., 1990. – 352 с.
21.Лаханов Ж.Л. Ўзбекистоннинг умуртқали ҳайвонларининг аниқлагичи.
Тошкент, 1988
22.Лидский С.А. Предварительный отчет о поездке в Туркестанский край и
Бухару летом 1887 г. //Тр. Спб. об-ва естествоиспытателей. Отд. зоол. и
физиол. – 1888. – Т.19
Мальчевский С.М. Гнездовая жизнь певчих птиц. //Бюллетень МОИП, отд.
биол. – т.64. – вып.3. – 1960
23.Мальчевский А.С. Методика прижизненного изучения питания гнездовых
птиц. //Зоол.журнал, 1953. – т.35, №2.
24.Мармазинская Н.В., Фундукчиев С.Э. разнообразие позвоночных
животных Зарафшанского заповедника. //Тр. заповедников Узбекистана. –
вып.4-5. – Ташкент, 2004.
25. Маслов Н.М. Птицы Бухарской области. //Тр. Бух.гос.пед.ин-та. – Бухара,
1947.
26.Мирзаев У.Т. Рыбы Зарафшанского заповедника. //Тр. заповедников
Узбекистана. Вып.2. – Ташкент, 1997.
27. Мекленбурцев Р.Н. Материалы по фауне птиц и млекопитающих хребта
Нура- Тау. // Тр. САГУ, серия УШ-а. Зоология. – Вып. 26- Ташкент, 1937
28.Новиков Г.А. Полевые исследования экологии наземных позвоночных
животных. М., 1953.
29.Попов А.В. Птицы Гиссаро-Каратегина. //Эколого-географический очерк.
– Сталинабад, 1959. – 184 с.
54
30. Потапов Р. Труды Заповедника «Тигровая балка». Душанбе, 1953.
31.Салимов Х.В. Фауна и экология птиц тугаев Зарафшанской долины
// Дисс. на соис. уч.степени канд. Биол. наук. Самарканд, 1975.
32. Сиязов К.А. Биотопические особенности бассейна Зарафшана //Тр
УзГУ,1937
33. Сагитов А.К. Состояние изученности орнитофауны заповедников
Узбекистана. //Тез. докладов Всесоюз. науч. конф. Географические проблемы
заповедного дела.- Самарканд,1986. С.116-118.
34.Сагитов А.К. Птицы Узбекистана. – Ташкент, 1990. – т.2.
35. Сагитов А.К., Бакаев С.Б. Видовой состав птиц низовьев бассейна реки
Зарафшан. //Материалы XXIV науч.конф.проф.-преп. состава биол. ф-та
СамГУ. – Самарканд, 1967.
36. Степанян Л.С. Конспект орнитологической фауны СССР. – М., 1990.
Сопыев О. О гибели кладок и птенцов в пустыне. « Изв. АН ТССР».- серия
биол. наук. _Вып.».-1967
37.Ташлиев О.О., Сухинин А.Н. Птицы культурного ландшафта.- Ашхабад,
1967
38.Федченко А.П. Путешествие в Туркестан. //Изв. Имп. об-ва любителей
естествознания, антропологии и этнографии. – т.11.-вып.7.-1875.
39.Фундукчиев С.Э., Джаббаров А.Д. Методическое руководство к летней
практике по зоологии позвоночных. Самарканд, 1995. – 55 с.
40.Шмальгаузен И.М. Определение основных понятий и методика
исследования роста. //Рост животных. М.-Л., 1935.
41.Шульпин Л.М.Материалы по фауне птиц заповедника аксу-Джабаглы
(Талласский Алатау// Тр.Ин-та зол.АН Каз ССР,1961,-Т.15.С.147-160
42.Шестоперов Е.Л. Материалы по вопросам охотничье-промыслового
хозяйства Ташаузского округа. – Бюлл. Туркм. н.-и зоол.станция. №1, 1936.
43.Янушевич А.И. и др. Птицы Киргизии: Т II ,1961.
55
44.Carruthers D. On the Birds of Zarafschan Basis in Russian Turkestan. – ibis,
1910.
45.London H.B. Meine dritte Reise nach Centralasien und ihre ornitologische
Ausbente- Journal fur Ornithologie/ Heft.1. – LVIII, 1909.
46.Pleske Th. Revision der turkestanischen Ornis Met.Acad.Sci. St-Peterb. VII ser
XXXVI – 1888
47.www.ecosystem.ru
48.www.bird.com
56