“El-yurt umidi” jamg‘armasining “Malaka oshirish” dasturi ...
Transcript of “El-yurt umidi” jamg‘armasining “Malaka oshirish” dasturi ...
![Page 1: “El-yurt umidi” jamg‘armasining “Malaka oshirish” dasturi ...](https://reader031.fdocument.pub/reader031/viewer/2022012504/617e116181a5dc3c6f2d8e19/html5/thumbnails/1.jpg)
“El-yurt umidi” jamg‘armasining “Malaka oshirish” dasturi bо‘yicha stipendiant ISMOILOV BOBIR XOLQBERDIYEVIChning Belorussiya
Davlat texnologiya universitetida bir oylik malaka oshirish dasturida ishtiroki
Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi katta о‘qituvchisi Bobir Xolqberdiyevich Ismoilov “El-yurt umidi” jamg‘armasining Malaka oshirish dasturi bо‘yicha Belorussiya Davlat texnologiya universitetida “Ishlab chiqarish texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishida 2019 yilning 1 oktabridan 31 oktabrigacha 144 soatga mо‘ljallangan bir oylik malaka oshirish dasturida ishtirok etdi.
Belorussiya Davlat texnologiya universiteti, 3 oktabr 2019 y.
Tomonlar bilan kelishilgan malaka oshirish dasturiga muvofiq quyidagi ishlar bajarildi:
1. Universitet bilan tanishildi. Jumladan, Universitet muzeyida bо‘lib, universitet, fakultet va kafedralar faoliyatlari bilan yaqindan tanishildi. Xalqaro hamkorlik bо‘limiga tashrif buyurildi va universitetning halqaro loyihalari (grant) bilan tanishildi;
Belorussiya Davlat texnologiya universiteti ilmiy ishlanmalri, 1 oktabr 2019 y.
![Page 2: “El-yurt umidi” jamg‘armasining “Malaka oshirish” dasturi ...](https://reader031.fdocument.pub/reader031/viewer/2022012504/617e116181a5dc3c6f2d8e19/html5/thumbnails/2.jpg)
Universitetning xodimlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash bо‘limiga tashrif buyurilib, о‘quv xonalari va о‘quv laboratoriya bilan tanishildi.
Belorussiya Davlat texnologiya universiteti laboratoriyalari, 14 oktabr 2019 y.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirishda fizik-kimyoviy usullar kafedrasining
mahsulotlar havfsizligi va sifatni boshqarish sohasi bо‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishildi; Kutubxona faoliyati va uning fondi bilan tanishildi.
Belorussiya Davlat texnologiya universiteti kutubxonasi, 17 oktabr 2019 y.
2. Kritik nazorat nuqtalari va xavflar tahlili (NASSR tizimi), oziq-ovqat
mahsulotlari havfsizligini boshqarish tizimi (ISO 22000:2018), sifat menejmenti tizimi (ISO 9001:2018) va mehnat muhofazasini boshqarish tizimi (OHSAS) lar asosida oziq-ovqat mahsulotlari havfsizligi va sifat menejmenti tizimlarini ishlab chiqish va joriy qilish bо‘yicha ishlarni tashkillashtirish va о‘tkazish bо‘yicha о‘quv kursida qatnashildi.
![Page 3: “El-yurt umidi” jamg‘armasining “Malaka oshirish” dasturi ...](https://reader031.fdocument.pub/reader031/viewer/2022012504/617e116181a5dc3c6f2d8e19/html5/thumbnails/3.jpg)
Belorussiya Davlat texnologiya universiteti о‘quv va ilmiy faoliyati bilan tanishish,
10-14 oktabr 2019 y. 3. Ilmiy-tadqiqot ishi bilan shug‘ullanildi jumladan, “Trudi BGTU” ilmiy
jurnaliga chop ettirish uchun ilmiy maqola tayyorlandi va nashr ettirishga tayyorlanmoqda.
4. О‘quv-metodik ishlar bо‘yicha: “Mahsulotlarni sertifikatlashtirishda fizik-kimyoviy usullar” kafedrasi dotsenti Yegorova Z.YE. bilan birgalikda uquv-metodik qо‘llanma tayyorlash rejasi tuzilib, о‘quv-metodik qо‘llanma mavzusiga doir yangi ilmiy maqola va metariallar о‘rganib chiqildi va “Sifat menejmenti tizimlari” fanidan о‘quv-metodik qо‘llanmani qо‘l yozma shakli tayyorlandi.
Belorussiya Davlat texnologiya universiteti dotsenti Yegorova Z.YE. bilan
birgalikda о‘quv-metodik ishlar, 14 oktabr 2019 y.
5. Malaka oshirish yakunida “Sifat menejmenti tizimlari” fanidan о‘quv-metodik qо‘llanmaning qо‘lyozmasi bо‘yicha taqdimot qilindi; Toshkent kimyo-texnologiya instituti, “Mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi va Belorussiya Davlat texnologiya universiteti “Mahsulotlarni sertifikatlashtirishda fizik-kimyoviy usullar” kafedrasi о‘rtasida hamkorlik bо‘yicha qо‘shma chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tomonlar tarafidan о‘rnatilgan tartibda tasdiqlandi; malaka oshirishdan о‘tganligi tо‘g‘risidagi guvohnoma va sertifikat olindi.
![Page 4: “El-yurt umidi” jamg‘armasining “Malaka oshirish” dasturi ...](https://reader031.fdocument.pub/reader031/viewer/2022012504/617e116181a5dc3c6f2d8e19/html5/thumbnails/4.jpg)
Belorussiya Davlat texnologiya universiteti, 30 oktabr 2019 y.
“Mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi uchun zarur bо‘lgan о‘nlab yangi
elektron (pdf) shaklda adabiyotlar, 1 ta asl nusxada о‘quv metodik qо‘llanma, 1 ta nusxada darslik va sо‘nggi nashrdagi ilmiy jurnallar kutubxona fondi uchun olib kelindi.
________________________________________________
“Mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi katta о‘qituvchisi Bobir Xolqberdiyevich Ismoilov. 07.11.2019 y.