NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA …ziyonet.uz/uploads/books/47828/544a35cac5f05.pdf ·...

80
1 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA - MATEMATIKA FAKULTETI «Himoyaga ruxsat etilsin» Fakultet dekani f.-m.f.n.,dotsent __________ D.I.Yunusova «____» __________2012 yil 5140100-«Matematika va informatika» ta‘lim yo`nalishi IV kurs talabasi HAMIDOVA Nazira Fayzullayevnaning Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslaribo‘limini o‘qitish metodikasi mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Talaba: _________ N.Hamidova Ilmiy rahbar: «Informatika va ta‘limda axborot texnologiyalari» kafedrasi iq.f.n.dotsent ________ A.Qobilov Taqrizchi: «Informatika va ta‘limda axborot texnologiyalari» kafedrasi dotsenti ____________B.Xoldorov Taqrizchi: O‘ZMU qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomli AK litsey informatika fani katta o‘qituvchisi __________________A.Akmalov «Himoyaga tavsiya etilsin» «Informatika va talimda axborot texnologiyalari » kafedrasi mudiri p.f.n., dotsent ___________M.E.Mamarajabov «__»__________2012 yil Toshkent - 2012

Transcript of NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA …ziyonet.uz/uploads/books/47828/544a35cac5f05.pdf ·...

  • 1

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI

    NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

    FIZIKA - MATEMATIKA FAKULTETI

    «Himoyaga ruxsat etilsin»

    Fakultet dekani

    f.-m.f.n.,dotsent

    __________ D.I.Yunusova

    «____» __________2012 yil

    5140100-«Matematika va informatika» ta‘lim

    yo`nalishi IV kurs talabasi

    HAMIDOVA Nazira Fayzullayevnaning

    Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining ―Kompyuter

    tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish metodikasi mavzusidagi

    BITIRUV MALAKAVIY ISHI

    Talaba: _________ N.Hamidova

    Ilmiy rahbar: «Informatika va ta‘limda

    axborot texnologiyalari» kafedrasi

    iq.f.n.dotsent

    ________ A.Qobilov

    Taqrizchi: «Informatika va ta‘limda axborot

    texnologiyalari» kafedrasi dotsenti

    ____________B.Xoldorov

    Taqrizchi: O‘ZMU qoshidagi

    S.H.Sirojiddinov nomli AK litsey informatika

    fani katta o‘qituvchisi

    __________________A.Akmalov

    «Himoyaga tavsiya etilsin»

    «Informatika va ta‘limda axborot

    texnologiyalari» kafedrasi mudiri p.f.n.,

    dotsent

    ___________M.E.Mamarajabov

    «__»__________2012 yil

    Toshkent - 2012

  • 2

    M U N D A R I J A

    Kirish …………………………………………….……………… 3

    1-BOB. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining

    o‘qitilish holati……………………………………………………. 7

    1.1. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fani va uning

    o‘qitilish holati……………………………………………………... 7

    1.2. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining mazmuni 10

    1.3. Axborot texologiyalari fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan

    metodlar…………………………………………………………… 14

    2-BOB. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining

    ―Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limini

    o‘qitish metodikasi……………………………………………… 21

    2.1. Axborot texnologiyalari fanining ―Kompyuter tarmoqlari va

    ularda ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish metodikasi………….. 21

    2.2. ―Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limi

    bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholash …………………………. 55

    2.3. Tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari tahlili ………………… 62

    Xulosa ………………………………………………..…………... 67

    Foydalanilgan adabiyotlar …………………….…………………. 69

    Izohli lug‘at …………………………….………………………... 71

  • 3

    KIRISH

    Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi davrda biror-bir sohada ish yuritish, uni

    boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo‘lishi

    uchun avvalo kompyuter savodxoni bo‘lishi, axborot texnologiyalarini puxta

    egallamog‘i lozim. Har bir mutaxasis u qaysi sohada ishlashidan qat‘iy nazar, o‘z

    vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi,

    kompyuter tarmoqlarini va internet xizmatidan foydalanish uslubiyotini bilishi va

    ularda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda

    mustaqil Respublikamizda ta‘lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning

    mazmun mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Jumladan ―Kadrlar

    tayyorlash milliy dasturi‖da ―Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini

    mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollarida, jamiyat

    ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy

    yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi‖ deb belgilab

    qo‘yilgan [1].

    Yuqoridagilar asosida ta‘lim tizimidagi fanlarni o‘qitishda uzviylik va

    uzliksizligini ta‘minlash maqsadida, har bir fanning mazmunini qayta tahlildan

    o‘tkazish, Davlat ta‘lim sandartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta‘lim

    bosqichlari bo‘yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta‘minlash asosida tubdan

    isloh qilish zarur bo‘ladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quv rejasida

    umumta‘lim predmeti sifatida kiritilgan informatika predmeti ham bundan

    mustasno emas.

    O`zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgan yillaridan e`tiboran

    mamlakatimizni axborotlashtirish muammosiga xukumatimiz alohida e`tibor

    qaratmoqda.Xususan, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil fevral oyidagi "Milliy

    tarmoqni yaratish va dunyo axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartiblash

    to`g`risida"gi, keyinroq "O`zbekiston Respublikasida 1999-2003 yillar ichida

  • 4

    ma`lumotlarni uzatish milliy tarmog`ini rivojlantirish va takomillashtirish dasturi",

    2002 yil iyunidagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot –

    kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to`g`risida"gi

    qarorlari qabul qilindi. Shu munosabat bilan respublikamizning qator ta`lim

    muassasalarining texnika bazasi, jumladan, kompyuter texnikasining yangi avlodi

    bilan jixozlanishi, shuningdek, ularning Internet tarmoqlariga ulanishi, elektron

    aloqalar bilan ta`minlanishiga e`tibor yanada kuchaydi. Bularning hammasi ta`lim

    mazmunini samarali qilish maqsadida respublika ta`lim muassasalariga yangi

    pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, o`quv rejalariga kiritilgan

    fanlarni yangi interfaol usul va vositalardan foydalangan, jumladan, masofadan

    turib o`qitish, kompyuterlashtirilgan anjumanlar o`tkazish, elektron darsliklar

    yaratish va ularni o`quv - tarbiya jarayonida qo`llashga qaratilgan tadbirlardir.

    O`zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan

    vazifalarni amalga oshirilayotgan, shuningdek, davlat ta`lim standartlari

    tasdiqlanib hayotga qo`llanilayotgan bir paytda ta`lim muassasalaridagi o`quv-

    tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish uchun O`zbekiston Respublikasida 2003

    yilning 11 dekabrida "Axborotlashtirish to`g`risida"gi qonunni qabul qilinishi ham

    bejiz emas. Ushbu qonunning "Axborot tizimlarining tarmoqlararo bog`lanishi"

    nomli 18 - moddasida " kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, ilmiy

    tadqiqotlarni rag`batlantirish" vazifasiga ham urg`u berilgan [4].

    Zamonaviy kompyuter va axborot tarmoqlari iqtisodiyot, fan va ta‘limning

    barcha sohalariga keng joriy etish halqaro ahborot tizimlariga shu jumladan yuqori

    malakali mutaxasislar tayyorlash darajasini oshirish masalasi davlat siyosati

    darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2011-yilni ―Kichik

    biznes va hususiy tadbirkorlik yili‖ deb e‘lon qilinishi, yurtimizda amalga

    oshirilgan iqtisodiy islohotlarga yanada chuqurroq yondoshishga sabab bo‘lmoqda.

    Bu esa o‘z navbatida, yurtimiz istiqbolini yanada ravnaq topishida muxum

    axamiyatga egadir. Shuni ta‘kidash lozimki, so‘ngi yillarda iqtisod-siyosat, ilm –

    fan, texnika soxalari, ularga qaratilayotgan e‘tibor sezilarli darajada o‘sdi.[2]

  • 5

    Ta`lim tizimining bugungi vazifasi tinglovchilarni kun sayin to`lib

    toshayotgan axborot - ta`lim muxiti sharoitida bemalol faoliyat ko`rsataolishga

    o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash

    sharoitini yaratib berish zarur.

    Zamonaviy etapda ommani axborotlashtirish va ta‘limning rivojlanish

    strukturasida ko‘pgina an‘anaviy usuldan voz kechib, yangi usullarga asoslangan

    ta‘lim oluvchi, o‘qituvchi bilan kompyuter orqali o‘rganishi. Bu ta‘lim binosidan

    ancha uzoqda bo‘ladi. Buni biz masofaviy ta‘lim deb nomladik.

    Masofaviy ta‘lim tizimida ma‘ruzalarning elektron varianti muhim rol

    o‘ynaydi. Zamonaviy informatsion texnologiyalar ishlatilishi sharofati bilan

    o‘qituvchi tomonidan berilgan an‘anaviy ta‘lim berish usulidagi muammolarni

    echish qobiliyatiga ega. Gipermurojat bilan matnni sintezlash pedagogik

    komplektni tashkil etib, an‘anaviy usul bilan taqqoslaganda ancha o‘zlashtirish

    jarayoni engillashtiradi.

    Masofaviy ta‘lim internetning tarqalishi tufayli yangi o‘qitish instrumentini

    rivojlantirish yangi bosqichiga keldi. Endi tarmoq texnologiyasi bilan har qanday

    ma‘lumotga momental ruxsatni tashkil qilish mumkin.

    Hozirgi vaqtda ―Masofaviy ta‘lim‖ ning informatsion oqimi ikkiga yo‘naltirish

    mumkin. Elektron darslikni tashkil etuvchi CD diskga yozilgan multimediyali

    darsliklar to‘plami va ma‘ruzalarning elektron varianti, serverda joylashgan va

    internet orqali ruxsat etilgan uslubiy va yo‘riqnomalar manbai [22].

    Bitiruv malakaviy ishi obyekti – Akademik litseylarida Axborot

    texnologiyalari fani mazmuniga kiruvchi ―Kompyuter tarmoqlari va ularda

    ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish jarayoni.

    Bitiruv malakaviy ishi predmeti – Kompyuter tarmoqlari va ulardan o‘quv

    jarayonida foydalanishning vositalari, tamoyillari va usullari.

    Bitiruv malakaviy ishi maqsadi – Akademik litseylarida Axborot

    texnologiyalari fani mazmuniga kiruvchi ―Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash

  • 6

    asoslari‖ bo‘limini o‘qitish metodikasini ishlab chiqish va undan amaliyotda

    foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat.

    Bitiruv malakaviy ishi vazifalari

    –Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining mazmunini

    o‘rganish

    - Axborot texnologiyalariga oid adabiyotlar bilan tanishi va ularni taxlil qilish

    -Axborot texnologiyalari fani mazmuniga kiruvchi ―Kompyuter tarmoqlari va

    ularda ishlash asoslari bo‘limini mazmunini yaratish va ularni o‘quv jarayonida

    qo‘llash metodikasini ishlab chiqish

    - Yaratilgan metodikani amaliyotda qo‘llash va tajriba sinovdan o‘tkazishdan

    iborat.

    Bitiruv malakaviy ish kirish 2 ta bob 6 ta banddan iborat.

  • 7

    1-BOB. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining

    o‘qitilish holati

    1.1. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fani va uning

    o‘qitilish holati

    Mustaqil rivojlanish yo‘lida borayotgan mamlakatimizning ta‘lim tizimiga

    e‘tibori O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risidagi» qonunining

    3-moddasida o‘z aksini topib, unda «Ta‘lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy

    taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e‘lon qilinadi»- deb ko‘rsatib berilgan.

    «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning maqsadi- ta‘lim sohasini tubdan

    isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos

    etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga ko‘tarish, yuksak ma‘naviy

    axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy

    tizimini yaratishdan iborat.

    Milliy dasturda belgilanishicha, ―Uzluksiz ta‘lim - malakali raqobatbardosh

    kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta‘limning barcha turlarini, davlat ta‘lim

    standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasini va uning faoliyat ko‘rsatish

    muhitini o‘z ichiga oladi‖.

    Mamlakatimizdagi ta‘lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o‘qitishda

    ularning uzluksizligi va uzviyligini ta‘minlash kerak bo‘ladi. Shu maqsadda barcha

    ta‘lim bosqichlarida Axborot texnologiyalari fanini mazmunini yaratish va ularni

    o‘rganish masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan. Axborot texnologiyalari fani

    informatika fanining uzviy davomiyligini biz davlat ta‘lim standartiga muvofiq

    Axborot texnologiyalari maqsad va vazifalarini har bir ta‘lim bosqichida

    quyidagilardan iborat deb hisobladik:

    - maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta‘lim bosqichlarida axborot

    texnologiyalarining elementlari sifatida - kompyuter, disk, xotira, axborot, o‘yinli

    texnologiyalarni kompyuter o‘yinlari yordamida bolalar ongiga singdirish;

    - umumiy o‘rta ta‘lim bosqichida «Informatika» fanini o‘qitish orqali ta‘lim

    oluvchilarning axborot texnologiyalari fanining elementlaridan savodxonlikni

  • 8

    ta‘minlash va davlat ta‘lim standartlari bo‘yicha belgilangan malaka, ko‘nikmalar

    hosil qilish, keyingi ta‘lim bosqichiga o‘tuvchi yoshlarni fundamental (asosiy)

    tushunchalarini boyitish;

    - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi bosqichida– «Axborot texnologiyalari»

    fanini o‘qitish orqali ta‘lim olayotgan yoshlarga fanning amaliy jihatlariga ko‘proq

    ahamiyat berilishi va kompyuterning ofis dasturlariga asoslanib o‘qitish jarayonini

    tashkil etish;

    - oliy ta‘limning tayanch bosqichi (bakalavriat)da ta‘lim yo‘nalishlari

    bo‘yicha – «Kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot texnologiyalari»dan fanining

    nazariy va ilmiy asoslarini o‘rganish;

    - oliy ta‘limning yuqori bosqichi (magistratura)da ta‘lim yo‘nalishlari

    bo‘yicha- «Kasbiy faoliyat doirasining tizimli tahlili metodologiyasi va eng yangi

    axborot texnologiyalari»dan fanning nazariy va ilmiy asoslarini o‘rganish;

    - malaka oshirish va undan keyingi bosqichlarda «Axborot texnologiyalari

    va dasturiy ta‘minotning eng yangi dasturiy vositalarning qiyosiy kursi»ga e‘tibor

    berish, fanga kirib kelayotgan yangiliklar va o‘zgarishlarga ilmiy yondashuv bilan

    qarash lozim deb hisoblaymiz.

    Uzluksiz ta‘limda bunday uzviylik, asosan, fanning davlat ta‘lim standartlari

    majmui, namunaviy o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-metodik adabiyotlar ishlab

    chiqishga asos bo‘la oladi. Akademik lirsey ta‘limida «Axborot texnologiyalari»

    fani umumta‘lim fani sifatida qaralib, uni va boshqa fanlarning davlat ta‘lim

    standarti qabul qilindi. Har bir fanning dasturlari va ularga qo‘yilagan talablar

    Davlat ta‘lim standarti (DTS)da va dasturlarning mazmunida ko‘rsatib berilgan.

    Axborot texnologiyalari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi bosqichida

    umumta‘lim fani sifatida o‘qitilar ekan, o‘quv muassasasi yetarli darajada moddiy-

    texnika bazasi va zamon talablariga javob beradigan kompyuterlar bilan

    jihozlangan bo‘lishi lozim. Bu haqda «Ta‘lim to‘g‘risidagi» qonunda, «Kadrlar

    tayyorlash Milliy dasturi»da ta‘kidlab o‘tilgan.[2]

  • 9

    «O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori darajada erishishi,

    jahon iqtisodiy tizimida to‘laqonli sheriklik o‘rnini egallay olishi inson

    faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori

    darajada foydalanishning ko‘lami qanday bo‘lishga bog‘liq...» Shunday ekan o‘rta

    maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari bitiruvchilariga umumta‘lim fanlarga

    qo‘yilgan umumiy talablarda kasb-hunar ta‘limi bitiruvchilari kompyuter va

    boshqa telekommunikasiya vositalaridan foydalana olishlari, zamonaviy axborot

    vositalari bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarini mustahkam egallashlari nazarga

    tutilgan.

    Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ijtimoiy va iqtisodiy,

    ma‘naviy, umuman barcha sohalarga kirib borayotganligi uchun kasb-hunar

    kollejlarining barcha mutaxassisliklariga «Axborot texnologiyalari» fani

    umumta‘lim fani sifatida o‘qitilmoqda. Bu fan asosan, kasb-hunar kollejlarining

    2-kurs talabalariga o‘qitilib, talabalarga fan bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi

    Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan Davlat ta‘lim standartlariga ko‘ra

    barcha mutaxassisliklarda umumta‘lim fani sifatida 40 soatga mo‘ljallangan talab

    ishlab chiqilgan. Bu fan «informatika»ning uzviy davomi sifatida o‘rganilib,

    fanning asosiy negizini kompyuter texnologiyalari tashkil etadi va uning texnik

    ta‘minotini ta‘minlaydi.

  • 10

    1.2. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining

    mazmuni

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekiston

    Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning 2010 yil 27 yanvar

    kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi ―Mamlakatni modernizasiya qilish va

    kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustivor maqsadimizdir‖, hamda Vazirlar

    Mahkamasining 2010 yil 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisidagi ―Asosiy

    vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz farovonligini ya‘nada

    yuksaltirishdir‖ mavzularidagi ma‘ruzalarida ham o‘quv jarayoniga yangi

    axborot –kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar

    hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari,

    kasb-hunar kollejlari va liseylarida, oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim berish

    sifatini tubdan yaxshilash, ta‘lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini

    eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan

    mustaxkamlash vazifalari qo‘yilgan.

    Yuqoridagilar asosida ta‘lim tizimidagi fanlarni o‘qitishda uzviylik va

    uzluksizligini ta‘minlash maqsadida, har bir fanning mazmunini qayta taxlildan

    o‘tkazish, Davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta‘lim

    bosqichlari bo‘yicha uning uzviyligi va uzluksizligini ta‘minlash asosida tubdan

    isloh qilish zarur bo‘ladi. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o‘quv rejasida

    umumta‘lim predmeti sifatida kiritilgan «Axborot texnologilari» o‘quv predmeti

    ham bundan mustasno emas.

    Axborot texnologiyalari fani o‘quv dasturi o‘rta maxsus, kasb–hunar

    ta‘lim muassasalari (akademik lisey va kasb-hunar kollejlari) uchun

    mo‘ljallangan.[4]

    Fanning asosiy maqsadi – o‘quvchilarni axborot madaniyatli qilib

    tayyorlash, ya‘ni ularni zamonaviy axborot texnologiyalarining usul va vositalari

  • 11

    haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, shuningdek, ulardan o‘z kasbiy faoliyatlarida

    foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

    Bu akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga:

    - axborot texnologiyalari usul va vositalaridan o‘qish davomida va

    kelajakdagi kasbiy faoliyatida foydalana olish;

    - axborotni tashkil qilish va izlab topish;

    - ajratib olingan axborotni tizimga solish, umumlashtirish va boshqa

    odamlarga tushunarli shaklga keltirish;

    - zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni

    almasha olishlariga imkoniyat yaratadi.

    Fanning vazifasi o‘quvchilarni - zamonaviy axborot texnologiyalari haqidagi

    bilimlar, hususan, axborot xavfsizligi, axborotlarni himoya qilish, kompyuterlarga

    xizmat qilishning asosiy qoidalari va masalalari, kompyuter viruslaridan saqlanish

    usullari va dasturiy vositalari, fayllarni arxivlash usullari va dasturiy vositalari,

    arxivator – dasturlar bilan ishlash, axborot tizimlarini tuzish va ulardan

    foydalanishning asosiy qoidalari va usullari, axborot texnologiyalarining texnik

    vositalari bilan tanishishtirish, uskunaviy tizimlar yordamida sodda ma‘lumotlar

    ombori (MO) va bilimlar ombori(BO)ni yaratish, turli fizik, iqtisodiy, biologik va

    matematik modellar qurish usullari, umumta‘lim fanlari (geometriya, fizika,

    algebra, kimyo, iqtisod kabilar)dagi sodda masalalarning matematik modellarini

    qurish, lokal va global kompyuter tarmoqlari bilan ishlash ko‘nikmalarini

    shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarining jamiyatni rivojlantirishdagi

    muhim ahamiyati bilan tanishtirish va ulardan o‘z kasbiy faoliyatlarida foydalana

    olish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

    Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida, keyinchalik akademik lisey va kasb-hunar

    kollejlarida o‘quvchilar «Informatika» umumta‘lim fanini o‘rganish natijasida

    axborot texnologiyasi haqida boshlang‘ich tushunchalarga ega bo‘lib, kompyuter

    savodxonligiga erishadilar. Axborot texnologiyalarini yanada chuqurroq

  • 12

    o‘zlashtirish va ulardan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish Axborot

    texnologiyalari fanini o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Natijada o‘quvchilar

    axborot madaniyatini egallaydilar.

    Axborot madaniyati – bu, insonni axborot texnologiyalarining barcha

    imkoniyatlaridan o‘z faoliyatida samarali foydalana olishini bildiradi. Axborot

    madaniyatiga erishgan odam axborotlashgan jamiyatning faol a‘zosiga aylanadi.

    «Axborot texnologiyalari» fanini o‘rganish o‘quvchilarning «Informatika»,

    «Matematika», «Fizika» va boshqa umumta‘lim fanlaridan olgan bilim va

    ko‘nikmalariga asoslanadi. Shuningdek, axborot texnologiyalarining usul va

    vositalaridan ushbu fanlarni o‘rganishda keng foydalanish ko‘zda tutilishi kerak.

    «Axborot texnologiyalari» fanini akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining

    barcha yo‘nalishlarida o‘qitilishi sababli quyida keltirilayotgan dasturning u yoki

    bu bo‘limini o‘rganish darajasi o‘quvchilarning qiziqishi va tanlangan kasbiy

    yo‘nalishiga bog‘liq holda olib boriladi. Ammo, barcha yo‘nalishlarda tahsil

    olayotgan o‘quvchilar dasturning hamma bo‘limlaridagi bilimlardan xabardor

    bo‘lishlari kerak.

    O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalariga talablar.

    Fanni o‘rganish natijasida o‘quvchilar:

    - axborot texnologiyalari vositalaridan o‘qish davomida va o‘zining kasbiy

    faoliyatida foydalanishni bilishi;

    - axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot himoyasining usullari haqida

    ma‘lumotga ega bo‘lishi;

    - axborotni tashkil qilish va izlab topish, ajratib olingan axborotni

    tizimlashtirish, tarkiblantirish, umumlashtirish va tushunarli shaklga

    keltirishni bilishi;

    - kompyuterlarga xizmat qilishning asosiy qoidalari, ularga xizmat qiluvchi

    dasturlar va ulardan foydalana olishni bilishi;

    - kompyuter viruslaridan saqlanish usullari, antivirus dastur vositalarining

    imkoniyatlaridan foydalana olishi;

  • 13

    - fayllarni arxivlash usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni bilishi;

    - umumta‘lim fanlaridagi sodda masalalarning modellarini tuza olishi;

    - multimediya texnologiyasi va telekommunikasiyadan foydalana olish

    ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

    - axborotning matn, grafik, rangli tasvir, tovush, odam ovozi, musiqa,

    animasiya, videoklip kabi turlarining o‘rnini tasavvur qila olishi;

    - axborot jarayonlarining zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati, global

    axborotlashtirish jarayonining jamiyat va insonning rivojlanishiga ta‘sirini

    tushuna olishi;

    - axborot manbalari, infratuzilma, axborot muhiti, jamiyatning axborot

    salohiyatini tasavvur qila olishi;

    - zarur axborotni topish va uning ishonchliligini aniqlash yo‘llarini bilishi;

    - kompyuterlashgan axborot manbalariga kirish yo‘llari va usullarini bilishi;

    - shaxsiy elektron manzil (elektron pochta) ochish, Internet tarmog‘ida axborot

    izlash tizimlaridan foydalana olish malakalariga ega bo‘lish;

    - Internet va lokal kompyuter tarmoqlaridan foydalana olishni malakalariga ega

    bo‘lishlari zarur.

    Dasturning asosiy bo‘limlari quyidagilar:

    1-bob. Axborot texnologiyalari, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati.

    2–bob. Axborot tizimlari va ulardan foydalanish.

    3-bob.. Ma‘lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari.

    4-bob. Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish

    5-bob. Axborot xavfsizligi.

    6-bob. Kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish.

    7-bob. Model va modellashtirish asoslari.

    8-bob. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari.

    9-bob. O‘zbekistonda kompyuter tarmoqlari. [5]

  • 14

    1.3. Axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlar

    Endi ta‘lim berishning metodlari bilan tanishib chiqaylik. Har bir fanda o‘qitish

    metodlari muhim o‘rin tutib, Axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodlari

    haqida fikr yuritamiz.

    Pedagogikadan ma‘lumki:

    Metod – ta‘lim oluvchi va ta‘lim beruvchilarning muayyan maqsadga

    qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning tartibga solingan usullar

    yig‘indisi.

    Usul- ta‘lim oluvchi va ta‘lim beruvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil

    etadi.

    Axborot texnologiyalari ta‘limining metodlari axborot texnologiyalari

    ta‘limining maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘qituvchi va o‘quvchining

    birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning quyidagi belgilari bo‘yicha

    guruhlarga bo‘linadi. (1-rasm)

    11

    1-rasm

    Zamonaviy pedogogik va

    axborot texnologiyalariga

    asoslangan

    AT metodlar tizimi

    An‘anaviy

    Noan‘anaviy

    Interaktiv

  • 15

    Axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodlari

    1. An‘anaviy metodlar. Umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi. Bu

    o‘qitish metodidan foydalangan dan qanday bo‘lmasin belgilagan vaqt ichida

    kerakli mazmunni yetkazib berishga qaratilgan metoddir.

    2. Noananaviy metodlar. Hozirgi kunda akademik Yu.K.Babanskiy tavsiya

    etgan tasniflash keng tarqalgandir. Unda o‘qitish metodlarining uchta katta guruhi

    alohida ajratilgan:

    - o‘quv – bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishi metodlari;

    - o‘quv – bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari;

    - o‘quv – bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivasiya metodlari.

    Ushbu metodlar darslarni tashkil etishning noan‘anaviy metodlaridan

    foydalanish dars samaradorligini oshirib o‘quvchilarning bilish, uz o‘zini nazorat

    qilish hamda fanga bo‘lgan qiziqishlarni ortirib borishga qaratilgan metodlardir.

    3. Interaktiv metodlarni ta‘lim jarayoniga tadbiq etishning asosiy shartlari –

    ta‘lim jarayonini aniq belgilangan maqsadga yo‘naltirish, o‘qituvchi va talaba

    o‘rtasida o‘zaro muntazam aloqani o‘rnatish, o‘qitishni yangi pedagogik

    texnologiyalarning falsafiy asosi sifatida e‘tirof etilgan talabaning xatti-harakatlari

    hamda ularning mazmuniga tayangan xolda tashkil etish kabilar sanaladi.

    Interaktiv metodlarning asosiy mezonlari – o‘quvchilarning o‘quv-bilish

    faoliyatini boshqarish, o‘quv jarayonini oldindan loyixalash, rejalashtirish, ta‘lim

    jarayonida invariant testlardan foydalanish kabilardan iborat.

    Ta‘lim jarayonida o‘quvchi shaxsi, shaxsning sifat tizimi, o‘qish jarayonida

    bilim olish, malaka va ko‘nikma xosil qilish, innovasion faoliyat tizimi va

    pedagogikaning innovasion faoliyatini qamrab olgan. Xozirgi zamon

    texnologiyalari tavsifi berilgan.

    Ushbu har ikki xujjat ham o‘zining mazmuni va mohiyatiga ko‘ra ta‘lim

    jarayoniga yangi texnologiyalarni faol olib kirishda respublika pedagoglari uchun

    muhum yo‘l-yo‘riq bo‘ldi. [8]

  • 16

    Akademik litsey o‘quvchilarini mutaxassislikka yo‘naltirishda ularning

    shaxsiy, irodaviy xamda xissiy sifatlarini inobatga olish bilan birga salomatlik

    darajasini o‘rganish muxum axamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning salomatligi

    xaqida muayyan ma‘lumotlarga ega bo‘lmasdan turib, uni ta‘limda interfaol

    metodlardan foydalanish buyicha pedagogik faoliyatni tashkil etish ijobiy natijasi

    ta‘minlanmaydigan jarayondir.

    Akademik liseylarda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda yangi

    pedagogik texnologiyalari o‘qituvchilarining o‘quvchilarni o‘qitish jarayonida

    qo‘llab ish olib borish uchun mo‘ljallangan.

    Akademik liseylarda olib borilgan tajriba-sinov darslarida o‘qitishning quyidagi

    interfaol usullaridan foydalanildi.

    - aqliy hujum;

    - kichik guruhlarga ajratilib amaliy ish bajarish;

    - pinbord (inglizcha pin -mustakamlash, boord-doska);

    - rolli o‘yin;

    - induvidual amaliy ish bajarish;

    - kichik guruhlarda bahs-munozara;

    - tadbirkor ishbilarmonlik o‘yini;

    - kichik guruhlarga ajratilib boshqalarni o‘qitish;

    - tadqiqot usuli, blis so‘rov, rez‘yume, labirint, fsmu va hokazo.

    Bunday interfaol usullarda darsni tashkil etishda bevosita multimedia

    vositasi sifatida elektron o‘quv-metodik qo‘llanma yaratilib, undan dars jarayonida

    foydalanildi. Yaratilgan multimedia vositasidan nafaqat axborot texnologiyalari

    fanini o‘rganuvchilar, balki kompyuterda ishlashni o‘rganuvchi ixtiyoriy

    foydalanuvchilar ham o‘z bilimlarini oshirishda foydalanishi mumkin.

    Malakaviy ishda uning doirasida tajriba ishlarini olib borishda pedagogika

    amaliyotida o‘quvchilarni ta‘limda yangi pedagogik texnologiyalaridan

    foydalanish borasida qo‘llanilib kelinayotgan bir necha metodlardan samarali

    foydalanildi.

  • 17

    Bugungi kunda bunday metodlardan ―Fikriy hujum‖, ―Yalpi fikriy hujum‖,

    ―Fikrlarning shiddatli hujumi‖, ―6x6x6‖, ―Aqliy hujum‖, ―Qarorlar shajarasi‖,

    ―Klaster‖, ―Qaror qabul qilish‖, ―Qora quti‖, ―Beshinchisi ortiqcha‖ kabi

    metodlari haqida aniq va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mulohazalar mavjud.

    Biz quyida ta‘lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan

    ayrimlarining mohiyati va ulardan foydalanish haqida fikr yuritamiz.

    ―Fikriy hujum‖ metodi. Mazkur metod o‘quvchilarning mashg‘ulotlari

    jarayonidagi faolliklarini ta‘minlash, ularni erkin fikr yuritishga ragbatlantirish

    hamda bir xil fikrlash inersiyasidan ozod etish, muayyan mavzu yuzasidan rang-

    barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni xal etish, yechish

    jarayonining dastlabki bosqichida paydo bulgan fikrlarni yengishga o‘rgatish

    uchun xizmat qiladi. ―Fikriy hujum‖ metodi ushbu metoddan foydalanish chog‘ida

    o‘quvchilar soni 15 nafardan oshganligi maqsadga muvofiqdir. Mazkur metodga

    asoslangan mashg‘ulot bir soatga qadar tashkil etilishi mumkin.

    ―Yalpi fikriy hujum‖ metodi. Ushbu metod J.Donald tomonidan ishlab

    chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n (20-60) nafar o‘quvchilardan iborat guruhlarda

    qo‘llash mumkin.

    Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun

    sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har biri 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z

    ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy xal etilishi lozim bo‘lgan turli xil

    topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan

    vaqt ichida ijobiy xal etilgach, bu haqida guruh a‘zolaridan biri axborot beradi.

    Guruh tomonidan berilgan axborot (ijodiy vazifaning yechimi) talaba va

    boshqa guruhlar a‘zolari tomonidan muxokama qilinadi va unga baho beriladi.

    Mashg‘ulot yakunida berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari

    orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e‘lon qiladi. Mashg‘ulot

    jarayonida guruh a‘zolarining faoliyatlari ishtirokchilari darajasiga ko‘ra baholab

    boriladi.

    Bu usullar: ―Bumerang‖, ―Aqliy hujum‖, ―Elpig‘ich‖ usullari.

  • 18

    ―Aqliy hujum‖ usulini qo‘llashda hamma o‘quvchilar 1 tadan oq qog‘oz

    olishadi va unga guruhi, familiyasi va ismini yozishadi.

    O‘quvchilarga 15 minut vaqt beriladi va o‘tiladigan mavzu to‘g‘risida

    o‘zlarining tushunchalarini yozishadi. So‘ngra varaqlar yig‘ib olinadi.

    O‘quvchilarning mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlash

    maqsadida yana bir innovatsion usul - ―Elpig‘ich‖ usulidan foydalanamiz (2-rasm)

    2-rasm

    Bu usulda taxtadan (doskadan) foydalansa ham bo‘ladi, o‘tilgan mavzudan

    umumiy xulosa chiqariladi. Bu vaqtda ―Bumerang‖ usulidan foydalanib, mavzuni

    tushuntirganimizda qaysi o‘quvchilar ko‘proq o‘zlashtirgan bo‘lsa, ko‘proq o‘sha

    o‘quvchilar qarshi fikr bildira oladi.

    O‘quvchilarda mashg‘ulotda faollik ko‘rsatib, an‘anaviy mashg‘ulotlardan

    farqli o‘laroq befarqlik o‘rnini xushyorlik, ichki intilish, yechim qidirish egallaydi,

    o‘zlari ham muammolar yechimini topishda shaxsan ishtirok etishga xissa

    qo‘shishga intiladilar. Bunday usulda dars o‘tish o‘quvchilarda faollikni oshirishi,

    mustaqil, erkin fikrlashga, fikr almashishga o‘rgatishi, o‘z bilim va malakasini

    oshirishga intilish paydo qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

    ―Klaster‖ (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning

    muayyan shakli bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida

  • 19

    erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit

    yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar

    o‘rtasida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Ushbu

    metod aniq bir ob‘ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan

    foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda

    amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o‘quvchilar tomonidan chuqur

    hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda

    ta‘minlashga xizmat qiladi.

    Stil va Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan ―Klaster‖ metodi puxta

    o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh

    asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Metod

    guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tomonidan

    bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari

    surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish

    imkoniyatini yaratadi.

    ―Klaster‖ metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab

    etiladi:

    nima o‘ylangan bo‘lsa, shu narsa qog‘ozga tushiriladi. Fikrlarning

    sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib qo‘yiladi;

    yozuvning orfografiyasi yoki boshqa jihatlar e‘tiborga olinmaydi;

    belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamaslik

    lozim. Agar ma‘lum muddat biror bir g‘oya o‘ylab olinmasa, u holda qog‘ozga

    biror narsaning rasmi chiziladi. Bu harakat g‘oya tug‘ilguniga qadar davom

    ettiriladi.

    Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni

    ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlikni

    ko‘rsatishga harakat qilinadi. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi

    aloqalarni ko‘rsatishni cheklamaslik darkor.

  • 20

    ―Klaster‖ metodi o‘quvchilarning biron – bir mavzuni chuqur

    o‘zlashtirishiga yordam beradi, mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin

    va ochiq ravishda ketma – ketlik bilan uzviy bog‘langan xolda tamoqlarga

    bo‘lishga o‘rgatadi.

    Bu metod biron mavzuni chuqur o‘zlashtirishda avval o‘qituvchilarning

    fikrlash faoliyatini jadallashtirish xamda kengaytirish uchun xizmat qilishi

    mumkin. Shuningdek o‘tilgan mavzuni mustaxkamlash, yaxshi o‘zlashtirish

    umumlashtirish xamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma

    shaklda ifodalashga undaydi.[7]

    «BLIS-O‘YIN»- informatika va axborot texnologityalari algortim asosida ishga

    olib borganligi uchun bu metod ham yaxshi natija beradi. Chunki unda

    ma‘lumotlarni tartiblash, ketma ketlikda joy-joyiga qo‘yish ishlari bajariladi

    T sxema metodi. Bu metodda o‘quvchilar mantiqiy javob berishga qaratilgan

    bo‘lib. O‘quvchilardan ha yoki yo‘q ustuniga kerakli belgini qo‘yish talab etiladi.

    Bunda o‘quvchilar bilimini baholashda ham qo‘llash mumkin.

    T-SXEMA

    HA TUSHUNCHALAR YO‘Q

    1.

    2.

    3.

    Ushbu metodlar informatika va AT fayllarini o‘qitishda o‘quvchilarning faolligini

    oshirishga va ta‘lim sifatini yaxshilashga yordam beradi.

  • 21

    2-BOB. Akademik litseylarda Axborot texnologiyalari fanining

    ―Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish

    metodikasi

    2.1 . Axborot texnologiyalari fanining ―Kompyuter tarmoqlari va ularda

    ishlash asoslari‖ bo‘limini o‘qitish metodikasi

    Bo‘limni o‘rganishdan asosiy maqsad - o‘quvchilarga Kompyuter

    tarmoqlari va ularda ishlash asoslari bo‘limi bo‘yicha bilimlar berish va

    amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.

    O‘rganishda quyidagicha mavzuviy rejalashtirish tavsiya etiladi.

    Ma‘lumotlar mavzusi

    Ma‘ruza

    Amaliy

    laboratoriya

    mashg‘ulotlari

    1 Kompyuter tarmoqlari haqida

    tushuncha.

    2 soat

    2 Internet tarmog‘i va uning asosiy

    tushunchalari

    3 Internet servislari 2 soat

    4 Internet Explorer dasturi bilan

    ishlash

    5 Elektron pochta 2 soat

    Jami 2 soat 6 soat

    Mavzuni o‘rganishda quyidagi tartibga rioya qilish maqsadga muvofiq:

    1. Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha.

    2. Kompyuter tarmoqlarining turlari – lokal, regional va global kompyuter

    tarmoqlari.

    3. Internet kompyuter tarmog‘i.

    4. Internet tarixi.

    5. Internet adresi va protokoli.

    6. Brauzer.

  • 22

    7. Internet Explorer dasturi

    8. Internetda ma‘lumotlarni qidirish texnologiyasi

    9. Elektron pochta tushunchasi.

    10. Elektron pochtaning asosiy tushunchalari.[6]

  • 23

    Mashg’ulotlarning texnologik xaritasi

    Nazariy -2 soat Amaliy -2 soat

    Mazmun Metodika Vosita Vaqt

    Maqsad

    Kirish

    Darsga tayyorgarlik

    Yangi mavzuning

    bayoni

    Ishchanlik

    o‘yinlarini o‘tkazish

    O‘yin natija

    lari taxlili

    Amaliy mashg‘ulot

    Baholash

    Umumlashtirish

    Darsni yakunlash

    Natija

    Topshiriq

    varaqasi

    Javob

    qog‘ozlari

    kompyuter

    10d

    д

    30d

    30d

    25d

    35d

    10d

    10d

    д

    Ma‘ruza Slayd

    kodoskop

    Aqliy xujum Doska,

    bor

    Ma‘ruza kompyuter,

    videoproek

    tor

    Kichik guruxlar-

    da ishlash

    Kichik gurux-

    larda ishlash

    Induvidual

    10d

  • 24

    Biz quyida ―Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari‖ bo‘limini

    ayrim mavzular bo‘yicha amaliy laboratoriya mashg‘lotlarining dars ishlanmalari

    va ularning mazmuni bilan tanishib chiqamiz

    Mavzu: Kompyuter tarmoqlari

    Reja:

    1. Kompyuter tarmog‗i haqida tushuncha hamda lokal va global kompyuter

    tarmog‗i vazifalari.

    2. Lokal tarmoq turlari va ularning o‗ziga xos xususiyatlari.

    3. Global tarmoq turlari va ularning o‗ziga xos xususiyatlari.

    4. Ishchi server va stansiyalarga qo‗yiladigan talablar.

    Maqsad

    1. O‗quvchilarga kompyuter tarmog‗i haqida, lokal tarmoqning turlari,

    ularning xususiyatlari haqida tushuncha berish.

    2. Lokal kompyuter tarmog‗ida ma‘lumotlarni ayirboshlash operatsiyalarini

    bajarishni o‗rgatish.

    3. Tarmoqning tashkil etuvchilari, ularning vazifalari haqida ma‘lumot

    berish.

    Natija

    1. O‗quvchilar kompyuter tarmog‗i haqida umumiy tushunchaga ega

    bo‗ladi, kompyuto‗rning texnik vositalari bilan tanishadi.

    2. Lokal kompyuter tarmog‗i nima ekanligini, ularning ulanish usullari,

    turlari va qayerlarda foydalanilishini o‗rganadi.

    3. Global kompyuter tarmog‗i nima ekanligini, ularning ulanish usullari,

    turlari va qayerlarda foydalanilishini o‗rganadi.

    4. Tarmoqda elementlar va ularga qo‗yiladigan talablarni o‗rganadi.

  • 25

    Tayanch iboralar: Kompyuter tarmog‗i, server, ishchi stansiyalar, lokal tarmoq,

    global tarmoq, shlyuzlar, ko‗priklar, marshrutlovchilar, operasion tizim,

    modem, uzellar.

    1. Kompyuter tarmog’i haqida tushuncha

    Kompyuterlardan turli xil masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin.

    Axborot almashinish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki

    boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‗ladi.

    Kompyuterlarning o‗zaro axborot almashinish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar

    majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari

    tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog‗liq bo‗ladi. Axborot

    ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma‘lumotlar ombori va boshqa

    axborot tizimlaridagi hujjatlar yig‗indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda

    saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar

    yordamida kirish mumkin.

    Kompyuterlar uchun tarmoqqa biriktirilgan holda foydalanish juda kup

    afzalliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog‗iga ulangan bir printerni barcha

    foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida hisobotni tez

    tayyorlash uchun uni bo‗limlarga bo‗lib, xar bir bo‗lagini alohida tarmoq

    kompyuterida tayyorlash mumkin. Fayllar, katologlar, printer, disklardan

    birgalikda foydalanish mumkin. Bu esa o‗z navbatida tejamkorliklarga olib keladi.

    Shuning uchun kompyuterlar tarmoqqa birlashtiriladi. Tarmoqlarning fizik

    jihatdan biriktirilishi (simlar yoki boshqa yo‗llar bilan) tarmoq o‗zidan o‗zi

    ishlayveradi, degan gap emas. Tarmoqdagi kompyuterlar tarmoq operasion

    sistemasida ishlaydi. Hozirda ko‗p ishlatilayotgan Windows 95 tarkibida lokal

    tarmoqda ishlash imkoniyatini beruvchi dasturlar mavjud.

    Lokal kompyuter tarmog‗i tushunchasi nisbiydir. Bunday deyishimizga sabab,

    kompyuterlar bir xona (sinf xonasi), bino, tashkilot yoki bir qancha filiallardan

    iborat bo‗lgan tashkilot doirasida kompyuter tarmoqlari tashkil etish

    mumkinligidadir. Shuning uchun xam 500 metrgacha bo‗lgan masofada

  • 26

    birlashtirilgan kompyuterlar ham lokal tarmoqqa birlashtirilishi mumkin. Lokal

    tarmoq maxsus simlar bilan birlashtirilgan kompyuterlar, kommunikatsiya,

    pereferiya (tashqi ulanadigan) qurilmalarning birgalikda foydalanish maqsadida

    biriktirilishidir.

    Lokal kompyuter tarmog‘i vazifalari.

    Lokal tarmoq yaratishdan maqsad-tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlarida mavjud

    kompyuter parki va uning resurslari (printer, skaner, katalog, fayllari) dan

    unumli, tejamli foydalanishdir.

    EHM ning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha

    yaqin binolaridagi abonentlarni bog‗laydi. Masalan kollejda kompyuter xonalari

    lokal tarmog‗i orqali ulangan. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 80-

    90% axborot o‗sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday

    tuzilmaga ega bo‗lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqdagi kompyuterlar yuqori

    tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‗langan bo‗ladi. Lokal

    tarmoqda EHM lar orasidagi masofa uncha katta emas-10 km gacha, radiokanal

    aloqasidan foydalanilsa-20 km. Ko‗p hollarda o‗zining lokal ma‘lumotli tizimiga

    xizmat ko‗rsatayotgan Lokal kompyuter tarmog‗i boshqa hisoblash tarmoqlari,

    ichki va tashqi, xatto xududiy va global tarmoqlar bilan bog‗langandir. Xar qanday

    xisoblash tarmog‗ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga

    ma‘lumotli va hisoblash resurslarini taqdim etishdir.[13]

    Nazorat savollari:

    1. Tarmoq nima?

    2. Tarmoqning vazifalariga misollar keltiring.

    3. Lokal tarmoq deb qanday tarmoqqa aytiladi?

    4. Radiokanal tarmoq deb nimaga aytiladi?

  • 27

    2. Lokal tarmoq turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

    Lokal hisoblash tarmog‗ini uchta sxema orqali ulashimiz mumkin.

    3-rasm. Shinali ulanishning ko‘rinishi

    Shinali ulanish-chiziqli ma‘lumotlarni ishlatish kanalini ishlatadi, unga

    nisbatan qisqa biriktiruvchi liniyalar vositasi bilan interfeys plata orqali barcha

    uzellar ulangandir. Tarmoqning uzatish uzelidan ma‘lumotlar shina bo‗yicha

    ikkita tomonga tarqatiladi. Oraliqdagi uzellar kelayotgan axborotlarni

    translyatsiya(olib ko‗rsatish) qilmaydi. Ma‘lumot hamma uzellarga keladi, lekin

    axborotni kimga yuborilgan bo‗lsa, o‗sha qabul qiladi.

    Shinali ulanish eng oddiy tarmoqlardan biridir. Bunday tarmoqni yengil

    kuchaytiriladi va konfiguratsiyalanadi hamda turli xil tizimlarga moslashtiriladi; u

    alohida uzellarning mumkin bo‗lgan nosozliklariga nisbatan turg‗indir. Shinali

    tarmoq keng ma‘lum bo‗lgan Ethernet tarmog‗i va uning bazasida tashkil etilgan,

    ofislarda ishlatiladigan, masalan, Net Ware Novell tarmog‗i ham ishlatiladi.

    Halqali tarmog‗ida (aylanma ulanish) hamma uzellar aloqa kanallari bilan

    umumiy yopiq halqaga ulangan. Tarmoq bir uzelining chiqishi keyingisining

    Ishchi

    stansiya

    Ishchi

    stansiya

    Ishchi

    stansiya

    Ishchi

    stansiya

    Ishchi

    stansiya

  • 28

    kirishi bilan ulanadi. Halqa bo‗yicha ma‘lumot uzeldan uzelga uzatiladi va har bir

    uzel yuborilgan axborotni retranslyatsiya qiladi. Buning uchun har bir uzelda

    tarmoqda ma‘lumotlarning o‗tishini boshqarish imkonini beradigan o‗zining

    interfeysli va uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturasi bor. Uzatuvchi-qabul qiluvchi

    apparaturani soddalashtirish maqsadida halqa bo‗yicha qiymatlarni uzatish,

    ko‗pincha, faqat bir yo‗nalishda bajariladi. Qabul qiluvchi uzel faqat unga

    yuborilgan axborotni qabul qiladi va anglab oladi.

    O‗zining moslashuvchanligi va ishonchliligi bilan amaliyotda keng tarqalgandir.

    4-rasm. Aylanma ulanish

    Yulduzsimon tarmog‗i tarmoqning asosini server tashkil qiladi, unga ishchi

    stansiyalarning har biri o‗zining aloqa liniyasi bo‗yicha ulanadi. Barcha ma‘lumot

    Aylanma

    ulanish

    Ishchi

    stansiya

    Ishchi

    stansiya

    Ishchi

    stansiya

    Ishchi

    stansiya

  • 29

    markaziy uzel orqali uzatiladi, u tarmoqdagi ma‘lumot oqimlarini retranslyatsiya

    qiladi, qayta ulaydi va marshrutlaydi.

    Bunday tarmoq o‘zining tuzilishi bo‘yicha, aslini olganda, teleqayta

    ishlash tizimiga o‘xshash bo‘ladi, unda hamma abonent punktlari

    intelektual bo‘ladi(o‘zining tarkibiga EHM ni oladi).

    Kamchiliklari:

    Markaziy apparaturaning yuqori yuklanganligi;

    Markaziy apparatura ishdan chiqqanda tarmoq ishga yaroqligini butunlay

    yo‗qotishi;

    Aloqa liniyasining juda cho‗zilib ketganligi;

    Ma‘lumotni uzatish yo‗lini tanlashda moslashuvchanlikning yo‗qligi.

    5-rasm

    Printer

    Konsentrator

    Ishchi stansiya

    Ishchi stansiya

    Ishchi stansiya

  • 30

    Yulduzsimon tarmoqlar ochiqdan-ochiq ifodalangan markaziy

    boshqariladigan ofislarda ishlatiladi

    Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‗lganligi bois, telefon

    kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. Lokal

    kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funksional bo‗g‗in,

    ishchi stansiyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi.[17]

    Ishchi stansiyalar - Bu tarmoqqa ulangan kompyuter bo‗lib, u orqali

    foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat qila oladi. Tarmoqning ishchi

    stansiyasi, ham tarmoqli ham lokal rejimlarda ishlay oladi.

    Server - Bu tarmoqning barcha ishchi stansiyalar so‗rovlarini qayta ishlash

    uchun ajratilgan ko‗p foydalanuvchili kompyuter bo‗lib, u bu stansiyalarga

    umumiy tizim resurslariga murojaat qilish imkonini beradi va bu resurslarni

    taqsimlaydi.

    Nazorat savollari:

    1. Lokal tarmoqni necha xil usul bilan ulash mumkin?

    2. Shinali lokal tarmoq haqida tushuncha bering.

    3. Xalqali lokal tarmoq haqida tushuncha bering.

    4. Yulduzsimon lokal tarmoq haqida tushuncha bering.

    5. Ishchi stansiya nima?

    6. Server nima?

    3. Tarmoqning texnik vositalari.

    Firmaning turli bo‗limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo‗lgan turli

    xil LHT larini firma ichida birlashtirish zarurati paydo bo‗lishi mumkin. Bunday

    birlashtirish xech bo‗lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashkil

    etish uchun ba‘zida keraklidir.

    Kerakli ma‘lumot resurslariga chiqishga bo‗lgan intilish LHT ni yuqoriroq

    darajadagi tarmoqlarga ulashni talab etishi mumkin.

    Tarmoqlarni bir biri bilan o‗zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatidan

  • 31

    takrorlagichlar, ko‗priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi.

    Takrorlagichlar (repitor) elektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq

    masofaga uzatishda uni shaklini amplitudasini saqlashni ta‘minlaydigan

    qurilmadir.

    Ko‗priklar (bridge) OSI tarmoqli daraja bayonnomalari bilan tasvirlanadi,

    oluvchilarning adreslariga mos ravishda paketlarni filtrlashni bajarib, tarmoqli va

    undan yuqori darajalarda ma‘lumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini

    ishlatuvchi tarmoqlar o‘rtasidagi grafikni rostlaydi.

    Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarni transportli darajasida

    tavsiflanadi va o‗zining funksiyalarini bajaradi va mantiqiy bog‗lanmagan

    tarmoqlarning ulanishini ta‘minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi

    eng yaxshi yo‗lini aniqlaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun

    ba‘zi bir bayonnomali o‗zgartirishlarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va

    vazifasi bo‗yicha axborotni uzatadi.

    Shlyuzlar (gateway) OSI ning turli bayonnomalarini uning hamma

    darajalarida ishlatuvchi hisoblash tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi

    qurilmadir; ular OSI madelining barcha yettita boshqarish natijasi uchun

    bayonnomali o‗zgartirishlarni bajaradi.

    Ko‗priklar, marshrutlovchilar va shlyuzlar lokal hisoblash tarmog‗ida bu,

    odatta, dastur ta‘minotli va qo‗shimcha apparaturali maxsus ajratilgan EHM

    dir.[19]

    Nazorat uchun savollar:

    1. Tarmoqning texnik vositalarini sanab bering.

    2. Takrorlagich nima va u qanday vazifani bajaradi?

    3. Ko‗priklar nima va u qanday vazifani bajaradi?

    4. Marshrutlovchilar nima va u qanday vazifani bajaradi?

    5. Shlyuzlar nima va u qanday vazifani bajaradi?

    4. Lokal tarmoqning fayl-serveri va ishchi stansiyalariga qo‗yiladigan talablar.

  • 32

    Lokal tarmoqning fayl-serveriga qo‗yiladigan talablar. Novell Net Ware

    LHT ning asosiy bo‗g‗ini faylli server hisoblanadi. Unda tarmoq operasion tizimi,

    ma‘lumotlar bazasi va foydalanuvchilarning amaliy dasturlari joylashtiriladi.

    Shuning uchun fayl-server tarmoqdagi eng kuchli kompyuter bo‗lishi kerak,

    chunki butun tarmoqning unumdorligi va funksional imkoniyatlari unga

    bog‗liqdir.

    Fayl- server sifatida tezkor xotirasining sig‗imi 16-32 Mbaytdan kam

    bo‗lmagan kompyuter bo‗lishi kerak. Fayl-server vinchesterining sig‗imi 1200-

    3000 Mbaytni tashkil etishi lozim.

    Fayl-server ishining ishonchliligi tarmoq ishining ishonchliligini aniq

    belgilagani uchun qattiq diskdagi ma‘lumotlarni adashtirish va yo‗qotishdan

    himoya qilish uchun maxsus choralarni ko‗rish kerak.

    Lokal tarmoq ishchi stansiyalariga qo‗yiladigan talablar. Ishchi stansiya

    vazifasini bajaruvchi kompyuter foydalanuvchiga uning hamma amaliy

    masalalarini yechish imkoniyatini ta‘minlashi kerak. Ishchi stansiyalarga talab

    fayl-servernikiga qaraganda oddiyroqdir. Foydalanuvchilarning ko‗pchilik qismini

    8-16 Mbayt sig‗imli tezkor xotira va 650 Mbayt sig‗imli vinchester to‗la qondiradi.

    Agar ishchi stansiya faqat tarmoqli ishlash rejimiga mo‗ljallangan bo‗lsa, u holda

    unga, aslini olganda, vinchester ham, egiluvchan disklar ham kerak emas. Ishchi

    stansiyalarni disklarsiz ishlatish imkoniyati paydo bo‗ladi. Bunday stansiyalardagi

    operasion tizim ishchi tizim stansiyadagi tarmoqli plataga o‗rnatilgan doimiy eslab

    qoluvchi qurilmadan fayl-server boshqaruvi asosida masofadan turib yuklanadi.

    Shu bilan bir vaqtda disklarsiz ishchi stansiyalar asosida qurilgan LHT da fayl-

    serverga yuklama keskin oshib ketadi va stansiyada avtonom rejimda ishlash

    imkoniyati inkor qilinadi.

  • 33

    Nazorat uchun savollar:

    1. Fayl-serverning vazifasi haqida gapirib bering.

    2. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning tezkor xotirasiga bo‗lgan

    talabni ayting.

    3. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning vinchestriga bo‗lgan talabni

    ayting.

    4. Ishchi stansiya vazifasi haqida gapirib bering.

    5. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning tezkor xotirasiga bo‗lgan

    talabni ayting.

    6. Fayl–server vazifasini bajaruvchi kompyuterning vinchestriga qo‗yiladigan

    talabni ayting

    Global tarmoq turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

    1. Global tarmoq(Internet) haqida tushuncha.

    2. Internetning paydo bo‗lishi.

    3. Internetga bog‗lanish turlari.

    1. Global tarmoqlar.

    Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda turli qit‘alarda joylashgan

    abonentlarni birlashtiradi. Obonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon

    liniyalarida, radio aloqa, sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.

    Global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‗zida

    birlashtirish imkoniga ega bo‗lgan tarmoq bu tarmoq Internet deb ham

    yuritiladi.

  • 34

    I

    6-rasm. Global kompyuter tarmoqlari

    Internet – bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir

    butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog‗i. Elektron

    kommuniksiya hozirgi zamonda katta axamiyat kasb etmoqda. Axborot

    oqimlarining ko‗p marta oshib borish sharoitlarida tadbirkorlik firmalari, bank

    strukturasi, davlat korxonalari, boshqa tashkilot va ularning xodimlarini o‗zaro

    aniq ishlashini zamonaviy telekommunikatsiya va aloqa vositalarisiz, axborot va

    kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur qilib bo‗lmaydi.

    Internet o‗zi nima ? Internet – bu jaxon tarmoqlari majmuidir.

    Uning juda ham ko‗p imkoniyatlari mavjud.

    Internet (Internatsional Network – xalqaro kompyuter tarmog‗i)

    – butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‗idir.

    Xozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq malakatlarida

    100 millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 7-11% ortib bormoqda.

    Internet qachonlardir faqat tadqiqot va uquv guruxlariga xizmat qilgan bo‗lsa,

    xozirgi kunga kelib u ishlab chiqarish doirasida xam keng qo‗llanilmoqda.

    Kompaniyalarni Internet tarmog‗ining tezkorligi, arzonligi, keng qamrovdagi

    Davlat-

    lar

    Davlat-

    lar

    Germa-

    niya

    Davlat-

    lar

    Davlat-

    lar

    Davlat-

    lar

  • 35

    aloqa, xamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi

    dastur hamda ma‘lumotlarning noyob bazasi o‘ziga tortmoqda.

    Internetning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha

    jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to

    ertangi kungi ob-havo ma‘lumotgacha bilib olish mumkin. Ayniqsa,

    kommunikatsiyaga muxtoj shaxslar, tashkilotlar, muassasalar uchun ko‗pincha

    telefon orqali to‘gridan to‘gri aloqaga nisbatan Internet infrastrukturasidan

    foydalanish ancha arzon tushadi. Bu ayniqsa, chet ellarda filiallari mavjud bo‗lgan

    firmalari mavjud bo‗lgan firmalar uchun juda qulaydir, chunki Internet ning

    konfidetsial noyob aloqalari butun dunyo bo‗yicha imkoniyatga ega. [15]

    Shu bilan birga yana bir narsani aytish lozimki, yaqindan boshlab bosma

    nashrlarni kompyuter tarmog‗i kanali orqali tarqatish boshlandi. Tez-tez biz

    yoqtirgan gazeta va jurnallarimizning oxirgi ma‘lumotlarini WWW so‗zlaridan

    boshlangan manzilda ko‗rish va shu manzildan nusxasini ko‗rib olish mumkin

    degan so‗zlar ko‗proq uchrab turibdi. Shu bilan birga elektron nashrlar

    tushunchalarining qamrovi oyma-oy kengayib bormoqda. Yangi – yangi elektron

    usulda chop etilgan jurnallar paydo bo‗lmoqda.

    2.Internetning yaratilish tarixi.

    Shu yerda internetning paydo bo‗lish tarixiga qisqacha to‗xtalib o‗tamiz.

    1969 yilda AQSh mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligiga

    mamlakatdagi barcha harbiy muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi

    yagona tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq xarbiy mutaxasislarga axborot

    almashishga yordam ko‗rsatishga mo‗ljallangan edi. Uni yaratishda

    foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa kompyuterlardagi

    dasturlarni ishlatish(ulardan foydalanish), fayl va habarlarni elektron aloqa orqali

    uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar

    oldiga ishonchli ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari ishlab chiqganda xam o‘sish

  • 36

    qobiliyatini saqlab qoluvchi, «o‗ta chidamli» tarmoqni yaratish masalasi qo‗yilgan

    edi.

    3.Internetga bog‗lanish turlari.

    Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avvalom bor internet

    tarmog‗iga ulangan bo‗lishi kerak. Ushbu bo‗limda internetga ulanish usullari

    ko‗riladi.

    Internetga telefon orqali ulanish. Internetga ulanish usullari ko‗p va ular

    takomillashib turadi. Telefon orqali internet bilan ishlashni ikki yo‘li bor.

    Kommutatsiya qilinuvchi kanalga terminal kirish va internet qaydnomasiga

    kommutatsiya orqali kirish.

    Terminal kirishda foydalanuvchi kompyuteri go‗yoki terminaldek

    (ma‘lumotni komputerga kirituvchi qurilma) bo‗lib, uzoqdagi kompyuter (internet

    orqali ulangan) bo‗lsa, sizning kompyuteringizday bo‗ladi. Internet qaydnomasiga

    qo‗shimcha imkoniyatidan foydalaniladi. Internetga ulanishning ikala usuli

    birgalikda ishlasa, u albatta yaxshi natija beradi.

    Terminal kirishda foydalanuvchi o‗z kompyuteridagi modem va

    kommunikatsiya dasturlari yordamida o‗z provayderiga uy telefonidan qo‗ngiroq

    qilinadi va uzoqlashgan kompyuter modemi javobidan so‗ng u bilan ulanadi. Bu

    holda foydalanuvchi kompyuteri endi uzoqlashgan kompyuterga ulangan

    terminaldek ishlaydi va uzoqdagi komyuter bilan bog‗lanib, o‗z nomingiz (log

    bilan) va parolingizni kiritasiz. Internetga kirgandan so‗ng undan dunyo bo‗ylab

    sizni qiziqtirgan barcha masalalar bo‗yicha sayohat qilish imkoniyati paydo

    bo‗ladi.

    Internetga ulanish uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi zarur:

    tashqi modem uchun ketma-ket portga, ichki modem uchun

    uni qo‘shish uchun joyga ega bo‘lgan kompyuter ;

    telefon;

    modem (ichki yoki tashqi);

    komunikatsion dasturlar;

    SLIP yoki PPP qaydnomalar dasturiy ta‘minoti;

    Internet provayderida (Internet xizmatini ko‘rsatuvchi

    tashkilotda) almashish qaydnomasi (SLIP yokiPPP )

    ro‘yxatdan o‘tkazish.

  • 37

    Kommutatsiya yo‘llari orqali IP bog‗lanishda foydalanuvchi modemi provayder

    kompyuteriga bog‗lanadi (telefon orqali). Bunday bog‗lanishning mohiyati

    shundan iboratki, bu xolda TCPFIP qaydnomasi formatida maxsus qaydnoma

    asosida ma‘lumotlar almashishni ta‘minlovchi dasturiy ta‘minotidan foydalanadi.

    Uzoqlashgan kompyuter javob bergandan keyin bu dasturiy ta‘minot

    foydalanuvchi xaqidagi ma‘lumotlarni unga jo‗natadi. Ro‗yxatdan o‗tish

    muvaffaqiyatli kechsa, unda bemalol ish boshlash mumkin.[20]

    Nazorat savollari .

    1. Global tarmoq haqida gapirib bering.

    2. Internet xaqida gapirib bering.

    3. Internetdan qanday maqsadda foydalaniladi ?

    4. Internetga ulanish uchun nimalar bo‗lishi mavjud ?

    5. Telefon orqali Internetga qanday ulanamiz ?

    6. Kompyuterni Internet tarmog‗iga ulash uchun nima qilish kerak ?

    7. Internetda qanday ma‘lumotlar saqlanadi ?

    8. Brauzerlar nima vazifani bajaradi ?

    Amaliy mashg‗ulot o‗tkazish uchun metodik ko‗rsatmalar.

    O‗quvchilar mazkur mavzu bo‗yicha amaliy mashg‗ulot jarayonida

    o‗qituvchi tomonidan berilayotgan ko‗rsatmalarni amalda qo‗llash kerak. Bu

    amallar quyidagilardan iborat:

    1. Tarmoqlarning «Shinali va Yulduzchasimon» bog‗lanishni ko‗rsatib berishi.

    2. Xududiy tarmoqqa ulangan kompyuterlar axborot almashinish jarayonini

    ko‗rsatishi.

    3. Masofadan bog‗lanishni (murojaat) yaratish.

    4. Kompyuterlarga maxalliy tarmoqlarning ulanishini ko‗rsatib bering.

    5. Internet tarmog‗iga bog‗lanishni ko‗rsating va amalda ko‗rsating .

  • 38

    MAVZU. INTERNETDA MA‘LUM QIDIRUV SERVERLARI BILAN

    ISHLASH.

    Ishdan maqsad: Internet tarmog‘ida ishlash, serverlardan kerakli axborotlarni

    topish, kompyuter xotirasiga olish va saqlashni o‘ rganish.

    Vazifa. Internetga bog‘lanishni, serverlardan axborotlarni topishni,

    malumotlarni topib kompyuter xotirasiga olishni o‘rganing.

    Nazariy qism

    Internetdagi ― Xalqaro axborot tarmog‘i ‖ ( WWW ) – biror bir tuzilishga

    keltirilmagan matnli ( shu jumladan, grafikli, audio va vidio axborotlardan tashkil

    topgan, millionlab xujjatlar kiradi. Kerakli axborotlarni topish uchun yuzlab Web

    – saxifalarni ko‘rib chiqishga to‘gri keladi. Bunda qanchadan qancha kuch va

    asablar sarflanadi.

    Asrimizning 90 – yillaridan boshlab, Interenetning ma‘lumot beruvchi

    xizmatlari rivojlana boshlandi. Bu xizmatlar foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan

    axborotni topishga yordam berardilar. Bu xizmatlarni ikkiga bo‘lish mumkin:

    universal va ixtisoslashgan.

    Universal xizmatlarda xujjatlarni qidirishninig odatdagi prinsipi qo‘llaniladi,

    ― Asosiy ‖ so‘zlar yordamida qidirish.

    Xujjatlarni ― Asosiy ‖ so‘zi deb, berilgan xujjatlarning mazmunini aks ettiruvchi

    so‘zga yoki so‘z birikmasiga aytiladi.

    Masalan, dasturlash xarakteridagi adabiyotlarga xos ― Asosiy ‖ so‘zlar bu

    ―shartli o‘tish‖, ― Makro buyruq ‖, ― Uzilishlarni qayta ishlash ‖ va xokozo.

    Universal qidiruv xizmati – bu quyidagi vazifalarni bajaruvchi, qudratli

    dasturlar va dasturlar yigindisidan iborat:

    1. Maxsus dastur mavjud bo‘lib, u WWWni tinimsiz ko‘rib chiqadi va ular

    orasida so‘zlarni tanlab olib, indekslarning ma‘lumotlar bazasini tuzib chiqadi. Bu

    bazaga xujjatlarning ― Asosiy ‖so‘zlari va adreslari kiritiladi. ( Eslatib o‘tishimiz

    kerakki, indeks – bu ― Asosiy ‖ so‘zlar bo‘yicha tartibga solingan ko‘rsatkichlar

  • 39

    to‘plami ).Web – server foydalanuvchi tomonidan qidiruv uchun buyruq oladi, uni

    qayta ishlaydi va maxsus dastur – qidiruv mashinasiga uzatadi.

    2.Qidiruv mashinasi indekslarning ma‘lumotlar bazasini ko‘rib chiqadi va buyruq

    shartlariga mos keluvchi saxifalar ro‘yxatini tuzadi va Web ser - verga qaytarib

    beradi.

    3.Web – server natijalarni foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan shaklga keltirib,

    mijoz mashinaga uzatadi

    .

    7-rasm.Rossiya qiduruv sayti

    Mashxur va qudratli qidiruv tizimlari orasida: Alta Vista ( WWW. Alta-

    vista.com ), Infoseek ( WWW. inforseek.com ), Lycos (WWW.lycos.com) va

    boshqalarni ko‘rishimiz mumkin.

    Eslatma. Grafikli axborotni qidirish kompyuterli texnologiyalarning yechib

    bo‘lmas masalalaridan biri.

    Ixtisoslashtirilgan xizmatlar – bu u yoki bu mavzu bo‘yicha server adreslari

    to‘grisidagi ma‘lumotlarni o‘zida mujassamlashtirilgan mavzuli kataloglar

    hisoblanadi.

    Universal bazalardan farqli ravishda mavzuli kataloglar mutaxasislar

    tomonidan tuziladi va u foydalanuvchini ishonchli axborot bilan ta‘minlaydi.

    Undan tashqari, internet saytlari shaxsiy qidiruv mexanizmiga ega. Birinchidan bu

    kontekst qidiruv mexanizmi, hamda familiyalar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan

  • 40

    qidiruv. ( Shu jumladan: tovarlar bo‘yicha, firmalar bo‘yicha va xokazo ).

    Internet butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. Bu

    global tarmoqqa ulanishi uchun kompyuter, modem va aloqa tarmog‘i bo‘lishi

    kerak.

    Modem – bu kompyuterlarga halqaro tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi

    standart qurilmadir.

    Modemning bir tomoni kompyuterga, ikkinchi tomoni aloqa tarmog‘iga

    ulanadi. Internetga ulanishi uchun provayder bilan shartnoma tuzib, muloqat

    o‘rnatiladi.

    Kompyuterlar axborot almashinishi paytida ma‘lumotni shakllantirish va

    uzatishda yagona kelishuvdan foydalanishi kerak. Bayonnoma bu abonentlar

    o‘rtasida axborot almashinishi va Internet ma‘lumotlarini shakllantirish qonun

    qoidalari va formatlari kelushuvlar to‘plamidir.

    Bayonnomalarni 2 turga ajratish mumkin.

    1. Bazisli bayonnomalar. Bu bayonnomalar axborotlarni fizik

    uzatilishiga javob beradi. (TCP/IP)

    2. Amaliy bayonnomalar. Internetdan ixtisoslashgan xizmatlarining

    ishlashini nazorat qiladi. M: NTRR (gipermatnli ma‘lumotlarini uzatish) FTP

    (fayllarni uzatish) SMTP (elektron pochta).

    WWW ma‘lumot saxifalari WWW- serverlarda saqlanadi. Bu serverlar

    kompyuterlarga xizmat ko‘rsatadi. Mijozlar o‘z talablarini serverlarga jo‘natadi.

    WWW asosida gipermatnli xabarlarni uzatuvchi baennoma NTTR yotadi, saxifalar

    esa xujjatlarni tasvirlovchi maxsus gipermatnli til HTML yordamida shakllanadi.

    WWW bilan ishlash uchun maxsus brouzerlar ishlab chiqilgan. M: Internet

    Explorer, Netscape Navigator, Operalar.

    8-rasm. Internet Explorer brauzeri

  • 41

    Bu brouzerlar yordamida tarmoqda axborotlarni qidirish navigasiya, WEB

    saxifalarini xotiraga olish, pechat, elektron pochtaga xizmat ko‘rsatish, adreslar

    bo‘yicha saxifalar ochish, o‘qish, saxifalarni qidirish kabi imkoniyatlarni beradi.

    Agar siz qidiruv olib bormoqchi bo‘lsangiz ma‘lum qidiruv serverini adresini

    kiritib (www.google.uz, www.rambler.ru, www.altavista.ru, www.yandex.ru ),

    qidiruv (Iskat) maydoniga asosiy so‘z matnini kiriting va Nayti buyrug‘ini

    ko‘rsating.

    9-rasm. Rambler qiduruv sayti

    Qidiruvda quyidagi kelishuvlar ishlab chiqilgan.

    1. Agar buyurtma so‘zi bitta bo‘lsa, u holda shu so‘z bor bo‘lgan saxifalar

    tanlab olinadi. Agar so‘z bir nechta bo‘lsa, so‘zlar orasida probel ko‘rsatilib

    yoziladi. M: Amaliy mexanika xaqida axborotlarni ko‘rmoqchisiz. U holda yo

    «amaliy» yo «mexanika» yoki ikkala so‘z bor bo‘lgan saxifalar tanlab olinadi.

    2. Agar buyurtma so‘zi bir necha so‘zdan tashkil topgan bo‘lsa, u xolda

    so‘zlar qo‘shtirnoq ichida yoziladi. Bu so‘zlar bir butun so‘z sifatida qabul qilinib

    va shu so‘z birikmasi mavjud bo‘lgan xujjatlar ro‘yxatini ko‘rsatadi. M: ― Amaliy

    mexanika ‖.

    3. ―+‖ belgisi. Agar so‘zlar orasiga + belgisi ko‘rsatilib, qidiruv berilsa, u

    xolda shu so‘zlar mavjud bo‘lgan xujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Bu so‘zlar

    xujjatning turli burchaklarida joylashgan bo‘lishi mumkin. M: Amaliy + mexanika

    Malumotlar qidirishning samaradorligi foydalanuvchi tajribasi va fikrlash

    doirasiga xam bog‘liq.

    Ishni bajarish tartibi.

    1.Internetga bog‘lanishni o‘rganish.

    2.Serverlardan axborotlarni topishni o‘rganish.

    http://www.google.uz/http://www.rambler.ru/http://www.altavista.ru/http://www.yandex.ru/

  • 42

    3. Kerakli malumotlarni topib kompyuter xotirasiga olishni

    o‘rganish.

    Xisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

    1.Ishning maqsadi va vazifasi.

    2.Berilgan topshiriqlar.

    3.Ishning nazariy qismi.

    4. Ishni bajarish bo‘yicha xisobot.

    Mavzu: Internet xizmatlari. Elektron pochta

    Mavzu rejasi:

    1. E-mail – Internet texnologiyalarining eng qulay vositasi sifatida

    2. Outlook Express – elektron pochta dasturida ishlash

    Mavzu buyicha vazifalar bajarish [14]

    Informasion-uslubiy ta‘minoti

    I.Adabiyotlar: [6;7; 21;18;27-40]

    1. Informatika. Darslik/Akademik S.S. G‘ulomov umumiy tahriri ostida.

    Toshkent. – TDIU, 2007 y.

    2. Ayupov L.F.,Begalov B.A.,Ermatov Sh.T.,Ibragimova L.T.,Shoaxmedova

    N.X. Shaxsiy kompyuterlar va ulardan samarali foydalanish asoslari. O‘quv

    qo‘llanma. Toshkent – 2008 y.

    3. Ro‘zimov S.K. Kompyuter savodxonligi.-T.: Fan, 2006. -372 bet.

    4. Eshkabilov S.L. Internet-axborot qidiruvi. -T.: Fan, 2006.- 113 bet.

    Elektron darsliklar

    5. iSoft.uz – interaktiv o‘rgatuvchi dasturiy majmua. Axborot texnologiyalari

    bo‘yicha multimediali interaktiv o‘rgatuvchi dasturiy majmua

    Internet portallar va saytlar

    6. http://www.gov.uz- O‘zbekiston Respublikasi hukumati portali.

    7. http://www.ziyonet.uz- axborot resurslari

    8. http://www/ziyo.edu.uz- OO‘MT Vazirligi Veb-sayti

    http://www.gov.uz-/http://www.ziyonet.uz-/http://www/ziyo.edu.uz-

  • 43

    9. http://www.tsue.fan.uz - TDIU Veb - sayti

    10. http://www.uzinfocom.uz/lang/uzb- Kompyuter va Axborot

    Texnologiyalarini Rivojlantirish va Joriy Etish Markazi ko‘magida ishlab

    chiqilgan sayt.

    11. http://vit.iatp.bu/software/s2_0.htm - «Tizimli dasturiy ta‘minot» mavzusi

    bo‘yicha elektron qurilma.

    12. http://www/compress.ru/temp/3295/index. htm -Fromt Page dasturida Veb –

    sahifalarini hosil qilish texnologiyalari.

    13. http:// ictcouncil.gov.uz – Kompyuterlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha

    Vazirlar mahkamasi muvofiqlashtiriuvchi Kengashing sayti

    14. http://search.re.uz –O‘zbekistoning axborotlarni izlab topish tizimi.

    II. Texnik vositalar: a) multimediali kompyuter; b)

    videoproektor;

    III.Prezentasion va elektron-didaktik texnologiyalar:

    a)taqdimot materiali; b) Elektron darslik ; s) tarqatma material.

    IV. Qo‘llaniladigan pedtexnologiyalar: a)munozara; b)interfaol;

    s)aqliy xujum.

    Mavzuni o‘rganishdan qo‘yiladigan maqsad: Internetda ishlash

    usullarini o’rganish.

    1. E-mail – Internet texnologiyalarining eng qulay vositasi

    sifatida

    Internet elektron pochta xizmatini ko‘rsatadi. Elektron pochta nima? Elektron

    pochta maxsus programma bo‘lib, uning yordamida Siz dunyoning ixtiyoriy

    joyidagi elektron adresga xat, xujjat, va umuman ixtiyoriy faylni jo‘natishingiz va

    qabul qilib olishingiz mumkin. Eng asosiysi xat bir zumda manzilga yetib boradi.

    http://www.tsue.fan.uz/http://www.uzinfocom.uz/lang/uzb-http://vit.iatp.bu/software/s2_0.htmhttp://www/compress.ru/temp/3295/index.%20htm%20-Fromt%20Pagehttp://search.re.uz/

  • 44

    Lekin undan foydalanish uchun siz maxsus pochta tarmog‘i yoki Internet

    tarmog‘iga bog‘langan bo‘lishingiz va elektron adresga ega bo‘lishingiz kerak.

    Elektron adresni provayder beradi. Yoki internetda bepul elektron pochta

    xizmatlari mavjud. Ular yordamida o‘zingizga elektron adres ochishingiz

    mumkin.

    Bu www.hotmail.com, www.yahoo.com, www.mail.ru,

    www.yandex.ru va xokazolar. O‘zbekistonda www.esezam.com. Bu sahifalarga

    kirib anketa savollariga javob berib, o‘zingizga elektron adres ochishingiz

    mumkin.

    Elektron adres odatda email deb ko‘rsatiladi. Elektron pochta yuborganda

    siz xuddi xatni yuborayoganday, uning kimga, qayerga va kimdanligini

    yozishingiz shart. Siz xatni bir necha adreslarga yuborishingiz mumkin. Elektron

    xatni yuborganingizdan so‘ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so‘ng xat

    ko‘rsatilgan manzil pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi xatni oladi.

    Ya‘ni xar bir foydalanuvchi o‘zining pochta qutisiga ega. Umumiy pochta

    qutisidan xat shaxsiy qutichalarga muntazam ravishda jo‘natiladi.

    Ye mail adres shakli

    Elektron adres quyidagi shaklda bo‘ladi:

    [Elektron adres muallifi ismi] [tashkilot, provayder nomi] [ davlat nomi]

    Misol tariqasida quyidagi elektron adres tahlilini keltiramiz:

    [email protected]

    yoshlarmarkazi adres egasi ismi tashkilot nomi

    youthcenter tashkilot nomi; freenet Internetprovayder nomi

    uz davlat, @ elektron adresni belgilovchi maxsus belgi.

    Elektron adres yozganda uni to‘liq yozishga xarakat qiling. Adres egasi,

    tashkilot nomi ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.

  • 45

    Elektron adreslar turlariga misol sifatida quyidagi adreslarni keltiramiz.

    [email protected] Shaxsiy elektron adres

    [email protected] Shaxsiy elektron adres

    [email protected] Internet saxifa kirituvchisi

    [email protected] elektron adresi

    [email protected] Tashkilot elektron adresi

    [email protected] O‘quv kafedra elektron adresi

    [email protected] Fakultet elektron adresi

    [email protected] Universitet studenti

    Topshiriq:

    1. Shaxsiy adresingizni yozing.

    2. Tashkilot adresini yozing.

    3. Quyidagi adreslardan tashkilot nomini aniqlang:

    [email protected]

    [email protected]

    [email protected]

    [email protected]

    [email protected]

    [email protected]

    2.Outlook Express – elektron pochta dasturida ishlash

    Outlook Exrress dasturi elektron pochta xizmatini amalga oshiradi. Bu

    programma bilan ishlash juda qulay. U bilan ishlashni o‘rganamiz. Dasturni ishga

    tushirish uchun programma belgisida sichqoncha tugmachasini bosamiz va

    ekranda dastur oynasi yuklanadi.

    Darchaning birinchi satrida menyu komandalari keltiriladi. Ikkinchi satrda

    asboblar panelining tugmachalari joylashgan.

    mailto:[email protected]:[email protected]:Webmaster@yоuthcenter.uzmailto:mahmudjоn@vоdiy.uzmailto:Sarcоrtelecоm@sarkоr.uzmailto:[email protected]:[email protected]:dilshо[email protected]:[email protected]:[email protected]:reseрtiоn@hоtel.uzmailto:[email protected]:[email protected]:[email protected]

  • 46

    10-rasm. Outlook Exрress dasturi oynasini ko‘rinishi

    Ulardan odatda elektron pochta programmasi bilan ishlashda foydalaniladi.

    Shuning uchun quyida bu tugmachalarning tavsifini keltiramiz. Yangi xat yozish

    imkonini beradi. Xat muallifiga javob yozish imkonini beradi. Xatni boshqa

    manzilga yuboradi. Xatni ko‘rsatilgan manzilga eltadi va sizga kelganni qabul

    qiladi. Xatni o‘chiradi. Adreslar kitobini ochadi. Darcha pastki qismi bir necha

    darchadan tashkil topgan. Chapgi darchada quyidagi papkalar ro‘yxati mavjud. By

    papkada Sizga kelgan xatlar joylashadi. Bu papkada siz jo‘natayotgan xatlar ro‘yxati

    joylashadi. Bu papkada jo‘natilgan xatlar ro‘yxati keltiriladi. O‘chirilgan fayllar

    saqlanadigan savat. Xat qo‘lyozmasi joylashgan papka.

    Joriy papkadagi mos xatlar ro‘yxati o‘ngdagi darchada beriladi. O‘ngdan

    quyidagi darchada esa, joriy xat mazmuni beriladi

    Xat yozish tartibi

    Biror kimsaga xat yozish tartibini keltiramiz. Avval tugmachada sichqonchani

    cherting. Natijada ekranda darcha xosil bo‘ladi. Unda quyidagilarni bajaring.

  • 47

    Кому maydonida do‘stingiz elektron adresini yozing. Masalan,

    [email protected]

    Копия maydonida xat nusxalari yuborilgan mualliflar adreslari yozish zarur.

    Ya‘ni xatni bir necha muallifga yuborish zarur bo‘lganda.

    Тема maydonida xat mavzusini ko‘rsating. Masalan, "Taklif".

    Pastki katta darchada xat matni yoziladi. Misol tariqasida quyidagi xatni

    yozing.

    "Sizni 20-mart soat 15.00 da o‘tkaziladigan "Eng yaxshi programma

    mahsuloti" tanloviga taklif etamiz. Tanlovda talabalar, o‘quvchilar va aspirantlar

    ishtirok etadi. Manzil.: Toshkent, Talabalar ko‘chasi, 14. Yoshlar Internet

    Markazi. Tanlov tashkiliy qo‘mitasi‖. Xatni to‘g‘ri quyidagi rasm bilan

    solishtirib tekshirib ko‘ring.[20]

    Xatlarni o‘qish

    Sizning pochtangizga kelgan xatlarni ko‘rish va o‘qish uchun quyidagilarni

    bajaring. Elektron pochta programmasini ishga tushiring.

    Доставить почту tugmachasini bosing. Ekranda quyidagi darcha xosil

    bo‘ladi. Bunda kelgan xatlar serverdan sizning kompyuteringizga ko‘chiriladi .

    Ekranning quyi qismida nechta xat kelganligi haqidagi ma‘lumot xosil bo‘ladi.

    Входяшие papkani oching.

    O‘qilmagan xatlar ro‘yxatda tim qora rangda ko‘rsatiladi.

    Xatni tanlab, sichqoncha tugmachasini chertsangiz, xat mazmuni ekranda

    xosil bo‘ladi.

    Agar muallifga javob yubormoqchi bo‘lsangiz,

    Tugmachasini bosish kerak.

    Ekranda muallif manzili ko‘rsatilgan darcha xosil bo‘ladi. Unda javobni

    yozish va so‘ng jo‘natish lozim.

    Keraksiz xatni belgilab, Удалить tumachasini bosib savatga jo‘natishingiz

    mumkin.

  • 48

    Kirill alifbosida bir necha kodlar mavjud. Ba‘zan xatni o‘qish uchun kodni

    almashlash zarur bo‘ladi. Buning uchun Вид menyusining kod komandasidan

    keraklisini tanlash lozim. Odatda xatlar KOI8R, Cyrillic(Windows) kodlarida

    yoziladi.

    Xujjat, rasm va turli fayllarni jo‘natish

    Xujjat, grafik, audio va video fayllarni xatga ilova qilish mumkin. Turli

    xujjatlar, jadvallar, rasm, yoki shunga o‘xshash ma‘lumotlar ilova yordamida

    jo‘natiladi. Xujjatni tayyorlagan программа formatida jo‘natgan maqul.

    Masalan, Word, Excel yoki Power Point tayyorlangan xujjat. Chunki адресат

    faylni asli xolida qabul qilib olishi va undan foydalanishi mumkin.

    Lekin bu fayllarning xajmi kattaligini xisobga olish zarur. Ularni

    jo‘natishdan avval xajmini arxivator programmalar yordamida kichraytirish

    zarur.

    Misol tariqasida xujjatni xatga ilova qilib jo‘nataylik. Buning uchun

    quyidagilarni bajarishingiz zarur.

    1. Xatni tashkil eting.

    2. Unda manzil va mavzuni ko‘rsating.

    3. Xatda ilovaga izoh keltiring.

    4. So‘ng xatga xujjatni ilova qilish uchun ilova tugmachasini bosing.

    5. Ekrandagi hosil bo‘lgan darchadan xujjat joylashgan papkadan Файл

    nomini tanlang va Вложит tugmachasini bosing. Natijada ilova nomi xatning

    ……… maydonida xosil bo‘ladi.

    6. Xatni odatdagidek jo‘nating.

    7. Отправленние papkasini ochsangiz, yuborgan xatingiz yonida ilova

    belgisini ko‘rasiz.

    Ilovali xatni o‘qish

    Ilovali xat olganingizda xatda ilova belgisi bo‘ladi. Ilovali xatni o‘qish

    tartibi quyidagicha.

    1. Xatni ro‘yxatdan toping.

  • 49

    2. Uni odatdagidek oching.

    3. Xatning o‘ng yuqori qismida ilova belgisini sichqoncha tugmachasi bilan

    cherting.

    4. Natijada ilova qilingan fayl ekranda hosil bo‘ladi.

    5. Zarur xolda bu xujjatni kompyuteringizga yozib qo‘ying.

    Elektron pochtadan foydalanishga oid maslahatlar

    Xatni printerda chop etish uchun Файл menyusida Печать komandasini

    kiriting.

    Xatni alohida faylga yozib qo‘yish uchun Файл menyusining Сохранить

    как yoki Сохранить komandalaridan foydalaning.

    Keraksiz xatlarni Удалить komandasi yordamida yoki Delete tugmachasi

    yordamida o‘chiring.

    Xatlarni tartiblash mumkin, buning uchun Собшение va Перемистит в

    komandalaridan foydalanishingiz mumkin. Файл , Папка, Создать

    menyulari yordamida ochiladi.

    Xatni topish uchun Правка menyusining Найти сообшение komandasidan

    foydalanishingiz mumkin.

    Savatdagi xatlarni ba‘zan o‘chirishni unutmang.

    Katta hajmdagi ilovalarni arxivatorlar yordamida kichraytirib jo‘nating.

    Xatlarni alfavit, kelgan vaqti, mazmuni va ilovasiga qarab tartiblashingiz

    mumkin. Bu Вид, Сортировать komandalari yordamida amalga oshiriladi.

    Xatga imzo kiritib qo‘yishingiz mumkin. Buning uchun Опсиялар

    menyusida Подпис punktini topib, unda imzoni ko‘rsatishingiz mumkin.

    Masalan, ismingiz, familiyangiz, lavozimingiz, ishxona nomi va manzilini,

    telefon, faks nomerlarini berishingiz mumkin. Bu sizning ishingizni

    yengshillashtiradi. Xar gal bu ma‘lumotni yozishga vaqtingizni

    sarflamaysiz. Bu vaqtni tejaydi va ishni qulaylashtiradi.

    • Noma‘lum mualliflar xatini ochishda extiyot bo‘ling. Oxirgi paytlarda

    quyida keltirilgan mavzudagi xatlar kompyuterlarni viruslantirmoqda. Bu

  • 50

    viruslar tufayli kompyuterdagi barcha ma‘lumotlarni o‘chirilish, kompyuter ishini

    ishdan chiqarilish xolatlari sodir etyapti. Masalan, "I love you" virusi juda katta

    talofatlarni keltirdi. Natijada Ba‘zi kompaniyalar kompyuterlar ishini tiklashga

    bir necha kunlar sarfladi. Bu xatlar odatda ilovali bo‘ladi. Ularni aslo ocha

    ko‘rmang, tezda yo‘qoting. Shuning uchun, "I love uoi"(Men seni sevaman),

    "Would you like get money"(Ko‘p pul ishlashni xoxlaysanmi?) va xokazolar

    va shunga o‘xshash mazmundagi xatlarni o‘ylab o‘tirmasdan, savatga jo‘nating.

    Noma‘lum mualliflardan kelgan ilova xatlarni aslo ochmang va savatga

    jo‘nating. Kompyuteringizni doimo virusga tekshirib turishni unutmang. Chunki

    kompyuternigizda virus bo‘lsa, uni do‘stingiz yoki xam kasbingizga ilovali xat

    bilan jo‘natishingizni unutmang.Xatlarni qabul qilishda ularni virusga tekshirish

    komandasini o‘rnating.

    Misol sifatida quyidagi vazifani bajaring.

    1. O‘zingiz xaqidagi ma‘lumotni: ismingiz, familiyangiz, lavozimingiz, ish

    joyingiz va manzilni imzoga kiriting.

    2. O‘zingizga ilovali xatni jo‘nating.

    3. Xatni oching.

    4. Ilovani oching.

    5. Ilovani kompyuterdagi shaxsiy papkaingizga yozib qo‘ying.

    6. Xatni printerda chop etib ko‘ring.

    7. Входяшие papkasidagi xatlarni muallif nomi, vaqti, mavzusi bo‘yicha

    tartiblang.

  • 51

    OUTLOOK EXPRES programmasi bilan tugmachalar yordamida ishlash

    Tugmachalar majmui Bajariladigan amal tavsifi

    CTRL+N Yangi xat yozish mumkin.

    CTRL+R Xatga javob yuborish darchasini chiqaradi.

    ALT+S Xatni jo‘natadi.

    CTRL+M Xatni muallifga eltadi.

    CTRL+D Xatni o‘chiradi.

    CTRL+R Xat nusxasini printerda chiqaradi.

    Shift+ Backsrace Xatni boshqa manzilga jo‘natadi.

    CTRL+R tugmachalar majmuasini kiritish uchun CTRL tugmachasini

    bosgan xolda, R tugmachasini bosish zarur.

    ELEKTRON POCHTA BILAN ISHLASH MAVZUSINI O‘QITISH

    METODIKASI

    O‘qitishdan maqsad: Elektron pochta (EP) bilan ishlashni, EP ochishda

    ro‘yxatdan o‘tish, xat yozish, kelgan xatlarni o‘qish, fayllarni va qabul qilishni

    o‘rganish.

    Vazifa.

    1. O‘zingiz uchun EP adresi yaratishni, ma‘lum EP adresiga xabar yozishni

    va jo‘natishni o‘rganing.

    2. Kelgan xabarlarni o‘qish va javob yozishni o‘rganing.

    3. Xabar bilan birga fayllarni jo‘natish va kelgan xabarlarni o‘chirib

    tashlashni o‘rganing.

    Nazariy qism.

    Internetning qulay sohalaridan biri EPdir. EP kompyuterlardan o‘zaro

    ma‘lumotlar ayirboshlash maqsadida kompyuter tarmog‘iga birlashtirishdir. EP

    dan foydalanuvchilar soni kundan - kun oshib bormoqda. EP orqali xat jo‘natish

    oddiy pochta orqali jo‘natishdan arzon, ham tez amalga oshiriladi (bir necha

    daqiqalarda). Masalan: oddiy pochtada xatni saralanib kerakli joyga yuboriladi.

  • 52

    Bunga bir necha kun ketadi. EP xatni kompyuterda jo‘natib bir necha daqiqada

    javob ham olish mumkin.

    EP-bu xabarlarni uzatuvchi global tarmoq. EP orqali faqat matnlarni emas, balki

    rasm, gafika, video, tovushlardan tashkil topgan ma‘lumotlarni jo‘natish va qabul

    qilish mumkin.

    11-rasm. EP adres parolini kiritish oynasi

    Hozirgi kunda EP- ning foydalanishi uchun ko‘plab dastur ishlab chiqilgan.

    Jumladan MS Exchange, MS Mail, MS Outlook Express, Internet Mail

    dasturlaridir. EP dan standart adresi shaklida jo‘natilishi lozim. M:

    [email protected], [email protected], Umida @mail.ru. Bu yerda @

    belgisi (eyt deb o‘qishda) chap tarafdagi abonent nomidan chap tarafdagi

    domendan ajratib turadi. Katta hajmdagi fayllar o‘zlarini boshlang‘ich xolatlarida

    jo‘natilmaydi.

    SMTP internet orqali pochta uzatish bayonnomasidir.

    http://www.msn.com/

    EP dan foydalanishdan oldin foydalanuvch