GULYETIM - kitobsevar.uz

12
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT – 2020 NABIJON QODIROV GULYETIM SARGUZASHT QISSA Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari, talaba yoshlar va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan

Transcript of GULYETIM - kitobsevar.uz

Page 1: GULYETIM - kitobsevar.uz

«Sharq» naShriyot-matbaa akSiyadorlik kompaniyaSi

boSh tahririyatitoShkent – 2020

NABIJON QODIROV

GULYETIM

SarGUZaSht qiSSa

Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari, talaba yoshlarva keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan

Page 2: GULYETIM - kitobsevar.uz

© «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2020.

UO‘K 891.512.133-3KBK 84 (5O‘)6

ISBN 978-9943-26-982-8

iSbn 978-9943-26-982-8

Uo‘k 891.512.133-3kbk 84 (5o‘)6 q – 53

qodirov, nabijon.Gulyetim: Sarguzasht qissa. – Т.: «Sharq», 2020. –

304 b.

q – 53

Qo‘lingizdagi asarda Davron ismli qissa qahramonining bolalik chog‘ida ko‘rgan-kechirganlari, yetimlik azoblari bitilgan. Nogahon kelgan o‘lim uning otasidan yoshlik chog‘idayoq mahrum qiladi. Oqibatda, yolg‘iz onaizori bilan ne-ne ko‘rguliklarni, xor-u zorliklarni boshidan kechiradi. O‘gay otaning qilmishlariga, tuhmatlarga chidaydi, hatto ba’zi vaqtlari o‘z uyiga ham sig‘may qoladi. Iymon-e’tiqodli, ochiqqo‘l, hunarmand insonlar bilan yaqin bo‘lib, o‘z hayotini tubdan o‘zgartirishga intiladi.

Asarda birovning haqqidan hazar qilish, halollik, mehnatdan qochmaslik fazilatlari ulug‘lanadi. Qissa yoshlarni yengil-yelpi hayot so‘qmoqlaridan yiroq yurishga da’vat etadi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Umuman, ushbu qissa og‘ir vaziyatlarda ham inson sabr-matonatli bo‘lishi, tushkunlikka tushmasligi, shuningdek, taqdirdan nolimaslikka da’vat etadi. Ushbu tuhfamiz ham Siz azizlarga manzur bo‘ladi degan umiddamiz.

Рассом: Дилшод ЭШМАТОВЎзбекистон Рассомлар уюшмаси аъзоси

Тақризчилар: Азизбек АНВАР,Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси аъзоси

Муҳаммаджон ТОШБОЛТАЕВ,Техника фанлари доктори, профессор

Page 3: GULYETIM - kitobsevar.uz

3

SERQIRRA IJODKOR TUHFASI

«bir kam dunyo…» degan eski gap bandalarning noqis taskini bo‘lib tuyiladi menga. Chunki Xudoyim beraman desa, yarim-yorti qilib o‘tirmay, qo‘shqo‘llab berishi tayin. ayniqsa, bu xulosam nabijon qodirov kabi ijodkorlarni ko‘rganda yanada qat’iylashadi. nabi-jon akaga yaratganning tortiqlari o‘zi kutganidan ham ortiq darajada, desam mubolag‘aga yo‘ymang. men u kishini yaqindan bilganim uchun ham ishonch bilan aytyapman.

nabijon qodirov, avvalo, tuproqdan mo‘jiza yarat gan qo‘ligul usta-kulol. 1999-yili «Uzkinoxronika» tomo-nidan uning ijodiga bag‘ishlab «rishton mo‘jizasi» nomli hujjatli film yaratilgan. O‘zbekiston badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi a’zosi, o‘zbekiston xalq ustasi, qolaversa, qalami ravon dramaturg. bir qancha sahna asarlari Farg‘ona, Jizzax, qo‘shni qozog‘istonning Sayram viloyat teatrlarida namoyish etilgan, xususan, milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan «Uch kunlik dunyo» spektakli o‘zbekiston televideniyasining oltin fondida saqlanadi. Uning ssenariysi asosida suratga olingan «Armonli dunyo» kinofilmi ham zamonamiz­ning xontaxta «ijod namunalari»dan keskin farqla na di – ancha baland.

yana ijodkorning «do‘ppi kiygan bolalar», «eng yaxshi sovg‘a» nomli bolalar uchun she’riy to‘plamlari chop etildi va adabiy jamoatchilik tomonidan yaxshi baholandi. muhimi, bolalar tiliga chippa yopishadigan she’rlar allaqachon chinakam muxlislarini topdi. «to‘-po lonchi mittivoy» ham tez kunlarda o‘z o‘quvchilari qo‘liga yetib borsa, ajabmas.

Page 4: GULYETIM - kitobsevar.uz

4

nabijon aka qo‘liga dutor olib xonish boshlasa, uncha-muncha san’atkorni ortda qoldirishi aniq. buni nafaqat men, balki qo‘shiqchilik san’ati-yu adabiyotni nozik his qiladigan do‘stlarimiz ham tasdiqlaydi. Xullas, nabijon qodirov havas qilsa arzigulik shinavanda ijodkor. lekin hozir e’tiboringizni yuqorida sanab o‘tilgan iste’dod qirralaridan ko‘ra yorqinroq yana bir yangi sifat – adibning «Gulyetim» nomli qissasiga qaratmoqchimiz.

bugungi kunda o‘qisang – ko‘ngling yorishadigan, o‘tgan fursatlaringni mazmun bilan ziynatlaydigan, kitob javoningga arzigulik mahzan bo‘lib qo‘shiladigan nodir asarlar talay. o‘zimizning yozuvchi-shoirlardan tortib jahon adabiyotining manaman degan namoyandalarining (asliyatdan tarjima qilingan) ijod namunalari ko‘p va xo‘b nashr etilyapti. bir paytlar o‘qirmanlar kitob kutib, qidirib qolgan bo‘lsa, ayni zamon ziyolilar kitob saralashga aksar vaqtini sarflayapti. Ana shunday muhitda nabijon qodirovga qissa yozishga yo‘l bo‘lsin, uni o‘qishga hafsala qayda­yu, fursat qani, degan fikrda qo‘lyozmani varaqladim. lekin ishtibohlarim puch bo‘lib chiqdi – qissa g‘oyatda maroq bilan o‘qiladi. nabijon akada chinakam yozuvchi nigohi bor!

Voqealar osmondan olinmagan – bolalik, o‘smirlik xotiralari yurakdan o‘tkazib yozilgan. asardagi ona, dada, Soyibjon tog‘a, Saidxon novvoy kabi obrazlar ko‘nglingizdagi unutilayozgan insoniy tuyg‘ular ko‘zi-dan mudroqni quvadi. qobil, kelin, otash, Zulumbuva kabi murakkab taqdirli kishilar dunyoqarashi tafakku-rin gizga, g‘arazlari qalbingizga yuqib qolishidan ehti-yotlanasiz. qissada tulki bilan tozilar tillashgan, o‘gri bilan qozilar birlashgan eski davrning talato‘plarini bor holicha ko‘rasiz.

«har yili paxta terimidan oldin g‘o‘za barglarini to‘kish uchun dalalarga allaqanday sassiq dori sepilganda oq bayroq ko‘tarib samolyotga yo‘l ko‘rsatib turgan» va

Page 5: GULYETIM - kitobsevar.uz

5

shu tariqa zaharlanib erta kunda hayotdan ko‘z yumgan ota fojiasi yuragingizni larzaga soladi. ertasiga rahmi kelib kasal qo‘yni sotib olgan, bozori kasod ekan deb bir qancha keraksiz narsalarni uyga ko‘tarib keladigan va shuning uchun odamlar «afandi» degan laqab qo‘ygan poycho‘kir dadasidan ayrilgan bosh qahramonni – davronni tirikchilik tashvishlari erta ulg‘aytiradi. Shunday lafzi halol dada o‘rniga «morchashm»(ilon-ko‘z) muttaham kimsa unga o‘gay ota bo‘lib keladi. ismi qobil-u, qilmishi noqobil – «230 raqamidagi uchni ustalik bilan sakkizga aylantirishdan toymaydigan va shu kabi yo‘llar bilan yulg‘ichlik qiladigan, tirikchilik deb har qanday pastkashlikka qo‘l uradigan o‘gay otaning johilligi-yu, undan oshib tushgan otash ismli o‘g‘lining qilmishlari o‘spirin davron qalbida bitmas chandiqlar qoldiradi…

Qissada yana bir personaj borki, uning ta’rif­tavsifiga ko‘p o‘rin ajratilmagan bo‘lsa-da, fojiaviy qismati bilan o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol gavdalanadi. bu Zulum buva obrazidir. «Uzunquloq gaplarga qaraganda, yoshligida kolxozga rais bo‘lgan, qora ot minib yuradigan qahri qattiq bu odamdan hamma qo‘rqib yashagan». U oxir-oqibat tashlandiq xonadonda xor-u zorlikda jon berib, jasadi mushuklarga talanadi. Shu kabi manzaralarni o‘qish mobaynida yozuvchi oshirib yubormadimikan, degan xayolga ham borasiz. lekin, ming afsuski, qissadagi voqealarning aksariyati hayotiy asosga ega. mirzo bobur bejiz: «Har kimki yomon bo‘l-sa, jazo topqusidir!» deya ta’kidlamagan.

asardagi bir epizodni aynan keltirib o‘tsak. bu holat ko‘nglida ozgina shafqati bor kishini befarq qoldirmasligi shubhasiz:

« – ana, ko‘r Xalil kelyapti! – deydi kimdir. biz bolalar ularni jim kuzatamiz. ko‘r Xalil – novcha,

yelkalari keng, sochlari oppoq, qirq besh yoshlar atro-

Page 6: GULYETIM - kitobsevar.uz

6

fidagi kishi. bukchayib qolgan qari kampir bir yarim, ikki metr keladigan tayoqning oldingi uchini, o‘g‘li Xalil aka esa ortdagi uchini ushlab oladi. Ular xotirjam gaplashib keladilar. ko‘r Xalil onasiga xuddi yosh boladay erkalik qiladi. har galgiday, hovuz bo‘yidagi supada o‘tirib, dam oladilar. o‘g‘il shu zahotiyoq boshini qashlash ga kirishadi. ikkala qo‘li bilan qashlayveradi, qashlay ve radi. aytishlaricha, uning boshiga urushda oskolka tekkan va ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolgan ekan. ko‘r Xalilning esi ham joyida emas, u ba’zan onasini bo‘ralab so‘kib qoladi. kampir o‘g‘lini aldab yupatadi. tayoqning ikki uchidan ushlab birin-ketin yana yo‘lga tushadilar...»

qissada shu kabi manzaralar aniq-tiniq chizib beril gan. biz ularning hammasini bir boshdan bayon qilmoqchi emasmiz. Faqat yana bir jihatga to‘xtalma-sak bo‘lmaydi. asarda maktab muhiti, o‘qituvchilar qis mati – daryodilligi, el orasidagi martabasi-yu, ro‘z-g‘ordagi ayanchli ahvoli ro‘yirost tasvirlangan:

«bir payt meva bozori oldida xomush turgan geografiya o‘qituvchimiz Qambarov domlaga ko‘zim tushdi. U meni ko‘rib, biroz o‘ng‘aysizlandi.

– ha, ergashev, nima qilib yuribsan? – dedi menga mehribonlik bilan qarab.

ahvolni tushuntirdim. qambarov nimadir demoqchi bo‘lar, ammo aytolmayotganini sezib, dedim:

– domla, menga biror yumushingiz bo‘lsa, tortinmay aytavering.

qambarov xijolatdanmi, qizarganday bo‘ldi. – ozgina behi olib kelgandim, – dedi u gunohkor bir

ohangda. – Shuni qanday qilib sotsak bo‘larkin?– Sotishib berardim-u… – deya o‘ylanib qoldim.– qo‘rqma. men atrofni kuzatib, qarab turaman, sen

shu behini sotishib bergin, o‘g‘lim. Uyda tishga bosgulik hech vaqo qolmadi, – dedi u oshkora yalinib.

Page 7: GULYETIM - kitobsevar.uz

7

domlamizning uchta farzandi institutda o‘qir, ularni ta’minlashga qiynalayotganligi shundoqqina ko‘rinib turardi. birgina maoshning o‘zi bu katta oilaga urvoq ham bo‘lmasdi. qambarovning uyidagi katta bog‘da o‘rik, olma, behi va shunga o‘xshash har xil mevalar doim pishib yotardi.

ammo pedagogning bozorda nimadir sotib o‘tirishi mumkin emas, birov ko‘rib qolsa, unga gap tegishi, hatto jazolanishi ham haqiqat edi. Usti o‘rab qo‘yilgan kattagina tunuka qutidagi sap-sariq, sarxil behilarni velosipeddan olib birpasda sotib bo‘ldim...».

qissaning ikkinchi faslida «o‘tkir hoshimov, Said ahmad, pirimqul qodirov, odil yoqubov va bosh-qa yozuvchilarning asarlari qo‘lma-qo‘l o‘qilib, tanaf-fuslarda muhokama qilinadigan va bu kitoblar qizlar bilan sevgi to‘g‘risida gaplashish uchun yaxshigina bahona bo‘ladigan» maktab yillari tasvirlangan. lekin tafsilotlar ta’lim maskani doirasida cheklanib qolma-gan. o‘smir dunyoqarashining shakllanishi, bir qishloq ichida bashariyat evrilishlarining ifodasi, shaytoniy va rahmoniy tuyg‘ular kurashi baholi qudrat qalamga olingan.

Voqealar oybek, mirtemir, G‘afur G‘ulomday zabardast shoir-u yozuvchilarga taqlidan do‘ppi kiyib yuradigan shoirtabiat davron hamda yon-atrofga «alanga» laqabi bilan tanilgan otash tegrasida kechadi. otasi yoqqan sudxo‘rlik va xasislik olovida umri kulga aylangan otashning taqdiri kitobxonni chuqur o‘yga toldiradi.

davron yaxshi ko‘rgan qiziga muhabbatini izhor etishning antiqa yo‘lini topadi: «rona nem ines namaves!» («anor, men seni sevaman!»). Usta kulolga shogird tushadi va ming yillik an’analardan ilhomlanib, yangiliklar yaratishga intiladi. Xullas, har bir kuni ijod bilan o‘tadi.

Page 8: GULYETIM - kitobsevar.uz

8

ayoz bo‘lishiga qaramay, ertalab boshini shampun-lab yuvgan va sochini yaxshi quritmay, yalangbosh maktabga jo‘nagan Javlon «stilyaga»ning alaloqibat meningit bo‘lib juvonmarg ketgani haqidagi sahifalarni o‘qiganda «g‘o‘r yoshlik» jumlasini xalqimiz qanchalar topib aytganligini anglaysiz, navrasta o‘smirga achi-nasiz.

yupin kiyinganlar bilan til uchida gaplashadigan va oxir-oqibat kajfe’lligi sabab infarkt bo‘lgan odilxon taqsir kabi kalondimog‘lar-u, ularning zohiri «ajab so‘finamo, nihoni nafs itiga mubtalo» Oqilxon kabi zurriyotlari qismati ham bor holicha bayon qilingan. Soxta talaffuz, yasama mulozamatni joyiga qo‘yadigan bunday toifaning hamisha har joyda hozir-u nozirligidan ijirg‘anasiz. mana shunday sirti yaltiroqlarga qarshi o‘laroq, hoji bobo kabi chinakam ziyolilar surati-yu siyrati qissada o‘zgacha mehr bilan chiziladiki, go‘zal tuyg‘ular, ixlosmandlik beixtiyor ruhiyatingizga ko‘chib o‘tadi.

maxtumqulini sel bo‘lib tinglaydigan, buxoro madrasasida tahsil olgan, sakson yoshni qoralagan, asl ismi muhammadamin bo‘lgan hoji bobo va Soliha ayaning ro‘zg‘or tutimi, mehr-oqibati borlig‘ingizni nurlantiradi.

taassufki, shunday oila boshiga tushgan judoliklarni, Zafar va Zarif ismli farzandlarning «din – afyun» deydiganlar toifasidan bo‘lib chiqishini, onasining ma’rakasida maishatbozlik qilishini o‘qib, bu hayotning biz anglamagan sir-sinotlari ko‘pligidan hayron qo-lasiz. Shu nuqtada yozuvchi voqealarni o‘z istagiga bo‘ysundirmagani, aksincha, o‘zi real hayotiylik ortidan ergashganini his qilasiz. ya’ni, biz odatda «olma tagiga olma tushadi» qabilida mo‘min bandaning nasllari solih farzandlar bo‘lib kamol topishiga ko‘nikkanmiz. muallif ham ko‘plar ko‘nikkan shu sujetni to‘qib qo‘ysa, hech

Page 9: GULYETIM - kitobsevar.uz

9

kim e’tiroz bildirmasdi. lekin asar, abdulla qahhor ta’biri bilan aytganda, qog‘ozdan yasalgan gulga o‘xshab iforsiz bo‘lib qolardi.

qissadagi Soyibjon tog‘aning ko‘rgiliklari, dilbar kelinoyi va Samintoy xotinining hiyla-nayranglarini mutolaa qilib, hushyor tortasiz. mahalladoshlar «shay-tonning urg‘ochisi» deya ta’riflagan bunday ayollarni la’natlamaganlar, mirzo bobur aytganidek, sazovori la’nat bo‘lsin degisi keladi. asarda:

Yilonni asrading necha yil oni,Ulug‘ bo‘lg‘an sari o‘sdi ziyoni, –

kabi hikmatlardan o‘rinli foydalanilgan. navoiy shoh-baytlari qissa fazilatini yanada oshirgan. Ayniqsa, So‘fi olloyorning fano dashti-yu, baqo bo‘stoni haqidagi baytlari hikoyalarga uzukka ko‘zdek yarashgan.

muxtasar so‘zboshida asardagi barcha qahramon-larning fazilatlari haqida gapirib berishning imkoni yo‘q. lekin qissani o‘qigan muhtaram kitobxon o‘zining yon­atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga, kishilar taqdiriga teranroq qaray boshlashi aniq.

Fikrlarim avvalida muallifning yozuvchilik nigohi haqida to‘xtalgandim. endi bu yog‘iga yozish mahoratini charxlash zarur, nazarimda. adabiyot ixlosmandlarini yaxshi asar bilan qutlaymiz.

muhtaram kitobxon, nabijon qodirovning «Gul-yetim» qissasini, albatta, o‘qib chiqishni tavsiya etamiz. Sizga maroqli mutolaa, adibga g‘ayrat-shijoat yor bo‘lsin!

Azizbek ANVAR,O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi

Page 10: GULYETIM - kitobsevar.uz

10

KIRISH

burgut bolasini parvozga o‘rgatayotganida, uni osmon-u falakka olib chiqib, tashlab yuborarkan. Uquv-sizlik qilsa, palaponini bir cho‘qib, changallaganicha yanada yuqoriroqqa ko‘tarilarkan. diqqat bilan atrofni kuzatayotgan musicha jigargo‘shasi uchirma bo‘lgunicha daraxtdan tushirmay, unga saboq berayotganday tuyiladi. hali uchishni bilmaydigan, ammo o‘jarlik qilib yerga tushib olgan no‘noqvoyni poyloqchi mushuk tutib ketganini ham ko‘rganmiz.

keyingi paytda ayrim tengdoshlaringiz «o‘zim bilaman» qabilida ish tutib, ko‘pni ko‘rgan bobo-yu buvilaridan uzoqlashib borayotganday tuyilmayaptimi sizga? otalar bilan bolalar orasidagi nomutanosiblik ilgari ham bo‘lgan. kattalar nazoratidan chetda qolish qanday oqibatlarga olib keladi? qissa ana shular va yetim bolakayning boshidan kechirganlari haqida.

Uyimizning to‘rida non saqlanadigan kichkinagina sandiqcha bo‘lardi. biz bolalar nonning yoqimli hidi doim ufurib turadigan qadrdon bu qutichaga xohlagan paytimizda intilaverardik. Uni kim to‘ldiradi, u nima-ning evaziga keladi – bizga buning qizig‘i yo‘q. asosiysi, sandiqchada non bo‘lsa bas. ko‘chadagi o‘yinlar rosa qizigan mahal kutilmaganda qornimiz surnay chalib qolar, chopqillagancha uyga kirib bir bo‘lak nonni sindirib olardik-da, kavshangancha yana sho‘xlikni avjiga chiqarardik. non yopilgan kunlar sandiqchamizning qopqog‘i yopilmay qolsa, ba’zan bo‘shab huvullab qolardi.

«oyijon, non! Sandiqchada nega non yo‘q?». ana endi ko‘ravering xarxashani. bir tishlab, tashlab

Page 11: GULYETIM - kitobsevar.uz

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liqversiyasi

https://kitobxon.com/oz/asar/5333saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнингтўлиқ версияси

https://kitobxon.com/uz/asar/5333сайтида.

Page 12: GULYETIM - kitobsevar.uz

Это был ознакомительный отрывок.Полную версию можно найти на сайте

https://kitobxon.com/ru/asar/5333