Toshkent masjidlari

81
O’zRFA ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI O’ktambek SULTONOV Toshkent masjidlari tarixi

Transcript of Toshkent masjidlari

OzRFA ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

Oktambek SULTONOV

Toshkent masjidlari tarixi

Yangi asr avlodi

2

Ushbu kitob Toshkent ma'naviy hayotining ajralmas qismi bolmish shahar masjidlari tarixiga bagishlangan. Unda masjidlar tarixi yozma manbalar, vaqfnomalar, arxiv hujjatlari va sayohatchilarning kundaliklarida aks etgan ma'lumotlar asosida tadqiq etilgan. Shuningdek, kitobda masjidlarni bunyod qilgan shaxslar, vaqf mulklari, masjid xizmatchilari haqida ham ma'lumotlar berilgan. Kitob masjidlar tarixini organishga qaratilgan ilk tadqiqotlardan biri sifatida taqdim qilinmoqda. Mas'ul muharrir: B.ABDUHALIMOV, tarix fanlari doktori

Taqrizchilar: O. BORIeV, tarix fanlari nomzodi A.JUMANAZAROV

Muallif mazkur kitobni nashr qilishda moddiy jihatdan komak bergan Rustamxon Kalonovlar oilasiga samimiy minnatdorchiligizni bildiradi

TOSHKENT 2010 Yangi asr avlodi

3

Sozboshi Ozbekiston deb atalmish ushbu zamin uzoq tarixga ega tamaddun beshiklaridan biri sifatida dunyo ahliga ma'lum. Bugungi kunda ozbekistonlik va xorijlik qadimshunos olimlar tomonidan olib borilayotgan arxeologik izlanishlar mazkur hududdagi ilk shahar madaniyati, davlatchilik an'analari, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koplab sohalaridagi rivojlanishning bir necha ming yillik tarixga ega ekanligini korsatmoqda. 2007 yil Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi Ta'lim, fan va madaniyat masalalari boyicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Toshkent shahrining Osiyo qit'asidan Islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilinishi yurtimiz otmishi va bugungi kuniga, qolaversa, poytaxtimizning mavqyeiga berilgan munosib baho boldi. Bu kongillarimizni faxru iftixorga toldirdi, xalqimizni bunyodkorlikka, yaratuvchanlikka ilhomlantirdi. Bunday maqomning berilishi oziga xos asosalarga ega, albatta. Yurtimizda yetishib chiqqan ajdodlarimizning Islom olamidagi ilm va ma'rifat, madaniyat rivojiga qoshgan ulkan hissasini bugungacha dunyo ahli katta hurmat bilan e'tirof etadi. Birgina Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marginoniy, Imom Moturidiy, Ahmad Fargoniy, Abu Lays Samarqandiy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugbek kabi ajdodlarimiz oz zakovatlari bilan insoniyat tarixidan orin oldi. Keyingi yillarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ushbu zaminda yuzlab buxoriylar, samarqandiylar, fargoniylar, xorazmiylar, nasafiylar, shoshiylar yetishib chiqqanligi va ozlaridan ulkan ma'naviy meros yozib qoldirganiklarini korsatmoqda. Bugungi kunda yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarni lol qoldirayotgan Samarqand, Buxoro, Termiz, Xiva, Margilon kabi qadimiy shaharlar ushbu zaminda otmishda shaharsozlik va madaniyat ham yuksak darajada rivoj topganligidan dalolat beradi. Otgan yillarda ularning muborak yubiley sanalari katta tantanalar bilan otkazildi. Toshkent ana shunday shaharlardan biri bolib, 2009 yilda uning 2200 yillik toyi keng nishonlandi. Toshkent dunyodagi qadimiy shaharlardan biri bolib, ozining ikki ming yildan ham uzoq otmishiga ega. Tarixchi olimlarning ta'kidlashicha, mazkur ikki ming yillik tarix ichida shahar Choch, Shosh, Binkent, Toshkent kabi turli nomlar bilan tilga olinsa-da, asrlar davomida mintaqadagi yirik siyosiy, iqtisodiy-madaniy markaz shaharlardan biri bolib kelgan. Jumladan, IX-XI asrlarda Toshkent boshqa ilmlar qatori hadis va fiqh ilmi ochoqlaridan biriga aylangan edi. Yozma manbalarda Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Abu Sa'id Iso ibn Solim Shoshiy, Abu Muhammad Ja'far ibn Shuayb Shoshiy, Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy, Abu Ali Hasan ibn Sohib ibn Hamid Hofiz Shoshiy, Abulays Nasr ibn Hasan ibn Qosim Shoshiy-Tunkatiy, Abu Ibrohim ibn Xuzaym ibn Qumayr ibn Xoqon Shoshiy kabi muhaddislar, Abu Bakr Qaffol Shoshiy, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy, Abulhasan Qosim ibn Imom Abu Bakr, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy kabi faqihlar oz davrining yetuk allomalaridan ekanligi haqida koplab ma'lumotlarni uchratish mumkin. Mintaqa xalqlari ma'naviy hayotida chuqur iz qoldirgan Shayx Zayniddin Kuhi orifon, Zangi ota, Shayx Xovand Tahur, Xoja Dovud, Xoja Ahror, Hofiz Kuhakiy kabi zotlarning hayot yollari va faoliyatlari ham Toshkent shahri bilan chambarchas bogliq. XVII-XIX asrlarda ham Toshkent madaniyat markazlaridan bolib, Toshkandiy nisbasi bilan mashhur bolgan tabobat, tarix, adabiyot, me'morchilik, xattotlik va kitobat ishining koplab bilimdonlari, ustalari yashab ijod qilganlar. Toshkent otmishda ozining madrasa va jome'lari, baland minoralari, korkam binolari bilan ham mintaqadagi boshqa shaharlardan qolishmagan. XV asrning ortalarida bunyod etilgan Toshkentdagi Xoja Ahror jome' masjidi kattaligi jihatidan Samarqandagi Bibixonim va Buxorodagi Kalon masjididan song uchinchi orinda turgan. Temuriylar davri yozma manbalarining guvohlik berishicha, bu davrda mazkur jome' yaqinida qad kotargan Xoja Ahror madrasasida Movarounnahr, Xuroson va qoshni olkalardan kelgan tolibi ilmlar tahsil olganlar. Mazkur ikki qadimiy inshoot bugungi kungacha yetib kelmagan bolsa-da, Qaffol Shoshiy, Shayx Zayniddin, Shayx Xovand Tohur, Yunusxon, Qaldirgochbiy maqbaralari, Baroqxon va Kokaldosh, Abulqosimshayx, Moyi Muborak madrasalari poytaxtimizga ozgacha qadimiylik va chiroy bagishlab turibdi. Taassufki, tarixning songi bir yarim asrlik zalvorli yillarida shahardagi aksariyat me'moriy obidalar qattiq zarar kordi va asl holida yetib kelmadi. Ayrim binolardan boshqa maqsadlarda foydalanildi, ba'zilari esa qarovsiz qolib vayronaga aylandi. Shukrlar bolsinkim, mustaqillikka erishilgandan keyingi yillarida hukumatimiz tomonidan yurtimizdagi, shu jumladan, Toshkentdagi tarixiy obidalarni ta'mirlash va obodonlashtirish ishlariga katta e'tibor qaratildi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2007 yil 20 fevralda Hazrati

4

Imom (Hastimom) jamoatchilik jamgarmasini qollab-quvvatlash togrisidagi qarori shahardagi qadimiy va fayzli goshalardan biri Hastimomda keng kolamda qurilish ishlarini boshlashga zamin yaratdi. Natijada qisqa fursatda Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Moyi Muborak madrasalari, Tillashayx jome' masjidi ta'mirlandi. Yangi Hazrati Imom jome' masjidi va Ozbekiston musulmonlari diniy idorasi binosi bunyod etildi. Hozirda Hazrati Imom majmuasi nomini olgan ushbu maskan xorijlik sayyohlar va yurtdoshlarimizning gavjum ziyoratgohiga aylangan. Shuningdek, Prezident I.A.Karimovning 2008 yil 2 apreldagi Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyini otkazish togrisidagi qarorining e'lon qilinishi ham shahar tarixini, qolaversa, tarixiyme'moriy obidalar, ziyoratgohlar otmishini keng kolamda organish, ularni obodonlashtirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga kotardi. Shu orinda ta'kidlash joizki, Toshkent shahridagi me'moriy obidalarni ta'mirlash va ularning atrofini obodonlashtirish bilan birga ularning tarixini organish ham dolzarb masalalardan biri bolib qolmoqda. Bu esa oz navbatida koplab yozma manbalar va tegishli tarixiy hujjatlar ustida keng kolamda izlanishlar olib borishni talab etadi. Taqdim etilayotgan ushbu kitob Toshkent me'moriy yodgorliklarining kopgina qismini tashkil etgan shahar masjidlar tarixiga bagishlangan ilk tadqiqot bolib, oquvchini Toshkent shahri masjidlarining qiziqarli tarixi, otmishi bilan tanishtiradi. Kitobda Toshkent shahridagi masjidlarning orta asrlardan bugungi kunga qadar bolgan tarixi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan chambarchas holda yoritilgan. Jumladan, unda shahardagi qadimiy Namozgoh, Shayx Xovand Tahur, Xoja Dovud, Xoja Ahror kabi taniqli shaxslar tomonidan qurilgan masjidlar hamda XVIII-XIX asrlarda bunyod etilgan Folodboy, Xotinmasjid, Yusufxon eshon, Eski Orda, Toraxoja qozi, Balandmasjid kabi yirik jome'lar, ularni qurdirgan shaxslar haqida qiziqarli va ayni vaqtda manbalarga asoslangan aniq ma'lumotlar orin olgan. Umuman olganda, mazkur kitobda Toshkent shahridagi masjidlarning otmishi hamda XIX asrdagi faoliyati yozma manbalar, masjidlarning vaqfnomalari hamda arxiv hujjatlari asosida ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Shu bilan birga masjidlarning Turkiston ASSR (1917-1924 yy.) va Ozbekistonning shorolar davridagi (1924-1991 yy.) holati hamda bugungi kunda saqlanib qolgan masjidlar bilan bogliq ma'lumotlar atroflicha tadqiq etilgan. Kitobda keltirilgan 1868 va 1884 yillarda Toshkent shahrida royxatga olingan masjidlar qaydnomalari bugungi kungacha ilmiy doiralarda e'lon qilinmagan edi. Mazkur nashr kohna shaharlarimizdagi masjidlar tarixini organish yolidagi ilk qadam bolib, Toshkent tarixi bilan shugullanuvchi mutaxassis tadqiqotchilar hamda shahar otmishiga qiziquvchi yurtdoshlarimiz uchun faydali kitob bola oladi, degan umiddamiz. muftiy Usmonxon Alimov, Ozbekiston musulmonlari idorasi raisi

5

Kirish Dunyo ahli Toshkentni Ozbekiston Respublikasi poytaxti hamda Osiyodagi siyosiy nufuzi baland, savdo-sanoati rivojlangan va yirik madaniy markaziy shaharlardan biri deb biladi. Islom konferensiyasi tashkiloti tarkibidagi Ta'lim, fan va madaniyat masalalari boyicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan 2007 yil Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti deb e'lon qilinishi natijasida shahar tarixini organishga bolgan e'tibor yanada kuchaydi. 2009 yilda esa Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyi munosabati bilan bir qator tadqiqotlar chop etildi. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda madaniy-ma'naviy yuksalish yolida olib borilayotgan keng kolamli ishlar jarayonida Toshkentning buguni va otmishi, uning islom olamiga daxldor tarixi tadqiqi yangi bosqichga kotarildi. Toshkentga islomning kirib kelishi Qutayba ibn Muslim1 nomi bilan bogliqdir. Arablarning shaharga dastlabki yurishlari 712-714 yillarga togri keladi va islom dini Toshkentda VIII asrning ikkinchi choragidan uzil-kesil qaror topdi. Keyingi davrlarda Toshkent Somoniylar (819-1005), Qoraxoniylar (992-1211), Xorazmshohlar (1077-1231), Temuriylar (1370-1510), Shayboniylar (15001601), Ashtarxoniylar (1601-1757) kabi hukmron sulolalar davlatidagi yirik shaharlar qatorida rivojlandi. 1723 yil qalmoqlar ta'siri ostiga tushib qolgan Toshkentda, qisqa muddatda tort dahaning mustaqil hokimlari, XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida esa Yunusxoja (1784-1803) va uning ogillari hukmronlik qildi2. 1803-1810 yillarda Qoqon xoni Olimxonning (1897-1810) bir necha yurishlaridan song Toshkent Qoqon xonligi tarkibiga qoshib olindi. Ana shu yillarda Toshkentning iqtisodiy-siyosiy, madaniy salohiyati, ayniqsa, strategik ahamiyati ortdi. 1865 yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, Orta Osiyoning savdo-sanoat va siyosiy-ma'muriy markaziga aylandi. Afsuski, keyingi yuz yil davomida yuz bergan tarixiy jarayonlar shahar qiyofasiga oz ta'sirini otkazmay qolmadi. Toshkent shahridagi tarixiy obidalarning aksariyat qismi ham ana shu yillarda vayrona holiga keldi. Ayniqsa, sovetlar davrida avjiga chiqqan dinga qarshi kurash harakatlari va shahar hududida olib borilgan zamonaviy qurilishlar Toshkentdagi bir necha asrlik madrasa va ziyoratgoh mozorlar hamda masjidlarning buzilishiga olib keldi. Bugungi kunda respublikada tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va asl holida ta'mirlash natijasidagi sa'y-harakatlar shahar otmishiga bagishlangan keng kolamdagi ilmiy izlanishlarni olib borishni taqozo etmoqda. Shu maqsadda olib borgan tadqiqotlarimiz mahsuli sifatida Toshkent shahrida XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yigirmadan ortiq madrasa, yuzga yaqin ziyoratgoh mozorlar hamda uch yuzdan ziyod masjidlar bolgani oydinlashdi. Ular orasida masjidlar shahar tarixini organishda muhim orin tutadi. Toshkent masjidlari uzoq asrlar davomida shahar aholisi ijtimoiy va ma'naviy hayotining ajralmas qismi bolib kelgan. Sobiq ittifoq davrida ayrim masjidlargagina tarixiy yodgorlik sifatida qaralib, koplari xarobaga aylandi yoki ularning binosidan boshqa maqsadlarda foydalanildi. Endilikda Toshkent shahrining otmishdagi hayotini yoritish uchun masjidlar hamda ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma'anaviy hayotda tutgan ornini organish dolzarb muammolardan biriga aylangani ma'lum bolib qoldi. Umuman olganda, masjidlar va ularning 14 asrlik tarixi islom hamda musulmon mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma'naviy hayotining ajralmas qismi sifatida yevropalik tadqiqotchilar tomonidan XX asrning boshlaridan keng miqyosda organila boshlangan. Bugungi kunga qadar dunyo musulmon mamlakatlarida masjidlarning jamiyat hayotida tutgan orni va ayniqsa, me'morchilik an'analari tarixiga bagishlangan koplab ishlar nashr qilingan3. Songi paytlarda XIX-XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi hududida masjidlarning jamiyat hayotida tutgan ornini organishga bolgan qiziqish chop etilgan ayrim tadqiqot va ilmiy-amaliy anjuman materiallarida ham kozga tashlanmoqda4.1

- (660-715) , 705-715 . 2 . --. ., 1992. .41-42. 3 , : nkal A., Bozkurt N., Evice S., ener M. Cami: I. Dini ve sosyokltrel tarihi. II. Mimari tarihi. III. Diniy hkmler // Trkiye Diyanet vakfi Islam ansiklopedisi. 7-cilt. Cafar as-SadikCiltilik. Istanbul, 1993. .46-92. 4 .., .. (XIX XX .). , 2005. 182.; (XVII . 1917 .). - (25 2006 ., . ). ,

6

Orta Osiyo masjidlari tarixi haqida mintaqa Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan keyingi yillarda Turkiston mahalliy matbuoti va turli nashrlarda ayrim ma'lumotlar e'lon qilinib turilgan. Lekin Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qoqon, Margilon, Toshkent shaharlaridagi masjidlar, asosan, XX asrning 20-80-yillarida mavjud mafkura qoliplaridan kelib chiqqan holda tadqiq etildi. Jumladan, IX-XX asr boshlariga mansub Orta Osiyodagi masjidlar arxitektura yodgorligi sifatida A.A.Semyonov, M.ye.Masson, A.K.Pisarchik, V.L.Voronina, Sh.ye.Ratiya, B.Kochnev kabi bir qancha tadqiqotchilar tomonidan organildi5. XX asrning 90-yillaridan Ozbekiston va qoshni respublikalarda masjidlar tarixiy yodgorlik va madaniy-ma'naviy meros sifatida keng miqyosda organila boshlandi. Bu davrdan boshlab e'lon qilinayotgan tadqiqotlarda masjidlarning me'moriy xususiyatlari bilan birga ularning tarixi, jamiyat hayotida tutgan mavqyeini yoritishga ham e'tibor qaratilmoqda6. Xususan, A.Abdurasulovning Xiva, mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan Qadimgi Kesh-Shahrisabz tarixidan lavhalar hamda A.Jumanazarning Nasaf nomli risolasida mazkur shaharlardagi masjidlar haqida ma'lumotlar tahlil qilingan. Rossiyalik tadqiqotchi P.P.Litvinov esa oz tadqiqotida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati va islom omiliga toxtalar ekan, Turkiston olkasidagi masjidlar faoliyatiga ham e'tibor qaratgan. Tadqiqotchi mazkur ishda Ozbekiston, Rossiya hamda qoshni respublikalardagi bir qator arxiv fondlaridagi hujjatlar asosida olkadagi masjidlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli borasida qiziqarli ma'lumotlarni qolga kirtgan bolsa-da, koproq yettisuv va Kaspiyorti viloyatlaridagi masjidlar xususida misollar keltirgan7. Bevosita Toshkent masjidlariga kelsak, shahar otmishiga doir koplab tadqiqotlar amalga oshirilganiga qaramay, turli sabablar bilan ularda masjidlar tarixi yetarlicha yoritilmagan. Toshkent shahri masjidlarini tadqiq etishda V.A.Bulatova, L.Yu.Mankovskaya, X.Polatov ularning me'moriy jihatlariga e'tibor qaratishgan8. Shuningdek, shahardagi masjidlarni organish va ta'mirlash ishlarini yolga qoyishda T.S.Stramsova, I.F.Borodina, N.I.Frenkel, I.Nurillaev, D.Parpijanov, A.F.Muhitdinov barakali xizmat qilgan9.2006. 312.; .. : . , 2007. 416 . 5 .. . . 1922 . // - . ., 1926. .1. .121-130; .. , -. , 1926. . 2-. 16 .; .. . , 1974; .. . (). ., 1938. .43-52; . . ., 1951; . . ., 1959; .. . ., 1950; . . ., 1976. .4. . 6 : . . ., 1996; - . ... ., 1998; . // SANAT. 1998. 1-3; . // . . .3. ., 1998. .75; . . ., 1999. .101,120; . // SANAT. 2005. 3. .7-9; . - XII-XV .: . . ... . . , 1999; .. // . ., 2001. .117-164; . // . . ., 2002. .70-72; .. .: . . ... . . ., 2006. .33; . (. XIX XX . .) // International conference on Islamic civilization in Central Asia. 4-7 September 2007. Astana. Kazakhstan. Astana, 2007. .2425; . // . -, 2007. .283-284; . . ., 2007. .86-123. 7 .. (1865-1917). , 1998. .81-93. 8 .., .. XIV-XIX . ., 1983; . ( XIX XX ).: . . ... . . ., 1994. .13. 9 .. . (). ., 1939-1940 .; .. . . (). ., 1954 .; .. . . (). ., 1953 .; . . . . (). ., 1976 . 17.; . . (). ., 1978.; .. . .1-2. (). ., 1981.; ., . , . (). ., 1998.

7

XIX asrga mansub Toshkent masjidlari tarixi bilan bogliq ayrim ma'lumotlar M.ye.Masson, A.Orinboev, O.Boriev, A.Muhammadkarimov, R.Shigabiddinov, U.Alimov, A.Ziyaev singari mualliflarning Toshkent tarixiga bagishlangan ishlarida hamda Toshkent ensiklopediyasining 1992 va 2009 yilgi nashlarida ham yoritilgan10. Tarixiy manbalarda Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoqon kabi boshqa shaharlarga nisbatan Toshkentning orta asrlardagi masjidlari bilan bogliq ma'lumotlar juda kamchilikni tashkil etadi. Toshkent masjidlari tarixi va ularning faoliyatiga doir asosiy ma'lumotlar XIX-XX asr boshlariga togri keladi. Organilayotgan davr Toshkent masjidlari haqida XIX asrda yashab otgan toshkentlik mualliflar Abu Ubaydulloh Toshkandiyning Xulosat ul-ahvol11 va Muhammad Solihxojaning Tarixi jadidayi Toshkand12 asarlari alohida ajralib turadi. Ayniqsa, Tarixi jadidayi Toshkand asari bu borada muhim ma'lumotlarni ozida jamlagan. Asar muallifi Muhammad Solihxoja Toshkent, Qoqon va Buxorodagi madrasalarda tahsil olgandan song Qiyot mahallasidagi Bekmuhammadbiy masjidida imomlik hamda maktabdorlik qilgan. Asarda keltirilgan Toshkent shahridagi Xoja Ahror tomonidan bunyod qilingan masjidlar, jome' va mahalla masjidlari, madrasalar va mozorlar qoshidagi masjidlar hamda Toshkentning qadimiy Namozgohi togrisidagi ayrim ma'lumotlar boshqa manbalarda uchramaydi. Asarda ba'zi masjidlar ularning imomlari nomi bilan ham eslab otilgan. Xiyobon darvozasi yaqinidagi eshon imom Hasanxon, Sayid Mahmudxon, Yusufxon eshon, Jarboshi mavzeida Abdurahim xalifa, Anhor yaqinida Abduzohirxoja eshon masjidlari shular jumlasidan bolib, ular togrisida arxiv hujjatlarida ham ma'lumotlar saqlangan. Masjidlarning saqlanib qolgan vaqfnomalari hamda turli mazmundagi qozixona hujjatlari ham Toshkent masjidlarining osha davrlarga oid tarixini organishda muhim va ishonchli manbalardan sanaladi. Mazkur hujjatlar masjidlarni qurdirgan shaxslar, ularning joylashgan orni, soni va faoliyatini yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shahardagi masjidlar tarixiga doir statistik ma'lumotlarni ozida aks ettirgan muhim manbalardan biri bu arxiv qaydnomalaridir. Ular XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asr boshlarida Toshkent shahri masjidlari tarixiga doir qimmatli manba bolib xizmat qiladi (bu haqda quyida batafsil toxtalib otamiz). Bundan tashqari, Toshkentga kelgan turli sayyohlar, elchilar hamda Turkiston general-gubernatorligi ma'muriyati olkashunos-tadqiqotchilarining safar kundaliklari, asarlarini ham ushbu manbalar qatoriga kiritish mumkin13. Mazkur tadqiqot Germaniyadagi Gerda Xenkel jamgarmasining (Gerda Henkel Stiftung) Markaziy Osiyo tarixini organishga qaratilgan ilmiy izlanishlar doirasida amalga oshirilgan Toshkent masjidlari faoliyatini ularning vaqf hujjatlari asosida organishga bagishlangan loyihaning bir qismini tashkil etadi. Shu sababli tadqiqotda avvalo vaqfnomalar, tarixiy asarlar va arxiv hujjatlaridagi Toshkent masjidlari tarixi, masjidlarni qurdirgan shaxslar haqidagi ma'lumotlar umumiylikda tadqiq etildi. Shuningdek, saqlanib qolgan masjidlar kozdan kechirilib, tadqiqot jarayonida ular haqida ogzaki ma'lumotlardan ham foydalanildi.10

.. (- - ) // . . 1954. 2. .104-132; ., . . ., 1983. .32-34; . . ., 1992; . . ., 2009; . . ., 2004; .. , XIX - XX ( ) // , : . .5. , 2005. .218-225; . (). ., 2008; . . . - . ., 2008. .45-46, 76. . : . // - . 2004. 3. .185-186; . XIX // . ., 2007. .265-267; . ( ). ., 2009. .163-172; . // 2200 . . ., 2009. .217-219; . // . . ., 2009. .319-322. 11 . -. ( - ), 2084. 12 . . . 11072, 11073. 13 .. / . . IV. ., 1876; .. 1866 . ., 1868; .. / .. . ., 1876; Hellwald F. Russen in Centralasien. Augsburg, 1873; Schuyler E. Turkestan. Notes of a Journey in Russian Turkestan, Khokand, Bukhara and Kuldja. Vol. I. New York, 1876; .. . . ., 1912.

8

Toshkent masjidlari haqida umumiy ma'lumotlar Masjid arabcha sajda qilinadigan joy ma'nosini bildirib, islomda ibodat amallari bajariladigan joyni anglatadi. Islom olamida ilk masjidlar Madina va keyinroq Makka shaharlarida qurilgani ma'lum. Dastlab, fath qilingan yangi yerlarda tez fursatlarda masjid qurish imkoni bolmagan. Shu sababli saroylar, boshqa turdagi binolarda namoz oqilgan va ularning holati (masalan, binolarning har xil suratlar bilan bezatilgani, haykallarning mavjudligi) ibodat uchun tosqinlik qilishi haqida jiddiy munozaralar yuzaga kelmagan14. Shu orinda islom olamida masjidlarning yuzaga kelishi va shakllanishi xususida qisqacha toxtalib otish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotlarga qaraganda, musulmon olkalarda masjidlar qurish Umaviy xalifalar hukmronligi yillarida (661-749) keng tarqalgan. Xususan, xalifa Valid (705-715) davrida, aniqrogi, 709 yilda Damashqdagi avliyo Ioan cherkovi ornida Vizantiyadan taklif qilingan ustalar ishtirokida katta masjid qurilgan. Vizantiyaliklar masjid me'moriy tuzilishiga ozlarining ellinistik uslublarini olib kirgan bolsalar-da, keyinchalik musulmon ustalar tomonidan ozlashtirilib, yangicha korinish kasb etgan. Ayni shu davrlardan ibodat uchun tanlanadigan binoning holati yoki quriladigan masjidlar yuzasidan ma'lum bir me'yorlar ishlab chiqilgan15. Orta asrlarda jome' va kichik masjidlar ozida musulmon shaharlarining eng muhim qiyofasini mujassam qilgan. Islom tamadduni tadqiqotchilaridan D.Surdel va J.Surdel ozlarining izlanishlari davomida, jome' masjidlar musulmon shaharlarining eng xarakterli jihati bolib, ularning mavjudligi shaharning mavqyei, kengayishi, demografik osishiga bevosita ta'sir qilganini qayd qilib otishgan edi16. Masjid binosining an'anaviy mehrob, minbar, maqsura va minoradan iborat bolgan korinishi VIII asr oxiri, IX asr boshlariga kelib uzil-kesil shakllangan. Xususan, mehrob masjidning qibla tarafiga ishlanadigan sajdagoh bolib, masjid qurilishida alohida ahamiyat kasb etgan. Minbar esa, jome' masjidlarda xutba oqish uchun moljallangan bolib, mehrobning ong tomonida turgan. Ilk minbar ikki zinali bolib, milodiy 628-629 yilda, Paygambarimiz (s.a.v.) xutba oqishlari uchun tayyorlangan. Aynan shu minbar dastlabki uch xalifa Hazrati Umar (r.a.), Hazrati Abu Bakr (r.a.), Hazrati Usmon (r.a.) davrida xutba oqish bilan birga hokimiyat ramzi ham sanalgan. Siyosiy jihatdan Kofa shahrida mustahkam ornashgan Hazrat Ali (r.a.) davrida sharoit taqozosi bilan ikkinchi minbar ishlatilgan. Oz navbatida dastlabki umaviy xalifa Muoviya ibn Abu Sufyon (661-680) Damashqda uchinchi minbardan foydalangan. Umaviylar davrida ham minbar xalifaning hokimiyat ramzi bolib xizmat qilgan. Xurosonda Umaviylar hukmronligiga qarshi boshlangan Abu Muslim boshchiligidagi qozgolon (747-750) yillarida Marv shahrida minbar masjidda voizlar va'z qiladigan orin sifatida paydo bolgan. IX asrdan boshlab esa minbar ilk korinishi holida barcha jome' masjidlarda ornatila boshlangan. Mezana ham dastlab masjidi Nabaviyning orqa tarafida, muazzin azon aytishi uchun bunyod qilingan. Mezana masjidlar qurilishida uning alohida tarkibiy qismi sifatida shakllangan va odatda minoraning, ba'zan darvozaxonaning yuqori qismiga ishlangan. Otmishda minora va mezanada azon aytish muazzin ovozini imkon qadar uzoqroqqa yetishini ta'minlagan. Ayni vaqtda musulmon olkalarda shuningdek, Orta Osiyoda me'morchilikning taraqqiy etishi jarayonida masjidlarning minora va mezanalari ularga ulugvorlik va kork bagishlab turgan. Maqsura masjid mehrobi va minbari yaqinida qurilgan va dastlab naqshlangan yogoch panjaradan iborat bolgan. Ma'lumotlarga kora, oziga qarshi kuchlar fitnasidan xavfsiragan xalifa Muoviya masjid minbari yonida ozi uchun ilk maqsura qurdirgan. Keyinchalik maqsura masjidlarning mehrobi yonida imomlarning va'z oqiydigan yoki qorilar qiroat qiladigan joy sifatida shakllangan. Ozbekiston hududida masjidlarning yuzaga kelishi mintaqada islom dinining qaror topishi bilan bogliq. Yozma manbalarda Orta Osiyo shaharlaridagi ilk masjidlar togrisida ham ayrim ma'lumotlar yetib kelgan. Xususan, Abu Bakr Narshaxiy ozining Tarixi Narshaxiy asarida yozishicha, Buxoroda birinchi masjid Qutayba b. Muslim tomonidan shahar qorgoni ichida, oldingi butxona ornida 713 yilda14 15

.. // . . .X. 1969. .145.

.. // . .I. . 2. -, 1922. .113-117; .. VII-XV . ., 1966. .87. 16 ., . . , 2006. .382, 387.

9

bunyod qilingan. Keyinchalik Qutayba b. Muslim odamlar Registon deb atagan shahar tashqarisidagi bosh maydonni iyd namozi oqiladigan joy qilgan17. Samarqanddagi dastlabki masjid esa Hazrati Xizr masjidi ornida bolgan18. Albatta, masjidlarning Orta Osiyoning boshqa yirik shaharlarida ham bunyod etilishi uzoq vaqt talab qilmagan. Jumladan, osha davrda Binket deb atalgan bugungi Toshkent shahri ham bundan xoli emas. Yozma manbalarda Toshkentning VIII-IX asrlardagi masjidlari togrisida batafsil ma'lumotlar yetib kelmagan bolsa-da, 15 gaga yaqin maydonni oz ichiga olgan, ark, shahriston va rabad qismlaridan iborat bolgan Binket shahrida ham boshqa musulmon shaharlarida bolganidek, jome' va mahalla masjidlari bolgani shubhasiz. Masalan, Binket shahri mudofaa devorlari haqida soz yuritgan IX-X asr arab muarrixlari Istaxriy, Maqdisiy va Ibn Havqal shahar arki yonidagi jome' masjid haqida ma'lumot beradi19. Keyinchalik ham shahar ichida mahalla masjidlari va jome' masjidlar soni oldingi asrlarga qaraganda ortib boradi. Xususan, XIII asrning ikkinchi yarmida bir necha bor Toshkentda bolgan Mulhaqot us-suroh muallifi Jamol Qarshiy oz asarida shaharda koplab masjidlar bolganligini ifodalash uchun Shosh mahallalarida 4000 dan ortiq masjid bor, deb ta'rif bergan edi 20. Tadqiqotchilarning fikricha, bu yerda masjidlar soni haddan tashqari borttirilgan yoki asar qolyozmasini kochirgan kotib adashgan bolishi ham mumkin. A.Ziyaevning fikricha, olib borilgan izlanishlar natijasida XIII-XIV asrlarda jome' masjid va mudofaa devori tashqarisida, janubi-garb tarafda joylashgan Namozgoh bolgani aniqlangan21. XIV-XVI asrlarda, ya'ni Temuriylar va Shayboniylar davri Toshkent masjidlari haqida ma'lumot beruvchi yozma manbalar kam bolsa-da, ularning ayrimlarini korsatib otish mumkin. Masalan, Shayx Xovand Tahurning (vaf. 1359 y.) bugungi maqbarasi joylashgan yerda va uning ogli Xoja Dovudning (XIV asr) Oqmasjid mahallasida qurilgan masjidlari, Xoja Ahrorning Chorsu bozori yaqinidagi jome'si va shahar mahallalarida bunyod qilgan masjidlari, Qaffol Shoshiy, Shayx Zayniddin, Zangi ota, Xoja Alambardor, Yunusxon maqbaralarida hamda Baroqxon, Kokaldosh (Darvishxon deb ham atalgan) madrasalarining tarkibiy qismlaridagi jome' masjidlar, Shayboniylar davrida qayta tiklangan qadimiy Namozgoh shular jumlasidandir. Shayx Zayniddin Kuhi orifon avlodi, Toshkentda tugilgan Muhammad Olim Siddiqiy (1564-1633) ozining yassaviya tariqati shayxlari hayot yoliga bagishlangan Lamahot min-nafahot ul-quds asarida yozishicha, uning bobosi Muhammad Darvishshayx (vaf. 1551y.)22 ham shaharda jome' masjid bunyod qilgan23. Bu kabi masjidlar Ashtarxoniylar davrida (1601-1757) ham faoliyat korsatgan. Qolaversa, tarixiy obidalar ustida izlanishlar olib borgan tadqiqotchi-arxitektorlarning fikricha, shahardagi Xayrabod eshon, Mu'in xalfa bobo masjidlarning bunyod etilishi XVIII asrga togri keladi. Toshkent masjidlarining XIX asrdagi holati yoritilgan manbalar juda xilma-xil bolib, quyida qisqa bolimlarda shahar masjidlari tarixining ayrim jihatlariga toxtalib otamiz. Masjidlar soni xususida. Yuqorida tilga olingan manbalarda keltirilgan ma'lumotlar bu davrda shahardagi masjidlar soni juda tez ortib borganini korsatadi. Buning asosiy sabablaridan biri shaharning kengayib borishi va undagi mahallalar soni ortishi bilan bogliq. 1735 yilda Ufaga kelgan toshkentlik savdogar Nurmuhammad Mulla Alimov osha vaqtda shaharda 40 ta jome' masjid borligini va mahalla masjidlari soni noma'lumligini qayd etgan bolsa, 1839-1840 yillarda Toshkentga kelgan rus elchisi K.Miller 150 ta masjid mavjudligini ta'kidlab otgan. Mazkur ikki ma'lumotni tahlil qilgan amerikalik tadqiqotchi J.Saxadeo Yunusxoja hokimligi davrida shaharda 40-150 ta atrofida masjid bolgan, degan fikrga keladi24. Umuman olganda, Toshkentda masjidlar qurilishining osishi bevosita chorhokimlik17

-. / . . .. ., 1991. .124, 127. 18 . / . ., 1991. .23. 19 // . . ., 2009. .123. 20 . // . . ., 1990. .30. 21 . . . - . .18. .15. 22 - , (1461-1532) . , . : ., . - - // - . 2006. 3. .194. 23 . - -. , 495. 140 . 24 Shado J. Russian colonial society in Tashkent, 18651923. Indiana University Press. 2007. .14.

10

bartaraf etilgandan keyin shaharda kechgan siyosiy jarayonlar bilan bogliq holda, quyidagi uch bosqichda davom etdi: 1. Yunusxojaning mustaqil hokimligi davri; 2. Toshkentning Qoqon xonligiga qoshib olingan davri; 3. 1865 yilda Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilingandan keyingi davr (1917 yilga qadar). Yuqorida ta'kidlanganidek, Toshkentda masjidlarning kopayishi, avvalo, shaharning kengayishi bilan bogliq. Yunusxoja ibn Hidoyatxoja (1784-1803) hokimligi va Qoqon xonlari noibi Lashkar beklarbegi25 davrida shahar hududi sezilarli darajada kengaygan, yangi binolar qurish va ta'mirlash ishlari olib borilgan. Shu sababli Yunusxoja hokimligi yillari va Toshkent Qoqon xonligi tarkibiga qoshib olingandan keyingi salkam yarim asr davomida masjidlar soni koplab qurilishi hisobiga emas balki, shaharning kengayib, yuzaga kelgan yangi mahallalarda ham masjidlar qurilishi, yaroqsiz eski masjidlarning ta'mirlanishi hisobiga ortgan, degan fikrga kelish togri boladi. Garchi, shaharda Qoqon xonlari tomonidan bunyod qilingan masjidlar haqida aniq ma'lumotlar uchramasa-da, deyarli barcha hokimlar qurilish ishlariga, ayniqsa, madrasa va masjidlar qurishga alohida e'tibor bilan qaragan. Shuning uchun ham shahardagi yirik masjidlarning (madrasa va maqbaralarning ham) bunyod etilishi yoki ta'mirlanishi Qoqon xonligi davriga togri keladi. Toshkentda masjidlar sonining tez sur'atlarda osishining iqtisodiy jarayonlar bilan bogliq tomoni ham bor. Buni XIX asrning ikkinchi yarmidan vaqfga bolgan munosabatning ozgarishi bilan ham izohlash mumkin. Ayni shu davrda masjidlar soni ularning koplab qurilishi natijasida ortib borgan. Masjidlarga vaqf mulklari ajratishdan keladigan iqtisodiy manfaatdorlik ham koplab masjidlar qurilishiga sabab bolgan va bu holat 1865 yildan keyin yanada ortgan. Kam mablagga ega bolgan kishilar ham mahallalarda kichik masjidlar qurib, ozlarining dokonlari, hovlilarini vaqf qilgan va odatda ozi yoki farzandlari mutavalli sifatida xojalik ishlarini yuritgan. Biroq, endigina kirib kelgan yevropacha bozor munosabatlariga bardosh berolmagan bunday dokonlarning inqirozga uchrashi ularning moliyaviy ahvoliga bogliq bolgan koplab masjidlarning ham yopilishiga olib kelar edi. Shuning uchun XIX asr ikkinchi yarmida Toshkent shahridagi masjidlar soni juda tez ozgarib turgan va manbalarda ham bu borada xilma-xil ma'lumotlar uchraydi. Masalan, V.Velyaminov-Zernov 1856 yilda yozgan tadqiqotida Toshkentda 310 ta masjid bolganini, P.P.Litvinov esa ozi toplagan arxiv ma'lumotlarga asoslanib 1865 yil istilo arafasida 380 ta masjid bolganini qayd qilganlar. 1866-1868 yillarda Toshkentda bolgan P.I.Pashino va A.P.Xoroshxin XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmida Toshkent shahrida 300 ta masjid bolgan deb xabar beradi 26. A.P.Xoroshxin toshkentlik suhbatdoshlaridan olgan oz ma'lumotlariga aniqlik kiritib, masjidlarning 260 tasi shahar ichida, 40 tasi tashqarisida deb korsatadi. Toshkent haqida oz kundaliklari va sayohatnomalarida yozib qoldirgan mualliflarning ma'lumotlariga tayangan nemis olimi F.Hyellvald esa shaharda 310 ta masjid bolgani haqida qayd qilgan27. Toshkent shahri tadqiqotchilaridan N.Maev ozining 1876 yilda e'lon qilgan Osiyo Toshkenti nomli maqolasida Beshyogoch dahasida 68 ta, Shayxontahur dahasida 60 ta, Kokcha dahasida 51 ta, Sebzor dahasida 10 ta katta masjid borligini qayd qilib otgan 28. 1890 yilga tegishli arxiv qaydnomalariga qaraganda, Shayxontahur dahasida 96 ta (shundan 30 tasi katta masjid), Sebzor dahasida 81 ta (47 tasi katta masjid), Kokcha dahasida 68 ta (35 tasi katta masjid), Beshyogoch dahasida 79 ta (30 tasi katta masjid) jami 324 ta masjid faoliyat korsatgan. Tadqiqotchi A.I.Dobrosmislov esa, Toshkent shahrida A.K.Geynsning XIX asrning 70 yillardagi qaydlariga kora 400 ta, ozining XX asr boshlarida olib borgan kuzatuvlariga kora, 349 ta masjid bolganligini ta'kidlab otgan29.25

, (1898-1808) ( ) , , , . , (1810-1822) (1822-1841) . , . , , . , () . 26 - . . .111; .. . .81; .. 1866 . .159; .. . .86. 27 Hellwald F. Russen in Centralasien. Augsburg, 1873. S.92. 28 .. . .260. 29 .. . .45, 321.

11

Bu davrga kelib shaharning yevropaliklar yashaydigan Yangishahar qismida ham masjidlar kopayib bordi. Xususan, 1873 yilda Yakshanba bozori30 yaqinida tatarlar tomonidan jome' masjid barpo etilgan. 1883 yilda masjidga katta minora ham qurilgan. 1911 yilga kelib Toshkentning Yangishahar qismidagi masjidlar soni 12 taga, 1912 yilda esa 16 taga yetgan31. Umuman olganda, Rossiya imperiyasida masjidlar musulmon aholining asosiy diniy muassasasi bolib, ularning juda katta qismi Turkiston general gubernatorligi hissasiga togri kelardi. Jumladan, XX asr boshlarida Turkiston olkasining 5 ta viloyatida 12733 ta masjid mavjud bolib, shundan 1503 tasini jome' masjidlar tashkil etgan. Masjidlarning katta qismi otroq aholi zich joylashgan Sirdaryo, Samarqand va Fargona viloyatlariga togri kelgan. Kaspiyorti va yettisuv viloyatlaridagi masjidlar esa butun Turkiston olkasidagi jami masjidning 10% ni tashkil etgan. XIX asr 2-yarmi XX asr boshlarida Toshkent shahrida faoliyat yuritgan masjidlarning turli davrlardagi taxminiy sonini dahalar boyicha quyidagi jadvalda korish mumkin. Dahalar 1868 105 78 1873 65 65 Arxiv hujjatlari 1889 39 32 32

Shayxontohur Sebzor

1890 96 81

1911 101 84

1912 107 94

1868 y. A.P.Xoroshxin 70 78

1876 y. N.A.Maev 60 10 ta katta masjid 51 68 -

Kokcha 60 63 21 68 67 68 60 Beshyogoch 54 55 38 79 71 71 75 Yangishahar 12 16 qismida JAMI 297 248 130 324 335 356 283 Taxm.189 Ayrim tadqiqotchilarning ishlarida Toshkent shahri masjidlari taxminan mahalla soniga teng deb olingan. Aslida bunday hisob-kitob bilan shahardagi masjidlar sonini aniqlashning imkoni yoq. Zero, kop hollarda bir mahallada 2-3 ta (ayrimlarida 4-5 ta) masjid bolgan. Bundan tashqari, barcha masjidlar ham ba'zi muammolar tufayli uzoq vaqt muntazam faoliyat korsatish imkoniyatiga ega bolmagan. Shu bilan birga shaharda masjidlar qurish hyech qachon toxtab qolmagan. Masjidlar, uni qurdirgan shaxs, mahalla yoki masjid imomi, ayrim eski masjidlar ta'mirlagan kishining nomi bilan atalishi ham shahardagi masjidlarning umumiy sonini aniqlashda ba'zi bir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Toshkent masjidlarning orta asrlardagi taxminiy soni xususida biror bir fikr aytish qiyin. Lekin 1865 yildan keyin amalga oshirilgan masjidlar sonini royxatga olish bilan bogliq hisob-kitoblar, turli mualliflarning kuzatuvlari bu muammoni qisman bolsa-da, hal qilish imkonini beradi. Shu sababli ozozidan Toshkentdagi masjidlar soni 1865 yildan keyin ortgan yoki kamaygani haqida savol tugilishi tabiiy. Izlanishlarimiz davomida qolga kiritgan Toshkent masjidlari soni bilan bogliq ma'lumotlarning quyidagi tahlili ma'lum ma'noda ushbu savolga javob bola oladi.

30

( ) XIX 70 . . 1883 , . . XX 30 . 1947 . 1991 , 1991 . : // . . ., 2009. .174. 31 . 1-, 13- , 976- , 10- . 32 (..).

12

Keltirilgan tahlil natijalari Rossiya imperiyasining hamda Shoro hukumatining Turkiston olkasida, xususan, Toshkentda masjidlar masalasida olib borgan siyosati ortasidagi farqni korsatadi (sobiq ittifoq davri Toshkent masjidlari haqida quyida alohida toxtalib otamiz). Masjidlarning qiyofasi va qurdiruvchilari. Organilayotgan davr Toshkent masjidlarining aksariyati an'anaviy tarzda togri tortburchak yoki tortburchak tarhda, usti gumbaz bilan yopilgan xonaqoh, ayvon, darvozaxonadan iborat bolgan. Ma'lumki, xonaqoh dastlab tasavvuf namoyandalarining qarorgohi sifatida ularning uylarida shakllangan33. XIX-XX asr boshlariga tegishli Toshkentdagi xonaqoh togrisida soz ketgan yozma manbalar, vaqfnomalar va arxiv hujjatlarida esa, odatda jome' yoki mahalla masjidlarining gumbaz bilan yopilgan asosiy qismi tushunilgan. Yirik masjidlarda minora (mezana), darvozaxona, hujra va darsxonalar ham bolgan. Tarixi jadidayi Toshkand asari va vaqf hujjatlarida shahardagi masjidlarning jilovxona, janozaxona, tahoratxona kabi boshqa tarkibiy qismlari ham tilga olingan. Shaharda katta gumbaz bilan yopilgan Xoja Ahror jome' masjidi, Qanoat otaliq qurdirgan Balandmasjid, Gulbozor, Orazaliboy (Xotinmasjid), Folodboy Tinchbofiy, Sharafiboy, Qaffol Shoshiy mozoridagi jome' alohida kozga tashlanib turgan. Jumladan, Qanoat otaliq qurdirgan Balandmasjidning gumbazi sakkiz burjli hashamatli qilib ishlangan34. Toshkent hokimi Lashkar beklarbegining zakotchisi bolgan Hakim devonbegi Ordada qurdirgan jome' ham shahardagi yirik masjidlardan sanalgan 35. Ayrim masjidlarning turli kattalikdagi minora-mezanalari bolgan. 1866 yilda Toshkentda bolgan rus sayyohi P.I.Pashinoning yozishicha, shahardagi masjidlarning aksariyati minorali bolgan. Pishiq gisht narxining yuqoriligi sababli ularning kopchiligi xom gishtdan qurilgan. Muhammad Solihxoja esa oz asarida mezanasi toshdan ishlangan masjidlarni ham tilga olgan. Islom me'morchiligi tadqiqotchilari masjidlarni turli tiplarga ajratganlar. Xususan, rossiyalik olima T.X.Starodub ozining doktorlik tadqiqotida islom olamidagi masjidlarning kolonna, ya'ni arab, ayvonli eroniy hamda markaziy orinni katta gumbaz egallagan turk-usmonli tipini alohida qayd qilib otgan36. Orta Osiyo masjidlari tadqiqotchilari esa ushbu mintaqa masjidlarini qurilish uslubiga kora quyidagi uchta asosiy guruhga ajratadi: 1. Qishki binosi (xonaqoh) bir tomondan ayvon bilan oralgan masjidlar: oldidan yoki yon tarafdan. 2. Qishki binosi ikki tomondan ayvon bilan oralgan masjidlar: odatda janubi-sharq yoki shimolisharq tarafdan. 3. Qishki binosi uch tomondan ayvon bilan oralgan masjidlar37. Toshkent masjidlarni me'moriy jihatlaridan tashqari boshqa talab va ehtiyojlardan kelib chiqib ham bir necha turkumlarga ajratish mumkin. Xususan, mavjud manbalardagi ma'lumotlarga asoslangan holda shahardagi masjidlarning qurilishi va joylashgan orniga kora quyidagi guruhlarga bolish mumkin: - jome' masjidlar; - iydgoh va namozgohlar; - mahalla va guzar masjidlari; - madrasalar tarkibidagi masjidlar; - mozor-ziyoratgohlar qoshidagi masjidlar. - bozorlar va rastalardagi masjidlar.33

: .. - ( ). , 2003. .45-92; .. , : , , // . ., 1989. .268-280. 34 . . 207 . 35 . -. 75 . 36 .. .: . . ... . . ., 2006. .27. : . : . . .: . . ... . . ., 2008. .13-14. 37 .. . .54; .. . .49.

13

Ayrim masjidlar qoshida madrasalar ham faoliyat korsatgan. Shayxontahur dahasida Oqchi mahalla masjidi, Sebzorda dahasida Taxtapul mahallasidagi Jumanbiy masjidi, Qangroqkocha mahallasidagi masjid, Kokchada dahasida Tursunota mahallasidagi Olimbek, Kallaxona mahallasida Muzaffarboy qurdirgan jome' masjid, Beshyogoch dahasidagi mulla Otaboyhoji kabi mahalla masjidlari shunday masjidlar sirasiga kirgan. Toshkent masjidlari ham hokimlar, amaldorlar, tasavvuf vakillari hamda mahalla aholisi kabi aholining turli qatlamlari tomonidan qurdirilgan va ularga vaqf mulklari ajratilgan. Toshkentda eng kop masjid bunyod bolishi Xoja Ahror Valiy nomi bilan bogliq bolib, XIX asrning ikkinchi yarmida shaharda 10 dan ortiq masjidning qurilishi mazkur shaxsga nisbat berilgan. Shuningdek, Folodboy Tinchbofiy (8 ta), Qosimboy Folodboy ogli (7 ta), Yusufxon eshon Mansurxon eshon ogli (5 ta), Poshshaxoja Ozbekxoja ogli (4 ta), Shodmonboy Ozbekboy ogli (4 ta) ham shaharda koplab masjidlar qurdirgan. Ayrim masjidlar esa oziga toq ayollar mablagi evaziga bunyod etilgan. Eski Jovada joylashgan qadimiy masjidlardan Xotinmasjid, Kokcha dahasining Chuqurqishloq mahallasida Tugma xotin, Beshyogoch dahasining Qogurmoch mahallasidagi Ochildiboy ayoli bino qilgan masjidlar shular jumlasidandir. Ayrim mahalla va bozorlar yaqinidagi masjidlar mahalla odamlari va bozor ahli tomonidan qurilgan. Arxiv hujjatlari ma'lumotlarini tahlil qilganimizda, 1868 yilda Shayxontahur dahasida royxatga olingan jami 105 ta masjiddan 14 tasi (13,3%) mahalla odamlari, 13 tasi (12,4%) tasavvuf namoyandalari, 57 tasi (54,2%) oddiy fuqarolar, 21 tasi (20%) turli amaldorlar tarafidan qurilganligi ma'lum boldi. Sebzor dahasida esa ayni shu yilda 88 ta masjid qayd qilingan bolib, ularning 3 tasi (3,4%) mahalla odamlari, 8 tasi (9%) tasavvuf namoyandalari, 59 tasi (67%) oddiy fuqarolar, 18 tasi (20,4%) turli amaldorlar tomonidan qurilgan. Qolgan ikki dahada ham deyarli shu korsatkichni korish mumkin. Shubhasiz, 1865 yildan song shaharda bir necha asrlardan buyon davom etib kelayotgan masjidlar bunyod qilib ishga tushirish bilan bogliq an'analarda ham kattagina ozgarishlar yuz berdi. Rossiya imperiyasida masjidlar ochishda oz faoliyati mohiyatiga kora tashqi ishlar vazirligiga boysunuvchi Xorijiy e'tiqodlar diniy ishlari Nizomiga (Ustav duxovnx del inostrannx ispovedeniy) amal qilinar edi. Biroq, ushbu Nizom Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilishidan ancha oldin qabul qilingan edi. Shu sababli ham olka ma'muriyati, xususan, general gubernator N.K.fon Kaufman (1867-1881/82) Nizomning olka sharoitiga mos tushadigan ayrim bandlarigagina tayangan holda ish yuritishni ma'qul topdi. P.P.Litvinovning fikricha, Nizomning yangi masjid ochish uchun murojaat qilgan fuqarolarning 200 kishidan kam bolmasligi va uning qurilish xarajatlari hamda faoliyatini ta'minlaydigan moliyaviy ta'minoti haqidagi batafsil bayonnoma taqdim qilishni kozda tutuvchi 261 modda yangi masjidlar ochish uchun asosiy mezon bolib xizmat qilgan38. Qolaversa, generalgubernatorlik tashkil etilgan yildan boshlab, masjid ochishni istagan musulmon aholining, avvalo, mahalliy rus ma'muriyatiga shahar yoki uezd boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilish tartibi ornatildi. Ular masjid ochish haqidagi murojaatnomaga oz munosabatlarini bildirgan holda keyingi bosqichga topshirar, murojaatnoma natijasi esa general gubernator qarori bilan yakun topardi. Bu masalaning ijobiy hal bolishida yuqoridagi ikkita mezondan tashqari yangi masjid uchun qurilgan (yoki tanlangan) binoning yaroqliligi ham muhim ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun ham yangi masjidlar qurish bilan birga eski va ta'mirga muhtoj masjidlar binolarini rekonstruksiya qilish masalasiga ham e'tibor qaratila boshlandi. Masjidlarni ta'mirlash ishlari viloyat harbiy gubernatori ruxsati bilan amalga oshirilishi belgilangan bolsa, yaroqsiz holga kelib qolgan masjidlar tegishli xulosalar berilgach, faqatgina general gubernatorning qarori bilan yopilar edi. Lekin, kundalik hayotda ushbu tartibqoidalar masjidlar faoliyati masalasini toliq qamrab olgan yoki bekamu-kost amalda bolgan deb aytish qiyin. Masjidlar va ijtimoiy-ma'naviy hayot. Ayrim tadqiqotchilar masjidlarning jamiyatdagi ornini islomdan oldingi otashparastlik dinida ibodatxona vazifasini bajargan olovxona bilan tenglashtirishadi39. Aslida musulmonlarni birlashtirgan masjidlarning jamiyat oldidagi vazifasi undan-da muhimroq va keng qamrovli bolgan. Masjidlar azaldan qavm jamoat shaklida mahalla, qishloq aholisining ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, ma'lum bir guruhga jamlagan. Ayniqsa, mahalla masjidlari mahalla-guzar aholisini ibodat paytida emas, balki turli marosimlar (toy, ma'raka va hokazo) va urf-odatlarni birgalikda bajarishida katta ahamiyat kasb etgan. Bundan tashqari, ulugvor jome' masjidlar qurish orqali hukmdorlar ozlarining islom olamida tutgan mavqyeini korsatishga intilishgan.38

: .. . .82-84; .. : . .386. 39 .. . .53.

14

Ayniqsa, jome' masjidlarda oqiladigan xutba katta siyosiy ahamiyatga molik bolib, pul zarb qilish kabi oliy hokimiyatga egalik ramzlaridan sanalgan. Hukmdorning xutbada chahoryorlardan song oz ismini qoshib oqitishi uning mustaqilligini bildirgan. Shuning uchun ham mahalliy hokimning xutbadan oz hukmdori nomini chiqarib tashlashi isyon sifatida baholangan40. Ma'lumotlarga qaraganda, Orta Osiyoning shahar va qishloqlarida mahalla masjidlari muayyan bir urug, qavm-qarindoshlarga qarashli bolishi va masjid jamoati qarindoshlik tizimi asosida tashkil topishi bilan xarakterlidir. XIX-XX asr boshlarida Xiva qozixona hujjatlarida korsatilishicha, aholining kelib chiqishi qaysi masjid qavmiga mansubligi asosida belgilangan. Bu holat qisman Toshkent masjidlari uchun ham xos. Aniqrogi, Toshkentda masjid qavmini bir kasbga mansub kishilarning tashkil etishi koproq uchraydi. Biror bir xunarmandchilikka moslashgan mahallalardagi masjidlar, asosan, shu kasb egalarini bir masjid qavmi sifatida oz atrofida jamlagan. Bozor va savdo rastalari yaqinlarida bunyod etilgan masjidlar jamoati asosan masjid atrofida savdo qiluvchi dokondorlardan iborat bolgan. Bu oz navbatida masjidlarga vaqf ajratish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlarida mazkur ijtimoiy guruh birdamligini mustahkamlashda muhim omil bolib xizmat qilgan. Masjidlarning shahar ijtimoiy-ma'naviy hayotidagi yana bir muhim vazifasi ularning qoshida yolga qoyilgan boshlangich ta'limni beruvchi maktablar faoliyati edi. Ularda, asosan, masjid imomi yoki alohida maktabdor muallimlik qilgan41. Jumladan, Tarixi jadidayi Toshkand asari muallifi Muhammad Solihxoja ham ozi imomlik qilgan Qoryogdi mahallasidagi Bekmuhammadbiy masjidi qoshidagi maktabda bolalarga ta'lim bergan. Hatto uning ozi ham boshlangich ta'limni mazkur masjidda, bobosi Muhammad Rahimxoja qolida olgan. Umuman olganda, XIX-XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi qol ostidagi bir qator musulmon olkalarda masjidlar boshlangich ta'lim maskani vazifasini ham otardi. 1896 yilda birgina Sebzor dahasining ozida 40 ta maktab faoliyat yuritgan bolib, ularda jami 1056 ta bola oqigan 42. Mazkur maktablarning aksariyati masjidlar qoshida tashkil etilgan va ularda asosan ogil bolalar tahsil olgan. Shaharning yevropaliklar yashaydigan qismida ham 1911 yilda 12 ta masjiddan 5 tasida maktab faoliyat yuritgan. Masjidlar qoshidagi maktablar olkada ta'lim sohasining Turkiston general-gubernatorligi Olka maorif boshqarmasi nazoratiga otkazilgandan keyin ham oz faoliyatini davom ettirgan. Turkiston olkasida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rus-tuzem maktablari va yangi ochilgan jadid maktablarining keng yolga qoyilishi bilan masjidlar qoshidagi maktablar qisqarib borgan. Shuningdek, masjidlar otmishda tasavvuf namoyandalari oz izdoshlari bilan zikr tushib, suhbatlar otkazadigan maskan ham bolgan. Jumladan, shahardagi yassaviylik tariqati vakillari haftaning belgilangan kunlarida masjidlarda zikr tushganlar. N.Maevning yozishicha, mazkur tariqat ahli dushanba kuni Xoja Ahrorning Kokchadagi masjidida, payshanba kuni Koshgar mahallasidagi eshon Sohibxoja masjidida, yakshanba va dushanba kunlari Arpapoya mahallasidagi Eshonxoja masjidida toplanib zikr tushganlar43. Muhammad Solihxoja ham shahardagi Xoja Ahror masjidlaridan Mahkama masjidida ushbu tariqat ahlining har dushanba kuni zikri arra bilan mashgulligini tilga oladi. Agar N.Likoshinning Toshkent eshonlari nomli tadqiqotida keltirilgan eshonlar faoliyatiga nazar tashlaydigan bolsak, ularning deyarli barchasi belgilangan hafta kunlarida shahardagi mahalla masjidlarida zikr bilan mashgul bolganliklarini korish mumkin. Jome' masjidlar, namozgohlar va yirik mahalla masjidlari shahar topografiyasi shakllanishida ham muhim orin tutgan. Kop hollarda masjid nomlari mahalla va kochalar, mavzelar nomlari bilan uygunlashib ketgan (Balandmasjid, Jirlik masjid, Kokmasjid, Oltinlik masjid, Sogalmasjid, Xishtmasjid, Xotinmasjid kabi). Ziyoratgoh mozorlar va madrasalarning tarkibiy qismi bolgan masjidlar bu kabi majmua yodgorliklarga ozgacha korinish olib kirgan. Yirik masjidlar va namozgohlar joylashgan mahallalar gavjumlashgan va mahalla kochalari kengayib, ularning atrofida dokonlar joylashgan guzarlar yuzaga kelgan. Bu joylar ayniqsa, juma va iyd namozlaridan song juda ham gavjum bolgan. Jumladan, atrofida Eshonquli dodxoh, Yunusxon madrasalari hamda Shayx Xovand Tahur mozori yaqinida joylashgan maydonda, Zangi ota mozorida juma namozidan song va hayit kunlarida xalq sayllari bolib turgan. Masjidlarning moliyaviy ta'minoti. Masjidlar faoliyatida ularga belgilangan vaqf mulklar katta ahamiyat kasb etgan. Ular, asosan, masjid quruvchisi, hokimlar va oziga toq kishilar tomonidan40 41 42 43

Ritter . Moscheen und Madrasabauten in Iran 1785-1848. Architektur zwischen Rckgriff und Neuerung. Brill, 2005. S.66. .. (1865-1924). ., 1960. .36. . 164-, 1- , 53- , 3-5-. . . .283-284.

15

ajratilgan. Vaqf madrasa, masjid, mozor, qorixona kabi musulmon muassasalar foydasiga belgilangan turli korinishdagi mol-mulk bolib, uning rasmiy-huquqiy hujjati vaqfnoma deb atalgan. Vaqfnomalar qozixonalarda vaqf qiluvchi voqif, qozi, a'lam, mufti va xolis guvohlar ishtirokida tuzilib, muhrlangan. Vaqfnomalar, ma'lum vaqt otgach, sharoit taqozosiga kora, (vaqfnomaning yoqolishi, yaroqsiz holga kelishi va boshqa sabablar bilan) yangilanib turilgan. Bir masjidga turli vaqtlarda turli kishilar tarafidan ham mulklar ajratilgan va ular uchun alohida vaqfnomalar tuzilgan. Vaqfning bir korinishida vaqf qilingan mol-mulk vaqf qiluvchi, ya'ni voqifning qolidan butunlay chiqib ketgan, ikkinchi korinishi esa voqifga vaqf qilinayotgan mulkdan kelayotgan daromadning bir qismini oziga olish imkonini bergan. Vaqf xojaligi ishlarini yurituvchi shaxs mutavallini belgilash va vaqf daromadini taqsimlash voqifning ixtiyorida bolgan44. Orta asrlar davomida vaqf mulklar masjidlarning asosiy moliyaviy manbai bolib xizmat qilgan va ulardan tushgan daromad asosan ikki maqsadda masjid va masjid xizmatchilari foydasiga taqsimlangan. Masjid foydasiga ajratilgan mablag odatda masjid binosi ta'miri, joynamoz, chirog, gilam kabilarga, xizmatchilari uchun ajratilgan mablag esa mutavalli, imom, sofi, qori, farrosh, sartarosh, qarovul, ba'zan masjid qoshidagi maktab talabalariga vaqf qiluvchi belgilagan shart asosida taqsimlangan. Ortamiyona daromad keltiradigan vaqf mulki ajratilgan masjidlarda mavjud sharoit hisobga olinib, vaqfnomada tushum masjidning birinchi ehtiyojlaridan ortsagina imom va sofiga ulush ajratilishi shart qilib qoyilgan. Masjidlarning doimiy faoliyat korsatishi uchun, avvalo, uning iqtisodiy ta'minoti muhim ahamiyat kasb etgan. Badavlat kishilar tomonidan bunyod etilgan masjidlar yoki tez-tez ziyoratchilar kelib turadigan yirik mozorlar yaqinidagi masjidlarning moddiy ta'minoti nisbatan yaxshi bolgan. Ortahol shaharliklar istiqomat qiluvchi mahalla masjidlari hamda vaqfsiz masjidlar kop hollarda moliyaviy tomondan qiynalib qolgan. Natijada moddiy jihatdan qiyinchilikka uchragan bunday masjidlar ta'mirsiz qolishiga hamda kundalik turmush tarzini otkazish imkoni yoqligi tufayli ularning xizmatchilari ketib, masjidlarning ma'lum bir vaqt ishlamay qolishiga sabab bolgan. Ayrim masjidlarning vaqflaridan turli sabablarga kora, masalan, 1865 yildan song ayrim vaqf yerlarining musodara qilinishi, yerlarning yaroqsiz holga kelishi, tegirmonlarning ariqlarda suv kelmasligi natijasida ishlamasligi kabi sabablar bilan ham keladigan tushumlar toxtab qolgan. Bundan vaqf mulki bor masjidlarning ham iqtisodiy ta'minot masalasida bir qator muammolar yuz berib turgani kozga tashlanadi. 1884 yilgi qaydnomalarga qaraganda, Toshkent shahrida royxatga olingan vaqfli masjidlarning ozi Beshyogochda 46 ta, Sebzorda 43 ta, Kokchada 23 ta, Shayxontahurda 13 ta, jami 125 tani tashkil etgan. Keltirilgan boshqa hujjatlardagi ma'lumotlardan yana shaharning Beshyogoch va Sebzor qismidagi masjidlar qolgan ikki dahaga nisbatan iqtisodiy jihatdan ancha yaxshi ta'minlangan degan xulosaga kelish mumkin. XIX asrga kelib, masjidlar vaqf mulklarini, asosan, Toshkent shahridagi (ba'zan Toshkent viloyati hamda Chimkent, Turkiston shaharlaridan ham) chakana savdo va hunarmandchilik dokonlari tashkil qilgan. Zero, katta mol-mulkka ega bolmagan ortahol kishilar ham kichikroq mablag evaziga dokonga ega bolib, biror bir masjidga vaqf qilaolgan. Bozor va mahalla guzarlaridan tashqari, masjidga tutash yerda va uning hovlisida ham dokonlar qurilib vaqf qilingan. Shuningdek, karvonsaroylar, tegirmonlar, objuvozlar, hammomlar, uy-joylar, ekinzorlar, boglar, changalzor-daraxtzorlar, qisman kitoblar va pul mablaglari ham belgilangan shartlar asosida vaqf qilingan. Vaqf sifatida belgilangan mulklar shahar iqtisodiy hayotini, ishlab chiqarish va savdo aylanmasining asosiy qismini tashkil qilardi. Toshkent shahri ichi va uning atrofidagi koplab dokonlar va boshqa turdagi kochmas mulklar masjidlarga vaqf qilinish bilan birga vaqf qiluvchiga oz mulkini uzoq vaqt daxlsiz ushlab turish va turli soliqlar miqdorini kamaytirish imkonini bergan. Albatta bu Turkiston general-gubernatorligi ma'muriyati e'tibor markazida bolgan. Shu sababli shahardagi masjidlar moliyaviy ahvolini aniqlash uchun 1868 va 1884 yillarda ikki marta faoliyat yuritayotgan va yopilgan barcha masjidlar maxsus komissiya tarafidan royxatdan otkazilgan. 1886 yil 17 noyabrda qabul qilingan imperiya qaroriga muvofiq, Turkiston olkasidagi vaqf xojaliklariga tegishli hujjatlarni 1887 yil 1 iyulga qadar tekshirish va tartibga solish haqida maxsus korsatma berildi. Kop otmay Turkiston olkasini boshqarish togrisidagi Nizomda ushbu vazifani bajarish viloyatlar boshqarmasi zimmasiga yuklatilgani alohida modda sifatida kiritildi 45. Natijada 18871888 yillarda boshqa vaqf xojaliklari qatori Toshkent shahri masjidlari vaqfnomalari ham haqiqiyligini44 45

. ? // . 1990. 2. .37-47.

. ( . . ). 1892 . : . 1, . 267.

16

qayta tekshirish va vaqf mulklarini taftish qilish bahonasida qayddan otkazilgan. Taftish jarayonida hukmdorlar yoki qozixona amaldorlari muhri bolmagan hamda vaqf qilinayotgan mol-mulklarning aniq chegarasi, sanasi korsatilmagan vaqfnomalar haqiqiy emas deb topilishi belgilab qoyildi. Bu esa olka ma'muriyatining oz manfaatlari yolida qilgan tadbirlaridan biri bolib, uning zamirida shahar iqtisodiy hayotining ajralmas qismini tashkil etuvchi masjidlarga vaqf qilingan katta yer maydonlari, koplab dokonlar va boshqa kochmas mulk shakllarini hisobga olish masalasi turar edi. Turkison olkasini boshqarish togrisidagi Nizomga muvofiq, yangi vaqf mulklarini ta'sis etish general-gubernator ruxsati bilan amalga oshirilgan. Masalan, 1890 yilda Chaqar mahallasida istiqomat qiluvchi Begimkalon Muhammad Rahimboy qizi mazkur mahallada joylashgan Xoja Ahmadboy masjidi foydasiga oz mulki bolgan yerni vaqf qilishga ruxsat sorab murojaat qilgan46. Begimkalon oz murojaatida 1884 yilda Xoja Ahmadboy masjidi qarshisidan 200 rublga sotib olgan 50 kv. sajen47 yer maydonida masjid uchun tahoratxona va vaqf sifatida bir dokon qurmoqchiligini bayon qilgan48. Shuningdek, xuddi shu yilda Kokcha dahasida istiqomat qiluvchi Muhammadjonxoja Ahmadjon ogli ham Kokcha darvozasi yaqinida ozi qaytadan qurdirgan masjidga Sebzor dahasida 1 ta, Beshyogoch dahasida joylashgan 2 ta dokonni vaqf qilishga ruxsat sorab murojaat qilgan49. Begimkalon va Muhammadjonxojaning iltimosnomalari Turkiston olkasini boshqarish togrisidagi Nizomning 286moddasiga muvofiq kelishi ta'kidlangan holda general gubernator mahkamasi tarafidan qondirilgan. Diniy urf-odatlar masalalariga qattiq aralashish natijasida Kavkazda kelib chiqqan muammolardan tegishli xulosa chiqarib olgan imperiya markazidagi, qolaversa, olkadagi amaldorlar imkon qadar Turkistondagi vaqf mulklariga tegmaslik siyosatini olib bordilar. Biroq, vaqf mulklari uchun belgilangan yangi tartib-qoidalar va turli tadbirlar butun olkada bolgani kabi Toshkentda ham masjidlar hamda boshqa muassasalarning vaqf mulklari kamayib borishiga olib keldi. Arxiv hujjatlari tahliliga kora, 1899-1900 yilda Toshkent shahrining tort dahasidagi vaqfli masjidlarning (qisman madrasalar ham) asosiy vaqf mulklari va yillik daromadi taxminan quyidagi korinishda bolgan. Dahalar Shayxontahur (40 ta mahalla) Sebzor (37 ta mahalla) Kokcha (29 ta mahalla) Beshyogoch (42 ta mahalla) Jami dokon 160 77 119 125 481 tegirmon 2 1 1 1 5 karvonsaroy 1 3 2 2 8 hammom 1 3 1 2 7 yillik (rubl) 4941 4738,70 2655,75 5281 17616,45 daromadi

Mazkur korsatkichda XX asr boshiga kelib, masjidlarning vaqf mulklari 15-20 yil oldingi davrga nisbatan ancha kamayganligini korish mumkin. Masjidlarning xizmatchilari. Masjidlarda, asosan, imom, muazzin, mutavalli, yirik masjidlarda esa farrosh, sartarosh va qarovul ham xizmat qilgan. Ular masjidlarning vaqf mulkidan belgilangan tartibda mablag bilan ta'minlangan. Imom otmishda va bugungi kunda ham aholi orasida imomga hurmat yuzasidan imom xatib, imom domla kabi nomlar bilan ham murojaat qilish urf bolgan. Dastlabki vaqtlarda, imom vazifasini bajaruvchi alohida shaxs yuzaga kelguniga qadar shahar hokimi yoki harbiy sarkardalar (qal'alarda) imomlik vazifasini bajargan50. Umaviylar davrida xalifalik markazi Damashqda namozda imomlik qilish xalifa qolida bolgan. Abbosiylar hukmronligi yillariga kelib, xalifaning namozda imomlik qilish an'anasi toxtatildi va poytaxt Bagdod jome'siga imomlik qilishga xalifa tomonidan islomiy ilmlarni46 47

. 17-, 1-, 32501- .

, 1835 1 152 176 , 213,36 . 48 - . 49 . 17-, 1-, 32500- . 50 .. // V-XV . ., 1982. .198

17

mukammal egallagan shaxslar tayinlandi. Shu vaqtdan imomlik alohida bir mansab sifatida shakllanib, ularga maosh berish yolga qoyilgan51. Lekin, imomlar maxsus maoshdan kora koproq vaqf daromadidan tegadigan ulush hisobiga kun korgan. Bu hol korib chiqilayotgan davrdagi Toshkent masjidlari imomlari faoliyati uchun ham taalluqlidir. Masjidlarning vaqfnomalari va arxiv hujjatlaridagi ma'lumotlarga qaraganda, masjid imomi asosan vaqfdan tegadigan ulush, shuningdek, maktabdorlik evaziga beriladigan haq hamda mahalla yiginlaridan ajratiladigan kop bolmagan mablag hisobiga oz tirikchiligini otkazgan. Imom, odatda, vaqf daromadining mutavalli haqqi chiqarib tashlangan qismidan ish haqi sifatida turli hajmda hissa (ulush) olgan. Juma namoziga va besh vaqtlik namozga alohida imomlar tayinlangan masjidlarda ularga alohida haq tolangan. Masjidda imom va xatib vazifasini alohida kishilarning bajarishi ham uchrab turgan. Bunday holatlarda imom besh vaqt namozga imomlik qilish, xatibga esa odatda juma namozlarida xutba oqish vazifasi yuklatilgan. Vaqf daromadi taqsimotida ham imomning ulushi xatibnikiga qaraganda koproqni tashkil etgan. Muazzin kitoblarda munodi, mukabbir, saih nomlari bilan atalib, ilk islom davrida u kishilarning vafoti xabarlarini yetkazish, takfin va tajhiz amallarini ham bajargan 52. Muazzin keyinchalik xalq orasida sofi va azonchi nomlari bilan yuritilgan va, asosan, musulmonlarni namozga chaqirish vazifasini bajargan. Orta Osiyoning aksariyat hududlarida bolgani kabi Toshkent masjidlarida ham sofi, odatda, ozining asosiy vazifasidan tashqari, masjiddagi boshqa vazifalarni ham ado etgan. Masalan, maxsus farrosh bolmasa masjidning ozodaligiga qarash yoki imomning topshirigi bilan boshqa yumushlarni ham bajargan. Aksariyat holatlarda sofining ma'lum darajada bilimga ega bolishi talab etilgan. Chunki, unga masjid qoshidagi maktab oquvchilarga dars berish ham topshirilib turilgan. Sofilar bu davrda toy va ma'rakalarni otkazish, mayyitni yuvish kabilarga ham mas'ul sifatida ish olib borganlar. XIX asrning 60-yillarida Toshkentda bolgan A.P.Xoroshxinning yozishicha, sofi masjid tushumining 1/4 yoki 1/5 qismi miqdorida ulush olgan. Lekin bu ma'lumot hamma vaqt va hudud uchun bir xil bolmay, har bir joyning oz imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilangan. Mutavallining zimmasiga vaqf mulklarini nazorat qilish, masjidning xojalik ishlarini yuritish kabi vazifalar yuklatilgan53. Bu ish kop hollarda vaqf qiluvchining ozi yoki uning avlodlari qolida bolgan. Mutavalli kopincha jami vaqf daromadining 1/10 qismi miqdorida ulush olgan. Lekin vaqfnoma shartiga qarab bu holat ozgarib ham turgan. 1897-1898 yillarda Turkiston olkasi ma'muriyati masjid va madrasalar vaqf xojaliklarida amalda hyech qanday vazifani bajarmaydigan va nomiga mavjud bolgan mutavallilarni qisqartirish masalasini ortaga tashladi54. Buning uchun Toshkent shahar boshqarmasi mutavalli vaqfnomadagi shart asosida emas, balki vaqf egalari orasidan saylash taklifini kiritdi. Bu esa oz navbatida asrlar davomida mavjud bolgan vaqf shartlariga birmuncha ozgarishlar olib kirar edi. Natijada vaqf mulklari daromadi 300 rublgacha bolgan masjidlarga ortiqcha mutavalli orinlarini bekor qilish majburiyati yuklatildi. Mutavalli vazifasi esa qavmning nazorati bilan masjid imomiga topshirilishi belgilab qoyildi. Arxiv hujjatlarida qayd qilinishicha, 1896-1897 yillarda shaharda 150 ta vaqf xojaliklarga ega bolgan muassasalar royxatga olingan. Ularning 126 tasi jome' va mahalla masjidlariga qarashli edi. Tilga olingan 150 ta vaqf xojaliklarida esa taftish ishlaridan song 152 ta mutavalli orni saqlab qolingan. Ushbu yildagi vaqf xojaliklarining bir yillik umumiy daromadi 18218,60 rublni tashkil etgan. Lekin, mustamlakachilik siyosati natijasida Toshkent shahridagi vaqf mulklari sekin-asta qisqartirilib borildi. 1899-1900 yillarga kelib shahardagi vaqfli masjidlarning (qisman madrasalar ham) asosiy vaqf mulklaridan kelgan daromadi 17616,45 rublga tushib qolgan.

51 52

Imam // Trkiye Diyanet vakfi Islam ansiklopedisi. 22-cilt. Ihvn-i-SafIskit. Istanbul, 2000. .178-179.

Mezzin // Trkiye Diyanet vakfi Islam ansiklopedisi. 31-cilt. MuhammadiyeMnzara. Istanbul, 2006. S.491; : . // . . .3. ., 1998. .100. 53 Mtevelli // Trkiye Diyanet vakfi Islam ansiklopedisi. 32-cilt. El-MncidNesih. Istanbul, 2006. S.217-222. 54 . 17-, 1-, 32520- , 14-.

18

Toshkentning XIX asrdagi jome' masjidlari X asrda Orta Osiyoning yirik shaharlarida katta-katta masjidlar, mahalla va guzarlarda hamda qishloqlarda kichikroq masjidlar bolgan. Shu bilan birga shaharlarda yirik masjidlar qurish davom etdi. Endi ular shahar yoki ma'lum bir hudud aholisi jamoa bolib namoz oqiydigan masjid vazifasini bajara boshlagan va jome' masjid deb yuritila boshlangan. Orta asr yozma manbalarida musallo, iydgoh, namozgoh kabi nomlarda masjidlar ham tilga olinadi. Aslida ular qurilish uslubiga kora bir biridan sal farq qilsa-da, jome' masjid kabi musulmonlarning Iyd al-qurbon va Iyd al-fitr hamda jum'a namozlarini ommaviy ado qilishlariga moljallangan. Xususan, jome' masjidlar, odatda, shahar markazi yoki aholi gavjum joylarda bunyod etilgan55. Jome'lar masjid vazifasini otash bilan birga yana boshqa muhim vazifalarni, xususan, xon va hokim farmonlarini aholiga yetkazish, qozilar hukm chiqaradigan mahkama kabi boshqa muhim vazifalarini ham bajargan. Qolaversa, ular orta asr shaharsozligida ham muhim orin tutgan. Bunday jome' masjidlar mintaqada keyinchalik hukmronlik qilgan sulolalar vakillari tomonidan deyarli barcha yirik shaharlarda qurilgan. Qoqon xonligi tarixnavislarining asarlaridagi ma'lumotlarga qaraganda, Norbotaxon, Olimxon, Umarxon, Muhammad Alixon Qoqon shahrida katta jome'lar qurdirganlar. Songi xonlar Xudoyorxon Qoqon shahri tashqarisidagi Qalandarxona mavzeida, Chust va Asaka shaharlarida, Nasriddinbek esa Andijon shahrida katta jome' bunyod ettirgan. Toshkent Qoqon xonligi tarkibiga qoshib olingandan keyin bu yerda ham xon noiblari hokimlar va badavlat kishilar tomonidan bir necha yirik jome'lar qurilgan, qadimiylari ta'mirlangan. Quyida Toshkentdagi ayrim jome' masjidlar va ularning tarixi bilan bogliq ma'lumotlarga toxtalamiz. Oltinlik jome' masjid. Mazkur jome' masjid Shayx Xovand Tahur nomi bilan bogliq bolib, bu haqda faqat Muhammad Solihxojaning Tarixi jadidayi Toshkand asarida ma'lumot keltirilgan. Muallif Shayx Xovand Tahur avlodidan bolgani bois ajdodlari orqali ogizdan-ogizga otib kelgan ma'lumotlarga tayangan bolishi ham mumkin. Umuman olganda, mintaqaning boshqa shaharlarida bolganidek, Toshkent shahrida ziyoratgoh mozorlar yaqinida joylashgan masjidlar aholining osha azizavliyo tomonidan bunyod qilingani togrisida turli naqllari yuzaga kelgan. Toshkentliklar orasida shaharda Kamolon darvoza mahallasidagi masjid Xoja Alambardor, Oqmasjid mahallasidagi masjid Xoja Dovud, Yalangqari mahallasidagi masjid Mirqurbonshayx azizon tarafidan bino qilgani bilan bogliq ma'lumotlar ham saqlangan. Tarixi jadidayi Toshkand asarida keltirilishicha, Shayx Xovand Tahurning hozirda mozori joylashgan yerga kelishi bilan bogliq quyidagi voqyea bayon qilingan. Unga kora, Dashti Qipchoq shahzodalaridan biri Shayx Umar Bogistoniy (vaf. 1291y.) ijozati bilan Toshkent shahriga, hozirgi maqbarasi joylashgan yerga kochib kelib ornashgan. Oz vaqtini mudom toat-ibodatda otkazgan shahzoda uyiga in qurgan qaldirgochlarni mehribonlik bilan parvarish qilgani uchun aholi orasida Qaldirgochbiy nomini olgan. U bu yerlar ozining vafotidan song Shayx Umar Bogistoniy xonadonidan bir kishining kochib kelishi bilan obod maskanga aylanishini bashorat qilgan56. Muallifning yozishiga kora, tahsil olish uchun bir qancha joylarda bolgan Shayx Xovand Tahur Toshkentga kelib, umrining oxirigacha shu yerda yashab qolgan. Asardagi ishoralarga qaraganda, aslida bu yerlar Shayx Umar Bogistoniyga qarashli merosiy mulklar bolgan ekan. Tadqiqotchilarning fikricha, IX-X asrlarda tasavvuf namoyandalari uyi ularning xonaqohi vazifasini otagan. Ayni vaqtda izdoshlarining kopayishi bilan alohida xonaqoh-masjid qurilib, atrofi kengayib borgan. Shayx Xovand Tahur xonaqohida ham ana shunday masjidlardan biri bolgani shubhasiz. Muhammad Solihxoja yashagan davrda Shayx Xovand Tahur tomonidan qurilgan masjid Oltinlik masjid nomi bilan mashhur bolib, nega bunday nom olgani asarda izohlanmagan. Garchi, masjid nomi binoning nima sababdan bunday atalgani haqida dastlabki tasavvurlarni bersa-da, Oltinlik sozining kelib chiqishini tahlil qilishni mazkur sohaning mutaxassislari e'tiboriga havola qilish bilan cheklanamiz. Shayx Xovand Tahur maqbarasi atrofining obodonlashib, kengayishi bevosita Xoja Ahror faoliyati yillariga togri keladi (bu haqda keyinroq toxtalamiz). Oltinlik masjidining Xoja Ahror tarafidan ikki bor ta'mirlangani xususida Tarixi jadidayi Toshkand asarida batafsil yozilgan. Jumladan, muallif shahardagi Eshonquli dodxoh madrasasi qurilishi haqida toxtalganda shunday yozadi: Sigir yilida (1256/1839-1840 yil) Eshonquli dodxoh57 ushbu [Shayxontahur] dahasida bir madrasa bino qildiki, uning joylashgan orni oldin bir tanob shar'iy keladigan hovuz bolib, Xoja Ahror55 56

.. (IX- XX.). ., 1980. .103. . . .183.

19

valiy uning tort tomonini jome' masjid va iydgoh qilgan edi. Lekin [masjidning asl] imorati Shayx Xovand Tahur asrida [bino bolgan] edi. Ulardan song Xoja Ahror ikki marta ta'mirlagan. Hovuzning garb tomoni butunlay xonaqoh va uning oldi ayvon edi. Hovuzning qolgan uch tomoni esa butunlay ayvon bolib, ustunlari va tosinlari shamshod daraxtidan, ustunlari ostiga esa Hazrat Nurota toglaridan keltirilgan marmar toshlar qoyilgan edi. Yunusxon podshoh [maqbarasi] gumbazi qulagan zilzilada [1245/1829-1830 yil] jome' masjid va [uning] tort tomonidagi imoratlar ham vayron bolgan edi. ...Ikki yildan song [1831-1832 yil] janob sayodatpanoh, Shayx Xovand Tahur avlodi Xoja Kalon eshon Toshkandiy uning yogochlari va ustunlarini yer ostidan oldirib, Langar deb atalgan qadimiy hovuzning shimol tomoniga [yangi] jome' masjid bino qildi. Imorat xarajatini Shayx Xovand Tahur mozoriga tushgan nazr-niyoz va ba'zi sarfini ozining dehqonchiligi [daromadi]dan xarjlab nihoyasiga yetkazdi. Osha tabarruk bir tanoblik Langar hovuzining tort tomoniga madrasa qurdirgan Eshonquli dodxoh hovuzni tuproq bilan toldirib, madrasa sahniga aylantirdi va madrasa tashqarisida, Yunusxon podshoh [mozori]ning garbida yangi bir tanoblik hovuz bino qildi va uch tarafidagi hujralar bitkazildi. Darvozaxona va peshtoq, miyonsaroy hamda Xoja Kalon eshon Toshkandiy masjidining shimol tarafi bitmay chala qoldi. Darsxona va uning masjidi tugallandi. Magfur va shahid Sayid Mallaxon odilning omonlik zamonida (1858-1862) imorat ta'mirini oxiriga yetkazish togrisida sayidlar ogohi, oz davrining sarasi, zamonining shar'iy bilimlar bilimdoni va davrining muhtasibi Eshon Sharifxoja rais qozi ul-quzzot nomiga Mallaxon saroyidan farmon va inoyatnoma keldi. Uning bir tomoni ta'miri sarfi ozining vaqfidan xarajat qilinib tamomiga yetkazildi. [Masjid] hujralar va darvozaxonadan iborat58. Keyingi bor esa, Toshkentdagi Xoja Ahror masjidlari haqida toxtalganda: [Shayxontahur dahasidagi] Xoja Ahror valiy masjidlarining beshinchisi Shayx Xovand Tahur mozoriga tutash, mozorning shimol tarafida bolgan va ularning [Shayx Xovand Tahur] maqbaralari devoriga tutash. Bu besh vaqtli masjidning asl imoratini Shayx Xovand Tahur qurdirgan, daha aholisi orasida Oltinlik masjid nomi bilan mashhur edi. Keyinchalik, Shayx Xovand Tahurning nabiralari,59 Xoja Ahror valiy maqbara va masjid devorlarini pishiq gishtdan barpo qilib, xonaqoh, ayvon va maqbara boshida yana bir ayvon ham bino qildilar. Masjidning binosi ayvon bilan bir tarhdir60 deb yozadi Muhammad Solihxoja. Asarda keltirilgan ma'lumotlarga e'tibor berilsa, muallif aynan bir masjid haqida soz yuritgani ma'lum boladi. Demak, dastlab Shayx Xovand Tahur tomonidan qurilgan masjid keyinroq Xoja Ahror tomonidan qayta ta'mirlanib, jome' masjidga aylantirilgan. Aslida mazkur masjid Shayx Xovand Tahurning shaharning shu qismiga kelib ornashgan davrlarda bunyod qilinib, osha vaqtlardayoq jome' masjid vazifasini bajargan bolishi ham mumkin. 1485 yilda Xoja Ahrorning qollab-quvatlashi sababli vaqtinchalik Toshkent boshqaruvini qolga kiritgan Moguliston xoni Yunusxon (1462-1487) Shayx Xovand Tahur mozori hamda u bilan bogliq inshootlarga katta e'tibor bilan qaragan61. Zero, Yunusxon musulmon hukmdor sifatida taqvodorligi bilan Xoja Ahror e'tiborini qozongan. Ular 1482 yilda Fargonada, 1485 yilda esa Toshkentda ikki bor uchrashgan. Yunusxon Xoja Ahror muxlislaridan bolib, vafotidan song Shayx Xovand Tahur mozoriga dafn qilinishi ham shu bilan bogliq. Yunusxonning ogli Sulton Mahmudxon (1487-1503) davrida ham Shayx Xovand Tahur mozoridagi inshootlar atrofi obod bolgan. Yozma manbalarda Oltinlik masjidining XVI-XVIII asrdagi holati haqida aniq ma'lumotlar uchramasa-da, Toshkentning mustaqil hokimi Yunusxoja ibn Hidoyatxoja davrida unga katta e'tibor qaratilgani shubhasiz. Chunki, ozini Shayx Xovand Tahurning on beshinchi avlodi (ba'zi ma'lumotlarga qaraganda on oltinchi) avlodi deb hisoblagan Yunusxoja katta harbiy-siyosiy mavqyega ega edi. Ayni paytda u Toshkent va uning atrofidagi aholi orasida koplab muridlarga ham ega bolgan. Shuning uchun57

- ,. . . 58 . . 205-206 . 59 . , . 60 . . 209 . 61 - , . (1409-1447) 13 (. 1457 .) . , , . , . : . // - . ., 2. .107-109.

20

ham Yunusxoja hokimligi davrida Oltinlik masjidi shahardagi katta jome'lardan biriga bolgan deb aytish mumkin. XIX asrda Shayx Xovand Tahur maqbarasi joylashgan mahalla shaharning eng obod va gavjum goshalaridan biriga aylangan. Shayx Xovand Tahur majmuasi va uning atroflari shahardagi masjidlar eng kop qurilgan joy bolib, yozma manbalar va arxiv hujjatlarida qayd qilinishicha, turli yillarda Zanjirlik, Avrod, Xotinmasjid, Langar, Garibboy, Saidazimboy, Poshshaxoja Ozbekxoja ogli, Boqishayx va Zarifshayx, Toraxoja qozi tomonidan qurilgan masjidlar mavjud bolgan. Yuqorida tilga olinganidek, Shayx Xovand Tahur davrida bunyod bolgan masjidda XIX asrning 30-60-yillarida Xoja Kalon eshon Toshkandiy tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilib, Mallaxon zamonida Eshon Sharifxoja qozi sa'yi harakatlari bilan yakunlangan. Xoja Kalon eshon ta'mirlagan masjidga kelsak, u 1868 yilgi arxiv hujjatlarida Zanjirlik mahallasidagi masjid sifatida royxatga olingan. Lekin, aholi orasida Oltinlik masjid nomi bilan ham atalgan bu masjid XIX asrning 90-yillarida ham shu nom bilan tilga olingan. N.S.Likoshin 1898 yilda Shayxontahur mozoridagi Oltinlik masjidining katta oqsoqol Inogomxoja tarafidan ta'mirlangani va masjidda kelib chiqishi Shayx Xovand Tahur avlodidan bolgan Usmonxoja Yahyoxoja ogli har payshanba kuni peshin namozidan song jahriya zikri otkazganini qayd qilgan edi62. Mazkur muallif Shayx Xovand Tahur mozori yaqinidagi masjidlar haqida toxtalib, Saidazimboy va Zanjirlik masjidlarida tozalikka katta e'tibor qaratilishi haqida yozar ekan, bu borada ular Inogomxoja eshon oqsoqol tarafidan yangilangan chiroyli Oltinlik masjidiga teng kela olmasligini ham ta'kidlab otgan edi63. Oltinlik masjidi XX asr boshlarida ham mavjud bolgan, taxminan otgan asrning 30-60-yillarida Shayx Xovand Tahur majmuasida olib borilgan qurilish ishlari vaqtida buzib tashlangan. Xoja Ahror jome' masjidi. Ma'lumki, ona tomondan Shayx Xovand Tahurning avlodi bolgan Xoja Ahror (1404-1490) ozining yoshlik yillarini Toshkentda otkazgan. Keyinroq Samarqandda madrasa tahsilidan song Toshkentga qaytib, ziroatchilik va savdo bilan ham mashgul bolgan. Xoja Ahror temuriy Sulton Abu Sa'id (1451-1469) davrida yana Samarqandga taklif qilinib, oz hayotining kop qismini shu shaharda otkazgan bolsa-da, Toshkent madaniy-ma'naviy hayotida ham chuqur iz qoldirgan. Shu sababli Xoja Ahror nomi keyingi asrlarda ham Toshkent ma'naviy muhitida muhim orin tutardi. Toshkentdagi Xoja Ahror nomi bilan bogliq koplab masjidlar haqida Tarixiy jadidayi Toshkand asarida kengroq ma'lumotlar keltirilgan bolib, ular bizga ushbu masjidlarning XIX asrdagi qiyofasini tasvirlab beradi. Xoja Ahror jome' masjidi esa Toshkent masjidlari orasida alohida ajralib turgan va u shahardagi yirik hamda qadimiy me'moriy inshootlar sirasiga kirgan. Mazkur jome' masjid 1451 yilda qurdirilgan. Kop otmay, 1454 yilda uning yaqinida Xoja Ahror madrasasi ham bunyod qilingan64. Oz vaqtida ushbu jome' va madrasaga Xoja Ahror tomonidan Toshkent viloyatida Kuzak, Nayman, Qorasuf yeri, Qorasufi kalon, Bulugsuf, Oqqorgon, Xatnaylik, Hoji doruga, Qongroq, Qoraxitoy kabi yigirmaga yaqin qishloqlardagi mulklar vaqf qilingan edi65. Muhammad Solihxojaning yozishcha, Xoja Ahror jome' masjidi Chorsu bozori boshida, Boboi Obrez qabrining garbida joylashgan va u Kokaldosh hamda Xoja Ahror madrasalari, bozor dokonlari bilan tutash bolgan. Uning yonidan shahar ichidan oqib otuvchi uchta ariqdan biri Shayxontohur arigi oqib otgan66. Tarixi jadidayi Toshkand asarida keltirilgan ma'lumotlarga kora, Xoja Ahror jome' masjidi binosining shimoliy va janubiy tarafida 22 ta ravoq va 22 ta gumbaz, janubi sharqida esa, 14 ta ravoq va 14 ta gumbaz hamda garb tarafi ortasida bir peshtoq, katta gumbaz va gishtli, burji naqshlangan mehrob, janubiy va janubi-sharqiy tomonida esa darvozalari bolgan. Toshkentdagi Xoja Ahror jome' masjidi (tarhi 91,0x35,6m, balandligi 20,0 m) kattaligi jihatidan Samarqanddagi Bibixonim (tarhi 167/109

62 63 64 65

.. . .11. .. : . , 1916. .226. . ., 1988. .162.

.. XV-XVI . ( ). ., 1974. .297-298. 66 . , , .

21

m) va Buxorodagi Kalon masjididan (tarhi 126,5x81,4m) keyin Ozbekistondagi eng katta jome' masjidlarning uchinchisi bolgan67. Turli davrlardagi tabiiy ofatlar, ayniqsa zilzilalardan zarar korgan ushbu jome' masjid bir necha bor ta'mirlangan. Xususan, Qoqon xoni Sheralixon (1842-1845) davrida Solihbek dodxohning shaxsiy mablagi va Xoja Ahrorning vaqf yerlaridan tushgan mablag hisobiga ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan68. Masjidning gumbazi Toshkentda yuz bergan 1866 yildagi zilzilada ham qulab tushgan va qayta tiklangan. Muhammad Solihxojaning yozishicha, Shayxontahur kochasidan otuvchi Katta kochadagi imoratlar va bozorda, unga yaqin kochadagi dokonlar hamda Shayx Shibli arigidan sharqdagi yerlar Xoja Ahror jome' masjidi va madrasasining vaqfi bolib, ularni Xoja Ahror avlodlaridan Musaxontora Sayidxontora boshqargan. 1884 yilda masjidning atrofi va bozor ichida 102 ta dokondan yiliga 120 som, masjid yaqinidagi Solihbek dodxoh avlodlariga qarashli bir saroydan yiliga 120 som jami 240 som vaqf daromadi hisobiga faoliyat korsatgan. Bu vaqtga kelib vaqf mulklarini boshqarish Sayidxontoraning boshqa bir ogli Mominxontora qolida bolgan69. Xoja Ahror jome' masjidi 1885-1888 yillarda olka ma'muriyati tomonidan 13208 rubl mablag sarflanib ta'mirlangan. Jome' masjidning 1888 yil 29 iyul juma kuni bolib otgan ochilish marosimida Turkiston general gubernatori N.O.Rozenbax (1884-1888), shahar qozilari Muhiddinxoja qozi, Azizlarxoja qozi, Sharifxoja qozi, Xudoyorxonning Toshkentda istiqomat qilayotgan ogillaridan Sayyid Aminbek, Sayyid Umarbek, Shahrisabz va Kitob beklari Jorabek va Bobobek hamda boshqa taniqli kishilar ishtirok etgan. Masjidning ochilish marosimida Sebzor daha qozisi Muhiddinxoja Hakimxoja qozikalon ogli tantanali nutq sozlab, shaharliklarni qutlagan70. Xoja Ahror jome' masjidi 1917-1924 yillarda, shaharda kechgan siyosiy voqyealar jarayonida ham tarix sahifasida qoldi. Xususan, 1917 yil 27 noyabrda Qoqonda muxtoriyat e'lon qilinganidan song, osha yilning 6 dekabrida Xoja Ahror jome'sida muxtoriyatni olqishlab otkazilgan mitingda minglab toshkentliklar ishtirok etgan edi. Voqyea guvohlarining yozishicha, Saidgani Mahmud raisligida va mahalliy siyosiy arboblar Munavvar Qori Abdurashidxonov, mulla Odil, Sherali Lapin ishtirokida otkazilgan ushbu mitingda 60 ming kishi qatnashgan, masjidning ichki sahni va tomi odamlar bilan tolib ketgan71. Kokaldosh madrasasidan 40 metr shimoli-sharqda bolgan Xoja Ahror jome' masjidi binosi yaroqsiz holga tushib qolgani sababli 1954 yilda buzib tashlangan. Masjid Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 26 yanvaridagi farmoyishiga asosan qayta tiklandi va 1998 yil 16 iyulda royxatdan otkazilib, foydalanishga topshirildi72. Masjidning XX asr boshidagi qiyofasini esa faqat osha davr fotograflari olgan suratlarida korishimiz mumkin73. Shu orinda shahardagi Xoja Ahrorning shahardagi boshqa masjidlar togrisida kengroq ma'lumot berish maqsadga muvofiqdir. Zero XIX asr Toshkent masjidlari haqida soz ketganda, shahardagi Xoja Ahror nomi bilan bogliq masjidlar haqida toxtalmaslikning iloji yoq. Umuman olganda, Xoja Ahrorning Toshkent shahrida jome' masjiddan tashqari yana bir mahalla masjidi ham bunyod qilgani haqida uning vafotidan oldinroq, 1490 yilda tuzilgan vaqfnomasida ham eslab otilgan74. Afsuski vaqfnomada jome' va mahalla masjidi toshkentliklar orasida mashhurligi sababli ularning chegaralari korsatilmagani ta'kidlangan. Shu sababli Xoja Ahror XV asr oxirida bunyod ettirgan mahalla masjidi shaharning qaysi qismida bolganini aniq aytish qiyin. Albatta, bu kabi masjidlarning ayrimlarining bunyod bolishi aholi tomonidan Xoja Ahror va uning izdoshlari nomi bilan bogliq deb tushunilgan yoki vaqf mulklari daxlsizligini ta'minlash maqsadida Xoja Ahror nomi bilan boglashga harakat qilingan bolishi ham mumkin. Ayrimlari Xoja Ahrorning vaqf yerlaridan kelgan daromad hisobiga bunyod etilgan bolishi ham mumkin. Lekin Xoja Ahrorning67 68

. .162.

: / : . ., . .. ., 2006. .20. 69 . 36-, 1- , 2482- , 59-. 70 // . 1888. 33. 71 . I . . ., 2000. . 55. 72 // . . ., 2009. .610. 73 : . . (1898-1917). ., 2002. .24. 74 .. XV-XVI . .295.

22

Toshkentda onlab masjidlar bunyod ettirgani ayni haqiqatdir. Xususan, birgina Tarixiy jadidayi Toshkand asarida shahardagi ondan ortiq masjid Xoja Ahrorga nisbat beriladi. Ularning 5 tasi Shayxontahur, 4 tasi Beshyogoch va 3 tasi Kokcha dahasida bolgan. Bu haqda Muhammad Solihxoja shunday yozadi: Va yana bu ruknda [Shayxontohur dahasi] beshta masjid Xoja Ahror valiynikidir. Ularning ikkisi Havzbog mahallasida bir-biriga tutash bolib, devorlari pishiq gishtdan, shiftlari yogochdan. Ularning har biri alohida bittadan xonaqoh va ayvonlarga ega. Ustunlari ostiga marmar toshlar qoyilgan. Yana biri Borqi Sarimast valiy [mozori] yaqinida, Xishtmasjid nomi bilan atalgan. U ham pishiq gishtdan bino qilingan, bir xonaqohi va ayvoni bolgan. Yana bir masjid Shortepa guzarida, u ham pishiq gishtdan qurilgan bolib, xonaqoh va ayvondan iborat75. Mazkur dahadagi Xoja Ahror masjidlarining beshinchisi deganda, Muhammad Solihxoja yuqorida tilga olingan, dastlab Shayx Xovand Tahur tomonidan bunyod qilingan Oltinlik masjidini nazarda tutgan. Tarixi jadidayi Toshkand asarida Kokcha dahasidagi Langar, Charmgaron va Mahkama masjidlari ham Xoja Ahror masjidi sifatida tilga olingan (Mahkama masjidiga quyida alohida toxtalib otamiz). Jumladan, Xoja Ahror Langar masjidiga oz xalifalaridan birini tayin qilgan va masjid hovlisida uning qabri bolgan???. Charmgaron masjidi pishiq gishtdan, darvozaxonali bolib, minorasi toshdan qurilgan. Uning hujralarida talabalar istiqomat qilgan. Beshyogoch dahasidagi Xoja Ahror masjidlaridan ikkitasi Samarqand darvoza kochasida, birbiriga yaqin masofada joylashgan. Yana bir masjid esa, Kokmasjid deb atalib, uning ustunlari tagkursisi marmar toshlardan qilingan76. Ushbu masjid ayvon ustunlarining rangi kokimtir bolgani sabab keyinchalik Kokmasjid nomi bilan mashhur bolgan. Hozirgi paytda masjidning xonaqoh, unga tutashgan ayvon va darvozaxonadan iborat qismi saqlangan bolib, u XIX asr oxirida toshkentlik aka-uka Nodirmat va Hojimatboy mablagiga qaytadan qurilgan. Masjid 1995-1999 yillarda ta'mirlanib, atrofi obodonlashtirilgan77. Tarixi jadidayi Toshkand asari va arxiv hujjatlarida Chorsu bozori yaqinidagi Gulbozor masjidining bunyod bolishi ham Xoja Ahror nomi bilan bogliq. G shaklida qurilgan Gulbozor masjidining taxminan XVI asrga mansubligi arxeologik tekshiruvlar natijasida ham aniqlangan. Mazkur masjidni tadqiq etgan A.Muhitdinov toplagan ma'lumotlarga qaraganda, XIX asr oxiri XX asr boshlarida masjid maktab vazifasini ham bajargan. 1907 yilda masjid maktabida oqigan Sh.Muzaffarovning masjid imomi bolgan oz togasidan eshitganlariga qaraganda, uning qurilishi XV asrda yashab otgan Shayx Muxtor valiy nomi bilan bogliq va Xoja Ahror jome' masjididan ham oldin qurilgan ekan78. Masjid qurilishiga kora, sodda, lekin katta gumbaz bilan yopilgan bolib, xonaqoh va ayvondan iborat. XX asrning 50-80-yillarida oshxona va turli artellarning omborxonasi bolgan ushbu masjid qurilish uslubiga kora, Toshkent shahrining qadimiy masjidlaridan biri hisoblanib, arxitektura yodgorligi sifatida davlat tomonidan muhofaza ostiga olingan. Masjid hozirda Chorsu bozori orqa tarafida joylashgan bolib, ta'mirlash va yon-atrofni obodonlashtirish zarur. Yuqorida nomlari keltirilgan masjidlardan tashqari, 1868 va 1884 yilgi arxiv qaydnomalarida Toshkent shahridagi Balandmasjid, Mahsidozlik, Parchabof, Pularig, Konchilik, Xishtmasjid, Temirchilik mahallalaridagi masjidlarning bunyod bolishi ham Xoja Ahror faoliyati bilan boglangan. Mahkama masjidi. Mahkama masjidi ham Xoja Ahror Valiy tarafidan bunyod etilgan masjidlardan bolib, pishiq gishtdan qurilgan. Muhammad Solihxojaning yozishicha, Xoja Ahror zamonidan to Qoqon xoni Olimxon davrigacha (1798-1810) shahar qozilari ushbu masjidda hukm chiqarganlar va shu sababli u Mahkama masjidi deb atalgan. 1735 yilda Ufada bolgan Nurmuhammad Mulla Alimov ham osha davrda, shahar boshqaruvini amalga oshiruvchi a'yonlarning sudlov ishlarini Kokcha darvozasi yonidagi masjidda olib borishini qayd qilganida ana shu Mahkama masjidini nazarda tutgan bolishi kerak. Vaqf hujjatlaridagi ma'lumotlarga qaraganda, Mahkama masjidi XIX asrning birinchi yarmida Folodboy Tinchbofiy tomonidan ta'mirlangan. Mahkama masjidining hozirda saqlanib qolgan XIX asrga mansub ikki hujjatida uni qurdirgan shaxs sifatida Xoja Ahror qayd etilgan. Xususan, 1871 yilgi hujjatda masjidning shu mahalladagi asosan hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan vaqf yerining ellikdan ortiq misgarlar va boshqa ijaradorlarning75 76 77 78

. . 209 . : ., . . .35. // . 5-. -. .: 2003. .168. .. . .2. .7.

23

Orazboy oqsoqol Rahimboy ogli vakilligida mutavalli Mir Fuzayl Qoraboshxoja a'lam ogli bilan tuzgan ijara shartnomasi ham mavjud. Unga kora, ijarachilarning masjid mutavallisiga yiliga har biri shar'iy 1 misqollik Sulton Sayidxon davrida zarb etilgan 15 tilla tanga tolab turishi belgilangan. 1884 yilda tuzilgan bir vaqfnomada esa katta xonaqoh, bir ayvon, hujra va oshxonadan tarkib topgan Mahkama masjidiga Havzisangin mahallalik mulla Otamuhammad Toshkandiy vakilligidagi 30 dan ortiq kishilar tarafidan Gulbozori sharqida joylashgan 20 ta dokon, Poyaki rastasi va uning sharqida joylashgan 11 ta, Sobungarlik rastasida 14 ta, Attorlik rastasida 11 ta dokon va yana bozor atrofidagi 22 ta dokon vaqf qilingan. 1884 yilga tegishli boshqa arxiv hujjatida korsatilishicha, osha yili Mahkama masjidiga vaqf qilingan 120 ta dokonning ozidan yiliga 110 som daromad tushgan. Yuqorida keltirilganlardan korinib turibdiki, Mahkama masjidi moliyaviy jihatdan ancha yaxshi ta'minlangan. Masjidning vaqf ishlarini yuritish esa Xoja Ahrorning Toshkentdagi avlodlaridan Sayidxontora farzandlari qolida bolgan. Muhammad Solihxojaning yozishicha, mazkur masjidda dushanba kunlari sofiylar Xoja Ahmad Yassaviy tariqati boyicha zikri jahr bilan mashgul bolgan. Mahkama masjidi shahardagi asosiy masjidlardan biri sifatida 1944-1945 yillarda qayta royxatdan otkazilib, foydalanishga topshirilgan. Lekin, 1951 yilda shaharda faoliyat yuritadagan masjidlar royxatiga kiritilgan bolsa-da, vaqtincha namoz oqilmagan. Toraxoja qozi jome' masjidi. Ushbu jome' Shayxontohur dahasining Qoryogdi mahallasidan bolgan Toraxoja qozi Xonxoja qozi ogli tarafidan, Shayx Xovand Tahur mozori yaqinida bino qilingan. Muhammad Solihxojaning yozishicha, Toraxoja qozi Buxoroda madrasada tahsil olgan. Dastlab qozixonada a'lamlik vazifasida bolgan ushbu shaxs keyinchalik, Qoqon xoni Sulton Sa'idxon (1863-1865) tomonidan 1864 yilda Iqonga harbiy yurishdan oldin Shayxontohur dahasiga qozi etib tayinlangan. Mazkur shaxsning Toshkent qozixonasida tasdiqlangan vaqfnomalaridagi muhrlari uning XIX asr 60-yillarining birinchi yarmida dastlab a'lam, keyinroq qozilik mansabida bolganidan darak beradi. Muarrix Mulla Yunusjon munshiyning ma'lumotlariga qaraganda, Toraxoja qozi 1865 yilda Toshkent mudofaasi arafasida Alimquli amirlashkar tarafidan Buxoro amiri huzuriga yuborilgan elchilik tarkibida bolgan. Toraxoja qozi 1865 yil Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, bir muddat Qoqonda, Xudoyorxon xizmatida bolgan. Ana shu vaqtda Chahorkuh va Isfaraga hokim qilib yuborilgan Toraxoja qozi ikki yil otgach, 1867 yilda vafot etgan. Toraxoja qozi tomonidan qurilgan jome' masjid uning vafotidan song e'tiborsiz qolgan korinadi. Chunki, 1868 yilda vaqfsiz va vayrona holida tilga olingan ushbu masjid 1884 yilgi hujjatda umuman tilga olinmagan. Toraxoja qozining qabri qaerda ekani noma'lum. Uning Shayxontohur dahasiga qarashli Mergancha mahallasida istiqomat qiluvchi ogli Odilxon eshon (t.y. 1848) shahardagi qodiriya-jahriya tariqatiga mansub tasavvuf namoyandalaridan bolib, bu haqda N.S.Likoshin 1898 yilgi maqolasida toxtalib otgan. Orda jome' masjidi. Ordada qurilgan ushbu jome' masjid haqida ma'lumotlar juda kam. Qoqon xonining Toshkentdagi noibi, hokim ordasi yaqinida joylashganiga qaraganda, shahardagi katta jome'lardan bolgan. Chunki, otmishda shahar ordasida (arkida)gi jome'lar alohida ajralib turgan. Abu Ubaydulloh Toshkandiy ozining Xulosat ul-ahvol asarida yozishicha, ordadagi mazkur masjidni XIX asrning birinchi yarmida qisqa tanafuslar bilan Toshkentda hokimlik qilgan Lashkar beklarbegining zakotchisi bolgan Hakim devonbegi qurdirgan. Mazkur muallifning sozlariga qaraganda, Lashkar Beklarbegi hokimligi yillarida ramazon oylarida ushbu masjidda xatm oqilgan79. Folodboy Tinchbofiy jome' masjidi. XIX asrning birinchi yarmida shaharlik boylardan Folodboy Tinchbofiy Mir Solihboy ogli tomonidan qurilgan. Nisbasiga qaraganda, kelib chiqishi Sebzor dahasining Tinchbof mahallasidan bolgan. Masjidning vaqf hujjatlarida korsatilishicha, u garb tomondan ozining hamda Isaxoja qozikalon madrasasi vaqf dokonlari bilan, sharq tomondan Muhammad Rasulbek Shohbek ogli mulki va Shohbek saroyi80 bilan, shimol tarafdan Xudoyquliboy, Yusufboy, Xojamberdiboylardan qolgan merosiy mulklar bilan, janubdan mahalla kochasi bilan tutash bolgan. Tarixi jadidayi Toshkand asaridagi ma'lumotlarga qaraganda, ushbu masjid Beklarbegi madrasasining shimol tomonidan roparasida, pishiq gishtdan qurilgan. Masjid uch tomoni ayvon bilan oralgan xonaqoh, darvozaxona, 8 ta hujra, minora-mezana, bir necha gumbazdan tarkib topgan bolib, naqshinkor ustunlar bilan bezatilgan. Muhammad Solihxojaning yozishicha, Registondagi bozor ahli va dokondorlar besh vaqt namozini, juma va iyd namozlarini shu masjidda oqiganlar. Tarixi jadidayi Toshkand asarida 1847 yili79 80

. -. 75 .

(1500-1510) , . .

24

Toshkentda, Qoqon noibi Azizbek parvonachi hukumatiga qarshi yuz bergan galayon yetakchilari va shahar hokimi odamlari sulh tuzganl