T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning...
Transcript of T tushunchalarni shakllantirish. · Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning...
Nabijon Narziev Normurodovich
Tarix fanini o‘qitishda o‘quvchilarda suvga oid
tushunchalarni shakllantirish.
O‘qituvchilar uchun uslubiy tavsiya.
Toshkent-2016 yil
2
Tuzuvchi: N.N.Narziyev.
TSHХTХQTUMOI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o`qituvchisi.
Mazkur metodik qo`llanma TShXTXQTMOI Ilmiy Kengashining 2016 yil
30 dekabrdagi 8- sonli yig`ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
Taqrizchilar:
S.X. Akkulova – TShXTXQTMOI Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasining katta
o`qituvchisi
Qurbomova M Toshkent shahar 300 maktab o`qituvchisi
3
KIRISH
Hurmatli o‘qituvchi, ushbu tavsiya bilan tanishib, bugungi zamon
taraqqiyotida, tarixda suvning ahamiyati qanchalik yuqori bo‘lganligini
yana bir bor tasdiqlaysiz. Sizga ma’lumki suv tabiat yoki yer shari
tirikligini ta’minlab kelgan. Bizning tarix fanimiz insoniyatning
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlari tarixi va taraqqiyot
bosqichlarini o‘rganar ekan, unda suvning ahamiyati va ta’sirini o‘ylab
ko‘rganmisiz?
Qadimgi dehqonchilik vohalarining paydo bo‘lishi qadimgi
qishloqlar, shaharlar va davlatlarning vujudga kelishida suvning ta’siri
bo‘lganligini o‘quvchilarimizga ta’kidlab o‘tyapmizmi? Inson tarixda
o‘z taraqqiyotining ajralmas bir qismi bo‘lmish suv bilan qanday
muomilada bo‘lgan? Suv insonning moddiy va ma’naviy dunyosini
qanday boyitdi? Suv bilan bog‘liq ma’naviy tafakkurning rivojlanishi,
diniy munosabatlar, xalq etnografiyasida suvning keng o‘rin olganligiga
qiziqib ko‘rganmisiz?
Ha, hurmatli o‘qituvchi qadimiyat tarixidan to bugunimizgacha
inson e’tiborining markazida turgan narsalardan biri suv bo‘lgan.
Qadimgi qo‘lyozmalarimizdan biri bo‘lmish Avesto kitobida muqaddas
bo‘lgan to‘rt unsurning biri suv haqida juda ko‘p ma’lumotlar yozilgan.
Bu kabi munosabatlardan suvga bo‘lgan e’tiborni odat ko‘rinishi
emas, balki qonuniyat darajasidagi holat deyish mumkin. Xalq
etnografiyasida suv bilan bog‘liq odatlar keng o‘rin olgan. Birgina
"Suvga non oqizish" nomli bolalar o‘yinida tarixda suvni toza saqlashga
bo‘lgan e’tiborni qanchalik katta bo‘lganligini anglash mumkin.
Keling ustoz siz bilan birgalikda suv tushunchasi va uning
ahamiyatini o‘quvchilarimizga o‘rgataylik. Zyero, yoshlarda suvga
bo‘lgan muhabbat, uni asrab-avvaylash, hamda suvni tarixda tutgan
o‘rni va kelajak taraqqiyotini belgilovchi omil ekanligi to‘g‘risidagi
tasavvurni shakllantirsak ajabmas.
Tarix fani darsliklarining ko‘pgina mavzularda suv bilan bog‘liq
ayrim ma’lumotlarga duch kelamiz. Jumladan, birgina 6-sinf "Tarix"
darsligining 3§, 4§, 5§, 6§, 16§, 23§, 24§ larda suv va suvning ta’sirida
yuz bergan jarayonlarga qisqacha to‘xtalib o‘tish mumkin. Ushbu
tavsiya shunday maqsadlarni amalga oshirishda sizga yaqindan yordam
byeradi degan umiddamiz.
4
6 -sinf "Tarix" darsligi
Urug‘chilik jamiyati mavzusida Ushbu darslik insoniyat tarixining eng qadimgi davridan ishlab
chiqarishning yuzaga kelishi, shahar va davlatlarning paydo bo‘lishi,
feodal munosabatlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Insoniyat
tarixining bu bosqichida suvning ahamiyati katta bo‘lganligi tabiiydir.
Arxeologiya fanining bugungi ma’lumotlariga qaraganda qadimgi
odamlar buloqlar, soy, daryo va ko‘llar atrofida yashay boshlaganliklari,
ularni har tomonlama rivojlanishlari uchun imkoniyat yaratgan.
Qadimgi odamlar suvdan ichimlik sifatidagina emas, balki mehnat
qurollarini yasashda ham foydalanganlar. Mezolit davriga kelib ibtidoiy
omochli ziroatchilikni paydo bo‘lishi bilan insoniyat suvni hayot manbai
ekanligi, suv ta’sirida yaxshi yashash mumkin ekanliklarini bilib
olishgan. SHundan so‘ng suvga boy hududlar insoniyat tomonidan
o‘zlashtirila boshlangan.
Eniolit va bronza asri ziroatchilari mavzusida Suv va tuproq aralashtirilib "loy"ni hosil qilinishi, undan turli idish-
tovoqlar yasala boshlanishi va boshpana qurishda loydan foydalana
boshlanganligi suvni insoniyat kashf etayotgan moddiy va ma’naviy
hayotini rivojlanishiga turtki bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.
Insonlarning o‘troq hayot tarziga o‘tishlari, dehqonchilik va
hunarmandchilikni paydo bo‘lishi suv bilan bog‘liqdir.
Mil.avv. 4 ming yillikda suvga boy vohalar Nil, Frot va Dajla
daryolari atrofida ilk shaharlar va davlatlarning paydo bo‘la boshlashiga
suvning ta’siri katta bo‘lgan. Ch unki bu yerlar dehqonchilik uchun
qulay vohalar bo‘lib,odamlarni o‘troq yashashlari uchun keng
imkoniyatlar yaratgan.
Temir asriga o‘tish davrida O‘rta Osiyoning rivojlanishi. Ilk
sivilizasiyalar vujudga kelishi davri mavzularida
Qadimda dehqonlar tabiat hodisalari daryolarning toshishi, sel
kelishi davridagi suvlardan unumli foydalanganlar. Bunday suvlar
yyerga singib, g‘oyib bo‘lsa-da, tosh, shag‘al, qum va loyqalardan iborat
oqizindi jinslarni ko‘plab olib keladi va ma’lum bir hududlarni
egallagan. Har yil bahorda sel suvi bilan qoplanadigan bu tekislikni
mahalliy aholi "yoyilma" deb yuritadi. Sel suvi bilan yoyilmaga kelib
cho‘kkan suyuq cho‘kmani esa "loyqa" deb ataladi. Dehqonchilik uchun
bu loyqaning ajoyib agrotexnik xususiyati bo‘lgan. Loyqa tarkibidagi
5
qumlar uning ostiga cho‘kib, yerni g‘ovaklashtirsa, mayda loyqa
massalari yer betida qotib, namni o‘z bag‘rida uzoq vaqt saqlaydi.
Loyqaning bu hayotbaxsh xususiyatini yaxshi bilgan dehqonlar qadim
zamonlardan beri loyqada dehqonchilik qilib keladilar. Har yili bahorda
sel kelganda dehqonlar urug‘larini ot, tuya yoki eshaklarga ortib yoyilma
tomon shoshilar va sel olib kelgan loyqaning beti qotmasdan ekin
urug‘larini sepib olishga harakat qilar edilar. Loyqaga asosan boshoqli
va dukkakli ekinlar, shuningdek qovun, tarvuz, qovoq, kunjut va
boshqalar ekilib, yozda mutlaqo sug‘orilmasdan hosil olinardi.
Loyqadagi dehqonchilik kabi ibtidoiy ziroatchilikning yana bir ajoyib
qadimiy uslubi ko‘hna Xorazm yerlarida saqlanib, bobo
dehqonlarimizdan bizgacha yetib kelgan. Xorazmliklar uni "qayr
dehqonchiligi" deb yuritishadi. "Qayr" deb aslida daryo va uning
shoxoblari hamda yirik sug‘orish tarmoqlarining har ikki sohillari
bo‘ylab cho‘zilgan pastlik yerlarga aytiladi. Bunday suv bo‘yi qayrlarida
sizot suvlarining nami yuqori bo‘lsada, ammo boshoqli yoki dukkakli
o‘simliklar ekilmay, odatda faqat qovun va qovoq kabi poliz ekinlari
etishtirilgan. Chunki javzo kirib yozning issiq kunlari boshlanishi va
yerdan namning qochishi bilan qayrga ekilgan g‘alla ekinlari qovjirab,
boshoq tortmasdanoq nobud bo‘lgan. Amudaryoda toshqinlarning o‘z
vaqtida bo‘lishi, sizot suvlari namining damiga qarab qayr yerlarida
ayniqsa qovun yaxshigina hosil bergan. Daryo bo‘ylariga qovun
sayillariga chiqish odati shu asosida paydo bo‘lgan.
Ahmoniylar davlati mavzusida.
Qadimgi Yunon tarixchisi Gerodot O‘rta Osiyoning Oks vodiysida
Ahmoniylar davrida (mil.avv.VI-V asrlar) sun’iy suv ombori barpo
etilgani to‘g‘risida hikoya qiladi. Uning yozishicha chor atrofi tog‘lar
bilan o‘ralgan vodiydan Oks daryosi oqib chiqar edi. Bu vodiy
Ahmoniylar hokimiyati qo‘l ostiga o‘tgach, shoh suvning tog‘lardan
oqib chiqadigan joyini to‘sib, darvoza qurdirgan. Suvning yo‘li
to‘silgach, tog‘lar orasidagi vodiy ko‘lga aylangan. Suvsiz qolgan aholi
bola-chaqalari bilan forslar mamlakatiga borib, shohdan yig‘lab suv
so‘rar, ularning suvga muhtojligini ko‘rgan shoh to‘g‘onni ochdirar va
suv uchun ulardan alohida haq yig‘ib olar edi.
Zardushtiylik mavzusida.
Zardushtiylarda muqaddas sanalgan “suv” ijtimoiy hayotda muhim rol
o‘ynagan. Avestoning Yasht nomli kitobida yozilishcha kimda-kim iflos
idishda (ko‘zada) suv olsa, u inson besh darra urilgan, kimda-kim o‘lgan
6
hayvon tanasini suvga tashlasa unga o‘lim jazosi berilgan,suvga tupirish
gunoh hisoblangan. Bu qadimdan insonlar hayotida suv bebaho ne’mat
darajasida qadrlanganligidan darak byeradi.
7-sinf O‘zbekiston tarixi.
Eftaliylar davlatida ijtimoiy va iqtisodiy hayot. mavzusida
Qadimiy suv chiqarish moslamalarining eng takomillashgan usuli - bu
charxpalak va chig‘irlar
bo‘lib, sharqning Misr,
Mesopotamiya, Eron,
Hindiston, Xitoy va O‘rta
Osiyoning dehqonchilik
vohalarida qadim
zamonlardan beri qo‘llanib
kelingan. Bunday suv
chiqargich moslamalari
o‘rta asrlarda Misr va
Mesopotamiyada «soqiya»,
Eron va Hindistonda
«charx», Xorazmda
«chiqir», Toshkentda
«charxpalak» deb
yuritilgan.
“Kulfakli" hovuzlar
Chashmalarda to‘plangan suv butun yoz bo‘yi soylarda shildirab oqar va
daralardan chiqar-chiqmas toshloq o‘zanlarga singib ketar edi. Garchi
buloq suvlari yoyilmaga yetib bormay, toshloqlarga singib ketsa-da, ular
qurg‘oqchilik va suvsizlik ofatidan qutilish orzusida bosh qotirgan
sohibkor dehqonlar diqqatini o‘ziga tortmay qolmas edi. Tog‘ oldi
tumanlarda yashagan dehqonlar ana shu buloq suvlarini bir joyga
to‘plash va ulardan kyerakli vaqtda foydalanish maqsadida juda qadim
zamonlardayoq daralar ichida va tog‘ etaklarida kichik-kichik hovuzlar
qurganlar.
Mahalliy aholi bu suv inshootlarini hovuz deb ataydi. Qizig‘i
shundaki, qurilish uslubiga ko‘ra bu hovuzlar oddiy hovuzlardan
tamoman farq qiladi. Odatda hovuz yer yuzidan chuqur qilib kovlanadi.
Bu hovuzlar yerni kovlab emas, balki aksincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri
yerning ustiga, ko‘pincha buloq qaynab turgan do‘nglikka yoki soyning
biron qirg‘og‘iga quriladi. Buning uchun bo‘yi 60 m, eni 40 m keladigan
Sugorish inshoati –улу (катта чиғир)
7
qulay maydoncha tanlanib, uch tomoniga tosh va chimdan balandligi 2
metr keladigan devor quriladi. Devorning qalinligi tagi 3 metr, yuqorisi
esa 1,5 metr qilib quriladi. Hovuzning yuqori va pastki qarama-qarshi
tomonlarida ikkita qulog‘i bo‘ladi. Teparoqdan keladigan suvni hovuzga
bog‘lash uchun yuqoridagi quloq, hovuzda to‘plangan suvni chiqarish
uchun esa pastdagi quloqdan foydalanilgan. Inshootning yuqori qulog‘i
teparoqdan kelib quyiladigan oddiy ariq bo‘lsa, uning pastki qulog‘i
tuzilishi jihatdan juda antiqa. U sodda, biroq har tomonlama puxta
qurilgan ajoyib mexanizmni eslatadi. Hovuzning pastki qulog‘i ikki
tomoni xarsangtoshlardan ishlangan, teppasi yassiroq toshlar yoki
ko‘ndalangiga zich tyerilgan yog‘ochlar bilan yopilgan quvurni, ya’ni
g‘ulbani eslatadi. Odatda, qulfakli hovuzlar kechqurun bog‘langan,
ertalabgacha ular suvga to‘lgan. Bitta hovuzga o‘rtacha 1800-2000
kubometr suv to‘plangan. Erta bilan hovuz qulfagi ochilib, yig‘ilgan suv
7-8 soat davomida butunlay oqib chiqqan.
Forish tumanidagi har bir dara og‘zida qadim zamonlarda qad
ko‘targan juda ko‘p istehkomlarning harobalari tepa bo‘lib yotadi. Mana
shu qadimgi davr yodgorliklariga qarab Nurota tog‘ tizmalarining
shimoliy etaklarida sug‘oriladigan dehqonchilik madaniyati yeramizning
4-5 asrlarida, ya’ni bundan taxminan 1500-1600 yil muqaddam vujudga
kelganligini aniqlash mumkin. Qulfakli hovuzlar mayda dehqonchilik
xo‘jaligi uchun har tomonlama
qulay sug‘orish inshooti bo‘lib
hisoblangan. CHunki har bir
qishloq aholisi bunday mayda suv
omborlarini katta kuch va turli –
tuman maxsus qurilish
matyeriallarisiz tosh va chim kabi
oddiy matyeriallar yordamida
qura olganlar. Ushbu rasmda siz “Qulfakli
hovuz”ning umumiy ko‘rinishi,uning
yuqoridan ko‘rinishi hamda hovuzni
suvi chikib ketuvchi toshdan kilingan
teshik va yog‘och kunda chizmalari
aks ettirilgan.
Shuning uchun ham qulfaqli
hovuzlar O‘rta Osiyoning tog‘
oldi tumanlarida tarqalgan bo‘lib,
hozirgi kungacha sug‘oriladigan
8
dehqonchilikda ulardan ma’lum darajada foydalanib kelinmoqda.
Birgina Jizzax viloyatining Forish tumanida bunday qulfakli suv
inshootlarini Nurak, Qoraxon, Anamuna, Qurbonxoji, Pastko‘cha,
Yonbuloq, Yotoq, Deriston, Oqbuloq, Ilonli, Sassiq, Shuluvli,
Teshiktosh, Safarota, Forish, O‘xum, Andigin, Mojrum, Sof va boshqa
qishloqlarida uchratish mumkin. Bu hovuzlarning ayrimlarida qulfaklar
sug‘orish mavsumida hozir ham ochilib - yopilib turiladi.
Somoniylar davlatida ijtimoiy va iqtisodiy hayot. Mavzusida
Xonbandi suv ombori
Bu inshootning Xonbandi deb atalishi suv inshootlarining qurilish
tartibi bilan bog‘liq. Ma’lumki, o‘rta asrlarda yirik irrigasiya inshootlari
hashar yo‘li bilan yaratilgan. Bunday qurilishlarni hamma vaqt markaziy
hokimiyat amalga oshirardi. Sharq mamlakatlarida sug‘orish ishlarini
tashkil etishda davlat ma’murlarining o‘ynagan roli yozma manbalarda
ochiq va aniq qayd etiladi. Xususan, suvdan tejab va birgalashib
foydalanishdek odatiy ehtiyoj G‘arbda, masalan, Flandriya va Italiyada
xususiy sohibkorlarni ixtiyoriy assosiasiyalarga birlashishga majbur
qilgan bo‘lsa, xududi juda keng bo‘lganligi sababli ixtiyoriy
assosiasiyalarining vujudga kelishi uchun imkon bo‘lmagan. Sharqda
esa, bunday ishlar hukumat tomonidan tashkil etilib jamoat majburiyati
- hasharlar vositasida amalga oshirilgan.
Ma’lumki O‘rta Osiyoda hukumatni xonlar va amirlar idora qilgan.
SHuning uchun ham ularning buyrug‘i yoki ijozati bilan qurilgan
inshootlar: Xonariq, Sultonband, Hovuzxon, Amir Temur ko‘prigi,
Abdullaxon sardobasi va boshqalar xon, sulton yoki amirlarning nomlari
bilan atalgan.
Osmonsoy darasiga qurilgan Xonbandi suv ombori 1953 va 1962
yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix va arxeologiya
institutining Ya.G‘.G‘ulomov boshliq arxeologik ekspedisiya tomonidan
topib tekshirilgan. To‘g‘onning uzunligi ustki qismida 51,75 m, asosida
24,35 m bo‘lib, balandligi 15,25 metrga teng. To‘g‘on xoro (granit)
toshlardan yo‘nib qurilgan bo‘lib, toshlar suvga chidamli maxsus
qurilish qorishmasi bilan bir-biriga mahkam biriktirilgan.
Xonbandi suv omboriga to‘plangan suv o‘ziga xos tarzda
boshqarilgan. Suv omboridagi suvning tashqariga oqib chiqishi uchun
to‘g‘onning g‘arbiy chekkasiga toshlardan past-baland qilib ishlab
chiqilgan to‘qqizta quvur o‘tkazilgan. Ombordagi suvning sathiga qarab
quvurlar birin-ketin ochilgan. O‘rta asr irrigatorlari quvur o‘rnatishda
9
daraning birmuncha yotiqroq qoya toshli so‘l qirg‘og‘idan ustalik bilan
foydalanganlar. Chunki katta tezlik bilan inshootdan oqib tushgan oqim
o‘zan tubini hamda yon bag‘rini yuvib, to‘g‘onga ham putur etkazishi
mumkin edi. Shuning uchun quvurlar shunday mo‘ljal bilan qurilganki,
har qaysi quvurdan shiddat bilan otilib chiqqan suv avval tog‘ning shu
qoyasiga kelib urilgan, so‘ngra undan soyning quruq o‘zani bo‘ylab
qazilgan ariqqa oqib tushgan.
Suyuqlik xossalarini o‘rganib, suvning bosimi to‘g‘risidagi qonunni
yaratgan XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal Xonbandini
ko‘rganda edi, o‘z qonunini O‘zbekistonning qadimgi irrigatorlari nomi
bilan atalgan bo‘larmidi. Chunki Paskal yaratgan qonun, undan 700 yil
muqaddam X asr irrigatorlari tomonidan amalda - Xonbandi inshootini
qurishda ishlatilgan.
Shuni aytish kyerakki, X asr muxandis-irrigatorlari inshootning
mustahkam qurish choralarini izlab topgan bo‘lsalar -da, suv ombori
ichida to‘planadigan loyqani tashqariga chiqarib yuborish yo‘lini topa
olmaganlar. Shu sababli Xonbandi suv ombori asta-sekin loyqaga to‘lib,
ishdan chiqqan, to‘g‘on esa hozirgacha saqlangan.
Qishloq xo‘jaligi va iqto yerlarning kengayishi.Mavzusida
G‘ishtband
1962 yil bahorida
Samarqand viloyati,
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Jom
yaqinida Xonbandiga o‘xshash
yana bir qadimgi suv inshooti
qoldiqlari topildi va tekshirish
ishlari olib borildi.
Bu inshoot aholi o‘rtasida
"G‘ishtband" nomi bilan
yuritilib Zarafshon tog‘
tizmalarining g‘arbiy
etaklaridan oqib chiqadigan
Omondara soyida qurilgan.
G‘ishtbandning nomi garchi inshootni g‘ishtdan bino qilinganligiga
ishora qilsa-da, u aslida yo‘nilgan tog‘ toshlari va maxsus qurilish
qorishmasidan ishlangan. Bu suv inshooti Omondaraning eng tor joyiga
o‘rnatilgan bo‘lib, to‘g‘onning balandligi 9 m, ustki qismining uzunligi
24,5 m, asosining uzunligi 10 m, qalinligi pastda 9,1 m, yuqorisida 5,5
10
metrga teng bo‘lgan. To‘g‘onning suv to‘planadigan ichki tomoni
deyarli tik, tashqarsi esa zinapoya shaklida qurilgan. Jom qishlog‘ida
yashovchi keksa dehqonlarning so‘zlariga qaraganda to‘g‘onning
markaziy qismida past-baland joylashgan beshta qulfagi bo‘lgan.
Afsuski uning quvurlar o‘rnatilgan bu o‘rta qismini Omondara soyining
sel suvlari olib ketgan. Hozirgi kungacha G‘ishtbandning faqat daraning
qoya toshli mustahkam qirg‘oqlariga biriktirilgan qanotlarigina
saqlagan.
G‘ishtband XII asr boshlarida, O‘rta Osiyoda Qoraxoniylar davlati
hukumronlik qilgan davrda barpo qilingan.
G‘ishtband suv omboriga yig‘ilgan suv tufayli Samarqand va
Qarshi shaharlari orasidagi qadimgi karvon yo‘li ustida mustahkam
qal’a hamda maxsus rabot qad ko‘targan, Jom vohasida 250-300 gektar
yer maydoni sug‘orilib obod etilgan. Bu qal’aning harobalari qozirgi
vaqtda Kattatepa deb ataladi. U G‘ishtband inshootidan 5 km g‘arbda,
soyning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan. G‘ishtband yodgorligida olib
borilgan arxeologik tekshirishlarga qaraganda XII asrda qurilgan bu suv
ombori ham Xonbandi kabi, asta-sekin loyqa bosishi tufayli ishdan
chiqqan.
IX-XII asr boshlarida me’morchilik, san’at, musiqa va diniy
etiqod. Mavzusida.
"Juyi arziz" - "Qo‘rg‘oshin novasi"
O‘lkamizning sug‘orilish tarixida shaharlarning suv ta’minoti
masalasi qadimdan alohida ahamiyat kasb etgan. Avvalo shaharlar suv
manbalariga yaqinroq joylarda qad ko‘targan. Shahar suv xo‘jaligida
suvdan iloji boricha tejab foydalanishga harakat qilingan. Shaharlar
"rudi shahar", ya’ni "shahar anhori" nomi bilan yuritiladigan maxsus
sug‘orish tarmog‘i koriz va ichiga katta diametrdagi quvurlar yotkizilgan
tazar (tunnel) lar yoki pishiq g‘ishtlardan bunyod etilgan ulkan novalar
kabi qator turli xil gidrotexnika inshootlari orqali suv bilan
ta’minlangan. Bu borada qadimgi Samarqand va Axsikatlarning suv
inshooti ayniqsa diqqatga sazovordir.
Yozma manbalar va arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha,
Afrosiyob tepaligi ustiga joylashgan qadimgi Samarqandning atrofi
chuqur jarliklar bilan o‘ralganligi sababli shaharga suv maxsus ko‘tarma
kanal yordamida olib kiritilgan. Asrlar davomida Samarqanddagi obi
hayot bilan ta’minlab kelgan bu qadimgi suv inshooti 10-12 asr
manbalarida "Juyi ariz", ya’ni "Qo‘rg‘oshin anhori", aniqrog‘i
"Qo‘rg‘oshin novasi" nomi bilan tilga olinadi.
11
Asrlar davomida Samarqand shahrini suv bilan ta’minlashda yagona
gidrotexnika inshoot bo‘lib hisoblangan Juyi arziz novasi uning iqtisodiy
va siyosiy hayotida muhim rol o‘ynagan. SHuning uchun ham
Samarqandning qadimgi hukumdorlari bu inshootning mudofasiga va
uning yaxshi saqlanishiga doimo katta ahamiyat berganlar. Juyi arziz
anhori atrofidagi yerlardan tushadigan har yilgi daromad mazkur
inshootning ta’miri uchun sarflangan. X asr arab geografi Istaxriyning
yozishicha, Samarqandning otashparast aholisiga yozin-qishin bu
inshootni nazorat qilib turish ishi yuklanib, bunday xizmatlari uchun ular
har yilgi og‘ir jon solig‘i "Juzya" dan ozod etilgan.
Suv tarmoqlarining mana shunday izlari va inshootlarining
qoldiqlarini tadqiq qilib qadimiy shaharning suv bilan qanday
ta’minlanganini bilib olish mumkin. Chunki ular o‘z vaqtida shaharning
barpo bo‘lishi, gullab yashnashi va nihoyat vayron etilishida muhim rol
o‘ynagan.
Afrosiyobda hamda Registon yaqinida qayd etilgan qadimgi kanal
qatlamlaridan chiqqan arxeologik topilmalardan ma’lum bo‘lishicha
Samarqandning qadimgi ko‘tarma anhori ilk bor miloddan avvalgi VI-V
asrlarda barpo etilgan. Dastavval u soy va buloq suvlari, so‘ngra -
milodning V asrida Darg‘om kanali aholisini ta’minlagan. 1220 yilda
Samarqandni qamal qilgan Chingizxon lashkarlari shaharni mudofaa
qilib turgan aholini suvsiz qoldirib, ularni taslim bo‘lishiga majbur etish
maqsadida "Juyi arziz" novasini buzib tashlaganlar. O‘z davrining bu
ulkan gidrotexnika inshooti - "Qo‘rg‘oshin novasi"ning vayron etilishi
natijasida doimiy oqar suvidan mahrum bo‘lgan Samarqand o‘zining
qadimiy o‘rnida qayta tiklanmadi.
8-sinf “O‘zbekiston tarixi”
XVII asrda Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Mavzusida.
Abdullaxon bandi suv ombori.
XVI asr Buxoro tarixchisi Hofiz Tinish Mirmuhammad al-
Buxoriyning "Abdullanoma" nomli qo‘lyozma asarida hikoya
qilinishicha, Buxoro xoni Abdullaxon (1557-1598 yillarda hukumronlik
qilgan) 1582 yilda SHimoliy Qozog‘istonga qilgan harbiy yurishidan
qaytib kelayotganida Nurotaga Jo‘sh qishlog‘i yaqinidagi Oqchob
manzili orqali o‘tgan. Bu yerda bahor oylarida juda ko‘p sel suvlari
to‘planar, ammo bu suvlardan dehqonchilikda deyarli foydalanilmas
ekan. Sel suvlarini bir joyga to‘plab, undan dehqonchilikda foydalana
olish uchun xon Oqchob darasi oralig‘iga katta to‘g‘on qurishni
buyurgan. Shubhasiz, Oqchob qishlog‘ining aholisi suv tanqisligi haqida
12
Abdullaxonga arz qilgan va
undan Oqchob soyini to‘sib suv
ombori qurishga ruxsat
berishni iltimos qilgan.
SHundan so‘ng Abdullaxon
xonlikdagi eng oliy
mansablardan biri - "otaliq"
lavozimini egallab turgan
Ahmadali Naymanga band
qurilishida boshchilik qilishni
buyurgan.
O‘rta asrlarda Hindiston,
Eron va Afg‘onistonning
shimoliy tog‘lik va tog‘oldi
mintaqalarida bunday
inshootlardan ayniqsa keng foydalanilgan. Hindistonda bunday suv
omborlari "teng", ya’ni "qisiq" nomi bilan mashhur bo‘lgan. Zahiriddin
Muhammad Boburning yozishicha, X-XII asrlarda butun G‘azna viloyati
G‘aznaband, Saxanband va Saridehband kabi uchta suv omborlariga
jamg‘ariladigan suvlar bilan sug‘orilib obod etilgan. Mahmud G‘aznaviy
(998-1030 y.) tomonidan qurdirilgan G‘aznibod suv ombori to‘g‘onning
uzunligi 300 qari (gaz), balandligi 40-50 qariga teng bo‘lgan.
Keyinchalik Alouddin Jahonso‘z G‘uriy (1172-1205 y.) tomonidan
buzib tashlagan bu sug‘orish inshooti 1526 yilda Bobur farmoni bilan
qayta tiklangan.
Abdullaxonbandini qurilishi haqida mahalliy aholi quyidagi fikrlarni
aytishadi, hikoyaning mazmuniga qaraganda vaqtida yuzlab
toshtaroshlar tog‘dan tosh sindirib yo‘ngan va binokor me’morlar ganch
pishirgan ekanlar. Tayorlangan ganchxoki meshlarda olib kelingan tuya
suti bilan shinniga qorilgan. So‘ngra tog‘ toshlari mana shu ganch
qorishmasi bilan biriktirilib, to‘g‘on qurilgan. Samarqand va Buxoro
binokor me’morlari bunday qurilish qorishmasini “qir” deb atashadi.
"Qir" bilan ishlangan inshoot yoki bino poydevori nihoyatda mustahkam
bo‘lganligi uchun buxoroliklar qaysi ish ko‘ngildagidek puxta bajarilsa,
"koro qir g‘isht", ya’ni ishlar qir bo‘lib ketdi degan iborani ishlatadilar.
Darhaqiqat, "qir" o‘z davrida o‘rta asr qurilishlarida sement o‘rnida
ishlatilgan mustahkam birikituvchi qurilish qorishmasi bo‘lib, O‘rta
Osiyo me’morchiligida undan juda keng foydalanilgan.
Abdullaxon bandi-XVI asr
13
Suv ayirg‘ich ko‘priklar
Qadimgi gidrotexnika
inshootlari ustida so‘z yuritilar
ekan, pishiq g‘isht va suvga
chidamli binokorlik
qorishmalaridan qurilgan suv
ayirg‘ich ko‘priklar ustida,
umumiy tarzda bo‘lsa ham,
alohida to‘xtalib o‘tish
maqsadga muvofiqdir. Chunki
ular O‘rta asrlarda suvdan
foydalanishning taraqqiyot
darajasi va uning rivojlanish
tarixi haqida ba’zi bir aniq
ma’lumotlarni byeradi.
Bunday inshootlar
manbalarda "Qantara", "sari
pul", "puli sangin", "tosh ko‘prik", "g‘isht ko‘prik" nomlari ostida tilga
olingan. Mana shunday g‘isht ko‘priklardan biri Zarafshon daryosi
ustiga qurilgan Shayboniyxon suv ayirg‘ich ko‘prigidir. Bu
inshootning qoldig‘i Samarqand shahri markazidan 7-8 km shimoli-
sharqda daryoning so‘l qirg‘og‘ida joylashgan. Adabiyotlarda u "Amir
Temur ravog‘i", "Puli SHodmon Molik" va "Abdullaxon ko‘prigi"
nomlari bilan ham tilga olinadi.
Kamoloddin Binoiyning "SHayboniynoma" asarida yozilishicha bu
inshoot 1502 yili SHayboniyxon tomonidan qurilgan. Bizning
davrimizgacha uning faqat bir ravog‘igina saqlangan. Adabiyotlarda
ushbu inshoot dastavval 8,10 yoki 16 ravoqli bo‘lgan degan
ma’lumotlar uchraydi. Har holda XIX asrning 40-yillarida uning uch
ravog‘i butun bo‘lgan.
Ko‘prikning ustki o‘tiladigan yo‘l qismining eni 7 m dan ortiqroq
bo‘lib, uning ikki cheti pishiq g‘ishtdan, balandligi ham, qalinligi ham 1
metrlik g‘ov qilib ishlangan. G‘ovlar, shubhasiz ko‘prik usti
qatnovchilarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida
o‘rnatilgan. Shunday qilib, Shayboniyxon suv ayirg‘ich ko‘prigining
saqlangan qismlari o‘lchamlariga qaraganda, bu inshootni bunyod qilgan
XVI asr me’mor quruvchilari inshootning daryo ichida o‘rnatilgan
ustunlaridan tortib har bir ravog‘i va ustki yo‘l qismlarining
Peshtoqli sardoba va Sarafshon daryosi
ustiga qurilgan suv ayrig‘ich.
14
tuzilishigacha matematik jiqatdan aniq va puxta loyihalashtirganlar.
Afsuski, u bu ajoyib suv inshootini barpo etgan O‘rta asr gidrotexnik-
me’morlarining nomlari tarixda saqlanib qolmagan.
Bunday gidrotexnika inshootlari O‘rta Osiyoda yagona bo‘lmagan.
Masalan XVI asr tarixchisi Xondamirning yozishicha birgina Xuroson
viloyatida Mir Alishyer tomonidan 19 ta hovuz va 16 ta g‘ishtin
ko‘priklar barpo qilingan. Ularning ayrimlari hatto marmardan
ishlangan. XIII asrga oid qo‘lyozma asarlardan Mirzo Muhammad Bade
devonning "Majma’ al-arqom" da keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda
birginga Zarafshon daryosining quyi oqimida "Puli Karmana", "Puli
Mextar Qosim", "Puli Choxorminor" va "Puli Jondor" kabi daryodagi
suv hajmini belgilovchi suv o‘lchagich va suv taqsimlagich ko‘priklar
bo‘lgan. Ammo bu ko‘priklar allaqachon vayron bo‘lib, ularning
qoldiqlari daryoning ko‘hna o‘zani ostida qolib ko‘milib ketgan.
Amirlik davlat tuzumi va uning ma’muriy boshqariluvi. Mavzusida.
Miroblar
O‘rta asrlarda har bir deqonchilik vohalarida suv xo‘jaligi bo‘yicha
bosh mirob boshliq o‘ziga xos "jamoa ishlari mahkamasi" mavjud
bo‘lgan. Jumladan yirik sug‘orish tarmoqlarining boshlig‘lari-
"panjabegi", to‘g‘onlar o‘rnatuvchi - "varqbon" yoki "bandbon" lar;
shohariqlarning miroblari - "juybon"lar; suvni daryoning yuqori
oqimidan uning quyi qismi tomon tashlovchilar - "obandoz", "obron",
"manquvvat"lar; qishloq ariqlarining miroblari - "arbob", "poykor" va
boshqalardan iborat bo‘lgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra o‘rta asrlar
Buxoro tumanlarida sug‘orish ishlariga viloyat qozilari boshchilik
qilganlar. Narshaxiyning yozishicha, 828 yilda Sa’id ibn Xalaf al-
Balxiy ismli qonunshunos Buxoro qozisi qilib tayinlangach, yaxshi
qonun va qoidalar o‘rnatadi. Jumladan, kuchlilar zaif kishilarga zulm
o‘tkazmasligi uchun Shahrud kanaliga to‘g‘onlar qurdirib, Buxoro
suvini adolat va insof yuzasidan taqsim qilishni joriy etadi.
Bosh miroblar xizmat haqlari uchun davlat xazinasidan maosh -
dahak olar edilar. Shohariqlarning miroblari o‘z haqlarini dehqonlardan
yig‘ib olar edilar. U har yilgi hosildan maxsulot hisobida to‘lanadigan
yig‘im bo‘lib, qishloq aholisi uni "mirobona" deb yuritar edi. Har bir
dehqon xo‘jaligi xirmon ko‘targanda bir yoki ikki g‘alvir (taxminan 8-
16 kg) hajmida mirobona to‘lagan. SHunisi qiziqki, har yili miroblar
boshchiligida tashkil etiladigan hasharlar o‘z mavsumida va qat’iy
tartibda o‘tkazilar edi.
15
Amirlikning xo‘jalik
hayoti.Mavzusida
Sepoya, Chorpoya va
Chilpoya
Tezoqar daryolar, soylar
va yirik sug‘orish tarmoqlarini
bog‘lab, to‘g‘on va bandlar
o‘rnatish va ko‘priklar
qurishda qadimdan navardlar
bilan bir qatorda yana bir
antiqa suf inshoatlaridan
foydalanib kelingan. U xalq
suv xo‘jaligi amaliyotida
"sepoya" va "chorpoya"
nomlari bilan yuritilgan. Bunday qurilmalarning tuzilishi nihoyatda
sodda bo‘lgan. Uni yasash uchun uch yoki to‘rtta xodalarning uchlari
bir-biriga biriktirilib, piramida shaklida tik o‘rtanilgan. So‘ngra, uning
kyerilgan oyoqlarining pastki qismga "yon yog‘ochlar" bog‘lanib
tagkursi yasalgan. To‘g‘on o‘rnatish uchun sepoyalar uchiga arqon
bog‘lanib, birin-ketin suvga tushirilgan. Oqimga qarshi barqarorlikni
oshirish uchun sepoyalar birining oyog‘iga ikkinchisi, ikkinchisining
oyog‘iga uchinchisi chalkashtirilgan tartibda o‘rnashtirilgan. Suvga
tushirilgan har bir sepoya yoki chorpoya tagkusisiga o‘z navbatida shox-
shabba, chim va tosh bosib chiqilgan. Natijada yuki og‘irlashgan sepoya
yoki chilpoya suv tubiga mustahkam o‘rnashgan va oqimni deyarli
to‘sib qo‘ygan.
Shuning uchun ham tezoqar tog‘ daryolarining jo‘shqin oqimlarini
tartibga solishda, xavfli suv toshqinlari o‘pirilishlarini to‘sib,
qirg‘oqlarini mustahkamlashda sepoya va chorpoyalar o‘z davrining
beqiyos gidrotexnik qurilmalari hisoblangan. Toshkent vohasi va
Farg‘ona vodiysida ular juda keng tarqalgan. Zarafshon vodiysida
qisman, Xorazmda esa mutlaqo ishlatilmagan.
Sepra, chorpoya yoki navardlardan barpo etilgan to‘g‘onlar orqali
bog‘lab olingan oqim maxsus suv ayrg‘ich inshootlar vositasida
sug‘orish tarmoqlariga taqsimlangan. Bunday suv inshootlari Buxoro
vohasida "kunda", sharqiy Farg‘onada esa "qubur" deb yuritilgan.
Kundalar tuzilish jihatidan Xorazmning "yotiq to‘qurtqa" (suv
tashlag‘ich)lariga o‘xshasa-da, ammo ishlatilishi jihatdan ulardan tubdan
Sepoyali to‘g‘on
16
farq qilgan. Odatda "kunda" yoki "labigardon" anhorlardan bir nechta
shohariqlar ajralib chiqqan "panja"larga o‘rnatilib, undan suvni
ariqlarga bab-barobar taqsimlashda foydalanilgan. Buning uchun bir
nechta shohariqlarga bo‘lingan anhor panjasining bo‘g‘zi ko‘ndalangiga
tubidan to yuqorisigacha ustma-ust tyerib chiqilgan yog‘och darg‘ot
to‘g‘on bilan to‘silgan. Natijada inshootning old tomonida suv
damlanib, bir sathdagi sokin suv oqimi hosil bo‘lgan. Bu suvni
shohariqlarga barobar taqsimlash uchun inshootning eng yuqorisidan
ko‘ndalang tashlangan yog‘och ariqlarning soniga qarab, bir necha
yeridan arralanib, suv oqib tushadigan darchalar ochilgan. Buxoro
vohasida u "dahana", Farg‘ona vodiysida esa "quloq" deb yuritilgan.
Sardobalar - gumbazli hovuzlar Tarixdan ma’lumki, oqar suvlardan mutlaqo mahrum bo‘lgan cho‘l
va dashtlarda qishki va bahorgi mavsumiy yog‘ingarchilik asosiy suv
manbai hisoblangan. Cho‘llarda atrofi bir muncha balandliklardan iborat
bo‘lgan chuqurlarga qor va yomg‘ir suvlari to‘planib kattagina
ko‘lmaklar hosil bo‘ladi. Bunday ko‘lmaklar “qoq” deb ataladi.
Qoqlarning suvi chuchuk bo‘lib, aholi qadimdan cho‘ldagi chorva
mollarini sug‘orishda undan foydalanib kelgan. Bundan tashqari
o‘tmishda O‘rta Osiyoning Qizilqum, Qoraqum, Mirzacho‘l, Qarshi va
boshqa cho‘llar orqali chet mamlakatlarga qatnagan savdo karvonlari
ham qoqlarning suvidan foydalangan. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo
cho‘llarini kesib o‘tgan qadimgi karvon yo‘llari yirik qoqlar bo‘ylab
yo‘nalgan.
Shuni ham aytish kyerakki, qoqlarda suv yil bo‘yi saqlanmagan.
Chunki yoz oylarda qoqlardagi suvning bir qismi quyoshning kuchli nuri
ta’sirida bug‘lanib ketsa, ikkinchi qismi yyerga singib, iyun oyining
oxiri va iyul oyining boshlarida deyarli qurib qolgan. Bunday ahvol,
savdo karvonlarining suvsiz cho‘llarni kesib o‘tishida shubhasiz, katta
qiyinchiliklar tug‘dirgan. Shu sababli cho‘llar orqali qatnaydigan
karvonlarni yoz oylarida suv bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan. Qoqlardagi suvni kichikroq hajmdagi chuqurroq joylarga
to‘plab, quyosh parlanishidan saqlash maqsadida qadimgi suvchilar
karvon yo‘llari bo‘ylab cho‘llardagi qoqlarga va ba’zan buloqlar ustiga
maxsus suv inshootlari qurishgan. Bunday inshootlar “sardoba” nomi
bilan mashhurdir.
“Sardoba” tojikcha so‘z bo‘lib, suvxona yoki muzxona ma’nosini
anglatadi. Sardobalarni tuzilishiga qarab usti yopiq hovuzlar deb atash
mumkin. Chunki ular pishiq g‘ishtdan doira shaklida ishlangan ichi
17
chuqur va usti gumbazli hovuz bo‘lib, cho‘l manzarasida xuddi
ko‘chmanchi chorvador aholining o‘toviga o‘xshab ko‘zga tashlanadi.
Sardoba hovuzini loyqa bosib, inshootni ishdan chiqarmasligi
uchun, sardoba oldiga kattagina suv tindirgich - ochiq hovuz kovlangan.
Atrofdan oqib kelgan qor va yomg‘ir suvlari avval suv tindirgichda
to‘planib, undagi loyqa hovuz tubiga cho‘kkandan so‘ng, toza suv
sardobaga quyilgan. Suv tindirgichga chorva mollari kirib qolib suvni
ifloslantirmasligi uchun uning atrofi paxsa devor bilan o‘ralgan.
Sardobalar sharqda keng tarqalgan suv inshootlaridan bo‘lib, ular asosan
qadimgi karvon yo‘llari bo‘ylab qurilgan. Xurosonda (Shimoliy Eron)
Gumbazli hovuz – sardoba (XVI asr)
18
bunday suv inshootlari “Obanbor”, Ozarbayjonda esa “avdon” nomlari
bilan yuritiladi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston va uning atrofida 44
ta sardoba bo‘lib, ularning yigirma to‘qqiztasi Qarshi cho‘lida, uchtasi
Mirzacho‘lda, yana uchtasi Toshkent-Farg‘ona o‘rtasidagi qadimgi
savdo yo‘lida va bittasi Karmana yaqinida Cho‘li Malikda bo‘lgan. O‘z
vaqtida bu sardobalar joylashgan hududlarda ravotlar yoki
karvonsaroylar qad ko‘targan. Bular, shubhasiz, cho‘llarda bekat -
karvonlarning to‘xtash joyi vazifasini o‘tagan.
Yer ostidagi oqar daryo - yer osti suv inshooti Daryo suvlaridan uzoqda joylashgan tog‘ oldi va cho‘lga
chegaradosh hududlarda asosiy suv manbalaridan yana biri - yer osti
suvlari hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday viloyatlarda yashagan
aholi qadim zamonlardan boshlab yer osti qatlamlardagi boy suv
resurslaridan o‘z ehtiyoji uchun foydalanishga harakat qilgan. Ular tekis
yerlarda quduqlar qazib, qovga (chorva mollari tyerisidan tikilganqop
yoki mesh) bilan suvni tortib o‘z ehtiyojlarini qondirgan bo‘lsalar, past-
baland adirlardan iborat tog‘ etaklarida yuzlab quduqlarni bir-biriga
tutashtirgan antiqa suv inshooti - korizlar vositasida yer osti suvlarini
yer yuziga chiqarib, dehqonchilik qilganlar.
O‘zbekistonda mana shunday antiqa irrigatsiya inshootlaridan keng
foydalaniladigan tumanlardan biri Nurota va Kitobdir. Bu yerlarda
qadim zamonlardayoq barpo etilgan korizlardan hozirgi kungacha
foydalanib kelinmoqda. Qashqadaryoning Kitob tumanida hozirgacha
13 ga yaqin korizlar saqlanib qolgan.Nurotaliklar korizlar kovlab yer
osti suvlarini yer yuziga chiqarish tarixini yeramizdan avvalgi 329-327
yillarda O‘rta Osiyoga bostirib kirgan makedoniyalik Iskandar bilan
bog‘laydilar. Nurotaliklarning hikoya qilishlaricha Iskandar Zulqarnayn
Zarafshon vodiysiga qo‘shin tortib kelganda Nurota tizmasining janubiy
qanoti Oqtog‘ning eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. U tog‘dan janub
tomonga qarab Zarafshon daryosi va obod vodiyni, shimol tomonida esa
daraxtsiz keng maysazor yaylovni ko‘rgan. O‘shanda Iskandar yam-
yashil poyonsiz keng dashtga qarab bu viloyatning daryosi yer ostidan
oqar ekan, degan emish. So‘ngra qo‘shinini Nurotaga olib kelib, 366 ta
harbiy qism sarkardalariga har biri o‘z otradlari bilan bittadan koriz
kovlashi haqida buyruq bergan. Natijada 366 ta koriz kovalanib, Oqtog‘
etaklariga suv chiqarilgan va Nurota atrofi obod bo‘lgan. Korizni
kovlashda lag‘m (qazilgan quduqlarni bir-biriga birlashtiruvchi teshik)
19
o‘tkazish eng mashaqqatli va eng ma’suliyatli ish bo‘lib, yer osti
suvlarining yer ustiga oqib chiqishi lag‘mning to‘g‘ri kovlanishiga
bog‘liq bo‘lgan.
Buning uchun, birinchidan, quduqlarni birlashtirishda qarama-qarshi
tomonlardan kovlanadigan lag‘mning biror yoqqa qiyshayib ketishiga
yo‘l qo‘ymay, quduqlarni bir-biriga to‘g‘ri tutashtira olish, ikkinchidan,
koriz orqali yer osti suvlarini yer ustiga oqib chiqishini ta’minlash lozim
bo‘lgan. SHuning uchun ham lag‘mlar odatda 0,002-0,005 m qiyalikda
kovlangan.
Koriz kovlashda bir qancha korizchi jamoalar oylab va yillab
lag‘m hamda quduqlar qazib, minglab kubometr tuproq va shag‘allarni
qazib chiqarishgan. Masalan, uzunligi 3 km bo‘lgan 250-300
quduqlardan iborat o‘rta hajmdagi korizdan taxminan 7-8 ming
Er sathini
belgilash
asbobi-
soqili tarozi
Korizning chizmasi
20
kubometr tuproq qazib chiqarilgan. Nurotadagi korizlardan birining
"Zulm" deb atalishi yer osti suvlarini yer ustiga chiqarishdagi mehnat
jarayonining nihoyatda og‘irligidan bo‘lsa kyerak.
Ma’lumki, korizlardan bir me’yorda suv oqib turishi uchun ular har
yili tozalanib, ta’mirlanadi. Koriz tozalash eng mashaqqatli va og‘ir
ishlardan hisoblanadi. Chunki korizdor dehqonlar har yili erta bahorda
20-30 kun davomida korizning ichida suv kechib, lag‘m va quduqlar
tubiga cho‘kkan loyqalarni qazib chiqarganlar. Ko‘pincha koriz pushtasi
cho‘kib, lag‘imning kattagina qismini bosib qolar edi.
Bunday hollarda lag‘mning bosib qolgan qismi qayta qazilib, o‘pirilgan
joylari yog‘och yoki toshlar bilan mustahkamlanar edi. O‘zbekistonning
tog‘ oldi hududlarida qadim zamonlardan to hozirgi kungacha
korizlardan foydalanib kelinmoqda. Masalan, Maston, Mastak, Zulfiqor,
Zulum, Mozor, Xayrobod, Sulton, Ko‘nchi, Begli, Tayla, Korizcha
singari bir qancha korizlardan hanuzgacha foydalanilmoqda.
Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Mavzusida
Chorvachilikda suvdan unumli foydalanish.
Qadimgi davrlardan to XX asr boshlariga qadar chorvador aholi
o‘rtasida suvdan unumli foydalanishning o‘ziga xos usullari o‘ylab
topilgan. Chorva mollari hamma vaqt ham suvga yaqin yerda
boqilmagan, ko‘pincha uzoq masofalarga haydab borilib chorva
sug‘orilgan.SHunday paytlarda bir muammo bulgan, ya’ni tug‘ilgan
yosh qo‘zichoq-uloq va ularning onalari bunday masofaga haydab borib
sug‘orishning imkoni bo‘lmagan. Qo‘zilagan chorva mollariga suv
etkazib berishning antiqa yo‘li o‘ylab topilgan.Unga ko‘ra qish faslining
yanvar, fyerbal oylarida maxsus qazib tayyorlab qo‘yilgan 2-3 metrli
o‘ra yoki xandakka yog‘ayotgan qorlar to‘plangan va xandak usti soh-
shabba, kigizlar bilan yopilib ko‘mib tashlangan.Muzlab qolgan qor yer
ostida hatto may oylarigacha saqlangan . Kyerakli paytlarda muzdan
chopib olinib qo‘rada (chorva mollari saqlanadigan joy) qolgan qo‘y-
qo‘zilarga berilgan, oilaviy yumushlarda ham foydalanilgan. Qazilgan
xandakda muz suvni toza saqlash uchun xandak ostiga va uning yon
tomonlariga butasimon o‘simliklarning shoxlari maxsus quyib chiqilgan.
Bu antiqa suv saqlash usulini haligacha keksa cho‘ponlar eslashadi.
SHuning uchun chorvador aholi o‘rtasida suv juda qadrlangan.
21
9-sinf “O‘zbekiston tarixi”
XIX asrning o‘rtalarida
O‘rta Osiyo davlatlari
hududi, aholisi va
ma’muriy boshqaruvi.
Charxpalak va Chiqirlar
Abu Abdulloh Muhammad
Xorazmiy Marv vohasining X
asr sug‘orish tehnikasini
tasvirlagan vaqtida,
chiqirlarning dulob, doliya,
g‘arrafa, zurnuk, naura va
manjanun kabi alohida-alohida
oltita atamalarni tilga olgan.
Rus tarixchisi V.V.Bartoldning
fikricha, bu atamalarning har biri alohida ma’noga ega bo‘lib, baland
yerlarni sug‘orish uchun suv chiqaradigan chiqirlarning turli xillarini
anglatgan.
Chiqirlar vositasida suvni asosan 2 m bakandlikka chiqarish uchun
ba’zan bir necha pog‘onali chiqirlar ham o‘rnatilgan. Afsonalarga ko‘ra,
qadim zamonda eti pog‘onali chiqirlar o‘rnatilib, Ustyurtga suv
chiqarilgan ekan. Ammo Ustyurtda olib borilgan arxeologik
tadqiqotlarda buning alomati qayd etilmagan.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Amudaryo etaklarida joylashgan
yerlar 70 mingga yaqin chiqirlar vositasida sug‘rilgan.
Sug‘orma dehqonchilikda chig‘irlarning ham salbiy, ham afzal
tomonlari bo‘lgan. Avvalo oqar suvdagi minyeral tuzlarga boy loyqalar
xandakka cho‘kib, ekin maydonlari toza suv bilan sug‘orilgan. Natijada
dalalarga loyqalar tarkibida oqib kiradigan tabiiy o‘g‘itlar miqdori
keskin kamayib, vaqt o‘tishi bilan yerning hosildorligi o‘z-o‘zidan
paysaygan. Biroq, chiqir bilan sug‘orishda suv nihoyatda tejalib, undan
foydalanishda rejasizlikka mutlaqo yo‘l qo‘yilmagan. Shu bilan birga
chiqir xandaqqa oqib kiradigan suv sathining qariyib 2 m pastroqda
turishi yerlarni meliorativ holatini mo‘‘tadillashtirib, uzoq vaqt
davomida paykallarning ortiqcha zaxdan sho‘ralanib ketishiga yo‘l
byermagan.
Misr soqiyasi- chig‘ir
22
Suvni ko‘za bilan o‘lchash.
Qadimdan aholi o‘rtasida o‘rnatilgan qat’iy tartib bo‘yicha
chashmadan har daqiqada oqib chiqadigan suv hisobga olinib turilib,
taqsimlanib kelingan. XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida tarixiy
ma’lumotlar yozib qoldirgan mualliflardan Mirza Salimbek binni
Muhammad Rahimning yozishicha, Nurota chashmasining suvi "ko‘za"
bilan hisob qilinib, dehqonlar o‘rtasida taqsimlangan.
Chashma suvi ko‘za bilan qanday o‘lchangan? Ko‘za 5-6 litr
suyuqlik ketadigan sopol idishdan ishlangan juda sodda suv soati bo‘lib,
yozda suv taqsimlanayotganda u bilan vaqt belgilangan. Sopol ko‘zadan
suv soati yasash uchun ko‘zaning tubi yon tomonidan dug bilan teshilib,
teshikka ingichka qamish naycha o‘rnatilgan. Suv taqsimoti paytida
ko‘za suvga to‘lg‘azilib, suv naychadan oqizib qo‘yilgan. Ko‘zadagi
suvning naycha orqali jildirab batamom oqib chiqishi uchun ketgan vaqt
"bir ko‘za" deb hisob qilingan. Nurota chashmasidan bir kecha-
kunduzda oqib chiqqan suv 160 ko‘zaga teng bo‘lib, kechasidagisi 64
ko‘za va kunduzgisi esa 96 ko‘za hisoblangan. Vaqt bilan hisoblanganda
har bir ko‘za 9 daqiqaga teng bo‘lgan. Kunduzgi uch ko‘za va kechasi
ikki ko‘za bir "qora" suv hisoblangan. Bir kunlik suv 32 qoraga teng
bo‘lgan.
Sug‘orish mavsumida chashma yoki ariqda oqayotgan suvni ko‘za
bilan o‘lchab, xususiy dehqon xo‘jaliklari o‘rtasida taqsimlash, suvga
tanqis Qashqadaryo va Jizzax vohalari uchun xos bo‘lgan.
Qashqadaryoda u "o‘ndi", Jizzaxda "ko‘za" nomlari bilan yuritilgan. Bu
oddiy suv soati ba’zan chilim qovoqdan ham yasalgan. SHunday qilib,
ko‘za faqat suv idishigina bo‘lib qolmay, balki sopol ko‘za va chilim
qovoqlardan yasalgan soddagina "suv soati" bo‘lib, suv taqsimoti
mavsumida miroblar qo‘lida dehqonlar haqobasini o‘lchab byeradigan
asbob - vaqtni belgilovchi soat bo‘lib ham xizmat qilgan.
Aziz ustozlar suv va suvdan foydalanish doir ushbu malumotlar
bizningcha dengizdan tomchidir.Maqsadimiz tarixda qanday qilib
suvdan foydalanganliklari, uning mashaqqatlari to‘g‘risida
o‘quvchilarga ma’lumotlar berish. Shu orqali o‘quvchilarimizda bugungi
kunda suvning qadriga etishdek tuyg‘uni, bizni chanqovimizni
chiqaradigan, ekin yerlarimizga oqib kelayotgan suvning ortida juda
ko‘p mehnatlar yotishidek tasavvurni shakillantirishdan iboratdir .
23
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Zahriddin Muhammad Bobur . Boburnoma. T. 1991 yil.
2. Narshaxiy. Buxoro tarixi . T-1991.
3. Ya.G‘. G‘ulomov. Xorazmning sug‘orish tarixi. Qadim
zamonlardan hozirgacha T, Fan, 1959 yil.
4. A.R Muhammadjonov. Quyi zarafshon vodiysining sug‘orilish
tarixi.(Qadimgi davrdan to XX asrgacha) “Fan”,T-1972.
5. A.R Muhammadjonov. O‘zbekistonning qadimgi gidrotexnika
inshootlari. “O‘zbekiston” T-1997.
6. A.R Muhammadjonov. SHayboniyxon suv ayirg‘ich ko‘prigi.
T.O‘zbekiston. 1969.
7. A.Ashirov “Avesto”dan meros marosimlar. T. 2001 y.
8. A.Kadirov. Voda i etika. T-2005.
24
Mundaraja
1. Kirish ---------------------------------------------------------------3bet
6 -sinf "Tarix" darsligi
2. . Urug‘chilik jamiyati mavzusida-------------------------------4 bet
3. Eneolit va bronza asri ziroatchilari mavzusida---------------4 bet
4. Temir asriga o‘tish davrida O‘rta Osiyoning rivojlanishi.Ilk
sivilizasiyalar vujudga kelishi davri mavzularida-----------------
------------------------------------3 bet
5. Ahmoniylar davlati mavzusida.------------------------------- 5 bet
6. Zardushtiylik mavzusida.----------------------------------------5 bet
7-sinf O‘zbekiston tarixi.
7. Eftaliylar davlatida ijtimoiy va iqtisodiy hayot.-- -----------7 bet
8. “Kulfakli" hovuzlar------------------------------------------------7 bet
9. Somoniylar davlatida ijtimoiy va iqtisodiy hayot. Mavzusida.
Xonbandi suv ombori.--------------------------------------------8 bet
10. Qishloq xo‘jaligi va iqto yerlarning kengayishi.Mavzusida.
G‘ishtband.-----------------------------------------------------------9 bet
11. IX-XII asr boshlarida me’morchilik, san’at, musiqa va diniy
etiqod. Mavzusida.
"Juyi arziz" - "Qo‘rg‘oshin novasi"--------------------------------11 bet
8-sinf “O‘zbekiston tarixi”
12 XVII asrda Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Mavzusida.
Abdullaxon bandi suv ombori.--------------------------------------12 bet
13. Suv ayirg‘ich ko‘priklar--------------------------------------------14 bet
14. Amirlik davlat tuzumi va uning ma’muriy boshqariluvi.
Mavzusida. Miroblar-------------------------------------------------15 bet
15. Amirlikning xo‘jalik hayoti.Mavzusida. Sepoya, Chorpoya va
Chilpoya.--------------------------------------------------------------16 bet
16. Sardobalar - gumbazli hovuzlar------------------------------------17 bet
17. Yer ostidagi oqar daryo - yer osti suv inshooti-------------------19 bet
18. Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Mavzusida
Chorvadorchilikda suvdan unumli foydalanish.------------------20 bet
9-sinf “O‘zbekiston tarixi”
19. XIX asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyo davlatlari hududi,
aholisi va ma’muriy boshqaruvi. Charxpalak va Chiqirlar-------21bet
20. Suvni ko‘za bilan o‘lchash.------------------------------------------22 bet