Toshkent tibbiyot akademiyasi bukleti
description
Transcript of Toshkent tibbiyot akademiyasi bukleti
Asosiy vazifa - yuqori malakali umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
Akademiya qisqa satrlarda Yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega tibbiyot
hodimlarini tayyorlash maqsadida 2005-yilning
19-iyulidagi Prezident Islom Abdug‘aniyevich
Karimovning № PF 3629 sonli farmoniga muvofiq
Birinchi va Ikkinchi Toshkent tibbiyot institutlari bazasida
Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil etildi.
Akademiyani O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi va Rossiya
Fanlar Akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori,
professor Karimov Shavkat Ibragimovich boshqarmoqda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘plab o‘quv binolari,
klinikalar, sport majmualari va dam olish joylarini o‘z
ichiga olgan yirik o‘quv muassasasi hisoblanadi. Bu yerda
5700dan ortiq talaba tibbiyot sirlarini o‘rganmoqda.
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
www.tma.uz
100109 / Toshkent sh., Forobiy ko’chasi 2-uy+998 71 150 7825 / +998 71 150 7828 faksE-mail: [email protected] / [email protected]
“
MEN YUQORI MALAKALI TIBBIYOT XODIMI BO’LISH UCHUN TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASINI TANLAYMAN!
”
Bog’lanmoq:
+998 71 1507825
+998 71 1507829
Yuqori malakali umumiy amaliyot
shifokori tayyorlash
Asosiy vazifa
O‘quv-davolash, ilmiy-tekshiruv va tarbiya ishlari
bilan 1167 ta o‘qituvchi band etilgan. 200 ta fan
doktori, 448 ta fan nomzodlari, akademiklar, horijiy
akademiyalarning faxriy akademiklari, O‘zbekiston-
da xizmat ko‘rsatgan tibbiyot hodimlari, ta‘lim ish-
lari uchun turli Respublika mukofoti sohiblari mav-
jud. TTAda tibbiy-biologik, sanitar-gigiyenik, gu-
manitar va klinik fanlarga asoslangan 55 ta ka-
fedra mavjud. Akademiyada O‘zbekiston va
butun jahonda nom qozongan O‘zbekiston
Qahramoni sanaladigan yirik olimlar
ham faoliyat olib borishadi. Akademiya
tarkibida Urganch va Farg‘ona filiali,
akademik litsey va kollejlar ham
faoliyat yuritib kelmoqda.
ILMIY SALOHIYAT: AKADEMIKLAR - 2 / PROFESSORLAR - 97 / DOTSENT - 183 / ASSISTENTLAR - 357 / FAN DOKTORLARI - 176 / FAN NOMZODLARI - 396 / ILMIY SALOHIYAT - 70,2% /
DAVOLASH FAKULTETIMazkur yo‘nalish tibbiyot akademiyasining eng ko‘p talaba qabul
qiladigan fakulteti hisoblanadi. Ushbu yo’nalishga kirgan talabalar
inson salomatliligiga oid barcha sir-asrorlarni o‘rganib borishadi.
Ta’lim jarayoni 7 yil davom etadi, yetuk mutaxassis bo‘lish uchun
magistratura bosqichida 3 yil tahsil olishadi.
TIBBIY PEDAGOGIKA FAKULTETIMazkur fakultetda barcha sohalarda bo‘lgani kabi soha
o‘qituvchilari tayyorlanadi. Bu yo’nalish talabalari xuddi davolash
ishi fakultetida o’qiyotganlar kabi ta’lim olishsa-da, kelgusida
sohaga oid oliy o’quv yurtlarida o‘qituvchilik qilishi mumkin.
STOMATOLOGIYA FAKULTETIInson og‘iz bo‘shlig‘i, asosan, tish qismining kasalliklarini
davolovchi kasb egalari ushbu yo‘nalish bitiruvchilari hisoblanadi.
Bu kasb egalarining vazifalariga og‘iz bo‘shliqlari xastaliklarini
davolash, protez tishlar qo‘yish kabilar kiradi. Mazkur fakultet
talabalarining o‘qishi jarayoni 5 yil davom etadi. Magistratura
bosqichi esa davolash ishi kabi 3 yildan iborat.
HARBIY-TIBBIYOT FAKULTETTibbiy xizmat ofitserlari tayyorlash tizimini yanada
takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan. Fakultetga oliy
tibbiy ta’lim yurtlarning “Davolash ishi” yo‘nalishi
bo‘yicha o‘qishning 5 kursini bitirgan talabalar
2 yillik muddat bilan o‘qishga tanlov
asosida qa’bul qilinadi.
TIBBIY PROFILAKTIKA FAKULTETIKishi salomatliligiga ta’sir qiluvchi eng asosiy omillardan biri
tozalik va ozodalik hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalari,
davlat muassasalari va boshqa tashkilotlarda tozalik me’yorlarini
tuzish, ularning amalga oshishini nazorat qilish ushbu soha
vakillarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Sanitariya-epidimologiya
stansiyalarining (SES) mutaxassislari, asosan, shu fakultet
bitiruvchilari orasidan tanlab olinadi. Mazkur yo’nalish talabalari
dsdsd bakalavr bosqichini 6 yilda tamomlashadi.
OLIY MA’LUMOTLI HAMSHIRA FAKULTETIBu yerda shifokorlarning asosiy yordamchilari, hamshiralarning,
yuqori malakalilari tayyorlanadi. Ushbu fakultet talabasi bo‘lish
uchun abituriyentlar oldin tibbiyot kolleji yoki litseylarini
tugatgan bo‘lishi lozim. Mazkur yo‘nalish talabalari akademiyada
3 yil davomida ta’lim olishadi.