Post on 28-Jan-2021
1
О‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‗RTA MAXSUS TA‘LIM
VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
INFORMATIKA VA UNI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI
Qо‗lyozma xuquqida
UDK ( 378:371-3)
Abdirimov To`lqin Mahmudjonovichning
―OLIY PEDAGOGIK TA‘LIMDA ―ZAMONAVIY DASTURLASH TILLARI‖
KURSINING MAZMUNI VA UNI O‘QITISH METODIKASI‖ mavzusidagi
Magistratura mutaxassisligi: 5A110701–―Ta‘limda axborot texnologiyalari‖
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
Himoyaga tavsiya etaman: Informatika va uni o‘qitish
Magistratura bо‗limi boshlig‗i: metodikasi kafedra mudiri
t.f.n., _________ M.X. Esanov p.f.n.dots_________ Mamarajabov M.E.
―____‖_____ 2013 y. ―____‖_____ 2013y.
Ilmiy raxbar:__________
t.f.d.,prof. __________ U.Yu.Yuldashev
TOSHKENT–2013y
DISSERTATSIYA
2
Mundarija
Kirish ......................................................................................................................... 9
I bob. OLIY PEDAGOGIK TA‘LIMDA ―ALGORITMLASH VA DASTURLASH
TILLARI‖ KURSINING ASOSIY MAZMUNINI VA STRUKTURASI............. 17
1.1. ―Informatika o‘qitish metodikasi‖ bakalavr yo‘nalishida ―Algoritmlash va
dasturlash tillari‖ o‘quv fanining mazmuni ............................................................ 17
1.2. ―Algoritmlash va dasturlash tili‖ kursini o‘qitishda innovatsion va pedagogik
texnalogiyalaridan foydalanish ............................................................................... 24
1.3. Oliy pedagogik ta‘limda ―Algoritmlash va dasturlash tillari‖ kursi to‘garak
mashg‘ulotlarida bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari (C++ misolida) . 35
Birinchi bob bo‘yicha xulosalar .............................................................................. 45
II bob. OLIY PEDAGOGIK TA‘LIMDA ―ALGORITMLASH VA
DASTURLASH TILLARI‖ KURSINI O‘QITISH METODIKASI ...................... 46
2.1. Turbo Pascal dasturlash tilini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari ............... 46
2.2. ―Delphi dasturlash tili‖ni o‘qitishda pedagogik texnalogiyalardan foydalanish
metodikasi ............................................................................................................... 60
2.3. Oliy pedagogik ta‘limda to‘garak mashg‘ulotlarida tashkil etishda, talabalarga
―C++‖ dasturlash tilini o‘qitish metodikasi ............................................................ 69
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar .............................................................................. 76
III bob. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI O‘TKAZISH VA NATIJALAR TAXLILI
................................................................................................................................. 77
3.1 Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o‘tkazish metodikasi ........................ 77
3.2. Olingan natijalar taxlili .................................................................................... 80
Uchinchi bob bo‘yicha xulosalar ............................................................................ 84
XULOSA ................................................................................................................. 85
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI ............................................ 86
ILOVALAR............................................................................................................. 91
3
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM
VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Fakultet: Fizika –matematika
Kafedra: Informatika va uni o`qitish metodikasi
O`quv yili: 2011-2013
Magistratura talabasi: Abdirimov To`lqin Mahmudjonovich
Ilmiy rahbar: T.f.d.,prof. U.Yu.Yuldashev
Mutaxassisligi: 5A110701- Ta`limda axborot texnalogiyalari
Mavzuning dolzarbligi: Oliy ta`limda talabalar orasida ―Zamonaviy dasturlash
tili‖ kursida yoshlarni saralash ,ular bilan ishlash,pedagogic kuzatuvi bilan
bog`liq muommolar yetarlicha o`rganilmaganligi sababli ushbu mavzu alohida
kasb etadi.
Tadqiqot ob’ekti. Oliy pedagogik ta‘limda ―Informatika o‘qitish
metodikasi‖ ta‘lim yo‘nalishi bakalavrlariga ―Zamonaviy dasturlash tillari‖ fanini
o‘qitish jarayoni.
Tadqiqot predmeti. Oliy pedagogik ta‘limda ―Informatika o‘qitish
metodikasi‖ ta‘lim yo‘nalishi bakalavrlariga ―Zamonaviy dasturlash tillari‖ fanini
o‘qitish o‘qitish uslubiyoti.
Tadqiqot maqsadi. Dasturlash tillarini o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish,
o‘qitish samarasini oshirish uchun vazifalarni belgilash, dasturlash tillarini pascal,
delphi, C++ dasturlash tillari misolida o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari:
- Oliy o‘quv yurtlarida dasturlash tillarini o‘qitish sohasidagi muammolarni metodologik tahlil qilish;
- Pascal, Delphi, C++ dasturlash tillari bo‘yicha adabiyotlar to‘plash, taxlil qilish va ularning imkoniyatlari bilan tanishish;
- dasturlash tillarini Delphi, C++, Pascal, dasturlash tillari misolida asosiy tushuncha va mavzularini aniqlash va ularni o‘qitish
uslubiyotini ishlab chiqish;
- Nazorat va tajriba guruhlarida dasturlash tillarini (tajriba guruhlarida yangi uslubiyot asosida) o‘qitish, vaziyatni kuzatib borish,
talabalarning bilim darajalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni
aniqlash, olingan ma‘lumotlarni statistik tahlil qilish.
Tadqiqotning ilmiy farazi. bakalavr yo‘nalishi uchun dasturlash tillarini
o‘qitish jarayonini samarali tashkil qilish mumkin bo‘ladi, agar:
- dasturlash tillari bo‘yicha ta‘lim maqsadlari va vazifalari aniqlangan bo‘lsa;
- dasturlash tillarining asosiy tushuncha va mavzularini o‘qitish uchun o‘zbek tilidagi o‘quv-uslubiy va didaktik materiallar yetarli bo‘lsa;
- dasturlash tillaridan C++ dasturlash tilini o‘qitish bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilsa;
4
- dissertasiya mavzusi doirasida o‘tkazilgan tajriba natijalarini ―Informatika o‘qitish metodikasi‖ bakalavr yo‘nalishlari uchun bilim olish,
bilimlarini sinab ko‘rish uchun muhit yaratish va o‘zini-o‘zi baholash imkoniyatini
yuzaga keltirilsa.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati. Dissertasiyada oliy o‘quv
yurtlarida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha
quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Delphi dasturlash tilini o‘qitish uchun bir qancha mavzular uchun ta‘lim texnologiyalari yaratildi;
- C++ dasturlash tillari misolida to‘garaklarni tashkil etish va o‘tkazish uslubiyoti tayyorlandi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati
quyidagi xollarda namoyon bo‘ladi:
- dissertasiya mavzusi doirasidagi barcha masalalarda; - dasturlash tillari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilishda; - to‘garak mashg‘ulotlarida rejalashtirishda; - talabalar ilmiy-uslubiy ishlarini tashkil qilishda.
Ilmiy yangiligi:
- dasturlash tillarini Delphi dasturlash tili misolida ayrim mavzular uchun o‘qitishning samarali uslubiyoti – ta‘lim texnologiyasi ishlab chiqildi;
- C++ dasturlash tilini o‘qitish uchun ―Yosh dastrurchilar‖ nomli to‘garak dasturi ishlab chiqildi;
- C++ dasturlash tili uchun laboratoriya ishlari ishlab chiqildi; Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertasiya kirish bo‘limi, uchta bob,
umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib
umumiy hajmi 96 betni tashkil qiladi.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi:
Ushbu dissertasiya ustida ishlash jarayonida ishlab chiqilgan tavsiyalar hamda
ta‘lim texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish yaxshi samara berib, talabalarning
o‘zlashtirish darajalarini ortishiga imkon yaratdi. Olingan natijalarning matematik
tahlili ham ushbu holatning qonuniy xarakterga ega ekanligini tasdiqladi.
Ishlab chiqilgan dasturlash texnologiyalarini o‘qitish uslubiyotidan Oliy ta‘lim
muassasalarining dasturlash tillarini o‘rganuvchi barcha yo‘nalishlarda, malaka
oshirish va qayta tayyorlash institutlarining mos kurslarida, kasb-hunar
kollejlarining dasturlash bilan bog‘liq mutaxassisliklarida qo‘llash mumkin va
yaxshi samara beradi. Shuningdek, to‘garak mashg‘ulotlari rejalarini ishlab
chiqishda ham ushbu dissertasiya materiallaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ilmiy rahbar: T.f.d.,prof. U.Yu.Yuldashev
Magistratura talabasi: Abdirimov To`lqin Mahmudjonovich
5
МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО И СРЕДНЕ СПЕЦИАЛЬНОГО
ОБРАЗОВАНИЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
ТАШКЕНТСКИЙ ГОСУДАРСТВЕННЫЙ УНИВЕРСИТЕТ ИМЕНИ
НИЗАМИ
Факультет: физика-математика
Кафедра : “Информатика и методика её преподавания”
Учебный год: 2011-2013
Студент магистратуры: Абдиримов Тулкин
Научный руководитель : д.т.н., проф Юлдашев Ю.У.
Специальность: 5А 110701- Информационные технологии в образавании
обучения.
Актуальность темы: Среди студентов высшего образования на курсах
«Язык современного программирования » проблемы связанные
сортированием молодых, работой сними, педагогическими наблюдениями
недостаточно изучены и поэтому, эта тема особенно отличается.
Объект исследования: Функция обучения предмета «Язык современного
программирования » бакалаврам образовательного направления: «Методика
обучения информатики в » в высшей педагогическом образовании.
Предмет исследования: методика обучения «.информатики в высшей
педагогическом образовании. »
Цель исследования: Разработка методики обучения языка
программирования, отметить задачи для эффективности обучения,
разработка методики обучения языка программирования на примере языка
программирования Дельфы, паскаль, С++.
Задачи исследования:
- методологически проанализировать проблемы в области обучения языка
программирования в ВУЗАХ;
-подбор литературы по языкам программирования Паскаль, Д, С+,
проанализировать и знакомство с их возможностями;
- определение главные понятие и темы языков программирования на примере
языков Паскаль, Д, С+ и разработка их методики обучения;
- обучения языков программирования в контрольных и исследовательских
группах, наблюдение ситуацию, определение изменения, которые
происходят на уровне знании студентов , статически проанализировать
полученные сведения.
Научная гипотеза исследования.
Можно эффективно организовать обучения программирования для
направления бакалавриата, если:
- определены цели и задачи обучения по языкам программирования;
- достаточно учебное- методические и дидактические материалов на
узбекском языке для обучения главных понятие и тем языков
программирования;
- образовать кружков по обучению языка обучения С++ из языков обучений;
6
- создать обстановку для получения знаний и испытания полученных знаний
для направления бакалавра «обучение методике информатики» и проявить
возможностей самооценки.
Научная значительность результатов обучения.
В диссертации выполнены следующие работы по повышении эффективности
обучения технологии программирования в Вузах;4
- созданы несколько образовательные технологии для обучения языка
программирования «Делуш».
- подготовлена методике сознания и проведения кружков на примере языка
программирования С++ ;
Практическая значительность результатов исследования;
Программирования значимость исследования проявляются в следующих
случаях;
- во всех вопросах в круге тем диссертации;
- в организации теоретических и практических занятий;;
- в организации научно-методических работ студентов.
Научная новость:
Разработка образовательная технология для эффективного обучения
языков программирования, для некоторых тем на примере языка
программирования;
- разработана программа кружка «Молодые программисты» для обучения
языков программирования С++.
- разработаны лабораторные работы для языка программирования С++.
Структура и объѐм диссертации :
Диссертация состоит из: введения, трѐх частей, общее заключение, списка
использованной литературы и приложения, общий объѐм составляет 96
страницы.
Применение а практике рекомендаций и образовательных технологий
разработанных во время работы над диссертацией даѐт шанс повышение
успеваемости студентов, создавая хороший эффект . математический анализ
получаемых результатов утвердил закономерность данной ситуации.
Научной руководитель: д.т.н., проф Юлдашев
Ю.У.
Студент магистратуры: Абдиримов Тулкинбай
7
THE MINISTRY HIGH AND FAIR SPECIAL FORMING THE REPUBLIC
UZBEKISTAN TASHKENT STATE PEDAGOGICAL UNIVERSITY
NAMED AFTER NIZAMI
Faculty: physics-mathematics
Cathedra : “Science and technique of teaching‖
The Education: 2011-2013
Students of the magistracy: Abdirimov Tulkin
Scientific leader: c.t.s., prof Yuldashev U
The Profession: 5А 110701- Information technology in Education
Difficulty of subject: Amongst student of the higher education on course
"Language of the modern programming " problems bound сортированием young,
working with them , pedagogical observations it is not enough studied and so, this
subject particularly differs.
The Object of the study: Function of the learning the subject "Language of the
modern programming " bachelor of the educational direction: "Methods of
teaching of the informatics in " in high pedagogical formation.
The Subject of the study: methods of teaching ".informatics in high pedagogical
formation. " Purpose of the study: Development methods of teaching programming
language, note the problems for efficiency of the education, development methods
of teaching programming language on example of the programming language
Delify, pascal, With++.
Problems of the study:
- methodological to analyze the problems in the field of learning the programming
language in HIGH SCHOOL;
-a selecting the literature on programming language Pascal, D, C++, analyze and
acquaintance with their possibility;
- a determination main notion and subject of the programming languages on
example of the languages Pascal, D, C++ and development their methods of
teaching;
- a learning the programming languages in checking and exploratory group,
observation situation, determination of the change, which occur at a rate of
knowledge student , statically analyze the got information.
The Scientific hypothesis of the study.
Possible effectively organize learning the programming for direction bachelor :
- is determined purposes and problems of the education on programming language;
- it is enough scholastic- methodical and didactic material on uzbek language for
learning main notion and that programming languages;
- form the mug on learning the language of the education C++ from languages of
the education;
8
- create the situation for reception of the knowledge and test the got knowledge for
direction of the bachelor "education to methods of the informatics" .
Scientific significant result of the education.
Following work are executed In thesis‘s on increasing of efficiency of the
education to technologies of the programming in High school;
- are created several educational technologies for learning the programming
language "Delush".
- is prepared methods of the consciousness and undertaking mug on example of the
programming language C++;
Practical result of the study;
Programming value studies reveal itself in the following events;
- in all questions in circle of that thesis‘s;
- in organizations theoretical and practical occupation;;
- in organizations scientifically-methodical work student.
The Scientific news:
The Development educational technology for efficient learning the programming
languages, for some that on example of the programming language;
- is designed program mug "Young programmers" for learning the programming
languages C++.
- is designed laboratory functioning for programming language C++.
The Structure and volume to thesis‘s:
The Thesis consists of: introduction, three parts, the general conclusion, list of the
used literature and applications, the general volume forms 96 pages.
Using but practical person recommendation and educational technology designed
in operation on thesis gives the chance increasing to progresses student, creating
good effect . mathematical analysis got result has confirmed the regularity given to
situations.
The Scientific leader: c.t.s., prof Yuldashev U
Student of the magistracy: Abdirimov Tulkin
9
Kirish
Ilmiy izlanishlar va mustaqil ishlash natijalari shuni ko‘rsatadiki,
respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining rivojlanib borishi kasb-hunar
kollejlari bitiruvchilarining sifatini yanada takomillashtirishni, fan, texnika va
texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda talabalarning bilim,
malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish, izlanuvchanlikka, fikrlash
qobiliyatlarini yuksaltirishda, axborot kommunikatsion texnologiyalar xizmatidan
maqsadli ravishda samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirishda, talabalar
mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biridir.
O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekistan
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatning 2010 yil 27
yanvar kuni bo‘lib o‘tgan ko‘shma majlisida ―Mamlakatni modernizastiya qilish va
kuchli fukarolik jamiyati barpo etish -ustuvor maqsadimizdir‖, hamda Vazirlar
Maxkamasiiiig 2010 yil 29 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisidagi ―Asosiy
vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada
yuksaltirishdir‖ mavzularidagi ma‘ruzalarida ham o‘quv jarayoiniga axborot-
kommunikastiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar hamda
multimedia vositadarini keng joriy etish xisobiga mamlakat maktablar, kasb-
hunar kollejlari va listeylarida, oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim berish
sifatini tubdan yaxshilash, ta‘lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini
zamonaviy o‘quv va laboratoriya, uskunalari, kompyuter texnikasi bilan
mustaxkamlash vazifalari qo‘yilgan [4, 5, 6].
Bu ishlarni amalga oshirishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi vazifalari
aloxida e‘tiborga loyikdir. Hozirgi kunda ta‘lim tizimida yangi bosqich bo‘lgan
kasb-hunar kollejlari ta‘limini zarur meyyoriy xujjatlar, zamonaviy texnika va
texnologiyalar bilan ta‘minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan ―O‘rta
10
maxsus, kasb-hunar ta‘limining umumta‘lim fanlari ta‘lim standarti‖ tasdiklandi.
Ularda ko‘rsatib o‘tgilganidek, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarining
bitiruvchilariga kuyiladigan talablar fundamental fanlar va aniq, kasb doirasida
nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lish, kompyuter va telekommunikatsiya
vositalaridan foydalana olish, o‘quv fanlari zarur bo‘lgan bilim majmuasiga ega
bo‘lish vazifasi qo‘yilgan.
Ta‘lim tizimini yangilashda eng avvalo ta‘limning keng
demokratlashtirilishini, insonparvarlashtirilishini, shuningdek, ta‘lim tizimi
taraqqiyot qonuniyatlariga javob bera oladigan bo‘lishini tushinmoq kerak1.
Kompyuter va axborot texnologiyalari o‘z foydalanuvchilaridan muloqot
uchun ma‘lum bir darajadagi maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Bu
tayyorgarlikning qay darajada mukammal bo‘lishi muloqotning sifat darajasini
belgilaydi. Mazkur muammoni hal qilish esa, boshlang‘ich, o‘rta maxsus va oliy
ta‘lim tizimidagi informatika fani va uni o‘qitish uslubiyoti oldida turgan eng
dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurdi.
Ta‘lim to‘g‘risidagi qonunga asosan akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarining maqomi tenglashtirilgan . Ularning talabalari va bitiruvchilari
o‘zlarining oily o‘quv yurtiga kirishda yoki tanlagan yo‘nalish bo‘yicha faoliyat
ko‘rsatishda, konstitutsiyaviy haq-huquqlarini amalga oshirishda teng
huquqlidirlar. Shu bilan birga akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadlari bilan bir-biridan ma‘lum ma‘noda farq qiladi [2].
Ilmiy izlanishlar va mustaqil ishlash natijalari shuni ko‘rsatadiki,
respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy sohalarining rivojlanib borishi kasb-hunar
kollejlari bitiruvchilarining sifatini yanada takomillashtirishni, fan, texnika va
texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda talabalarning bilim,
malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirib borish, izlanuvchanlikka, fikrlash
qobiliyatlarini yuksaltirishda, axborot kommunikatsion texnologiyalar xizmatidan
maqsadli ravishda samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirishda, talabalar
mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish eng dolzarb muammolardan biridir.
1 Karimov I.A. ―O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda‖. Toshkent:-O‘zbekiston. 2000. 364-365-b.
11
20-30 yil avval asosiy vazifasi faqat dasturlash asoslaridan iborat bo‘lgan
informatika fani bugungi kunda dasturlash tillari, axborot texnologiyalari, tarmoq
texnologiyalari, o‘qitish texnologiyalari va boshqa bir qator mustaqil fanlarga
ajralib ketdi. Bu fanlarning hammasi mantiqiy jihatdan bir-biri bilan chambarchas
bog‘langan bo‘lishiga qaramay, muayyan sohani o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
Kompyuter yordamida hal qilinadigan har qanday masala uchun maxsus
dastur ishlab chiqish talab qilinadi. Kompyuter yordamida yechimini kutayotgan
masalalar uchun ―eski‖ dasturlash vositalari yordamida dasturlar ishlab chiqish
iqtisodiy jihatdan o‘zini qoplamasligi hamda dastur ishlab chiqish jarayonining
murakkabligi yangi dasturlash tillariga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi. Bu
masala tajribali dasturchilar yoki dasturchi guruhlar tomonidan hal qilinadi. Ana
shunday dasturchilarni tarbiyalab, voyaga yetkazish, ularni kelajakdagi kasbiy
faoliyatlarida ehtiyojiga qarab foydalanishi uchun zarur ma‘lumotlarni (dasturlash
asoslari, dasturlash tillari, axborot texnologiyalari va x.k.) o‘rgatishdek jarayonni
samarali tashkil etish o‘quv yurtlaridagi dasturlash asoslari fani o‘qituvchilarining
eng asosiy vazifasi hisoblandi.
―Matematika o‘qitish metodikasi‖, ―Informatika o‘qitish metodikasi‖ yoki
unga turdosh bakalavr yo‘nalishlari talabalariga kasbiy faoliyatlarida foydalanish
uchun bir qator dasturlash tillarini o‘qitish Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi
tomonidan tasdiqlangan namunaviy va ishchi o‘quv dasturlarida ko‘zda tutilgan.
Ularga ko‘ra, dasturlash tillarini o‘qitishda ma‘lumotlarni turli ko‘rinishlarda
ifodalash va qayta ishlash kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan fundamental
tushunchalarni o‘qitish birinchi o‘rinda turadi.
Dasturlash tillari rivojlanishdan to‘xtagani yo‘q. Bugungi kunda
ma‘lumotlarni ifodalash shakli, tuzilmasi va ishlash tamoyillari avvalgilaridan
butunlay farq qilib, imkoniyatlari juda ham boy bo‘lgan yangi dasturlash tillari
shakllandi va avvalgilariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan yangi
versiyalar hisobiga rivojlanib bormoqda. Buning evaziga, dasturlash tillarini
o‘qitishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Birinchidan, ―Informatika‖,
―Dasturlash tillari‖, ―Algoritmlash va dasturlash tillari‖,―Informatika o‘qitish
12
uslubiyoti‖ fanlari axborot texnologiyalari sohasida ro‘y berayotgan kompyuter
imkoniyatlarining kengayishi, yangi operasion tizimlar va dasturlash tillari,
axborotlarni qayta ishlash jarayonlari, tarmoqlar bilan ishlash kabi o‘zgarishlarni
tezkorlik bilan qayd qilib ulgurmayapti. To bir tilni tanlash, uni o‘qitish uchun
tayanch tushunchalari va mazmunini belgilash, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni
yaratish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilinguncha
o‘tadigan davrda bu tilning yangi versiyalari yoki imkoniyatlari undan boy bo‘lgan
yangi dasturlash tillari ishlab chiqilmoqda. Ikkinchidan, informatika fani
o‘qituvchilari o‘rtasida o‘qitish uchun dasturlash tillarini tanlash va ularni
o‘qitishda yuqori samara beruvchi yo‘l-yo‘riqlarni aniqlash muammolariga
hammani qanoatlantiruvchi javob topilganicha yo‘q. Bu yo‘lda yangi dasturlash
tillari yaratilgandan so‘ng, albatta, ―eskilarini‖ o‘qitish ahamiyatining bo‘lmasligi
asosiy to‘siq hisoblanadi. Uchinchidan, informatika fanini o‘qitish paradigmalari
o‘zgarib bormoqda. Bundan 20-30 yil avval kompyuter savodxonligi tushunchasi
asosini faqat dasturlash tillari tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda informatikaning
umummadaniy va kasbiy-amaliy tomonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa
o‘z navbatida oliy o‘quv yurtlarida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish masalasini
qayta ko‘rib chiqishni va uni doimo boyitib borishni talab etadi. To‘rtinchidan,
an‘anaviy dasturlash tillarini o‘qitishda asosiy e‘tibor strukturali algoritm asosida
dastur ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lsa, ob‘ektga mo‘ljallangan dasturlash
tillarini o‘qitishda ―eski‖ dasturlash tillarida mavjud bo‘lmagan ob‘ekt, klass kabi
tushunchalar hamda ob‘ektli dasturlashning asosiy konsepsiyalari bo‘lgan
polimorfizm, vorislik va inkapsulyasiyalarni o‘qitish birinchi o‘rinda turadi.
Beshinchidan, biror tanlab olingan zamonaviy dasturlash tili (masalan, DELPHI,
C++ va h.k.) nihoyatda katta imkoniyatlarga ega va deyarli barcha zamonaviy
axborot texnologiyalari bilan ishlay olgani uchun, uning qaysi tushuncha, mavzu
va imkoniyatlarini o‘qitish masalasi ham ochiq turibdi. Oltinchidan, ob‘ektga
yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarining barcha tuzilmalarini ingliz tilida
ekanligi ham jiddiy muammo hisoblanadi. Afsuski, ko‘plab talabalarimizning chet
tillari (ayniqsa, ingliz tili) bo‘yicha bilimlari ilmiy, o‘quv va uslubiy adabiyotlarni
13
o‘qib, tahlil qila oladigan darajada emas. Yettinchidan, OO‘Yu bitiruvchilarining
tayyorgarlik darajasi bilan dasturlash asoslarini o‘qitish sohasidagi zamonaviy
talablar o‘rtasidagi nomutanosiblik yuzaga kelmoqda.
Yuqoridagi ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki, OTM talabalarida yangi
dasturlash texnologiyalari bo‘yicha bilim va malakalarini shakllantirish,
rivojlantirish, ―Informatika‖ va ―Zamonaviy dasturlash tillari‖, ―Algortimlash va
dasturlash tillari‖ fanlarini o‘qitish sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarni bartaraf etish, bu fanlarni o‘qitish uslubiyotini tahlil qilish va
takomillashtirish Oliy ta‘lim tizimidagi eng dolzarb masalalalardan biri
hisoblanadi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Pedagogika Oliy ta‘lim
muassasalarida talabalarga dasturlash tillari va asoslari uzoq yillardan beri
o‘qitilishiga qaramay, u yoki bu dasturlash tilini, ayniqsa, ob‘ektga yo‘naltirilgan
dasturlash texnologiyalarini (C++, Java, C#, va h.k.) o‘qitish uslubiyoti deyarli
o‘rganilmagan.
Respublikamizda informatika, axborot texnologiyalari va dasturlash asoslarini
o‘rganish uchun mo‘ljallangan A.A.Abduqodirov, M.M.Aripov, U.E.Adamboev,
R.Boqiev, F.M.Zakirova, M.H.Lutfullaev, Sh.A.Nazirov, Sh.F.Madraximov,
A.Toyloqov, U.Yu.Yuldashev va boshqalarning o‘quv-uslubiy ishlarini ta‘kidlab
o‘tish mumkin. Ammo ularda ham ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini
o‘qitish uslubiyotiga e‘tibor kam qaratilgan. Jumladan, Sh.A.Nazirov va
M.M.Musaevlarning kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan ―Delphi tilida
dasturlash asoslari‖ o‘quv qo‘llanmasi 9 bobdan iborat bo‘lib, Delphi dasturlash
tilining buyruqlar tizimi, vizual komponentalar, ma‘lumotlar bazasi bo‘yicha
boshlang‘ich ma‘lumotlarni qamrab olgan. Ammo, mavzular bo‘yicha o‘quv
materiallarining hajmi yetarli emas. M.Ashurov, I.Mirmaxmudov,
Sh.Sapaevlarning ―Zamonaviy dasturlash tillari fanidan laboratoriya ishlari‖
risolasi Deplhi dasturlash tili asoslarini o‘zlashtirishga qaratilgan 13 ta mavzu
bo‘yicha bajarish ketma-ketligi aniq va lo‘nda ko‘rsatilgan laboratoriya ishlarini
o‘z ichiga olgan.
14
Dissertasiyamiz mavzusiga qisman aloqador bo‘lgan bir qator ishlar
Rossiyada ham qayd qilingan. B.V.Sobol, M.P.Lapchik, A.V.Mogilyov,
S.V.Simonovich kabi olimlar tomonidan talabalarni informatika va dasturlash
fanini o‘qitish uchun zarur bo‘lgan bir qator o‘quv va uslubiy adabiyotlar
yaratilgan.
Informatika va dasturlashni o‘qitish sohasida N.Virtning ma‘ruzasida
zamonaviy informatika fanini o‘qitishda yuzaga kelayotgan muammolar, ayniqsa,
qaysi tilni va qanday o‘qitish lozimligi birinchi o‘ringa olib chiqilgan [44]. Muallif
dasturlash asoslarini o‘qitish uchun darslik loyihasini taklif qiladi. Uning
ta‘kidlashicha, dasturlash asoslarini to‘la yorituvchi bunday darslik hozircha
yaratilgani yo‘q va bunday darslik yaratishning iloji ham yo‘q. Chunki, to darslik
yaratilib, ta‘lim tizimiga joriy qilinguncha, raqobatchilar bilan kurashda orqada
qolmaslik uchun dasturiy vositalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar yangi
dasturlash texnologiyalarini yaratib ulguryaptilar.
R.R.Ibraevning ilmiy ishi injenerlik mutaxassislari uchun informatika fanini
ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari asosida o‘qitish masalasiga bag‘ishlangan.
Unda ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari informatika fanining bir bo‘lagi
sifatida qaraladi va ularni o‘qitish to‘la o‘rganilmagan [36].
Ushbu dissertasiyada Oliy o‘quv yurtlarida ―Algoritmlash va dasturlash
tillari‖ va ―Zamonaviy dasturlash tillari‖ fanlarini o‘qitishda uchraydigan va
yuqorida tilga olingan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari ishlab
chiqildi.
Tadqiqot ob’ekti. Oliy pedagogik ta‘limda ―Informatika o‘qitish metodikasi‖
ta‘lim yo‘nalishi bakalavrlariga ―Zamonaviy dasturlash tillari‖ fanini o‘qitish
jarayoni.
Tadqiqot predmeti. Oliy pedagogik ta‘limda ―Informatika o‘qitish
metodikasi‖ ta‘lim yo‘nalishi bakalavrlariga ―Zamonaviy dasturlash tillari‖ fanini
o‘qitish o‘qitish uslubiyoti.
15
Tadqiqot maqsadi. Dasturlash tillarini o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish,
o‘qitish samarasini oshirish uchun vazifalarni belgilash, dasturlash tillarini pascal,
delphi, C++ dasturlash tillari misolida o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari:
- Oliy o‘quv yurtlarida dasturlash tillarini o‘qitish sohasidagi
muammolarni metodologik tahlil qilish;
- Pascal, Delphi, C++ dasturlash tillari bo‘yicha adabiyotlar to‘plash,
taxlil qilish va ularning imkoniyatlari bilan tanishish;
- dasturlash tillarini Delphi, C++, Pascal, dasturlash tillari misolida
asosiy tushuncha va mavzularini aniqlash va ularni o‘qitish
uslubiyotini ishlab chiqish;
- Nazorat va tajriba guruhlarida dasturlash tillarini (tajriba guruhlarida
yangi uslubiyot asosida) o‘qitish, vaziyatni kuzatib borish,
talabalarning bilim darajalarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni
aniqlash, olingan ma‘lumotlarni statistik tahlil qilish.
Tadqiqot metodlari. Muammoga oid ilmiy, uslubiy, pedagogik - psixologik
adabiyotlar tahlili,; pedagogik kuzatish; test sinovlari; dasturlash tillarini o‘qitishda
foydalanish uchun ishlab chiqilgan to‘garak mashg‘ulotlari dasturini, dars
ishlanmalarini tajribadan o‘tkazish; pedagogik tajriba-sinov ishlarida olingan
natijalarining matematik-statistik tahlil qilish.
Tadqiqotning ilmiy farazi. bakalavr yo‘nalishi uchun dasturlash tillarini
o‘qitish jarayonini samarali tashkil qilish mumkin bo‘ladi, agar:
- dasturlash tillari bo‘yicha ta‘lim maqsadlari va vazifalari aniqlangan
bo‘lsa;
- dasturlash tillarining asosiy tushuncha va mavzularini o‘qitish uchun
o‘zbek tilidagi o‘quv-uslubiy va didaktik materiallar yetarli bo‘lsa;
- dasturlash tillaridan C++ dasturlash tilini o‘qitish bo‘yicha to‘garaklar
tashkil etilsa;
- dissertasiya mavzusi doirasida o‘tkazilgan tajriba natijalarini
16
―Informatika o‘qitish metodikasi‖ bakalavr yo‘nalishlari uchun bilim olish,
bilimlarini sinab ko‘rish uchun muhit yaratish va o‘zini-o‘zi baholash imkoniyatini
yuzaga keltirilsa.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati. Dissertasiyada oliy o‘quv
yurtlarida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha
quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- Delphi dasturlash tilini o‘qitish uchun bir qancha mavzular uchun ta‘lim
texnologiyalari yaratildi;
- C++ dasturlash tillari misolida to‘garaklarni tashkil etish va o‘tkazish
uslubiyoti tayyorlandi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati. Tadqiqotning amaliy ahamiyati
quyidagi xollarda namoyon bo‘ladi:
- dissertasiya mavzusi doirasidagi barcha masalalarda;
- dasturlash tillari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilishda;
- to‘garak mashg‘ulotlarida rejalashtirishda;
- talabalar ilmiy-uslubiy ishlarini tashkil qilishda.
Ilmiy yangiligi:
- dasturlash tillarini Delphi dasturlash tili misolida ayrim mavzular uchun
o‘qitishning samarali uslubiyoti – ta‘lim texnologiyasi ishlab chiqildi;
- C++ dasturlash tilini o‘qitish uchun ―Yosh dastrurchilar‖ nomli to‘garak
dasturi ishlab chiqildi;
- C++ dasturlash tili uchun laboratoriya ishlari ishlab chiqildi;
Dasturlash tilini o‘qitish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar dissertasiya farazlari
yordamida asoslab berildi.
Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertasiya kirish bo‘limi, uchta bob,
umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib
umumiy hajmi 96 betni tashkil qiladi.
17
I bob. OLIY PEDAGOGIK TA’LIMDA “ALGORITMLASH VA
DASTURLASH TILLARI” KURSINING ASOSIY MAZMUNINI VA
STRUKTURASI
Magistrlik dissertasiyasining ushbu bobi ―Oliy pedagogik ta‘limda
―Algoritmlash va dasturlash tillari‖ kursining asosiy mazmunini va strukturasi‖
deb nomlangan bo‘lib, bu boboda asosan ―Informatika va axborot texnalogiya‖
bakalavr yo‘nalishida ―Algoritmlash va dasturlash tillari‖ o‘quv fanining mazmuni,
―Algoritmlash va dasturlash tillari‖ kursini o‘qitishda innovatsion va pedagogik
texnalogiyalaridan foydalanish, oliy pedagogik ta‘limda ―Algoritmlash va
dasturlash tillari‖ kursida to‘garak mashg‘ulotlarida bilim va ko‘nikmalarini
shakllantirish yo‘llari (C++ misolida ) kabi masalalarga to‘xtalib o‘tilgan.
1.1. “Informatika o’qitish metodikasi” bakalavr yo’nalishida “Algoritmlash
va dasturlash tillari” o’quv fanining mazmuni
Zamonaviy axborot texnologiyalari va birinchi navbatda bu texnologiyalarga
asoslangan eng yangi dasturiy ta‘minotlar bugungi kunda inson bilimining barcha
sohalarida katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun eng muhim vazifa bo‘lajak
pedagoglarga bu texnologiyalar va ularga asoslangan uskunaviy vositalarni
o‘qitishdan iborat.. Shunday zamonaviy, uskunaviy vositalardan biri Delphi
dasturlash tilidir. Delphi asosini Pascal tili tashkil qiladi. U esa talabalarga
dasturlash tillarini o‘qitish uchun maxsus yaratilgan. Ammo Delphida bu til
zamonaviy axborot texnologiyalarni qoniqtiradigan qilib ancha kengaytirilgan.
Bunday revolyusion texnologiyalarga: dasturlashning vizual uslubi, ob‘ektga
yo‘naltirilgangan dasturlashlar kiradi.
Mazkur o‘quv fani bakalavriat yo‘nalishi: 5110700 – Informatika o‘qitish
metodikasi yo‘nalishida o‘qitilib, algoritm va uning xossalari, algoritm ijrochilari,
algoritmlarni tasvirlash usullari, rekursiya va iteratsiya, algoritmning murakkabligi
tushunchasi, algoritm turlari, samarali algoritmlar ishlab chiqishning asosiy
18
usullari, algoritmik tillar, dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi, dasturlash
tilining alifbosi, buruqlar tizimi va operatorlarini, chiziqli, tarmoqlanuvchi va
takrorlanuvchi dasturlar tuzishni, ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari hakidagi,
ob‘ektga yo‘naltirilgan loyihalash; ob‘ektlarni loyihalash: ob‘ektga yo‘naltirilgan
dasturlash tili va unda dastur tuzish kabi bilimlar beriladi [37].
Algoritmlash va dasturlash tillari fanini o‘qitishdan maqsad – informatika
o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar va amalda
qo‘llash uchun kunikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat.
Unda har bir kasb egasining faoliyati kerak bo‘lgan tayanch nazariy va amaliy
ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Algoritmlash va dasturlash tillari fanining vazifasi:
- algoritm tushunchasi va uning asosiy hossalari, ijrochilari, tasvirlash
usullari, turlari, algoritmik tillar bilimlar bilan tanishtirish
-dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi, dasturlash tilining alifbosi,
buruqlar tizimi va operatorlari bilan tanishtirish va amaliy masalalarga dasturlar
tuzishni o‘rgatish;
-ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari va ular ustida ishlashni o‘rgatishdan
iborat.
―Algoritmlash va dasturlash tillari‖ o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida
amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- algoritm, va uning xossalari, algoritm ijrochilari, algoritmlarni tasvirlash
usullari, rekursiya va iteratsiya, algoritmning murakkabligi tushunchasi, algoritm
turlari, samarali algoritmlar ishlab chiqishning asosiy usullari, algoritmik tillar,
dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi, dasturlash tilining alifbosi, buruqlar
tizimi va operatorlarini, chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar
tuzishni, ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari hakidagi, ob‘ektga yo‘naltirilgan
loyihalash; ob‘ektlarni loyihalash: ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash tili va unda
dastur tuzishni bilishlari kerak;
-algoritmning asosiy hossalari, algoritm ijrochilari, algoritmlarni tasvirlash
usullari, algoritm turlarini amaliyotga tadbiq qilishi va ularga doir sodda
19
masalalarni hal qila olishi, Dasturlash tillari va ularning turlari, dasturlash tilining
buruqlar tizimi va operatorlarini qullagan holda chiziqli, tarmoqlanuvchi va
takrorlanuvchi dasturlar tuza olish, dasturlashning ob‘ektga yo‘naltirilgan
paradigmasi, ob‘ektga yo‘naltirilgan loyihalash haidagi masallarni algoritmini tuza
olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak;
Kasbiy sohasida uchraydigan turli hil masalalarga algoritmlar tuza olishi,
algoritmning turlarni farqlay olish, tasvirlash usullariga oid misollar keltira olish,
rekursiya va iteratsiya, algoritmning murakkabligi tushunchalarni ajrat olishi,
samarali algoritmlar ishlab chiqishning asosiy usullari(balansirovka, dinamik
dasturlash va boshqalar)ni amaliy qullay olishi, biror bir dasturlash tillari va
ularning turlarini farqlay olish, dasturlash tillalari yordamida amaliy masallalarga
dasturlar tuza olish, massivlar, grafik operatorlar, satriy kattaliklar bilan ishlash,
funktsiyalar va protseduralar, yozuvlar, ro‘yxatlar, fayllar, modulli dasturlar
haqidagi bilimlarni amalda qullay olish, ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash
tillaridan foydalana olish, boshqarish elementlari, oynalar, dialoglar; voqealar va
habarlar, ob‘ektga yo‘naltirilgan muhitlarda habarlarni uzatish va ularga ishlov
berish, ob‘ektlar ierarxiyasi asosida dasturlarni loyihalash malakalariga ega
bo‘lishlari kerak.
Algoritmlash va dasturlash tillari fani asosiy kasbiy fanlaridan biri
hisoblananib, 1, 2, 3 va 4 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv
rejasidagi rejalashtirilgan nazariy informatika, ma‘lumotlar bazasi va ularni
boshqarish tizimlari fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi
[37].
―Algoritmlash va dasturlash tillari‖ fani uchun jami 566 soat ajratilgan bo‘lib,
shundan nazariy mashg‘ulotlar uchun 104 soat, amaliy mashg‘ulotlar uchun 80
soat, laboratoriya mashg‘ulotlari uchun 120 soat ajratilgan. Mustaqil ta‘lim uchun
262 soat ajratilgan. Quyidagi jadvalda mavzular va ularga ajratilgan soatlarni
keltirib o‘tamiz.
20
―Algoritmlash va dasturlash tillari‖ fanidan nazariy mashg‘ulotlar mavzulari:
1. Algoritm haqida umumiy intuitiv ta‘rif ma‘nosidagi tushuncha. Algoritmning kibernetik ta‘rifi. Yevklid algoritmi. Algoritmning asosiy hossalari, ijrochilari,
tasvirlash usullari, turlari. Algoritmning asosiy tiplari
2
2. Umumiy algoritmlar nazariyasiga doir asosiy kashfiyotlar. Reduktsiya printsipi. Algoritm va hisoblash jarayoni orasidagi bog‘lanish.
2
3. Algoritmlarni baholash ma‘zonlari va tahlil qilish usullari. Ikki tomonlama algoritmlar. Chiziqli ro‘yhatlar va ular ustida asosiy amallar.
2
4. Tarmoqlar. Daraxtlar, ularning turlari. Tanlash va joylashtirish turkumidagi murrakkablikka ega saralash algoritmlari. Saralash usullarini taqqoslash. Izlash
algoritmlari.
2
5. Rekursiya va rekursiv funktsiyalar. Matematik induktsiya. Rekursiv va iteratsion algoritmlarni qiyoslash.
2
6. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi, mashinaga mo‘ljallangan va protseduraga mo‘ljallangan dasturlash tillari. Yuqori darjali dasturlash tillari,
interpretatorlar va kompilyatorlar, dasturlarni translyatsiyalash.
2
7. Paskal tili sintaksisi. Kattaliklarning asosiy turlari. Paskal tilidagi programmalarning strukturasi. Paskal tilining operatorlari. qiymatlarning skalyar turlari: tartiblangan,
sanab o‘tiluvchi va chegaralangan turlar.
2
8. Jadval kattaliklar. 2
9. Protsedura. Protsedura-funktsiya. 2
10. Fayllar va ular bilan ishlash. Turlangan va turlanmagan fayllar. Matnli fayllar. 2
11. Turbo-Paskal muhitida ishlash. Xotiraning dinamik taqsimoti. Ko‘rsatkich turi. 2
12. Turbo-Paskalda modullar. Standrat modullar. 2
13. Grafika moduli va ular bilan ishlash. 2
14. Ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari. Dasturlashning ob‘ektga yo‘naltirilgan paradigmasi.
2
15. Ob‘ektga yo‘naltirilgan loyihalash. 2
16. Ob‘ektlarni loyihalash: satrlar, steklar, ro‘yxatlar, novbatlar, daraxtlar 2
17. Matematik ob‘ektlar: ratsional va kompleks sonlar, vektorlar, matritsalar 2
18. Ob‘ektlar kutubxonasi, interfeys ob‘ektlari. 2
19. Boshqarish elementlari, oynalar, dialoglar; voqealar va habarlar, ob‘ektga yo‘naltirilgan muhitlarda habarlarni uzatish va ularga ishlov berish mexanizmlari
2
20. Ob‘ektlar ierarxiyasi asosida dasturlarni loyihalash. 2
21. Delphi dasturlash tilining ishchi muhiti, undagi oynalar (Ob‘ektlarning daraxtsimon ko‘rinish oynasi, ob‘ektlar inspektori oynasi, kod brauzeri oynasi, asosiy oyna,
forma oynasi, dastur kodi oynasi), u o‘rnatilishi zarur bo‘lgan kompyuterga
qo‘yiladigan texnik talablar va instrumental tugmalar.
2
22. Komponentlar palitrasi. Palitra bo‘limlari va ayrim komponentlar xossalari bilan tanishish.
2
23. Stanfard bo‘limi. Frame, MainMenu PopupMenu komponentlari. 2
24. Label komponenti-oynada qisqa uzunlikdagi yozuvlarni aks ettirishi, Edit, button, Memo, Panel va qator komponentlar xossalari.
2
25. Additional bo‘limi. BitBtn komponenti–turli tasvirli tugmalarni joylashtirish va ulardan foydalanish, MaskEdit komponenti-filtrli kiritishni ta‘minlash,
2
26. StringGrid komponenti- matnli jadvaldan foydalanish, Image komponenti –rasmlardan foydalanish va qator komponentlar xossalari.
2
27. Bo‘sh forma va uning modifikatsiyasi. Delphi da nomlanishlar, forma xossalarini o‘zgartirish, formaga yangi komponent joylashtirish va unda komponent
xossalaridan foydalanish.
2
21
28. Xodisa tushunchasi, loyiha va modul strukturasi. 2
29. Dastur elementlari (alfavit, identifikatorlar, doimiyliklar, ifodalar va amallar.) 2
30. Tiplarning ahamiyati, qatoriy (String) va simvolli (Char) tiplar, ularning berilishi va ular bilan bajariladigan amallar,
2
31. Delphi dasturlash tilida butun tiplar 2
32. Delphi dasturlash tilida mantiqiy va simvolli tiplar 2
33. Tarkibiy va bo‘sh operatorlar. If…Then…else shartli operatori. 2
34. Tanlash(case) operatori. 2
35. Goto o‘tish operatori, label (belgilar) xizmatchi so‘zidan foydalanish qoidalari bilan tanishish
2
36. Delphi dasturlash tilida sikl operatorlari. 2
37. Delphi dasturlash tilida massivlar, massivlarni tavsiflash. 2
38. Massivlarni berilish usullari, Array, of, xizmatchi so‘zlari, Random (max) funktsiyasi bilan tanishtirish
4
39. Protsedura Delphi dasturlash tilining muhim instrumenti sifatida. 2
40. Protsedura – funksiya Delphi dasturlash tilining muhim instrumenti sifatida. 2
41. Protsedura tarifi, uning nomi, undan foydalanish yullari 2
42. Funktsiya tarifi, uning nomlanishi, undan dasturda foydalanish va uning protseduradan farqi
2
43. Delphi dasturlash tilining grafik imkoniyatlari 2
44. Delphidagi maxsus TCanvas, TFont, TPen, Tbrush klasslari 4
45. TFont klassi xossalari: Color, Name, Size, Style. 4
46. TPen klassi xossalari: Color, Mode, Width, Style 4
47. TBrush klassi xossalari: Bitmap, Color, Style 4
―Algoritmlash va dasturlash tillari‖ fanidan amaliy mashg‘ulotlar mavzulari:
1. Amaliy masalalarga algoritmlar turlari 2
2. Algoritm va hisoblash jarayonlarini boshqarish 2
3. Algoritmning asosiy tiplari: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlar. 4
4. Samarali mashina algoritmlarini tuzish usullari. rekursiya va iteratsiya, algoritmning
murakkabligi tushunchasi 2
5. Algoritm va hisoblash jarayoni orasidagi bog‘lanish. 2
6. Tanlash va joylashtirish turkumidagi murrakkablikga ega saralash algoritmlari. 4
7. Dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasini o‘rganish 2
8. Asosiy algoritmik konstruktsiyalar bilan ishlash. 2
9. Delphi- ShK uchun zamonaviy dasturlash uskunasi 4
10. Delphi bilan ishlashda asosiy texnologik prinsiplar 4
11. Delphi dagi dasturning interfeys qismini yaratishning asosiy prinsiplari 4
12. Loyiha va Delphi da loyihani boshqarish 4
13. Dastur elementlari bilan ishlash 2
14. O‘zgaruvchilar tiplari 2
15. Object Pascal-Delphi ning asosiy uskunasi 4
22
16. Tarkibiy va bo‘sh operatorlar. If…Then…else shartli operatori. 2
17. Tanlash(case) operatori. 2
18. Goto o‘tish operatori, label (belgilar) xizmatchi so‘zidan foydalanish qoidalari bilan
tanishish 4
19. Delphi dasturlash tilida sikl operatorlari 2
20. Delphi dasturlash tilida massivlar, massivlarni tavsiflash 2
21. Massivlarni berilish usullari, Array, of, xizmatchi so‘zlari, Random (max)
funktsiyasi bilan tanishtirish 4
22. Delphi ning grafik komponentlari 4
23. Delphi da chop etish 4
24. Mul‘timedia ilovalari 4
25. Shaxsiy loyihalarni yaratish bosqichlari 4
26. Nostandart funksiyali modullar yaratish 4
―Algoritmlash va dasturlash tillari‖ fanidan laboratoriya mashg‘ulotlar
mavzulari:
1. Asosiy algoritmik konstruktsiyalar bilan ishlash. 2
2. Pascalda chiziqli dastur tuzish va natija olish 4
3. Pascal dasturlash tilida tarmoqlanuvchi dasturlar tuzish va natija olish 4
4. Pascalda takrorlanuvchi dasturlar tuzish va natijalar olish 6
5. Pascalda qism dasturlar, funksiya va proseduralarga doir dasturlar tuzish va natija olish 6
6. Pascalda massivlar va satriy kattaliklarga doir dasturlar tuzish va natija olish 4
7. Pascalda grafik operatorlarga doir dasturlar tuzish va natija olish 4
8. Delphi dasturlash muxitiga kirish 4
9. Delphi dasturlash muxitida chiziqli dasturlar tuzish 6
10. Delphi dasturlash muxitida tarmoqlanuvchi jarayonlarni boshqarish 6
11. Delphi dasturlash muxitida dasturlash elementlari. 6
12. Delphi dasturlash muxitida siklik operatorlardan foydalanish 8
13. Dastur tuzish muhitining asosiy komponentlarining xossalari. 4
14. Delphi dasturlash muxitida qism dasturlar, funksiya va proseduralardan
foydalanish 6
15. Delphi dasturlash muxitida modul tuzilishi va undan foydalanish 4
16. Satriy kattaliklarga doir dasturlar tuzish va ulardan foydalanish. 8
23
17. Massivlarga doir dasturlar tuzish va natija olish 8
18. Forma, yangi forma qo‘shish, ulardan foydalanish, formani oyna sifatida aks
ettirish. 10
19. Delphi dastur tuzish muhitining grafik imkoniyatlari 10
20. Delphi dasturlash muxitida fayllar bilan ishlash 6
21. Konsol‘ ilovalarda dasturlar tuzish va ulardan foydalanish. 4
Talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy
bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil kilish, bevosita ishlab
chiqarishdagi real sharoitlarga mos yechimlar qabul qilish va zamonaviy texnika
va axborot texnolgiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida kurs
ishi yozdiriladi. Kurs ishi mavzulari bevosita algoritmik jarayonlarga, dasturlash
tillariga, zamonaviy dasturlash muhitlariga, amaliy dasturlashga bog‘lik holda
belgilanadi. Kurs ishlarini mavzulari bir guruhdagi talabalar uchun bir hilda
berilmaydi [37].
Talabalarning mustaqil ishlari har bir ma‘ruza mavzusi asosida tashkil etiladi.
Fanni o‘rganish jarayonida mustaqil ishlarning bir necha turlaridan foydalaniladi.
Bular adabiyotlar bilan ishlash, ijodiy ish, ishlarni elektron ko‘rinishda bajarish,
ba‘zi mavzular bo‘yicha referatlar tayyorlash bo‘lishi mumkin. Mustaqil ishlarni
tashkil etishda internet va axborot manbalaridan doimiy foydalaniladi.
Magistrlik dissertasiyasining keyingi bandlarida fanni o‘qitish jarayonida
talabalarning o‘quv faoliyatini tashkil etish shakllari, foydalaniladigan interfaol
metodlar va zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘tiladi.
24
1.2. “Algoritmlash va dasturlash tili” kursini o’qitishda innovatsion va
pedagogik texnalogiyalaridan foydalanish
Mamlakatda mustahkam ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlash axborot
jamiyatini shakllantirish jarayonini amalga oshirish, axborot texnologiyalarini
samarali joriy etish va foydalanishni talab etadi.
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalari, shu jumladan jamiyat hayotiga axborot
texnologiyalarini joriy etish ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, uning bir
necha barobar o‗sishiga imkon yaratadi. Barcha turdagi axborot resurslari: dasturiy
mahsulotlar, ma'lumotlar banki va bazasi, axborotlashtirish jarayonida ishlab
chiqarilgan boshqa tovarlar axborot texnologiyalarining ajralmas qismi
hisoblanadi.
Insoniyat taraqqiyot yutuqlaridan, yangi texnologiyalar va tayyor
mahsulotlardan bu yangiliklar qanday dunyoga kelganini o‗ylab o‗tirmasdan
foydalanishga ko‗nikkan. Bu mahsulotlardan biz foydalanishimiz uchun
dasturchilar qanchalik uzoq va mashaqqatli yo‗lni bosib o‗tganini doim ham
o‗ylayvermaymiz. Axir mazkur yo‗nalishlardagi mashaqqatli izlanishlarning
poydevori ilmiy tadqiqotlar hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar aynan uning
asosida quriladi. Shuning uchun ham axborotlashtirish darajasi rivojlangan
davlatlar, yuqori texnologiyalar sohasidagi zamonaviy ishlab chiqaruvchi gigantlar
ilmiy va amaliy tadqiqotlarga katta e'tibor qaratadi. Bisotida kuchli ilmiy jamoa va
laboratoriyaga egalari bu tadqiqotlarga har yili milliardlab dollar mablag‗ sarflaydi
va yuzlab, minglab patentlarni qo‗lga kiritadi.
Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish
va milliy bozorini rivojlantirish bo‗yicha qator choralar ko‗rilmoqda. Jumladan,
mazkur sohaning normativ-huquqiy bazasi, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy, kadrlar
va boshqa jihatlarini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan
birga, ta'kidlash lozimki, mazkur yo‗nalish bo‗yicha ilmiy-texnik salohiyatni
shakllantirish muhim faktorlardan biri hisoblanadi.
25
Xorijning rivojlangan mamlakatlari tajribasi shuni ko‗rsatadiki, istalgan
mamlakatning asosiy boyligi — ilmiy-texnik va intellektual salohiyatdan iborat.
Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida iqtisodiyotni taraqqiy toptirish yo‗lida
intellektual va ilmiy-texnik salohiyatning birlashtirilishi tendensiyasi
kuzatilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi dasturiy mahsulotlar sanoatini rivojlantirish uchun
yetarli darajada malakali ilmiy-texnik va texnologik ishlab chiqarish salohiyatiga
ega. Mahalliy dasturiy mahsulotlar sanoati uchun, shuni ta'kidlash lozimki, mazkur
segmentning o‗ziga xosligi malakali mutaxassislarga katta talab borligi bilan
farqlanadi. Davlat va xususiy tarmoqlarning ushbu vazifani yechishga katta e'tibor
berayotganiga qaramay, bu muammo O‗zbekistonda alohida dolzarblik kasb
etganicha qolmoqda.
Dasturiy ta'minot sohasida mutaxassislarni tayyorlashga alohida e'tibor
qaratilapti. Misol uchun, bir necha universitetlarda ushbu yo‗nalishda bakalavr va
magistrlarni tayyorlashga qaratilgan kafedralar faoliyat olib bormoqda. Biroq,
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‗nalishida ilmiy-amaliy tadqiqotlar hajmi
va darajasi resurslardan yetarli darajada foydalanilmayotganini ko‗rsatadi. Shu
sababli dasturiy mahsulotlar bozorini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun, birinchi
navbatda, ilmiy-texnik va texnologik-ishlab chiqarish sektorlari rivojlantirilishiga
qaratilgan qulay sharoitlar va samarali mexanizmni yaratish, shuningdek, dasturiy
mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy qilishni rivojlantirish yo‗nalishiga
moliyaviy institutlarni jalb qilish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari,
ilmiy-texnik loyihalar, dasturiy mahsulotlar yo‗nalishidagi innovatsion takliflardan
samarali foydalanish va amaliyotga joriy qilishni ta'minlash, bevosita dasturiy
ta'minot ishlab chiqarish bilan shug‗ullanuvchi maxsus tadqiqot, ilmiy-texnik
markazlarni shakllantirish lozim [47].
Davlatimizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun
zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya asosida mutaxassislar
tayyorlashning takomillashgan tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda.
26
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish va kadrlar
tayyorlash milliy dasturini zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ilg‘or
tajribalarga tayangan holda, uzluksiz ta‘lim tizimini barcha akademik liseylar va
kasb-hunar kollejlarida ta‘lim jarayonini ta‘minlovchi omil hamda ilmiy – uslubiy
texnologiya sifatida amalga oshirishdir.
Pedagog o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimidan qat‘iy nazar,
ta‘lim jarayoniga qadam qo‘yar ekan, pedagogik - psixologik bilimlar, pedagogik
texnologiyalar va o‘qitish-o‘rgatish uslublari yig‘indisi bo‘lgan zarur pedagogik
ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishi kerak [41].
Hozirgi dolzarb muammolardan biri yuqori malakali, raqobatbardosh
mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini takomillashtirish, zamon
talabi darajasida tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish, pedagog va muhandis-
pedagoglarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish bo‘lib qolmoqda.
«Texnologiya» atamasi yunoncha so‘z bo‘lib, «techne» - mahorat, san‘at va
«logos» - tushuncha, o‘rganishni anglatadi. Demak, texnologiya – hunar, san‘at
ma‘nosini bildiradi va jarayonlarni amalga oshirish usullari hamda vositalari
haqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek ob‘ektda sodir bo‘ladigan sifat
o‘zgarishlar tushuniladi [41].
Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan ta‘riflar xilma-xil bo‘lib, ular
quyidagicha ta‘riflanadi:
- Pedagogik texnologiya – bu, ta‘lim shakllarini optimallashtirish maqsadida
texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o‘zaro ta‘sirini inobatga olib
o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va
qo‘llashning tizimli usulidir (Yunesko).
- Pedagogik texnologiya – bu, o‘qituvchi amaliyotga joriy etish mumkin
bo‘lgan pedagogik tizim loyihasidir (V.P.Bespalko).
- Pedagogik texnologiya, pedagogik maqsadlarning ro‘yobga chiqishi uchun
foydalaniladigan shaxsiy, uskunaviy vositalarning tizimi majmuasini va faoliyat
ko‘rsatish tartibini bildiradi (M.V.Klarin).
27
- Pedagogik texnologiya – ta‘limda rejalashtirilgan maqsadlarga erishish
jarayonining tavsifidir (I.P.Volkov).
- Pedagogik texnologiya – bu, o‘qituvchining ta‘lim-tarbiya vositalari
yordamida talabalarga muayyan sharoitda va ma‘lum ketma-ketlikda ta‘sir
ko‘rsatishi va aks ta‘sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs
sifatlarini jadal shakllantirish jarayonidir (N.S.Saidaxmedov).
Pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirsak
pedagogik texnologiya mazmuni, pedagogning kasbiy faoliyatida eng zamonaviy
o‘qitish vositalaridan foydalangan holda o‘qitish samaradorligini oshirish,
talabalarning bilim olish sifatini yaxshilash, talab etilgan bilim darajasiga erishi
uchun ta‘lim jarayonini oldindan loyihalashtirishdan iborat deb tushunish mumkin.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi talaba shaxsini rivojlantirish
orqali ta‘lim maqsadiga erishishni ta‘minlashdan iborat.
O‘quv amaliyotida pedagogik texnologiya tushunchasi quyidagi uch darajaga
bo‘linadi:
1) umupedagogik texnologiya – ta‘lim tizimining aniq qismi, ta‘lim
muassasasi, ta‘lim bosqichining ma‘lum davri uchun ta‘lim jarayonini tavsiflaydi;
2) xususiy predmetli(uslubiy) daraja – bir fan, guruh, o‘qituvchi doirasida
o‘qitish mazmuni va ta‘lim – tarbiyani amalga oshirishga xizmat qiladigan usul va
vositalar majmuasi;
3) lokal(modulli) daraja – ta‘lim-tarbiya jarayoni qismlarining texnologiyasi
(faoliyat turlari texnologiyasi, dars texnologiyasi, yangi tushunchalarni hosil qilish,
takrorlash, nazorat qilish texnologiyasi, tarbiya turlari texnologiyasi va hokazolar).
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlovchi
pedagogga qo‘yiladigan zamon talablari majmuini belgilaydi. Bir-biriga bog‘liq
bo‘lgan talablarning majmui pedagogning umumlashtirilgan modelini tashkil etadi.
Umumlashgan modelga muvofiq asosiy talablar quyidagilardan iboratdir:
Ta‘lim berish mahorati;
Tarbiyalay olish mahorati;
O‘quv – tarbiya jarayonida inson omilini ta‘minlovchi shaxsiyat fazilati;
28
Ta‘lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila
bilish mahorati.
Umumlashtirilgan model doirasidagi malakaviy zamon talablari pedagog
«Qiyofa»sini ifodalaydi. Malakaviy talablar pedagogning umumlashtirilgan
modelida kelib chiqadigan alohida yo‘nalishlar bo‘yicha quyida tabaqalashtirilgan
tayyorgarlik yo‘nalishlari berilgan.
Axborotli texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha pedagogga qo‘yiladigan talablar
quyidagilardan iborat:
- axborotlardan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish;
- fan, texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlarni;
- axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolarini;
- sun‘iy intelektning axborot tizimlari va bilim berish usullarini;
- axborotlashning texnik vositalari va telekommunikasiya vositalarini;
- universal va muammoli-mo‘ljalli axborot texnologiyalarini amalga
oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- o‘qitiladigan fanga ta‘luqli bo‘lgan universal va muammoli-mo‘ljalli axborot
texnologiyalarni;
- ta‘limda multimediya texnologiyasini;
- axborotni modellashtirish asoslarini;
- o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashgan tizimini;
- o‘quv materiallari haqida axborotli ma‘lumot tizimini bilishi va qo‘llay
olishi;
- o‘qitiladigan fan bo‘yicha ma‘lumotlar bazasini yaratish;
- global Internet kompyuter tarmog‘idan samarali foydalanish;
- o‘quv jarayonida amaliy dastur paketlarini qo‘llash;
- o‘quv jarayonida elektron pochtadan unumli foydalanish va amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart.
Pedagogik texnologiya doirasida yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish
quyidagi darajalardan iborat:
29
I. Boshlang‘ich daraja – talabaning eshitganlari ularga berilgan
namunalar,ko‘rsatmalar algoritm asosida topshiriqlarni bajarish ko‘nikmasini
ifodalaydi.
II. Algoritmik daraja – bilim va ko‘nikmalar mazmunini tatbiq qila olish
mahorati, berilgan algoritm bo‘yicha topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarish
ko‘nikmasini ifodalaydi.
III. Evristik daraja – berilgan o‘quv vazifalarini yechish uchun o‘zgarishlar
kiritish asosida yangi algoritmlar tuzish, o‘quv muammosini hal etish uchun yangi
axborotlarni
mustaqil tarzda izlab topish malakasini aniqlaydi.
IV. Ijodiy daraja – avval o‘rganilgan algoritmlardan butunlay farq qiluvchi,
sifat jihatidan yangi algoritmlar tuza olish malakasi bilan ifodalanadi.
Pedagogik texnologiyalar sohasidagi yangi izlanishlar bilan tanishish,
o‘qitishning faol usullarini bilish va qo‘llay olish har bir pedagog va muhandis-
pedagogning oldiga qo‘yayotgan zamon talablarining asosiylaridandir. Keyingi
davrda matbuotda e‘lon qilingan axborotlarni tahlil etgan holda quyidagi ta‘lim
jarayonida qo‘llanilayotgan interfaol usullar haqida tushunchalar beriladi [19].
Fikrlar hujumi texnologiyasi
Fikrlar hujumining maqsadi mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni
yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan xoli etish, ijodiy vazifalarni
yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir. Ushbu usul biror
muammoni yechishda guruh ishtirokchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va
mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma‘lum bir yechimga kelinadi hamda eng
samarali hisoblanadi. Bu uslub orqali shaxsni texnik rivojlantirish mumkin, u
to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga
o‘rgatadi. Fikrlar hujumini tashkil etishda bir guruh talabalar to‘planadi va ular
oldiga biror muammoli vaziyatni yechish bo‘yicha o‘z yechimlarini(fikr,mulohaza)
bildirishlari so‘raladi. Mazkur bosqichda ishtirokchilardan hech biri boshqa
qatnashuvchilarni g‘oyasi, fikrini muhokama qilishi yoki baholashi mumkin emas.
Dars jarayonida qo‘llanilgan fikrlar hujumida bildirilgan g‘oya va fikrlar
30
muhokama etilmaydi va baholanmaydi.Bildirilgan har qanday g‘oya va fikrlar, ular
hatto bo‘lmag‘ur bo‘lsa ham hisobga olinadi. Qancha ko‘p g‘oya va fikrlar
bildirilsa shuncha yaxshi. Bildirilgan g‘oya va fikrlarni to‘ldirish va yanada
kengaytirish mumkin. /oya va fikrlarni bildirish uchun vaqt aniq belgilanadi.
Uslubning asosiy tamoyili va qoidasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g‘oyalar
tanqidini mutlaq taqiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibani
rag‘batlantirishdir.
Aqliy hujum texnologiyasi
Aqliy hujum texnologiyasi biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari
tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma‘lum bir
yechimga keladigan samarali usullardan biridir. U to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda
shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. Aqliy hujum uslubini
qo‘llashda o‘qituvchi guruh ishtirokchilarini to‘playdi, ular oldiga biror muammoli
vaziyatni yechish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi.
Mazkur bosqichda ishtirokchilardan hech biri boshqa qatnashuvchilarning g‘oyasi,
fikrini muhokama qilish yoki baholashi mumkin emas. Bildirilgan har qanday
g‘oya va fikrlar hisobga olinadi, qancha ko‘p fikr va g‘oyalar bildirilsa shuncha
yaxshi. Bildirilgan g‘oya va fikrlarni to‘ldirish, kengaytirish, qayta o‘zgartirish
mumkin. /oyalar yozilgan varaqlar devorga osib qo‘yiladi. Berilgan g‘oyalar
asosida muammoni hal etishga yordam beradigan yechimni tiklash uchun
muhokama o‘tkaziladi. Bu haqiqatan ham talabalarning ta‘lim jarayonida faol
ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon etish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in
ishga yo‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga
rag‘batlantiruvchi samarali metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham
faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya
guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o‘ziga tortib oladi.
O‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o‘quv faolligi 5-
10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi. Aqliy hujum turli tarzda
qo‘llanilishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun yangi
savol qo‘yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish va hokazo.
31
Tarmoqlar(Klaster) texnologiyasi
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarni biron
bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, talabalarni mavzuga taaluqli
tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy
bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Bu uslub biron mavzuni chuqur
o‘rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda
kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni
mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu
bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Bumerang texnologiyasi
Bumerang uslubi bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit
holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli
mazmunga(muammoli, munozarali va hokazo) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga
yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir
mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat
bilan talaba yoki o‘qituvchi rolida chiqishi mumkin.
Bumerang texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga
imkoniyat yaratadi: xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki
shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Skarabey texnologiyasi
Skarabey uslubi interaktiv texnologiya bo‘lib, u talabalarda fikriy bog‘liqlik,
mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal
qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Ushbu
texnologiya talabalarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis
baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqida tushuncha va tasavvurlarni aniqlash
imkonini beradi. Skarabey texnologiyasi talabalar tajribasidan foydalanishni
ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy
tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega.
32
Tarozi texnologiyasi
Tarozi texnologiyasi munozarali, murakkab mazmunli mavzularni
o‘rganishda qo‘llash mumkin. U tanqidiy tafakkur, mantiq, ijodiy improvizasiya,
fikran tajribalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu texnologiya dalillash
qobiliyatini rivojlantirish, o‘z dalillarini yozma va og‘zaki shaklda ishonchli va
lo‘nda ifodalashni shakllantiradi, o‘z nuqtai nazarini himoya qiladi, muxoliflarni
ishontiradi, munozara madaniyatiga o‘rgatadi.
Yelpig’ich texnologiyasi
Yelpig‘ich texnologiyasi murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar muammoli
turidagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan
iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha biryo‘la axborot beriladi. Ayni
paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Bu interaktiv
texnoloiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli
rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham
bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Yelpig‘ich texnologiyasi umumiy
mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir
qatnashuvchining, guruhning faol ishlashiga qaratilgan.
Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi
O‘qituvchi talabalar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish uchun
faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar
belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan oldin
talabalar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Keyin guruh
talabalari kichik guruhlarga, ya‘ni 3-5 kishidan bo‘linishlari kerak. O‘qituvchi
tomonidan talabalarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. Berilgan muammoni yechishda
o‘qituvchi talabalarni qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib turadi. Mavzu so‘ngida
muhokama qilinadi.
Talaba kichik guruhlarda ishlaganida, darsda faol ishtirok etish huquqiga,
boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni
qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
33
Munozara texnologiyasi
Munozara uslubida o‘qituvchi talabalar orasidan yetakchi talabani tanlaydi.
Yetakchi esa munozara mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif etadi.
Yetakchi talaba munozara ishtirokchilariga muammo bo‘yicha «Aqliy hujum»
masalasini beradi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi. Yetakchi «Aqliy hujum»
vaqtida bildirilgan g‘oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlaydi. Bu
bosqichda yetakchi guruh qatnashchilarini har bir a‘zosi o‘z fikrini bildirishi uchun
sharoit yaratib beradi. Yetakchi ikkinchi bosqichga o‘tishdan oldin qisqa tanaffus
e‘lon qiladi. Ikkinchi bosqichda «Aqliy hujum» ishtirokchilari bildirgan fikr va
g‘oyalarni guruhlashtirib, ularni tahlil qilishga o‘tiladi. Tahlil orqali qo‘yilgan
vazifani eng maqbul yechimini topishga harakat qilinadi.
Nafis arra texnologiyasi
Ushbu uslubda darsda o‘rganiladigan mavzu nomi yozuv taxtasiga yoziladi va
qanday savollarga javob topilishi lozim ekanligi tushuntiriladi. Guruh talabalari 5-
6 kichik guruhlarga(boshlag‘ich guruh) bo‘linadi va har bir guruh o‘rganiladigan
material bo‘yicha alohida ma‘lum mavzularni oladi. Har bir guruh o‘rganiladigan
mavzu bo‘yicha oldindan tayyorlangan kerakli materiallar papkasi bilan
ta‘minlanadi. Boshlang‘ich guruhlar 10-12 daqiqa davomida taqdim qilingan
materialni o‘rganadi va muhokama qiladi. Natijada o‘qituvchi o‘ziga berilgan
mavzuni yaxshi biladigan 5-6 guruh ekspertlariga ega bo‘ladi. Keyingi bosqichda
har bir guruhdagi ishtirokchiga ma‘lum tartib raqami beriladi va tartib raqamlari
bir xil bo‘lgan talabalardan yangi(ekspertlar) guruhlari tuziladi. Mavzu
muhokamasining 15-20 daqiqasi davomida yangi ekspertlar guruhini har bir a‘zosi
oldingi guruhga berilgan mavzu mazmunini tushuntirib beradi. Natijada umumiy
mavzuni yaxlitligi bo‘yicha o‘zlashtirish ta‘minlanadi. Ekspertlar guruhining har
bir a‘zosi olingan axborotni ma‘lum bir vaziyatda qo‘llay olishini ta‘minlash uchun
mavzu bo‘yicha biror muammoli vaziyat guruhlarga beriladi va har bir guruh
ushbu muammoni to‘g‘ri yechimini topishi lozim. Muammo har bir ekspert
guruhida muhokamadan o‘tkazilgach guruhlarning sardorlari muammo bilan
guruhni tanishtiradi va uning yechimini ko‘rsatib beradi. Mashg‘ulot so‘ngida
34
talabalar bilimini tekshirib ko‘rish va baholash uchun o‘rganilgan material
bo‘yicha ekspress test o‘tkaziladi. Nafis arra usuli yordamida talabalar
o‘rganiladigan material bo‘yicha ma‘lum bilimga mustaqil ega bo‘lishi, jamoa
bilan ishlash malakasini olishi, axborot bilan almashish hamda jamoa bo‘lib qaror
qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Blis - o’yin texnologiyasi
Blis – o‘yin texnologiyasi talabalarni harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil
etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan fani asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan,
ma‘lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu
texnologiya davomida talabalar o‘zlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga o‘tkaza
oladilar, chunki bu texnologiya shunga to‘liq sharoit yaratib beradi. Blis-o‘yin
texnologiyasi talabalarga tarqatilgan qog‘ozlarda ko‘rsatilgan harakatlar ketma-
ketligini avval yakka holda mustaqil ravishda belgilab, so‘ngra o‘z fikrini
boshqalarga o‘tkaza olish yoki o‘z fikrida qolish, o‘zgalar bilan hamfikr bo‘la
olishga yordam beradi.
35
1.3. Oliy pedagogik ta’limda “Algoritmlash va dasturlash tillari” kursi
to’garak mashg’ulotlarida bilim va ko’nikmalarini shakllantirish yo’llari
(C++ misolida)
Ta‘limda fandan talabalarning fan asoslarini mustahkam va chuqur
o‗zlashtirishga bo‗lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish, o‗zlashtirilgan
bilimlarni amaliyotda qo‗llash, kasbga yo‗naltirishni amalga oshirish, qo‗shimcha
adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko‗nikmalarni shakllantirish, internet tizimi
yordamida axborot izlash, olish va qayta ishlashni o‗rgatish maqsadida o‗qitish
jarayonining yangi shakli qo‗shimcha mashg‗ulotlarni tashkil etish maqsadga
muvofiqdir.
Bugungi kunda kompyuter singari texnik vositalardan xususan,
kompyuterlarning mantiqiy fikrlay olish qobiliyatiga ega bo‘lgan avlodi ishlab
chiqarishda tadbiq etilmoqda. Masalan: dastur bilan boshqariladigan dastgohlar,
inson uchun havfli sohalarda kompyuterga asoslangan robotlar, atom
elektrostansiyalari yoki kimyoviy korxonalardagi texnik ta‘minot bunga misol
bo‘la oladi. Hatto kosmik kemalar ham kompyuter texnikasi va maxsus dasturlar
bilan boshqariladi. Talaba-yoshlarimizda kompyuterda ishlash ko‘nikmasi
shakllanib bo‘lgan. Kompter bilan haqiqiy ―muloqotga‖ kirishish uchun uning
―til‖ini bilish kerak. Biror narsani kompyuterda hal qilish uchun, avvalo, uning
algoritmini tuzib, so‘ng bu algoritmni kompyuter tushunadigan qonun-qoidalar
asosida yozish kerak. Bu yozuv dastur deb ataladi. Dastur tuzish jarayoni
dasturlash asoslari, dasturlash tillari, amaliy dasturlash sirlari bilan tanishadilar.
Magistrlik dissertasiyasining ushbu qismida biz namuna sifadida ―Yosh
dasturchi‖ to‘garagini tashkil etishga doir uslubiy ko‘rsatmalarga to‘xtalib o‘tamiz.
―Yosh dasturchi‖ to‘garagining maqsadi - talabalarga dasturlash tillari,
ularni o‘rnatish va dastur tuzish va natija olish bo‘yicha tegishli ko‘nikmalar hosil
qilishdan iborat.
36
―Yosh dasturchi‖ to‘garagining vazifasi - talabalarga dasturlash tillari,
ularning turlari, ularning imkoniyatlarini, ularni o‘rnatish tartibini, dasturlardan
foydalanish sirlari, dasturlash tillari muhitida dastur tuzish va natija olishni
o‘rgatishdan iborat.
Ushbu to‘garak o‘quv dasturida ko‘rsatilgan o‘quv rejalarga to‘garaklarga jalb
qilingan talabalarning bilim saviyalaridan kelib chiqqan holda to‘garak rahbarlari
tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
―Yosh dasturchi‖ to‘garak a‘zolari algoritm, va uning xossalari, algoritm
ijrochilari, algoritmlarni tasvirlash usullari, rekursiya va iteratsiya, algoritmning
murakkabligi tushunchasi, algoritm turlari, samarali algoritmlar ishlab chiqishning
asosiy usullari, algoritmik tillar, dasturlash tillari va ularning klassifikatsiyasi,
dasturlash tilining alifbosi, buruqlar tizimi va operatorlarini, chiziqli,
tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi dasturlar tuzishni, ob‘ektga yo‘naltirilgan
dasturlash tillari hakidagi, ob‘ektga yo‘naltirilgan loyihalash; ob‘ektlarni
loyihalash, ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash tili va unda dastur tuzishni bilishlari
kerak, algoritmning asosiy hossalari, algoritm ijrochilari, algoritmlarni tasvirlash
usullari, algoritm turlarini amaliyotga tadbiq qilishi va ularga doir sodda
masalalarni hal qila olishi, dasturlash tillari va ularning turlari, dasturlash tilining
buruqlar tizimi va operatorlarini qullagan holda chiziqli, tarmoqlanuvchi va
takrorlanuvchi dasturlar tuza olish, dasturlashning ob‘ektga yo‘naltirilgan
paradigmasi, ob‘ektga yo‘naltirilgan loyihalash haidagi masallarni algoritmini tuza
olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak, kasbiy sohasida uchraydigan turli hil
masalalarga algoritmlar tuza olishi, algoritmning turlarni farqlay olish, tasvirlash
usullariga oid misollar keltira olish, rekursiya va iteratsiya, algoritmning
murakkabligi tushunchalarni ajrat olishi, samarali algoritmlar ishlab chiqishning
asosiy usullari(balansirovka, dinamik dasturlash va boshqalar)ni amaliy qullay
olishi, biror bir dasturlash tillari va ularning turlarini farqlay olish, dasturlash
tillalari yordamida amaliy masallalarga dasturlar tuza olish, massivlar, grafik
operatorlar, satriy kattaliklar bilan ishlash, funktsiyalar va protseduralar, yozuvlar,
ro‘yxatlar, fayllar, modulli dasturlar haqidagi bilimlarni amalda qullay olish,
37
ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan foydalana olish, boshqarish
elementlari, oynalar, dialoglar; voqealar va habarlar, ob‘ektga yo‘naltirilgan
muhitlarda habarlarni uzatish va ularga ishlov berish, ob‘ektlar ierarxiyasi asosida
dasturlarni loyihalash malakalariga ega bo‘lishlari kerak.
Mashg‗ulotlar amaldagi o‗quv dasturining uzviy davomi sifatida informatika
fani o‗qituvchisi tomonidan o‗tilib, jurnalda rasmiylashtiriladi. Qo‗shimcha
mashg‗ulotning asosiy maqsadi talabalardagi fanga bo‗lgan qiziqishni
rivojlantirish, ularning darsda olgan bilimlarini to‗ldiruvchi bilim, malaka va
ko‗nikmalar bilan qurollantirishdan iborat. O‗tkaziladigan qo‗shimcha dars
mashg‗ulotlari asosiy dars jarayonida egallangan bilimlarni kengaytirish va
chuqurlashtirishga qaratilgan bo‗lishi lozim. Shundagina qo‗shimcha
mashg‗ulotlar dars mashg‗ulotlarining mantiqiy davomi bo‗lib xizmat qila oladi.
Qo‗shimcha mashg‗ulotlarning samaradorligini oshirish uchun o‗qituvchi
talabalarning bilish faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr
yuritish ko‗nikmalarni rivojlantirishga imkon beradigan o‗qitish metodlari, axborot
kommunikatsion texnologiya vositalari va axborot-ta‘lim resurslaridan foydalanish
tavsiya etiladi. Bevosita informatika fanidan dasturlash tillarini o‗rganishga, veb-
sahifalar tayyorlashga, taqdimot slaydlari yaratish sirlarini o‗rganishga
yo‗naltirilgan qo‗shimcha mashg‗ulotlar tashkil etish mumkin. Qo‗shimcha
mashg‗ulotlarda talabalar tomonidan asosiy dars jarayonida egallagan bilim,
ko‗nikma va malakalarini yanada kengroq egallashlari uchun imkoniyat yaratilgan.
Qo‗shimcha mashg‗ulotlarning maqsadi:
Informatika fanining turli sohalari bo‗yicha talabalarning bilimlarini
chuqurlashtirish va kengaytirish, informatikani o‗rganishga bo‗lgan
qiziqishlarini rivojlantirish, uzluksiz ta‘lim tizimining keyingi turlarida
o‗qishni davom ettirish yoki ongli ravishda kasb tanlashga yordam berish;
Axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib talabalarning
dunyoqarashini kengaytirish tabiatning moddiy birligini uning yaxlitligini
ilmiy tasavvur qilish;
38
Axborot kommunikatsion texnologiyalarini rivojlanishining ilmiy asoslariga
e‘tiborni qaratish, talabalarni turli dasturlash tillari imkoniyati bilan
tanishtirishga sharoit yaratish.
Qo‗shimcha mashg‗ulotlar uchun tavsiya etilayotgan yo‗nalishlarni belgilash
jarayonida amaldagi dasturni to‗laqonli bajarish, ayrim qiyin o‗zlashtirilayotgan
mavzularni kengaytirib o‗qitishg