O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod...
Transcript of O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI - · Web viewUsta rassom va nozik dil soxibi Behzod...
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
“Pedagogika” fakulteti
“San’at” kafedrasi
TASVIRIY SAN’AT TARIXI FANIDAN
Mavzu: “Samarqand va Hirot nafis tasviriy san’at maktabi”
Bajardi: 2“A” guruh talabasi – Sobirov Firdavs
Ilmiy rahbar: “San’at” kafedrasi o’qituvchisi – Avliyoqulova N.
Kafedra mudiri: p.f.n dotsent - Madrimov B.X.
Buxoro-2014 yil
1
Mavzu: “Samarqand va Hirot nafis tasviriy san’at maktabi.”
Reja
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1.Temuriylar davri Samarqand va Hirot miniatyura maktabi
2.2. O’zbekiston xalq amaliy san’ati
2.3. Samarqandda ustoz-shogird ananasi
2.4. Samarqand va Hirotda Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati
Xulosa
Ilovalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
2
KIRISH
O’zbekiston tasviriy dastgoh san’ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta
yutuqlarga erishdi. O’zbekiston san’ati zafarli yo’lni bosib o’tdi. Respublikamiz
rassomlari ko’pgina ko’rgazmalarda faol ishtirok etib, san’atimiz ta’sirchanligining
ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko’pgina janrlarda
ijod qilib kelmoqdalar, manzara, natyurmort, portret va boshqa. Natyurmortda
bozorlarimizning to’lib toshgan noz-ne’matlarini, manzara janrida esa,
o’lkamizning go’zalligini va bepoyonligini, oddiy tabiat ko’rinishidagi go’zallikni
to’laqonli ifodalashga harakat qilmoqlar. Shu bilan birga qadimdan qolgan butun
dunyoga taniqli ajib me’morchilikning nodir yodgorliklarini o’z asarlarida
ko’rsatdilar. Portret janrida esa Vatanimizning ilg’or kishilarini, mehnatkash
xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni tasvirladilar. Bizning O’zbekiston Vatanimiz
ajoyib iste’dodli rassom va haykaltaroshlarni etkazib berdi. Bular ichida Iskandar
Ikromov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiev, Mannon Saidov, Damir Ro’ziboev,
Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzaev, Akmal
Ikromjonov, Ne’mat O’akimov, Osimxon Vosixonov, Temur Sa’dullaev, o’ofur
Abdurahmonovlar alohida mavqega ega. O’zbekiston xalq rassomi Alisher
Mirzaev rangtasvir ustasi xalqimiz an’analariga, boy va sermazmun o’tmish
tasviriy san’at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom o’z xalqiga xos psixologik
kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-tabiat bag’rida o’zbekona
an’analarni, to’ylarni, beg’ubor o’zbek bolalarini, lobar qizlarni, mushtipar onalar
kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, “Toshkent - tinchlik
va do’stlik shahri” triptixi, “Bola xonada”, “Intizorlik”, “Yosh oila haqida qo’shiq”
kabi o’nlab asarlar moybo’yoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda
bo’layotgan o’zgarishlarni e’tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday
jon bag’ishlaydiki, undagi go’zallik sirlari odamlarni ezgulikka etaklaydi. Rassom
asarlari bugungi kunda xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko’pgina xorijiy
davlatlarda ham ma’lum va mashhurdir.
3
Bahodir Jalolov ham O’zbekiston xalq rassomi bo’lib, zamonaviy rangtasvir
san’ati rivojiga katta hissa qo’shib kelayotgan iste’dodli rassomlardan biridir.
B.Jalolov tasviriy san’at borasidagi tahsilni davom ettirib, keyinchalik
Ch.Ahmarov, R.Choriev, E.P.Melnikov, B.D.Korolyovlardan tasviriy san’at
sirlarini o’rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portretlarda yuksak mahorat aniq
ko’zga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg’ular uyg’unligi tomoshabinni o’ziga
mahliyo etib qo’yadi. U portret san’atida ko’p yutuqlarga erishdi. Uning to’laqonli
asarlarida o’zbek xalqining sevimli farzandlari siymosi o’z ifodasini topgan. U bir
katta seriya portretlarni yaratadi, bular ichida akademiklar, rassom va boshqa
taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari o’zgacha talqin etiladi.
Bunga, “Gul va Rayhon afsonasi”, “Nido”, “Baxt qushi”, “Abadiy va navqiron
Hindiston”, “XXI asr Madonnasi” kabi ko’plab asarlarini misol qilib keltirish
mumkin.
4
II. Asosiy qismMustaqil O’zbekiston tarixiga bag’ishlangan O’zbekiston xalqlari tarixiy
muzeyi devoriga ishlangan monumental ko’rinishdagi surat jiddiy va mazmunli
tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e’tiborini
o’ziga jalb qila oladi. Polotnoni kuzatgan tomoshabin boy tarix sahifalariga ega
bo’lgan o’zbek xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil
qiladi. B.Jalolov ijodi shu jihati bilan qadrlidir.
Haykaltaroshlik san’atining o’lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini
ijodkor Damir Ro’ziboev faoliyatida yaqqol qurish mumkin. Dastlab rangtasvir va
grafika san’ati bilan shug’ullangan D.Ro’ziboev haykataroshlik olamiga asoan 60
yillarda kirib keldi. San’atkor ijodida shakl va hajmlarning o’ziga xosligini
harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va
keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin. Uning bir qancha haykallarida
xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch
kelamiz. Shu bilan birga u portret janrida ham ijod qiladi. San’atshunos olim
R.Toqtash obrazi, rassom V.Savistkiy va Saida portretlarida zamondoshlarimiz
obrazlari to’laqonli o’z ifodasini topgan. D.Ro’ziboev haykaltaroshlik san’atida
katta bir maktabni o’tab kelayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy.
Buni biz san’atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san’atining yuzaga kelganligi
orqali guvohi bo’lishimiz mumkin. Ro’ziboev haykallaridagi shakl va hajmlarga
bo’yoq berish bilan ularning sehrli olamini yanada mo’’jizali qila oladi. San’atkor
bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqeani rangin sirlarini
matolarda yanada to’ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro’ziboevning izlanishlari
kelajak muammolarini talqin qilishga qaratilgan. San’atkor ko’tarinki ruh bilan
musiqa, rangtasvir asarlarini o’rganib, o’z haykallarida mujassamlashga intiladi.
O’aykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri uning asarlarida hissiy
mazmundorlik boyib borayotganligidadir. Ana shunday mazmundorlik orqali u
inson ma’naviyatini tobora to’laroq qamrab ifodalashga harakat qiladi. O’zbekiston
tasviriy san’ati tarixi - jahon tasviriy san’ati tarixining ajralmas qismidir.
5
O’zbekiston san’ati boy merosga ega. O’ozirgi zamonda esa bizning rassomlarimiz
va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo’lib qolgan. Dekorativ-amaliy
san’atimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kelgan. Ustalarimiz ijodi
nafaqatgina mustaqil O’zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham o’z obro’-
e’tiboriga ega.
6
2.1.Temuriylar davri Samarqand va Hirot miniatyura maktabi
Temuriylar davrida Samarqand miniatyura maktabi faoliyatini yirik
san’atshunos va tarixchilardan A. Pugachenkova, L.I. Rempel, T. Maxmudov, N.
Norqulov, I. Nizomiddinov, O. Usmonov va boshqalar o’z ishlarida ochib
berganlar. O. Usmonov Samarqand miniatyura maktabi mavjudligini belgilovchi
asarlar ro’yxatini keltirgan. (O.Usmonov, Kamoliddin Behzod va uning naqqoshlik
maktabi, T, «Fan», 1977)
Yirik san’atshunos olim T. Maxmudov yuqoridagi fikrlarga ko’shilgan holda
«Kamoliddin Behzod tomonidan yaratilgan nafis tasviriy san’at maktabi (uni
Afgonistonlik san’atshunos olimlar «Hirot maktabi» ham deb ataydilar) XIV- XV
asrlarda Movarounnaxrda vujudga kelgan Samarqand nafis tasviriy san’at
maktabining tadrijiy davomi bo’lib, u bilan o’zaro mustaxkam aloqada va bir -
biriga ta’sir qilib rivojlangan» degan fikrni olga suradi. («Behzod maktabi haqida
muloxazalar», «Guliston» №1 1996).
«Samarqand, - deb yozgan edi Afgonistonlik professor Abdulxay Xabibiy,
hamisha osiyodagi ilm, madaniyat va san’atning ulkan va ajoyib markazi bo’lib
kelgan. Samarqand, Hindiston, Eron, Hirot, Arab mamlakatlari shaxarlari bilan bir
qatorda Hirot, Balx, Kandaxor, Jo’zjon, Taxor kabi shaxarlari bilan ham doimiy va
iqtisodiy aloqalarda bo’lgan. Hirotlik Behzod yoqqan san’at va nafosat
mash’alasining so’nmas nurlari Isfaxon, Tabriz, Istambul, Buxoro va
Samarqandgacha borib yetdi. Adabiyot va san’at soxasidagi mustaxkam
alokalarimiz xalqlarimizni shu darjada bir-birlariga yaqinlashtirib, XIV - XV
asrlar davomida yaratilgan bir ajoyib mushtarak madaniyatning ikkala muqaddas
beshigi hisoblanadi». (O. Usmonov).
XV asr boshlaridan boshlab sharq miniatyurasi rivojida yangi bosqich
boshlanadi. Buning asosiy sababi markazlashtirilgan Temuriylar imperiyasi
davlatlari tizimidir. 1365 yilda Movarounnaxrda hukmronlik qilgan Temur O’rta
Osiyodan mo’gullarni haydab chiqaradi. Xorazm va Boltiq bo’yi mamlakatlarini
bosib oldi. So’ngra Eron, Iroq, Suriya, Turkiya, Hindiston safariga tayyorgarlik
ko’rila boshlandi. XVI asr boshlarida Temur O’rtayer dengizidan Hindistongacha 7
bo’lgan xududda katta davlatni barpo etdi. Sharq va Garbiy YYevropa
mamlakatlari bilan aloqalar o’rnatildi. Bular haqidagi ma’lumotlarni
Samarqanddagi ispan elchisi Klavixo de Gonsales yodnomalarida ko’rish mumkin.
U Samarqandni «Yer sharining nur sochuvchi nuqtasi», - deb ta’riflaydi. Xalqaro
savdo – sotiq keng avj oladi, poytaxt fan, madaniyat va san’at markaziga aylanadi.
Movarounnaxrga ko’zga ko’ringan olimlar va adabiyotchilar, me’mor va
xunarmandlar, rassomlar va hattotlar olib kelindi. Natijada yaqin sharq va osiyo
xalqlari badiiy madaniyatlari qo’shilib, san’atda yangi usulga poydevor qo’yildi.
Temurning o’limidan so’ng ham Samarqand uning naberasi Ulugbek raxbarligida
fan va madaniyat markazi bo’lib qoldi. Hirot madaniyati ham shu qatorda bo’lib,
mamlakatni Temurning o’gli Shoxrux Mirzo boshqargan. XIV asr oxiri XV asr
boshlarida Samarqandda Temur saroyida yirik miniatyurachi musavvirlar ijod
qilgan. Jumladan, tarixiy manbalarda asoslanishicha, Samarqand badiiy
ustaxonalari boshligi bo’lgan Bogdodlik usta Abdulxay Shuxrat qozongan. O’rta
Osiyo rassomlari biografiyasi Muhammad Do’stning ma’lumotiga asosan
o’shandan beri «Uning uslubi bo’yicha, biror boshqa kishi yozolmas edi – deb
yozib qo’ygan edi. Do’st Muhammad, - xech bir musavvir Abdulxay uslubini
chetlab o’tolmadi, barchasi shu uslubda chizishga intildi. Bu davrda ijod qilgan
Shayx Muhammad Taliliy, Pir Axmad Bogi Shamoliy, Muhammad Ibn
Maxmudshox Al Xayyom ham Abdulxayning shogirdlari hisoblanadi».
Temurning naberasi Mirzo Ulugbek (1409-1449) davrida miniatyura san’ati
yuksak rivojlangan. Uning nomi nafaqat xukmron podshox, balki yirik olim va fan,
san’atning xomiysi sifatida ham mashxurdir. Uning xukmronlik davrida shaxar
qurilishi, arxitekturasi, badiiy xunarmandchilik, adabiyot va san’atning gullashi
bilan xarakterlidir. Ulugbekning eng asosiy qiziqishi astronomiya soxasi bo’lib, u
tomondan taniqli olimlar jalb qilinib, xech kayerda u bilan tenglasha olmaydigan
mashxur observatoriya qurilgan. Ulugbek miniatyuranavis musavvirlarning ham
ijodini qo’llab-quvvatlagan. Xatto bu vaktda Samarqandda musavvirlar ko’chasi
«Kui-Naqqoshon» bo’lgan.
8
XV asrning ikkinchi yarmiga kelib O’rta Osiyo miniatyurasi san’atida bir
muncha pasayish seziladi. Buning sababi mamlakatda diniy mavkening galabasi,
uning vakili Xuja Axrorning kelishi bilan izoxlanadi. Insonparvar hokim Mirzo
Ulugbek davrida poytaxtda to’plangan eng yirik olimlar, ustalar ta’kib ostiga
olinadi. So’ngra ular sekin-astalik bilan Hirotga, Sulton Husayn Boyqaro va uning
vaziri Alisher Navoiy qaramogiga o’tadilar.
Amir Temur davrida o’ziga xos miniatyura belgilarini Turkiyadagi Tupkopi
Saroy va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan «Stambul albomi»dagi kuchirma
va xomaki miniatyura nusxalari shundan dalolat beradi, deb yozadi O’zFA
akademigi A. Pugachenkova. Bunda XIV- XV asrga oid bu xomaki nusxalar o’ta
noziklik bilan aloxida shaxslarni, daraxtlar, gullar, naqshlar va kichik
kompozitsiyalardan iborat bo’lib, bular ustalarning yuksak maxoratidan darak
beradi. Lekin, shuni ham ta’kidlash kerakki, - deb ta’kidlaydi Olima, - Sheroz va
Hirot miniatyura maktablari alomatlaridan Samarqand maktabi xozircha o’rta
osiyoliklarga xos bo’lgan etnik alomatlar asosida aniqlandi.
Xulosa qilib tarixchilar va san’atshunoslar fikrlariga tayanib shuni aytishimiz
mumkinki, XV asr Temuriylar davrida Samarqand, Hirot, Buxoro singari O’rta
osiyo shaxarlarida ilm-fan va san’at yuqori darajada rivojlangan va bu davr Alisher
Navoiy va Behzod nomi bilan chambarchas boglikdir.
Qushlarni chizish.
9
Miniatyurada portret (Bobur).
10
Temuriylar davri Hirot miniatyura maktabi
Hirot miniatyura markazi tarixiy-etnografik va san’atshunoslik (majmui)
nuqtai nazaridan to’liqrok o’rganilgani bois, bu nafis san’at adabiyotning, tarixiy
xujjatlar, tasviriy va amaliy san’atda me’morchilikda gullab yashnagan davri
sifatida ko’zga tashlangan. Bu manbalar G. Pugachenkova, L. Rempel, L.
Dolinskaya, O. Galerkina, M. Ashrafiy va boshqalarning asarlarida chuqur
yoritilgan.
Hirot rangtasvir maktabi o’zining jugrofiy ahamiyati doirasidan XV-XVI
asrlardan bir davlat xududidan chetga chiqa boshladi. Hirot badiiy markazining
boy madaniy merosi bilan Eron, Afgoniston, O’rta Osiyo, Ozarbayjon va
Xindistonning musulmon xalqlari ham faxrlanadilar.
Janubiy Eron katta shaxri, shoirlar Sa’diy va Xofiz vatani bo’lmish, Sherozda
ishlab chiqilgan usullar Hirot miniatyurasining rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir
ko’rsatdi. Bunda manzarani aniq ishlash, yuqori gorizont usuli, ranglar boyligi va
kompozitsiyaning murakkab ko’rilganligi bu usullarning asosiy xarakterli
xususiyatlari xisoblanadi.
«Navoiy, Jomiy va Bexzod davridagi Hirotni – XV asrning ikkinchi yarmi
Hirot madaniy yuksalishi va gullab yashnashi sarchashmalarini – Shoxrux Mirzo
Hirotidan kidirish kerak», - deb yozgan edi rus sharqshunos olimi M.M.
Dyakonov. Shoxrux Mirzoning o’gli Sulton Ibroxim ham moxir xunarmandlarga
o’z tajribalari asosida jahon tasviriy san’at namunalari xisoblangan kitoblar
tuzdirdi.
Shoxruxdan so’ng, o’gli Boysunkur (1414-1433) davrida qo’lyozmalarni
tayyorlash ustaxonalarida ko’plab quli gul ustalar ishlagan. Tarixchilarning
yozishlaricha 40 dan ortiq hattotlar Tabrizdan olib kelingan. Axmad Naqqosh va
Ali musavvir, mashxur muqovasoz Kavamiddin Tabriziy va usta hattot Jafar
Tabriziylar ishlagan.
Agar biz musavvirlar va hattotlar haqida gapiradigan bo’lsak, ajoyib hattot va
san’at xomiysi Boysunkur Mirzo (1397 y) nomini xurmat bilan tilga olishimiz
kerak. Boysunkur Mirzo vazirlik davrida badiiy ijod, madaniy-ilmiy ishlar bilan 11
ham shugullangan. Davlatshox Samarqandiy uning mana shu faoliyatini ta’riflab:
«Shaxzoda Boysunkur xunarparvar va xunarmandlikka jahonda mashxur bo’ldi.
She’riyat va xattotlik uning zamonida rivoj topadi. Xunarmand va fozillar uning
ovozini eshitib, tevarak-atrofdan xizmatga keladilar. Xushxat kitoblardan qirq kishi
uning kutubxonasida kitobat qilish bilan mashgul edilar. Boysunkur Mirzo
xunarmandlarni e’zozlar, shoirlarni do’st tutar edi», deydi.
Tarix manbalarida ko’rsatilishicha, Boysunkur kutubxonasida kitob ko’chirish
bilan birga, kitoblarga zar bilan lavxalar chizish, go’zal naqsh va suratlar solish,
o’tmish mutaffakkirlarining ijodi va tarjimai xoliga doir faktlarni to’plab o’rganish,
noyob kitoblarning nusxasini ko’paytirish, ayrim ijodkorlarning mukammal
kulliyotini yaratish kabi ilmiy-ijodiy ishlari ham keng yo’lga qo’yilgan edi. Alisher
Navoiy Boysunkur faoliyatini quyidagicha ta’riflaydi: «Boysunkur Mirzo xushta’b
va saxiy va ayyosh va xunarparvar podsho edi».
Ko’plab san’atkor, hattot va musavvirlar ham Boysunkur Mirzoning
marhamatidan chetda qolmaganlar.
1448 yilda Ulugbek kitobxonasi Hirotdan Samarqandga kuchiradi. Shu bilan
Hirotda ancha vaqt miniatyura soxasida juda katta siljishlar ro’y bermaydi. Lekin
XV asrning 70-80 yillarida bir qator yaxshi bajarilgan ishlar ko’zga tashlanadi.
Bunga misol qilib «Kalila va Dimna»ga bajarilgan miniatyuralarni, (B.V.
Robinson Kalila va Dimna) Abduraxmon Jomiyning «Silsilat az-zaxab» asariga va
boshqa bir qator ishlarni misol qilib keltirish mumkin.
XV asrning oxirgi choragida Hirotda katta o’zgarishlar ro’y beradi.
Temuriylar davlati bo’lgan bu yurtda boshqa soxalardagi kabi madaniy yo’nalishda
ham katta ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi. Bunda ma’rifatparvar shox Xusayn
Boyqaro va uning do’sti shoir Alisher Navoiylar ta’siri katta bo’ldi.
XV asrning oxirgi choragida Hirotga Temuriylar davlatining barcha
joylaridan yetuk musavvirlar kelib ijod qilishadi. Mashxur hattot Sulton Ali
Mashxadiy va mashxur musavvir Kamoliddin Bezod, uning shogirdi va do’sti
Qosim Ali nomlari tarix saxifalariga zarxal xarflar bilan yozib qo’yilgan.
12
XIV – XV asrlarda Hirot madaniyat markazlaridan biri bilan bu davlatlarning
xalqlari madaniy vorisi bo’lib xisoblanadi. Temuriylar sulolasi xukmronlik qilgan
davrda Hirot Samarqanddan keyin ikkinchi Temuriylar davlati poytaxti bo’lib
xisoblanadi. Hirotning ma’rifatli vorislari «Yer yo’zini lol qoldirgan» Mirzo
Shoxrux o’gli Sulton Xusayn Boyqaro tan olinadi.
Hirot XV asrning yarmiga kelib sharq madaniyati markaziga aylandi. Bu
yyerda fan, adabiyot, san’at rivojlandi, ajoyib san’at koshonalari qurildi.
Ulug mo’gullar imperiyasining asoschisi Sulton Bobir Hirotni quyidagicha
tariflaydi: - «…bu yerda yashagan xar bir odam san’at va fanni egallashga intilar
va uni takomillashtirar edi».
Hirot miniatyurasi o’zining eng gullagan davrini Temuriy «askar shoir» deb
atalgan ma’rifatli Sulton Xusayn davrida kechirdi. Ammo rangtasvir san’atiing
rivojida eng avvalo Sultonning yaqin o’rtogi, ulug vazir – o’zbek adabiyotining
asoschisi, shoir va olim Alisher Navoiyning hissasi benixoyat ulkandir. Uning
oldiga musulmon sharqning turli burchaklaridan taniqli olimlar va shoirlar,
yozuvchilar va rassomlar, hattotlar va musiqachilar tashrif buyurishadi. «Olimlar
bogida» adabiy kechalar, baxslar, uchrashuvlar uyushtiriladi, rassomlarning yangi
asarlari muxokama qilinadi.
XV asrning ikkinchi yarmi Hirot miniatyura maktabi uchun rangtasvir
san’atida uygonish davri bo’ldi. Usta rassom – miniatyurachilar, hattotlar, naqsh
san’ati ustalari o’zlarining beboxo asarlari bilan bu markazning dunyo miqyosida
shuxratini ta’minladilar. To’plangan boy tasviriy vositalar va usullar bu san’at
turining boshqa mamlakatlardagi rivojiga va keyingi davr sharq, rangtasviri
yuksalishiga ajoyib ta’sir ko’rsatadi. Bu maktab an’analarining nusxalari o’sha
davrdagi Gruziya, Armaniston miniatyuralarida ham seziladi. Alisher Navoiy
huzuriga yoshlik chogida Hirotlik rassom bo’lajak sharq «Rafaeli» - Kamoliddin
Behzod ham keladi. Ma’lumki, o’rta asrlar buyuk rang tasvirchisi Kamoliddin
Behzod miniatyura rang tasvirida erkin iz qoldirgan. Uning nomi tiriklik
chogidayok (1455-1535) Xurosondan tashkarida ham keng tanilgan edi. Uning
ko’plab shogirdlari va davomchilari bo’lib, uning asarlarini xush ko’rib, unga 13
taqlid ham qildilar. Behzod ijodi Tabriz (Eron, Ozarbayjonni), Buxoro va
Samarqand, Mugullar Xindistonni (Dexli va Agra rangtasvir maktablari) va boshqa
miniatyura maktablarining keyingi rivojiga salmoqli katta ta’sir ko’rsatdi. Xususan
Behzodning roli miniatyurada portret san’atining shakllanishiga beqiyosdir. Uning
portretlaridagi odamlar individual uxshashlikka ega. Usta rassom va nozik dil
soxibi Behzod san’atini XV asr oxiri XVI asr boshlarida yashagan Hirot
solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan ham bilib olishimiz mumkin. U
shunday deb yozgandi: - «Doimo, shox (Sulton Xusayn) gam-tashvishdan va
notinchlikdan ranjigan vaqtda, Behzod portret yoki biror bir tasvirni chizar edi.
Genial musavvir Kamoliddin Behzod monumental tasvirlarning butunlay
kitob saxifalariga ko’chgan davrning ulug vakilidir. Behzod ijodi u kamolot
cho’qqisiga erishgan paytlar Hirotning bogi Safididagi Tarabxona xushk
devorlariga jangovar tasvirlar ishlagani haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Keyinchalik, asosan kitob miniatyuralari keng ko’zga tashlanadi.
Alisher Navoiyning zamondoshi tarixnavis Zayniddin Vosifiy «Badoiy ul
vaqoe» asarida qiziq bir xodisani yozib qoldirgan. Mashxur musavvir yangi suratni
amir Alisher majlisiga keltirgan. «Suvratda tasvirlanishicha – davom etadi
Vosimiy, - orasta boglar, turli-tuman daraxtlar. Xushsuvrat qushlar, har taraf
arikchalar… ochilgan zangori gul to’plari va uning orasidan Mir (Alisher)ning
yoqimli xush suvrati. U xassaga tayangan… yonida soqchi uchun zar to’la
dabaklar. Xazrati Mir ul suvratni mushoxada va mulohaza qildi: ul nafis saxifa –
boglar ichra latif shodlik gullar, xayoliy xovuzlar atrofi go’zal daraxtlar bilan
bezatilgan».
Behzod ishlagan miniatyura tasvirini ko’pchilik tomosha qilib, uning badiiy
jihatdan o’sha davr estetik talablariga juda monand ekanligi odatdagixol deb qabul
etadilar. Tasvirlarning qanchalik tabiiy va jonli ekanligi haqida xazil-mutoiba bor
ekan, odam va qushlarning tasviri islom dinida kat’iyan man’ etilganligi
yigindagilarning xayoliga ham kelmagan. Alisher Navoiy homiyligi ostida o’sha
davr miniatyura san’atining ravnaq topgani ham bejiz emas.
14
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, miniatyura tarixi olimlar fikrlariga ko’ra,
«Hirot maktabi», Xitoy, Sheroz, Bogdod va Samarqandlik musavvirlar, hattot va
naqqoshlarning bevosita ta’sirida shakllangan. O. Usmonov ta’kidlashicha,
«Kamoliddin Behzod XV asrning ikkinchi yarmida, bir tomondan Samarqanddagi,
ikkinchi tomondan, Sheroz va Bogdoddagi (XIV asr oxiri va XV asr boshi) nafis
tasviriy maktablarining boy, o’zlariga xos, rang-barang an’analari ta’sirida XV
asrning ikkinchi yarmida Hirotda paydo bo’lgan nafis tasviriy san’at maktabida ilm
oldi va voyaga yetdi.
Olimlar muloqoti. Xamsa. Nizomiy 891/1491 y.
Sheroz maktabi kompozitsiyasi.
15
2.2. O’zbekiston xalq amaliy san’ati
O’zbek xalqining ko’p asrlik tarixida xalq amaliy bezaksan’ati madaniy
merosimizning asosiy qismini tashkil etadi. O’zbek diyorida vujudga kelib, gullab
yashnagan amaliy san’at turlari bemisil va betakrorligi bilan dunyoga mash hur. Bu
taraqqiyot bosqichi haqida fikr yuritar ekanmiz, o’zbek amaliy bezak san’atining
kelib chiqishi insoniyatning ilk davri, ya’ni ibtidoiy jamoa davriga borib
taqalishining guvo hi bo’lamiz.
O’lkamiz zaminidagi arxeologik qazishlar natijasida topilgan
yodgorliklarning guvo hlik berishicha, insonning jismga badiiy ishlov berish
usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq boshlanib, asrlar osha
hozirgacha davom etib kelmoqda.
Bizgacha ibtidoiy jamoa tuzumida ashyoviy dalillar -me hnat va ov
qurollari, uy-anjom va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari
etib kelgan. Tuproq ostida qolib ketgan tarixiy yodgorliklar odam va
hayvonlar jasadining qoldiqlari, Qor va erto’la devorlariga chizilgan surat va
bo’rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o’rganishning mu him manbai
hisoblanadi.
Paleolit davrida amaliy-dekorativ san’at namunalari ham keng tarqala
boshladi. Buyumlarni naqsh bilan bezashga, turli taqinchoqlarga, tumorlarga
e htiyoj paydo bo’lganligi arxeologlar tomonidan topilgan ashyoviy
buyumlarda namoyon bo’lmoqda. Odamlarning o’troq holga o’tishlari,
tabiat qonun-qoidalarini kuzatish simmetriya, ritm, shakl tuyg’ularini
o’sishiga sabab bo’ldi. Bir xil elementlarning tekis qaytarilishi yoki oralab
kelishi asosida vujudga keladigan o’ziga xos naqqoshlik san’atini maydonga
keltirdi. Naqqoshlik yangi tosh (neolit) asrida keng yoyildi, dekorativ-amaliy
san’atning taraqqiy etishga ta’sir ko’rsatdi va yordam berdi. Kulolchilik va
boshqa buyumlarni naqsh bilan bezash keng tus oldi. Parallel, spiralsimon
va to’lqinsimon chiziqlar, aylanalar shu davrdagi ko’pgina naqshlarning
asosini tashkil etadi. 16
Geometrik naqshlar asta-sekin sxematik odam, hayvonlar va
o’simliklar dunyosidan olingan shakllar bilan boyitilib, mazmunan kengayib
bordi. Uning elementlari koinot kuchlarining ramziy belgilarini aks ettira
bordi. Masalan, rozetka-quyosh ramzi, to’lqinsimon chiziq- harakat, suv
ramzi va hokazo.
Naqqoshlik san’ati endilikda dekorativ funkstiyani bajaribgina qolmay,
balki shu bilan birga, kishilarning g’oyaviy va falsafiy tushunchalarni ham
ifodalay boshladi.
Bronza asrida o’rta Osiyoda kulolchilik yanada rivojlandi. Kulolchilik
dastgo hlarining yuzaga kelishi esa, yaratilgan buyumlarning yanada nafis va
go’zal bo’lishini ta’minladi. Chustdan topilgan qizil fonga qora bo’yoqlar
bilan rasm va naqshlar ishlagan sopol buyumlar diqqatga sazovordir.
Temir asrida ham dekoartiv-amaliy san’at etakchi o’rinni egallaydi.
Bezash ishlarida geometrik naqshlardan tashqari, syujetli kompozistiyalardan
foydalanish alohida rivojlangan.
O’rta Osiyoning qadimgi davri san’ati va madaniyatini o’rganishda er
ostidan, qabrlardan topilgan turli dekorativ amaliy san’at namunalari, jang,
ov va me hnat qurollari ham mu him rol o’ynaydi. Sopol buyumlar, bronza,
oltin, kumushdan ishlangan, kishilar e htiyoji uchun ishlatiladigan buyumlar
yuzasi naqshlar bilan bezatilgan, bo’rtma tasvir va haykallar bilan
pardozlangan. Ayrim buyumlar yuzasiga esa hayotiy voqealar aksi
tushirilgan. Ana shu daliliy materiallar o’tmish san’ati va madaniyati,
kishilarning estetik, badiiy qarashlarini bilishga xizmat qiladi.
Uzbekiston hududida arxeologik qazilmalardan Xorazm, So’g’d,
Baqtriya va boshqa viloyatlarda naqqoshlik san’atining rivojlanganligi
ma’lum. Surxondaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-IIasr), Dalvarzintepa (I-
asr) budda ibodatxonalari qazilmalaridan topilgan rasm, naqsh qoldiqlari
buning yaqqol dalilidir.
17
Eramizdan avvalgi IV-VI asrlarda o’rta Osiyodagi badiiy hayot va
madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan
"Amudaryo boyligi" (Oks boyligi) mu him o’rinni egallaydi. Hozirgi kunda
Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu yodgorliklar ichida
oltindan yasalgan haykallar, turli ko’za, bilaguzuk, uzuk, mu hr, tangalar,
oltindan yasalgan arava va qurollar diqqatga sazovordir.
Buyuk sarkarda Iskandar Zulqarnay (Aleksandr Makedonskiy)
eramizdan avvalgi IV asrlarda Axmoniylar davlatini tor-mor etib, o’rta
Osiyo erlarining ko’pgina qismini o’ziga qaratib oldi. Faqat
Xorazm,Farg’ona va Sirdaryo bo’yidagi ko’chmanchi qabilalargina o’z
mustaqilligini saqlab qoldi.
Amaliy san’atga bu qadar chuqur falsafiy yondoshish natijasida
shartlilik, stilizastiya - ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish
kuchaygan. Ushbu tarixiy omil o’zbek milliy bezak san’atining gurkirab
rivojlanishiga turtki bo’lgan va hozirda ja honga mash hur me’morchilik
yodgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik,
toshtaroshlik va boshqa turdagi san’atlarning ajoyib darajada uyg’unligidan
va mujassamligidan dalolatdir. Xalq amaliy bezak san’ati kishilarning
ma’naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ru hiyatini
tarbiyalaydi.
Shuning uchun ham o’zbek xalq amaliy san’ati kishilarni badiiy-
ahloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini
shakllantirishda, hamda madaniy darajasini oshirishda eng zarur
manbalardan biri hisoblanadi.
Yaqin o’tmishda o’zbek amaliy bezak san’atining eng rivojlangan
naqqoshlik, ganchkorlik, tosh va suyak o’ymakorligi, kandakorlik,
pichoqchilik, bo’yrachilik, zargarlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik,
kigizchilik, savatchilik kabi turlarining o’ziga xos bajarish texnologiyalari,
18
haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar,
uslublar hamda shu so halarda nom qozongan ustalarning xizmatlari butun
ja honga dong’i ketgan.
O’rta Ociyo naqqoshlik san’ati qadimdan dunyoga mashhur. o’tmishda
ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor
jilvasini yo’qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar hozirgacha bizni
hayratga solib kelmoqda.
Naqsh- arabcha tasvir, gul degan ma’noni bildirib, u qush, hayvonot,
o’simlik dunyosi, geometrik va boshqa turli shakllarning ma’lum tartibda
takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir.
Islom talablariga buysunish oqibatida jonivorlar, parrandalar va
odamlarni tasvirlash yo’qolib borib naqqoshlik rivoj topdi. Arab yozuvi
o’zlashtirildi. Natijada naqshlar bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi
paydo bo’ldi. Arab yozuvi naqshlar bilan birga chizildi. Arab yozuvi ham
bezak, ham duo-afsunlar vazifasini bajardi.
Naqqoshlik xalq-amaliy bezak san’atning bir turi sifatida qadimdan
o’zbek madaniyatining mu him bo’lagi hisoblanadi. Ko’p asrlar mobaynida
uning badiiy an’analari vujudga keldi va rivojlandi. Naqshlarda san’atning
boshqa hamma turlaridan farqli ravishda avlodlarning chambarchas
bog’liqligini, milliy an’analarning davomiyligini ko’rish mumkin.
Naqqoshlik an’analari san’atning ana shu turini o’rganish metodlari sifatida
ham bobodan otaga, otadan o’g’ilga o’tib kelgan. Ana shu davomiylik tufayli
naqqoshlik san’ati hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning eng yaxshi
namunalari boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga
muvofiqligi va go’zalligi bilan farqlanadi. Bunda xalq ustalarining atrof mu
hitga qarashlaridagi tafovut aks etadi. Naqshdagi chizgilar o’yini musiqadagi
o hang singari, qo’shiq va ertak kabi “xalq hayotiy tajribasining katta
umumlashmasidan” tarkib topgandir.
19
Badiiy naqqoshlik ranglarning uyg’unligida va o’ziga xos
kompozistiyalarda go’zallik yaratish san’atidir. Naqqosh usta o’z ishida
ranglarning tabiiy jilosidan va uyg’unligidan, bejirim shakldan, material
fakturasidan mo hirlik bilan foydalanib yorqin ifodalikka erishadi.
O’zbekistonning an’anaviy me’morchiligida naqqoshlik asosan
shiftlarni, jimjimador araqilarni, saroy ustunlarini, masjidlar, maktablar,
boylarning uylari, yog’ochdan yasalgan buyumlarni bezashda qo’llangan.
Nozik o’simliksimon-geometrik naqshdagi o’zaro singib ketgan
novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik harakati,
o’zbek ustalarining ishlaridagi islimi va girix naqshlarining klassik motivlari
shiftlarning shakliga moslangan. Naqsh ko’proq intererlarni va yopiq ayvon,
peshayvonlarni bezashga xizmat qiladi.
Uhozirgi paytda naqshdan me’morchilikda, uy ji hozlari, sovg’alar,
mayda yog’och o’yinchoqlar, musiqa asboblari va turmushda kerakli
buyumlarni bezashda foydalaniladi.
Badiiy naqqoshlik san’ati hozirgi kunda keng tus olmoqda. Matbuot,
radio, televidenie, kino orqali kishilar ana shu san’at namunalari va uning
xalq ustalari bilan tanishmoqdalar. Bu san’atkorlar orasida O.Qosimjonov,
E.Raufov, A.Boltaev, S.Norqo’ziev, A.Azimov, A.Isaev, B.Abdullaev,
T.To’xta ho’jaev, J.Xakimov, Z.Bositxonov, M.To’raev, T.A hmedov,
K.Karimov, A.Il homov va boshqalar bor. Xalq ustalarimizning, ulardan
ta’lim olgan shogirdlarning ishlarini Toshkentdagi amaliy san’at muzeyida,
ko’rgazma zallarida, badiiy salonlarda, shuningdek, turar-joy va jamoat
binolarida, masalan, Toshkent Davlat stirki, Alisher Navoiy nomidagi opera
va balet teatri, Milliy akademik drama teatri, Temuriylar tarixi muzeyi, Oliy
Majlis va Sha har Hokimiyati binolari, metro stanstiyalari, me hmonxonalar,
kabi ma’muriy va maishiy inshootlarda ko’rish mumkin. Hozirgi vaqtda
maktablarda va maktabdan tashqari muassasalarda to’garaklar tarmoQini
20
iloji boricha kengaytirish vazifasi qo’yilmoqda. Xalq naqqoshlik san’atini
o’rganish o’quvchilarda badiiy didni, me hnatsevarlikni rivojlantirishga va
qator foydali bilim hamda malakalarni tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Ularning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va o’stirishga yordam beradi.
BADIIY BEZAK TURLARI
Mis choydish, oftoba, qumg’on va boshqalarga zarb bilan bezak beriladi.
Idishlarning orqa va old tomonlari o’ziga xos bezaladi. Masalan, zarb qilingan
naqshlarni chetidan hoshiya bilan o’ralmaydi, ko’rkam naqsh motivlari bilan
bezaladi, juda murakkab nafis naqshlar bilan to’ldirib ishlanadi. Mis laganlarga
zarb qilinadigan naqsh kompozistiyalari o’ziga xos turlarga ega. Gardish, turunj,
mehrob, sitora, ishkalak naqshlari ishlanadi.
Mehrob — mehrob tasvirini beruvchi naqsh. Ya’ni markazdan aylana
atroflab bir necha mehroblar tutashib hosil qilgan naqsh. Mehrobning turi juda
xilmaxil. Masalan, mehrobi bargi bed, mehrobi duraftor, mehrobi duraftor islimi,
mehrobi muhja, mehrobi madohil, va boshqalar. Sitora — mis idishlarni butun
sirtini yulduzsimon naqsh qoplab olgan kompozistiya.
Gardish — naqshlar doiralardan tashkil topgan ritmik joylashgan
kompozistiya. Markazida joylashgan doirani chetlari keng va qisqa yo’llar bilan
o’raladi.
Gurunj — tuxumsimon, ovalsimon jimjimador har xil bezakli naqsh.
Mis zarb qilingan badiiy naqshlarni geometrik, me’moriy, o’simliksimon,
jonivorsimon yozuvli naqshlar va maishiy buyumlar tasviri juda ko’p ishlatilgan.
Kandakorlikda asosan islimiy naqshlar juda ko’p ishlatiladi. hoshiyalar va har xil
yo’llar eng oddiy o’simliksimon naqshlar bilan to’ldiriladi. Bu naqshni «nim
islimi» deb yuritiladi. U birbiriga chirmashib ketgan murakkab o’simliksimon
naqsh bo’lib, bir tomonlama ulanib ketgan bo’ladi. Nim islimi hoshiyao’rnida
ishlatilib, buyumning nomiga qarab o’zgarib boradi. Shuning uchun uning turli
xillari bor. Masalan, nim islimi bargak, nim islimi madoxil va hokazo.
O’simliksimon naqshlar shakli va mazmuniga ko’ra lola, bodom, qalampir, buta va
shunga o’xshash nomlar bilan yuritiladi.21
Metall buyumlarga qadimdan jonivorlar va odam shaklini tasvirlash keng
tarqalgan edi. Masalan, chashmi bulbul, qo’chqorak, pushti baliq, qirma, zuluk,
kapalak, ilon izi va boshqalar bilan ataladigan bo’ldi.
Chashmi bulbul — mis idishlarga bulbulning ko’ziga o’xshash zarb qilingan
naqsh. Uni bulbul ko’zlari deb ham yuritiladi;
Ko’chkorak — qo’chqor shoxiga o’xshash naqsh;
Pushti balik — baliq tangachasimon naqsh turi. Uni baliq tangachalar deb
yuritiladi; Kirmak — chirmoq, marg’ilonda «kirkira» deb yuritiladi. Kirmak
chirmovuqsimon naqsh turi; ilon izi — to’lqinsimon o’simliksimon naqsh.
Toshkentdagi boshqa viloyatlarda «islimi» naqsh deb yuritiladi.
Geometrik naqshlar kandakorlik bezaklarida juda kam ishlatilgan.
Geometrik naqshlar ikkinchi darajali naqsh rolini o’ynagan.
Ustalar asrlar davomida misga naqsh o’yar ekanlar, har bir naqshlarini
o’ziga xos nomlar bilan yuritilishini ko’ramiz. har bir naqshga nom qo’yilishi
o’zo’zidan bo’lmagan albatta, bu nomlarni har bir naqshning mazmuniga, shakliga,
biror narsaga o’xshatib, taqqoslab, murakkab soddaligiga qarab, naqshning turiga
qarab boshqa mamlakat yoki shaharning nomiga va boshqa sababyaarga asoslanib
har bir naqshga nom qo’yganmr. Masalan, «mashhadi», «arabi», «isfaxoni» va
boshqa so’zlar naqshlarning nomiga qo’shib aytiladi. Buning sababi ustalar o’z
ishlarida Mashxad, Arabiston, Isfaxon (Eron) ustalarining tayyor naqsh
nusxalaridan foydalanganliklari uchun shunday nomlar bilan yuritganlar.
Ko’pincha, bunday naqshlardan ijodiy foydalanib, o’zimizning stilimizga moslab
naqsh elementlar qo’shganlar. Naqshlar agar aylana shaklida bo’lsa, bunday
naqshni «naqshi girdob», uchburchak shaklida bo’lsa «uchburchak naqsh», agar
ikki chiziq orasida bir novda pechakka o’xshab o’sib kurtak, g’uncha va novdacha
chiqarib bir yoki ikki tomonga o’ssa bunday naqshni «pechak islimi» yoki «raftor
naqsh» deb yuritiladi. Mis idishlariga eng oddiy naqsh bu chiziladigan to’g’ri
chiziqdir. Bu chiziq bir naqshni ikkinchisidan ajratib turish uchun xizmat qiladi.
Shuning uchun naqsh kompozistiya chizishda avval shu to’g’ri chiziqlar chizib
olinadi. Bu chiziqlarni yakka, ikki hattoki uch qavat qilib chizish ham mumkin. Bir 22
chiziqni yakka xat, ikki chiziqni qo’sh xat deb yuritiladi. Kompozistiyada
turlituman chiziq holda belbog’lar bo’ladi, bularning hammasini «zanjir» deb
yuritiladi. Zanjir egri chiziq, nuqtali chiziq hamda to’lqinli chiziqlarga bo’linadi.
Mis o’ymakorligida ba’zi naqshlar qadimdan ishlatilib kelinadi, bunday
naqshlardan biri «tugma naqshdir» yoki «tugmacha» deb yuritiladi. Bu naqsh mis
idishlarga zarb qilingan tugmachaga o’xshagan naqsh bo’lib, Toshkent
kandakorligida ishlatiladi. Tugma naqshning o’rtasida ko’pincha nuqtasi bo’ladi.
KANDAKORLIKDA ISHLATILADIGAN PO’LAT QALAMLAR VA ULARDA
BAJARILADIGAN O’YMA TURLARI
Ma’lumki, xalqimiz asrlar davomida o’zi shug’ullanib kelgan milliy
hunarmandchilik turlarini san’at darajasiga ko’tara olgan va bizgacha boy
madaniy meros tarzida etib kelgan. Zero ularni avaylab asrash, yanada sayqallash,
davr taqazosi bilan unut bo’layotgan san’at turlarini qayta tiklash, takomillashtirish
va kelgusi avlodga etkazib berish bugungi kun mutaxassislarining kelajak oldidagi
burchidir. Mana shu burch mas’uliyati har bir hunar turining sir – asrorlarini ham
amaliy, ham nazariy jihatdan juda chuqur, mukammal va keng qamrovda
o’rganishni hamda tahlil qilishni taqazo etadi. Biz tanlagan milliy kandakorlik
san’ati ham qadimiy hunar turlaridan biri bo’lib, uning tarixi va amaliy jihatlarini
o’rganish bo’yicha ko’plab san’atshunos olimlar va mutaxassislar
shug’ullanganlar. Jumladan, T. Abdullaev, S. Bulatov, A.Sergeev, A. Hakimov,
G.Pugachenko, L.Rempel, D.Faxriddinova, D.Halimova, S.Muhsinovlarning
kandakorlik san’atiga oid ilmiy, amaliy ishlari e’tiborga loyiqdir. Mazkur
izlanishlarda kandakorlik san’ati tarixi, o’zbek kandakorligi maktablari va ularning
namoyandalari, kandakorlik san’ati aks etgan badiiy buyumlar, naqsh namunalari
haqida ko’plab qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Biroq, ta’kidlash joizki, e’tirof
etilgan adabiyotlarda kandakorlik asboblari, ulardan foydalanish usullari va o’yma
turlari haqida etarlicha ma’lumot berilmagan. Bizningcha, kandakorlik san’atini
egallashga kirishgan yoshlarga o’yish turlari va zarur asboblardan foydalanish
usullari haqida kerakli ma’lumotlarni berish ular duch kelishi mumkin bo’lgan
muammolarning oldini olishga yordam beradi. Shu maqsadda ushbu maqolamizda 23
kandakorlik asboblaridan foydalanishning ba’zi usullari hamda o’yma turlari
haqida mufassal ma’lumot berishga harakat qildik.
Kandakorlik – forscha “kandakori” so’zidan
olingan bo’lib, “kanda” – o’yish, “kori” – ishlari,
ya’ni mis buyumlarni naqsh bezaklar bilan o’yib
bezatish degan ma’noni anglatadi. Mis buyumni
o’yib bezashda maxsus po’lat qalam va
bolg’achadan foydalaniladi. O’yish ishlari (1-
rasmda) po’lat qalamning ustki qismidan
bolg’achada zarb berish bilan amalga oshiriladi.
Po’lat qalamning o’yuvchi qismi o’tkir uchli ( 2
a – rasm ) va yassi uchli (2b– rasm) ko’rinishida
bo’ladi. O’tkir uchli po’lat qalam - mis
buyum yuzasiga turli xil tasvir yoki naqsh
chiziqlarini o’yishda ishlatiladi. Shuningdek, naqshning zamini hamda naqsh
elementlarini ham o’yma pardozlashda shu po’lat qalamdan foydalaniladi.
Naqshning konturini o’yish jarayoni 3 a –rasmda, naqshning zaminini o’yish
jarayoni esa 3 b –rasmda ko’rsatilgan. Bu po’lat qalamning o’yuvchi qismi o’tkir
uchli ko’rinishga ega bo’lib, mis buyumni o’yganda o’zidan ingichka chiziq iz
qoldiradi. O’tkir uchli po’lat qalamda o’yilgan naqsh chiziqlarining eni odatda 1–
1,5 mmni tashkil etsa, ayrim hollarda uning o’lchami 2 mmgacha etishi mumkin.
4–rasmda o’tkir uchli po’lat qalam bilan mis buyumga o’yilgan o’ymaning yon
tomondan ko’rinishi hamda o’yma enining o’lchami tasvirlangan. Mazkur po’lat
qalamni kandakorlik sohasiga oid adabiyotlarda “chekuv qalam”, ba’zan “ naqsh
qalam ” deb ham yuritiladi.
Hozirgi kunda, badiiy bezatilgan kandakorlik buyumini diqqat bilan
kuzatsak o’yilgan naqsh bezaklarning chuqurligi turlicha ekanligini ko’ramiz.
O’ymaning turli chuqurlikda bo’lishi, kandakor ustaning didiga, ish uslubiga qarab
sayoz, o’rtacha, chuqur va juda chuqur o’yib bezatilishi mumkin.
Ta’kidlaganimizdek, o’ymaning chuqur yoki sayoz bo’lishi buyum metalining 24
yupqa yoki qalinligiga ham bog’liq. Masalan, buyumning metali yupqa bo’lsa,
sayozroq va aksincha, buyumning metali qalin bo’lsa, o’ymaning chuqurligi ham
chuqurroq o’yiladi. Sayoz chuqurlikda o’yilgan o’ymaning chuqurligi 0,2-0,3
mmni, o’rtacha chuqurlikda o’yilgan o’ymaning chuqurligi 0,5–0,8 mmni va
chuqur o’yilgan o’ymaning chuqurligi esa 1-1,5 mmni tashkil etadi. Odatda
o’ymalar bir marta o’yiladi. Biroq juda chuqur o’yilgan o’yma turi bundan
mustasno. Juda chuqur o’yilgan o’ymaning chuqurligi 1,5–2,5 mmga teng bo’lib,
bunday chuqurlikdagi o’yilgan bezaklarni bir necha marta o’yish natijasida hosil
qilinadi. Mis buyumlarini juda chuqur o’yib bezatish kandakorlik san’atining yangi
o’yma usullaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda buxorolik kandakor ustalar bu
usuldan keng foydalanishmoqda. Juda chuqur o’yib bezatilgan buyumlarning
ko’rinishi oddiy o’ymakorlik ishlaridan ajralib turadi. Buning sababi shundaki,
naqshning zamin qismi qanchalik chuqur bo’lsa, o’yma naqshlardagi soya –
yorug’lik ham shunchalik kuchli bo’ladi. Natijada, bezatilgan badiiy buyumning
ko’rinishiga alohida joziba
bag’ishlaydi.
Yassi uchli po’lat qalam -
naqshning zaminini o’yish hamda
naqsh elementlarini o’yma
pardozlashda ishlatiladi. Bu po’lat
qalamning o’yuvchi uchi yassi (2b–
rasmda ko’rsatilgan) ko’rinishga ega
bo’lib, mis buyumni o’yganda o’zidan
keng enli iz qoldiradi. O’yish jarayoni
5-rasmda ko’rsatilgan. Yassi uchli
po’lat qalamda o’yilgan o’ymaning eni
3–5 mmni, o’ymaning chuqurligi 0,3-
0,8 mmni tashkil etadi. 6–rasmda o’tkir uchli po’lat qalam bilan mis buyumga
o’yilgan o’ymaning yon tomondan ko’rinishi hamda o’yma enining o’lchami
tasvirlangan. Yassi uchli po’lat qalamni kandakorlik sohasiga oid adabiyotlarda 25
“ko’z o’yar qalam”deb yuritilsa, buxorolik kandakor ustalar forscha “pam qalam”
ya’ni, “yassi qalam” deb ataydilar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, kandakorlik asboblari va o’yma turlari
haqidagi ma’lumotlarning to’ldirilishi, o’quvchi yoshlarning kasb egallashidagi
mahoratini oshirishga samarali xizmat qiladi degan umiddamiz.
2.3.Samarqandda ustoz-shogird ananasi26
Nizomiy “Hamsa”sida musavvir Moniy haqida quyidagicha bir rivoyatni
keltirgan.
... Musavvir homiysi mashhur Moniy Samarqand shahridagi o’z
shogirdlarining ijodi bilan tanishmoqchi bo’lib, safarga chiqibdi. Samarqandlik
musavvirlar o’z ustozlarining yangi ijodiy tuhfalar bilan sharaflamoqqa ahd
qilishibdi.
Moniy shahar darvozasidan kirar ekan, bemisl qurilgan manzaradan hayratga
kelib, o’z ko’zlariga ishonmabdi. Qarshisida afsonaviy go’zal shahar namoyon
bo’lgandi. Mana, yam-yashil daraxtlar salqinida orombaxsh joy, hovu’z suvlari
mavjlanadi. Ariqlarda suv sharqillab oqmoqda.
So’lim gulzorlar. Zilol suvdan ichging keladi. Ajab! Bu tasvirning sehri ekan.
Hatto kimdir suv olmoqchi bo’lib ko’zani sindiribdi. Tasvir ta’siriga qoyil qolgan
mehmonlar o’z kasbdoshlari san’atiga tahsin o’qishibdi. Shu payt Moniy qo’liga
mo’yqalam olib hovo’z yaqiniga barvasta itning rasmini chizib qo’yibdi. Tasvir
shunchalik tabiiy chiqibdiki, itni ko’rgan kishi uni joni bor deb, beixtiyor o’zini
chetga tortar ekan. Shundan keyin Moniy negadir chuqur uyga cho’mibdi, uning
shogirdlari mahorat cho’qqisini tamom egallashgan ekan, endi Ustoz ularga nimani
o’rgatishi mumkin? Shunday yangi ijodiy ifq topish kerakki, unga intilgan sari
go’zallik olami va badiiy imkoniyatlar kengayib borsin. Nihoyat, Moniy
shogirdlariga shanday vazifa topshiribdi. Tabiatni aniq tasvirlash bu san’atning
nihoyasi emas, agar kimki rasmdagi har bir chiziqqa jon bagishlab olsagina, u
san’at tilsimini egallagan bo’ladi. Bu juda ogir va mashaqqatli vazifa ekan. Ana
shu vaqtdan boshlab naqqoshlik san’ati rivojlanib, naqqoshlar chiziqlar tilsimini
ochishga bel boglashibdi. Necha - necha avlodlar ana shu izlanish yo’lida ter to’ka
boshlabdilar. Natijada naqqoshlik san’ati asosini qalam chiziqlar simfoniyasidan
iborat naqshin bezaklar egallab olibdi. Usta musavvir san’atini naqqoshlikka
almashtiribdi.
Abdurahmon Jomiyning shogirdi va uni qadrlovchi Movarounnahr hokimi
Mirzo Ulugbek jahon tarixiga birinchi bobda ta’kidlaganidek, astronom - olim, 27
barcha go’zalliklar va fan homiysi sifatida kirgan. M. Tohirov o’zining “Mirzo
Ulugbekning pedagogik qarashlari kitobida (Toshkent, 1984 y) yozishicha “...
tengi yo’q Hattot Sulton Ali mashhadiy Hirot va Samarqand rangtasvir san’atining
asoschisidir. Kamoliddin Behzod va kitob bezagining mohir ustasi Maudan Yari
esa nodir badiiy qo’lyozmalar ustida ishlagan yuzlab rassomlarning murabbiysi
hisoblanadilar”. Bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, mahalliy rassomlarni
tayyorlashda Hirot, Mashhad va boshqa rangtasvir markazlaridan taniqli ustalar
taklif qilingan. Ulugbekni ulug olim va ma’rifatparvar hokim sifatida o’qitish va
tarbiyalash ishiga o’zining munosib hissasini qo’shganligini ta’kidlash joiz. Uning
davrida maktablar tashkil etilgan. Bular uchta oliy maktab madrasa bo’lib,
Buxoroda (1415). Gijduvonda (1433) va Samarqandda (1420) edi. Tohirotning
yozishicha Ulugbekning zamondoshi, tarixchi Vosifiy ma’lumoti bo’yicha, 1420
yil kuzida Samarqanddagi madrasaning ochilish marosimi bo’lib, bunda
pedagoglar, olimlar, talabalar va saroy an’yonlari ishtirokida yigilish (majlis)
o’tkaziladi. Ulugbekka qadar, g deb qayd qiladi muallif, maktablarda, tevarak atrof
o’rganiladigan: madrasalarda tirik jonzodlarni chizishga yo’l qo’yilmagan, garchi
kitoblarda rasmlar mavjud bo’lsa hamki, o’sha yerda bilvosita ma’lumotlarga
ko’ra, rasm chizishning ma’lum bir qoidalari bo’lib, o’quv fani sifatida ruxsat
berilgan. Toxirovning «Ko’gazmali qurollar” hiqidagi eslatmasi. O’sha manbaa.
XVIII asrning oxiri XIX asrning yarmida Xorazmda Munis Xorazmiy
taxallusi ostida mashhur bo’lgan iste’dodli shoir, tarixchi, tarjimon va Hattot
Shermuhammad Avazbey o’gli Munis yashab ijod etgan.
Ma’rifatparvar shoirning yaratgan “Savodi ta’lim” risolasi hattotlik san’atidan
saboq beruvchi asar bo’lib o’z davri uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan. “savodi
ta’lim” risolasi ikki qismdan tashkil topib, birinchi qismida yozuvning nazariy
tomoni, ikkinchi qismida esa amaliy ishlar mezoni yoritilgan. Muallif risolaning
birinchi nazariy qismida yozuv quroli qalam, yozuvning ahamiyati, yozuvni
o’rgatgan ustozi haqida yozadi.
28
Amaliy qismda yozish asboblaridan to’gri foydalanish hamda
husnixatmashqini bajarish yo’lgyo’riqlari o’rgatilgan. Shu bilan bir qatorda shoir
risolani yozishdan maqsadini shunday ifodalaydi.
Ta’lim ishin aylar erdim oson,
Lekin ko’ngil ichra erdi bu kom.
Qo’l raqami ulumi arqon,
Andin talab bo’lsa maxzo’z.
Munisning «Xat haqida”, “Qalam”, “Yozuvlar haqidagi” baytlari, ayniqsa
e’tiborga loyiqdir. U “Husni xat ta’limini bergan Ustoz haqida”gi she’rida
quyidagilarni yozadi:
Xatidan uslub xujasta ta’lim,
Taslim fani xatiga taslim.
Sharmanda xati sabz xatlar,
Xol ofati xattida nuqatlar.
Ta’lim berur na bir raqamdin
Xat yozmoq ishi etti qalamdin.
Bu she’rida shoir dastlab o’ziga savod o’rgatgan, husnixat malakalarini
shakllantirgan ustozini uluglaydi.
Madaniyat va san’at masalalari O’rta asrlardan keyingi davrlarda yashagan
sharqning ma’rifatli kishilarining ham diqqat e’tiboridan bo’lib, ular
dunyoqarashida, ijodida oldingi o’rinlarni egallaydi. Masalan, XIX asrning
Markaziy Osiyoda taniqli olimi, insonparvari «Yangi metodlar» maktablari
goyasining davomchisi Abdulla Avloniy o’zining “Turkiy Guliston yohud axloq”
deb nomlangan asarida garmoniyaga katta o’rin ajratadi. O’zak sifatida tabiat
qonunlari sterjeni, dunyoni mukammal tashkil qiluvchi “garmoniyasiz tasvvur
qilish mumkin emas” deb yozadi.
Estetik tarbiya va badiiy ta’lim muammolari, ularga ilmiy yondashish
masalalari haqida ma’lum darajada o’rta asrlarda sharq olimlari… Yusuf xos Xojib
(21i. yaqin), Burxoniddin Zarnudji (1150-?), Jaloliddin Devoniy (1427-1502 y.).
Muhammad Rizo Erniyoz o’gli Ogahiy, Byerdaq, XIX asrning oxiri XX asrning 29
boshlarida yashab ijod etgan Zavqiy, Furqat, Siddiqiy, Shukuriy, Hamza. Sadriddin
Ayniy va boshqa ko’pgina taniqli fan va madaniyat namoyondalari tomonidan
aytib o’tilgan.
30
2.4.Samarqand va Hirotda Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati tarixida Temuriylar davrida alohida
ajralib turadi. Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk zotlardan tarixchi
Xondamir, Sharafiddin Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh, Davlatshoh Samarqandiy,
olimlar: Ulugbek, Ali Qushchi, shoirlar: Abdurahmon Jomiy, Alishnr navoiy,
musavvirlar: Qosim Ali, Mirak Naqqosh, Mahmud Mo’zahhib, Hattotlar: Sulton
Ali Mashhadiy va juda ko’p atoqli zotlarni sanab o’tishimiz mumkin. Shu davrda
yashab ijod etgan to hozirgi davrgacha nomi nafaqat Markaziy Osiyo, balki, Jahon
miqyosida tan olingan ijodkorlardan biri Kamoliddin Behzod bo’lib hisoblanadi.
Sharq xalqlarining rangtasvir san’ati hisoblanmish miniatyura san’atining
rivojlanishi bevosita Behzod nomi bilan chambarchas bogliqdir.
Behzod nomi tiriklik chogidayoq (1455-1535) Xurosondan tashqari ham keng
tanilgan edi; uning ko’plab shogirdlari va davomchilari bo’lib, uning asarlaridan
o’rgandilar, xush ko’rib bunga taqlid ham qildilar. Behzod ijodi Hirot, Tabriz,
Buxoro va Samarqand, Hindiston (Dehli va Agra rangtasvir) maktablari va boshqa
miniatyura maktablarining keyingi rivojiga katta ta’sir kursatdi.
Yuqorida nomlari keltirilgan miniatyura maktablari rivojida Behzodning
to’tgan o’rni va u yaratgan maktab haqida biz oldingi boblarda fikr yuritdik. Ushbu
bobda Behzod hayoti va faoliyati, uning asarlarining kiskacha taxlillari hamda
musavvir hayoti va ijodi bilan boglik bo’lgan voqealar tasviri keltiriladi.
O’z davri va undan keyingi avlod musavvirlari yo’lini porloq yulduz misol
yoritgan Movarounnaxr va Xurosonda yashagan, Sharq uygonish davri vakili
Kamoliddin Behzod 1433 yilda Hirotda kambagal xunarmand oilasida dunyoga
kelgan. Ota-onasidan yoshligidan judo bo’lgan. Behzod iste’dodini payqagan
sulton Xusayn Boyqaro kutubxonasining kitobdori, musavvir Amir Ruhillo (Mirak
Naqqosh) unga tutingan ota bo’ladi va uni voyaga yetkazadi. Bo’lajak musavvir
Mirak Naqqosh qo’lida, uning Hirotdagi Nigoristonida miniatyura va naqqoshlik
sirlarini o’rganadi.
Tarixchi va san’atshunoslar fikrlariga ko’ra Behzod 1470 yildan o’z ijodiy
faoliyatini boshlagan.31
Behzod musavvirlik sir-asrorlarini Buxorolik musavvir “Umdat al musavvir”
deb olgan ustod Jahongir va o’rta Osiyo musavvirlik maktabining asoschisi ustod
Gunchning ishlarini davom ettirgan naqqosh Pir Ahmad Tabriziydan o’rgangan.
Behzodning buyuk musavvir bo’lib tanilishida Sulton Husayn Boyqaro va
buyuk Alisher Navoiy hissasi kattadir.
Biz Behzod ijodi va faoliyatini o’rganar ekanmiz uch davrga diqqatimizni
qaratamiz. Birinchisi Behzod tugilgan va yashagan yurt Hirot Temuriylar davri,
ikkinchisi Shayboniylar sulolasi hukmronligi davri Hirot va Buxoro, uchinchisi
Savafiylar sulolasi hukmronlik qilgan – Hirot va Tabriz shaharlaridir. Musavvir
Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Ismoil Savafiy va Shoh Taxmasb
Savafiylar hukmronligi ostida yashab ijod etdi.
Kamoliddin Behzod mashhur musavvir bo’lib tanilgach, sulton Husayn
Boyqaro unga saroydan joy ajratadi va 1487 yil shaxsiy farmoni bilan uni
Hirotdagi saltanat kutubxonasiga boshliq etib tayinlaydi. Bunday yuksak
martabaga erishgan Behzod ustaxolnasini ingliz san’atshunos olimi F. Martin
quyidagicha ta’riflaydi: “Sharq quyoshi Behzod uchun qurilgan shinam hujrani
nurga garq yetdi. Bu yerda naqqosh pastakkina kursi ustida engashib ishlardi.
Kursining tortma xonachalarida shoh asarlar yaratish uchun zarur bo’lgan barcha
narsa muhayyo. To’gri, Behzod Yevropalik musavvirlarnikidek keng va qulay
ustaxona (studiya)ga ega bo’lmagan. Uning ish joyi oddiygina bir hujra bo’lib, oq
marmar devorlari mohir Sharq Hattotlari tomonidan Qur’on kalimalari bilan
mo’zayyan etilgan. Hujrada bo’yra to’shalgan. Burchakda gilam ustida bir nechta
yostiq . bu mehmon yoki muxlislar uchun qo’yilgan edi. Hujra orqasi bog, sokin
suvli hovo’z, undan nariroq gulzor va daraxtzor. Hujra atrofida atirgullar
chamandek ochilib yotardi... shu muhitda Behzod o’tirib, nozik mo’yqalami bilan
rasm chizirdi. Nozik mo’yqalamni undan ilgari ham, keyin ham hech bir musavvir
Behzodchalik ishlatishga muvaffaq bo’la olmagan” (N.Norqulov, I.Nizomiddinov
miniatyura tarixidan lavhalar T, 1970).
Behzodning mavqei miniatyura san’atining portret janri shakllanishida
beqiyosdir. Uning portretlaridagi odamlar individual o’xshashlikka ega. Usta 32
rassom va nozik did sohibi Behzod faoliyatini XV asrning oxiri XVI asr
boshlarida yashagan Hirot solnomachisi Zayniddin Vosifiy yodnomalaridan ham
bilib olishimiz mumkin. U shunday deb yozgandi: - «Doimo shoh (Sulton Husayn)
gam tashvishdan va notinchlikdan ranjigan vaqtda, Behzod portretlarni yoki biror
bir Behzod chizgan suratlarni tomosha qilar edi. Husayn Boyqaro portreti bizning
davrgacha yetib kelgan (O’zS.E. T.2 205 b).
Tasvirda shoh cho’kka tushib, kim bilandir suhbatlashayotgandek
tasvirlangan. XV asr oxiriga kelib Hirotda Temuriylar saltanati yemirilishi
boshlanadi. 1501 yilda Alisher Navoiy, 1506 yilda Sulton Husayn Boyqaro vafot
etadi. 1507 yilda Hirot Shayboniyxon qo’liga o’tadi. Ko’pgina san’at ahli Hirotdan
chiqib ketadi. Behzod san’atiga shaydo bo’lgan Shayboniyxon unga qulay
sharoitlar yaratib beradi. Shayboniyxon o’z vaqtida Buxoroda tahsil olgan bo’lib,
ilmli, adabiyot va san’at homiysi sifatida ham tanilgan. Behzod Shayboniyxonni
Hirotda bo’lgan paytda oddiy, lekin bejirim kiyimda tasvirlangan. U chordona
qurgan holda qora bolishga suyangan holda o’tiribdi. Oldida yozuv ashyolari
siyohdon, qamaldon va kitob. Portretda salobatli, baquvvat gavdali, o’z qadrini
biladigan kishi sifatida tasvirlangan. Portret to’q qirmizi, qora, zangori, oltin sariq
kabi ranglardan foydalangan holda chizilgan. Qora va qirmizi ranglar xususida
adib Primqul Qodirov bir muncha boshqacharoq fikr yuritganlar.
1510 yilda Shayboniyxon Mavr yonidagi jangda yengiladi va Hirot Savafiylar
sulolasi vakili Shox Ismoil Savafiy o’tadi. 1512 yil saltanat poytaxti sifatida
Tabrizga ko’chiriladi. Iste’dod sohiblari qatori Musavvir Behzod ham Tabrizga
olib ketiladi. Endilikda Hirot poytaxt sifatida o’z mavqeini yo’qotadi. Hirot
musavvirlari uslubi endilikda Tabrizda namoyon bo’la boshlaydi. Shoh Ismoil
Savafiy Behzodga ijod qilishi uchun barcha shart sharoitlarini yaratib beradi.
Behzod bu sulola davrida ham uluglanadi va maxsus farmon chiqarilib Tabrizdagi
saltanat kutubxonasiga boshliq etib tayinlanadi.
Shoh Ismoil 1522 yili Behzodni Tabrizda shoh kutubxonasiga boshliq etib
tayinlar ekan, quyidagi so’zlarni insho etadi: “Asr nodirasi musavvirlar peshvozi,
muzahhiblar yetakchisi Ustod Kamoliddin Behzodkim, uning chehra ochuvchi 33
mo’yqalamidan Moniy joni xijil bo’ladi, suratga oro beruvchi qalamidan lavhalari
hijolat chekdi, shunga binoan unga shu narsa taalluqli va lozim topilsinkim,
payvasta qalamni ijrosi vojib farmonga bosh cheqirib, halifa nishonli shodshoh
ostonasining mulozamati markaziga uning qadamini pargarmisol mustahkam
qo’yib, xisravona lutf va shohonamarhamat bajo keltirib hukm etamizki, oliyhazrat
kitobxonasi ahli, kitob, naqqosh, muzahhib, jadvalkash, xalqor, zarkub, panohidagi
mamlakatning mazkur hunarlarga mansub bo’lgan boshqa jamoati uning ixtiyorida
bo’lsinlar. Pok dilli amirlar, monandi yo’q vazirlar, olampanoh dargohdagi noiblar,
sulton xizmatidagi muboshirlar, umuman, devor ishlari mutassadilari, shoh
kitobxonasi aholisi va mazkur ustod zimmasiga mustavfiy va kalontarlik ishini
topshirilgan deb hismoblab, kitobxona ishlarini ado etishni uning zimmasiga
yuklatilsin.
Bu davrda musavvir ismoil I portretini ham chizganligi ma’lum. 1524 yilda
Shoh Ismoil Savafiy vafot etadi. Davlat tepasiga uning o’gli shahzoda Taxmasb
keladi. Musavvir unga vusavvirlik sirlarini o’rgatadi. Shunga qaramasdan u
Behzodni o’zining shogirdi va jiyani Muzaffaralidan past qo’yadi. Muzaffaraliga
“naqqoshlar shohi” unvonni beradi (O’z. S.E. T2 2204 b).
Kamsitilgan Behzod yana Hirotga qaytadi. Kamoliddin Behzodning ishlagan
suratlarni sanogiga yetish qiyin. Shu sababli biz musavvir ijodi va merosini
o’rgangan tarixchi va san’atshunoslar (jumladan O.Usmonov, N.Norqulov,
T.Mahmudov va boshqalar fikriga ko’ra eng mashhur deb hisoblangan ishlari
nomlarini keltiramiz.
1. Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”siga ishlangan miniatyura. Ushbu
miniatyuralarda tarixiy voqealar, jang, ov manzaralari saroyidagi qabul
marosimlari, qurilishlar tasvirlanadi. Musavvir jangchilar jasorati va mehnat
jarayonini tabiiy ishonarli qilib tasvirlagan. Miniatyuralarda kompozitsiya
yuqoridan ko’ringandek tasvirlanishi ko’p hurmatli kishilar va manzaralarni
tasvirlab berish imkonini yaratgan. Ushbu turkumdagi ishlarga Xiva qal’asini zabt
qilish, “Jang”, “Samarqand masjidini qurish” kiradi. Ranglar yorqin, zarhal
bo’yoqlar ko’p ishlatilgan.34
2. Amir Xisrav Dehlaviy va Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” lariga ishlangan
miniatyuralar. Ushbu miniatyuralar 1492-1500 yillar orasida ishlangan.
Nizomiyning “Layli va Majnun”, Dehlaviyning “Majnun va Layli” siga ishlangan
miniatyuralar Behzodning bu davrda yuksak mahorat cho’qqisini egallaganligidan
darak beradi.
3. Portret tasvirlari. Behzod murakkab portret sohasida ham qator tasvirlarini
yaratgan. Jumladan, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Shoh Taxmasb,
Abdurahmon Jamiy va boshqalarning tasvirlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
4. Sa’diy “Guliston” va “Bo’ston” asarlariga ishlangan miniatyuralar.
5. Jomiyning “Salomon va Iqbol” asariga ishlangan rasmlar.
6. “Tuyalar jangi” surati 1525 yilda yaratilgan bo’lib, chuqur falsafiy ma’nogo
ega bo’lgan asardir.
Kamoliddin Behzod ishlari Franstiyaning Luvr muzeyida, Berlindagi milliy
kutubxona, AQShning Boston Metropolitenida, Qohira muzeyida, Britaniya
muzeylarida, Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasida, Erondagi
Guliston saroyida, Turkiyaning To’pkoti Saroy kutubxonasida, Qoxiradagi “Islom
san’ati” muzeyida, Mashhuddagi Ostonai Quddus majmuasida, ko’pgina shaxsiy
kolleustionerlar qo’lida saqlanmoqda.
Shu bilan bir qatorda shuni ta’kidlash joizki, sharqqa xos kamtarlik tufayli
musavvir, hattotlar o’z ishlariga imzro qo’ymaganlar. Shu sababli ko’pgina
minatyuralar san’atshunos olimlarning ushbu san’at tadqiqotchilarining zaxmatli
mehnatlari tufayli aniqlanib o’z muallifini topmoqda. Musavvir 1537 yilda Hirotda
vafot yetdi.
Hunarni asrabon ketgumdir oxir,
Olib tuproqqamu ketgumdir oxir Kamoliddin Behzod jahon san’ati tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk shaxsdir.
Biz Behzod haqidagi fikrlarni turli davrlarda yashagan mashhur shaxslar so’zlarida
kuzatamiz. Hattot Do’st Muhammad “Kamoliddin Behzod zamondosh mo’yqalam
35
sohiblari orasida eng yaxshi musavvir va hattotlar boshligi, o’z san’atining
cho’qqisiga erishgan uluglardan edi» deb ta’riflangan edi.
“Hattotlar va musavvirlar to’grisidagi risola”da Qozi Ahmad “Qisqa bir vaqt
orasida Behzod shu darajada mohir musavvir bo’lib yetishdiki, rangtasvir paydo
bo’lgandan buyon bu sohada san’at ahli orasida unga teng keladigani yo’q edi”,
uning ko’mir bilan chizgan tasviri mahorat jihatdan Moniy tasviridan ham afzal.
Agar buni Moniy bilganida undan shubhasiz, andoza olardi» deb uluglaydi.
Tarixchi Xondamir “Xabib-us-siyar” asarida “Kamoliddin Behzod ajoyib va
garoyib suratlarni zohir qiluvchi, hunar yodgorliklarini bunyod etuvchi, Moniy
surat chizuvchi, mo’yqalamli, olam musavvirlari asarlarini (ajoyib suratlari bilan)
yo’qqa chiqaruvchi va misli yo’q 9 nozik hunarlarga mohir) barmoqlari bilan barii
odam xunarmandlari tasvirlarini mavh qiluvchidir… deya yuksak baho beradi.
Buyuk musavvir Kamoliddin Behzodning monumental tasvir sohasidagi ishlari
butunlay kitob sahifalariga ko’chgan davrning ulug vakilidir. Behzod ijodiy
kamolot cho’qqisiga erishgan paytlar Hirotning bogi Safididagi Tarabxona ko’shki
devorlariga jangovor tasvirlar ishlangani haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Keyinchalik, asosan, kitob miniatyuralari keng taraqqiy topdi.
Alisher Navoiyning zamondoshi tarixnavis Zayniddin Vasifiy «Badoiy ul
vaqoe” asarida qiziq bir hodisani yozib qoldirgan. Mashhur musavvir yangi suratni
Amir Alisher majlisiga keltirgan. «suvratda tasvirlanishicha - davom etadi Vosifiy,
- orasta boglar, turli-tuman daraxtlar... xushsuvrat qushlar, xar tarafda ariqchalar…
Ochilgan zangori gul tuplari va uning orasida Mir (Alisher)ning yoqimli xush
suvrati. U hasoga tayangan... yonida soqchi uchun zar to’la tabaqlar. Hazrati Mir ul
suvratni mushohada va mulohaza qildi: ul nafis sahifa-boglar ichra latif va shodlik
gullar, xayoliy hovo’zlar atrofi go’zal va ho’zur bagishlovchi daraxtlar bilan
bezatilgan…” (N.Norqulov, Kamoliddin Behzod. T, 1964).
“Behzod ishlagan miniatyura tasvirini ko’pchilik tomosha qilib, uning badiiy
jihatdan o’sha davr estetik talablarga juda monand ekanligi odatdagi holdek qabul
etadilar. Tasvirlarning qanchalik tabiiy va jonli ekanligi haqida hazil – mutoyiba
borar ekan, odam va qushlarning tasviri islom dinida qat’iyan mann etilgani 36
yigindagilarning xayoliga ham kelmagan. Demak, Alisher Navoiy homiyligi ostida
o’sha davr miniatyura san’atining ravnaq topgani ham bejiz emas» - deb yozadi
P.Zohidov.
Fransiyalik san’atshunos olim I.Shchukin Alisher Navoiyning Kamoliddin
Behzod talantining shakllanishi va voyaga etishgandagi ta’sirini quyidagicha
izohlaydi: «Behzod - musavvir Mirak Naqqosh rahbarligida shakllangan bo’lsa-da,
ijodining yuksak bosqichiga ko’tarilishi, davlat arbobi, mesenat shoir Alisher
Navoiy rahbarligida bo’ldi. Xuddi ana shu zotning homiyligi, rahbarligi, yo’l-
yo’riq ko’rsatishi natijasida... ustod Behzod va Shoh Muzaffarlar rassomchilikda
shuhrat qozondilar».
Afgonistonlik professor Abdulhay Habibiy “Hirotlik Behzod yoqqan san’at va
nafosat mash’alasining so’nmas nurlari Isfaxon, Tabriz, Istambul, Buxoro va
Samarqandgacha borib yetdi» - deya Behzodni uluglaydi.
A.N. Boldirev «Alisher Navoiy” kitobida Vosifiyning bir hikoyatini keltiradi:
«Alisher Navoiy qoshidagi bir majlisga musavvir Behzod endigina tugatgan bir
miniatyurani olib keladi. Unda shoir gullagan bog ichida tasvirlanadi. Navoiy bu
suvratni yigilganlarga ko’rsatib fikr so’raganda, shunday olqishlarni eshitadi.
Suhbatdoshlaridan biri bu suvratni ko’rib, undagi gullardan birini o’zib o’z
sallasiga qistirib olmoqchi bo’lganligini, ikkinchisi – shu gullarga qo’l uzatsa
daraxt shoxidagi qushlarni uchirib yuboraman deya xayolga borganini, eshik
oldida o’tirgan uchinchisi esa bu holatda Navoiyning qoshlari chimirilgandek
bo’lganligini, to’rtinchisi esa, Navoiy qo’lidagi hasoni olib gulni uzmoqchi bo’lgan
kishini urishga hozir ekanligini bayon etadilar.
1910 yilda Myunxenda musulmon san’ati ko’rgazmasi ochilgan. Bu
ko’rgazmada Hirot miniatyurasi maktabining asosiy vakili, Marten aytgandek,
sharq Rafaeli - Kamoliddin Behzodning 10 dan ortiq asarlari namoyish qilindi.
Ko’rgazmadagi bebaho kartinalardan biri, shubhasiz, Behzodning 1507 yilda
chizgan O’rta Osiyodagi o’zbek davlatining boshligi Shayboniyxon portreti edi.
(hozirgi kunda bu portret AKShda, kolleksionerlar qo’lida). Myunxen
ko’rgazmasida hamma Behzodning buyukligiga tan berishdi. Hayratga tushgan 37
Renuar jilvakor, ravshan ranglar oqimiga, tomdan tarasha tushgandek, toza qora
rang qo’shilib, qogozdagi tekislikning o’ziga xos qurilishi boshqarib turilganligini
ko’rib, o’z ko’zlariga ishonmadi.
Matiss esa Behzod asarlarini ko’rgandan so’ng, asarlariga yana ham
“Sharqona” tus berdi. Uning 1910 yillarda. Ya’ni 11- Myunxen ko’rgazmasidan
so’ng yaratgan “Qizil baliqlar” (1911), “Kazbaga kirish yo’li” (1912), “Derazadan
ko’rinish”, “Tanjer” (1912), “Rassom ustaxonasi” (1911), “Ayvonda turgan Zoro
portreti” (1911) va nihoyat “Marokash ayoli” (1912) asarlarga e’tibor qiling.
Ularga qarasang, rassomning Yevropa dastgohli rangtasvirining klassik
prinsiplaridan uzoqlashganini ko’rasiz. Bulargacha ularning Sharq gilami ustidagi
“Haykalcha va guldon” (1908), “Mevalar va bronza” (1910) va boshqa yaratilgan
asarlarida ranglar silliqligi, serjilva, quyuq bo’yoqlarning berilishi ham bejiz emas
(Mikael Abdullaev, Behzod va Matiss “O’zbekistoni san’ati”: 1980 №8).
38
Xulosa Hozir amaliy san`atga, umuman ommaviy ko`rgazmali axborat vositalariga yosh
avlodni xoyaviy, ma`rifiy va estetik tarbiyalashning muhim omillari sifatida
qaralmoqda. Ayni paytda bularning sifatiga qo`yilayotgan talablar ham ortib
borayotir. Bu talablar amaliy ma’naviyatga bevosita daxldor kishilarni mazkur
ishlarning ta`sirchanligini oshiradigan yangi vositalarni, yangi kompozitsion
echimlarni topishga dav`at etmoqda. Ana shu boradagi izlanishlar hozircha ma`lum
bo`lgan va badiiy bezash ishlarida muvaffaqiyatli qo`llanayotgan nazariy asoslarni
takomillashtirishda, yangi vositalardan oqilona foydalanishda o`z aksini topmoqda.
Amaliy san`atning tarixiy kelib chiqishi insoniyatning bolalik davriga borib taqaladi.
Bashariyat ulg’ayib borgan sari amaliy san`at ham yuksala bordi. Yashash uchun
kurash mavjud ekan, yaxshi yashash uchun ehtiyoj kuchayib borish jarayonida qo`l
mehnatidan aqliy mehnat ajralib chiqa boshladi.
Usta Shirin murakkab gumbaz sistemalarini qurish san`atini to`la egallagan; u
O`zbekiston arxitektura yodgorliklarini qayta tiklash ishida faol qatnashgan. Ustaning
nazariy fikrlari qali to`la o`rganilmagan bo`lsa-da, u chizgan arxitektura
chizmalarning o`zi ham ko`pgina ma`lumotlar bera oladi. Usta o`nlab qobiliyatli
shogirdlarni etishtirdi. qozirgi kunda ustaning san`atini Ibrohim Shermuqammedov,
Aminjon Salomov, Rabijon qurbonov, narzulla Murodov, Toyir Jalilov, Ismat
Ne`matov, qaybulla ne`matov kabi shogirdlari davom ettirmoqdalar. Usta ijodi qar
tomonlama yoritilgan taqdirdagina uning binokorlik nazariy va amaliy fikrlari
oydinlashadi.
Nafis ganch o`ymakorligi usta ijodida birinchi o`rinda turadi. Usta Shirinning o`zi
ham o`ymakorlikni binokor usta san`atining yuqori cho`qqisi, deb hisoblar edi.
Men bu makaviy bitiruv ishimda Usta Shirinning dekorativ ornament yasash va
o`yish san`atini qisqacha bayon etdim.
Ustaning uy-joy binolarini loyiqalash va qurishdagi ishlarini hali alohida
tekshirish va uzoq o`rganishni talab etadi. Usta Shirinning ish uslubi, nozik
kompozitsiyalari, uning bizgacha qoldirgan ajoyib va betakror san`at asarlari haqida
39
qancha gapirilsa, shuncha oz. Bu asarlarni o`rganish uchun va kelajak avlodga
o`rgatish, ularni shu kasbga qiziqtirish uchun men o`z vaqtimni, mehnatimni va
kuchimni ayamayman. Men qam usta Shirin kabi butun iste`drdimni asosan
o`ymakorlikka baqishlamoqchiman.
So`ngida men Usta Shirinning quyidagi o`z niyat va istaklarini takrorlab kelajak
avlod va yoshlarga takrorlamoqchiman: "Ganchkorlar san`ati tezroq kamol topib, qar
bir uyga kirib kelsa deyman. Naqshin gullar qalbga quvonch, orom bag’ishlaydi.
Bunday shinam uyda miskinlik va jaholatga o`rin yo`q. Shinam uyda yashagan har
bir kishining o`z uyi, Vatani, xalqiga bo`lgan mehri ham kuchli bo`ladi.
40
41
Ganchkorlik usulida bezalgan zal.
42
Kamoliddin Behzod. Shayboniyxon portreti, 1507.
43
Navoiy buyuk shoirlar o’rtasida. Saddi Iskandariy. 1485 y.
1 Hasan Dehlaviy 3 Abdurahmon Jomiy 5 Xusrav Dehlaviy 2 Alisher Navoiy 4 Nizomiy Ganjaviy 6 Shayx Sa’diy 7 Abulqosim Firdavsiy 8 Sanoiy 9 Anvariy 10 Xoqoniy
Hazrati Imom majmuasi.
44
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 1992.
2. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni yanada rivojlantirishning
davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31- mart farmoni “Xalq so‘zi” gazetasi. -T.
1997-yil 1-aprel.
3. Karimov. I. A.“Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T.,
“Ma’naviyat” 2008.
4. Karimov I. «Ma’naviyat falsafa va hayot». -T., «Fan».2001.
5. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni -Toshkent, 1992.
6. O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim markazi kontsepsiyasi.- Toshkent: Xalq
ta’limi, 1992.-1-son.
7. Abduqodirov A. Obidalar jilvasi. -Toshkent: O‘zbekiston,
8. Avedova N.A. Toshkent o‘ymakorligi. - Toshkent: O‘z dav. Badiiy adabiyot
nashr, 1961.
9. Azimov I. Farg‘ona vodiysining arxitektura yodgorilklari.-Toshkent:
O‘zbekiston, 1986.
10. Azimov I. O‘zbekiston naqshu-nigorlari. -Toshkent: Adabiyot va san’at nashri,
1987.
11. Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo.-Toshkent, 1992-yil.
12. Asotirlar va rivoyatlar. -Toshkent: Yozuvchi, 1993-yil. 15. Anuxtin O.K.
Badiiy naqsh maktabi. -Toshkent: O‘qituvchi, 1969.
13. Avloniy A. Turkiy guliston yohud axloq. -T.: O‘zbekiston, 1992.
14. Amanullayev A.A. Oliy o‘quv yurtlarida talabalarni ganch o‘ymakorligi
to‘garak ishlarini boshqarishga tayyorlashning ilmiy metodik asoslari. (Badiiy
grafika fakultetlari misolida). Ped. fan. nomzodi ilmiy darajasini olish uchun
yozilgan dissertatsiya. -T.: TDPU, 2001.45
15. Amir Temur o‘gitlari: (to‘plam) tuzuvchilar B.Ahmedov, A.Aminov-T.:
Navro‘z, 1992.
Internet saytlari.1. www.google.uz 2. www.gov.uz 3.Ziyonet.uz 4.www.uza.uz
Mundarija
Mavzu: “Samarqand va Hirot nafis tasviriy san’at maktabi.”
I. Kirish.............................................................................................3-4
II. Asosiy qism ................................................................................5-6
2.1.Temuriylar davri Samarqand va
Hirot miniatyura maktabi...............................................................7-15
2.2. O’zbekiston xalq amaliy san’ati..............................................16-26
2.3. Samarqandda ustoz-shogird ananasi......................................27-30
2.4. Samarqand va Hirotda
Kamoliddin Behzod hayoti va faoliyati.........................................31-38
Xulosa.............................................................................................39-40
Ilovalar..............................................................................................41
46