I-bo‘lim. O‘zbekistonning tabiiy - iqlim sharoitlari. 1.1 ...
Transcript of I-bo‘lim. O‘zbekistonning tabiiy - iqlim sharoitlari. 1.1 ...
I-bo‘lim. O‘zbekistonning tabiiy - iqlim sharoitlari.
1.1.O‘zbekistonning geografik o‘rni, yerlarining geomorfologik tuzilishi,
relyefi va iqlim sharoitlari.
O‘zbekiston Respublikasi yer kurrasining shimoliy yarim sharida, dengiz va
okeanlardan uzoqda, Yevrosiyo materigi va Markaziy Osiyoning o‘rta qismida
joylashgan. Sharq va shimoliy -sharqda Qirg‘iziston, shimol va shimoliy - g‘arbda
Qozog‘iston Respublikasi, janubiy va janubiy -sharqda Tojikiston Respublikasi,
janubiy -g‘arbda Turkmaniston, janubda qisman Afg‘oniston davlati yerlari bilan
chegaradosh. O‘zbekistonning eng shimoliy chekka nuqtasi shimoliy -sharqda -
Ustyurt platosida Orol dengizining g‘arbiy sohilida (45°36' shimoliy kenglikda), eng
janubiy nuqtasi - Surxondaryo viloyati Termiz shahri yonida (37°11' shimoliy
kenglikda), g‘arbiy nuqtasi - Ustyurt platosida (56° sharqiy uzunlikda), sharqiy nuqtasi
- Farg‘ona vodiysining sharqida, Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegara joyi (37°10')
sharqiy uzunlikda,shimoliy va janubiy chekka nuqtalari orasi - 925 km, g‘arbdan
sharqqa - 1400 km. masofada joylashgan (1.1.1-rasm).
1.1.1-rasm. O‘zbekistonning geografik joylashuvi haritasi.
Geomorfologiyasi bo‘yicha Turon tekisligiga tegishli bo‘lib, O‘zbekistonga
qarashli qismida bir qancha orografik elementlar bor: shimoliy-g‘arbiy chekkasida
Ustyurt platosi, Orol dengizidan janubda Amudaryo deltasining allyuvial tekisligi,
undan janubiy -g‘arbda Qizilqum cho‘li joylashgan. Ustyurt platosining O‘zbekiston
hududida joylashgan qismining o‘rtacha balandligi 120 - 180 m, eng baland joyi 290
m (Qorabovur qirlari). Platoning janubida bir qancha berk (oqmas) havzalar:
Borsakelmas, Asaka-ovloi (balandligi 30 - 60 m) botiqlari, Sariqamish soyligi bor.
Sariqamish soyligining O‘zbekistonga qarashli shimoliy-g‘arbiy qismining tubi
dengiz sathidan 10 m past. Orolbo‘yi past tekisligining anchagina qismini Amudaryo
deltasi va unga yondosh past tekisliklar egallagan, ularni Amudaryoning qurib qolgan
o‘zanlari qismlarga ajratib turadi. Ayrim kichik tepaliklar mavjud [3].
RelyefiOrolbo‘yi pasttekisligidan, janubiy -sharqda asosiy qismi platodai
iborat bo‘lib, Qizilqum cho‘lida (umumiy maydoni qariyb 300 ming km2) joylashgan.
Qizilqumning shimoliy -g‘arbiy chekkasida kenglik bo‘ylab, Bo‘kantov qoldiq
tog‘lari (eng baland joyi Irlir tog‘i - 764 m) tomon cho‘zilgan. Undan janubda
Mingbuloq botig‘i joylashgan, botiqning tubi O‘zbekistonda va umuman Qizilqumda
eng past nuqtadir (dengiz sathidan 12 m past).
Bo‘kantovdan janubiy -sharqda Tomditov massivi (eng baland joyi - Oqtov, 922
m), undan janubda Muruntov bor. Qizilqumning janubiy -sharqiy chekkasida kenglik
bo‘ylab Quljuqtov tog‘i joylashgan (eng baland joyi 785 m). Quljuqtovning
tepalardan iborat sharqiy tarmoqlarini 2 ta yirik berk havza: shimolda Qaraqota va
janubda Oyoqog‘itma ajratib turadi[3].
Qizilqum platosidan g‘arbda to Amudaryoga qadar Qizilqumning past tekislik
qismi cho‘zilgan. Bu yerlarning mutloq balandligi 200 m ga yetmaydi. Tekislik
janubda asta-sekin ko‘tarilib, Sandiqliqum cho‘li egallagan platoga tutashib ketadi.
Turon tekisligi sharqda davom etib, tog‘ tizmalari oralig‘iga qadar kirib borgan. Ular,
asosan, tekis platosimon yerlar bo‘lib, cho‘l, dasht deb ataladi: shimolda - Mirzacho‘l,
o‘rta qismida Qarnob-cho‘l va Qarshi cho‘li. Dashtlar tog‘ oldi tekisliklariga tutashib
ketgan.O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik
sharoitga ega. Mamlakat hududi o‘ziga xos past tekislik va tog‘ relyefini o‘z ichiga
oladi. O‘zbekiston hududining katta qismini past tekisliklar tashkil etadi. Geologik
tuzilishi va foydali qazilmalari jihatidan, mamlakat yer osti boyliklari tabiiy gaz,
qo‘ng‘ir va tosh ko‘mir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari
zaxirasiga egadir.
Iqlim sharoiti bo‘yicha O‘zbekiston o‘ziga xos - yog‘in kam, quruq, issiq,
kontinental iqlimga ega. Mamlakatning katta qismi mo‘tadil iqlim mintaqasiga,
janubiy chekka qismigina subtropik mintaqaga mansub. O‘zbekiston hududini 3 iqlim
zonasiga ajratish mumkin: cho‘l va dasht zonasi, tog‘ oldi zonasi va tog‘ zonasi.
Cho‘l va dasht zonasi O‘zbekistonning jami tekisliklari - Ustyurt platosi, Qizilqum,
Qarshi, Dalvarzin va Mirzacho‘l cho‘llarini, tog‘ oldi zonasi Tyanshan va Hisor-
Oloy tog‘ tizmalarining dengiz sathidan 300-400 m dan 600-1000 m gacha bo‘lgan
balandliklarini, tog‘ zonasi dengiz sathidan 600-1000 m dan yuqori bo‘lgan hududlarni
o‘z ichiga oladi. Iqlim 3 asosiy omil: quyosh radiatsiyasi miqdori, atmosfera
sirkulyasiyasi xususiyati va to‘shama sirt (relyef) bilan belgilanadi.Quyosh
radiatsiyasi qiymati yoz oylarida 800-1000 Mj/m2 ya’ni 239000 kal/m2 ni tashkil
etadi [37].
Mamlakat hududidagi mavjud iqlimning muhim omili – yoz oylaridagi yer
yuzasidagi quyosh radiatsiyasidir. O‘zbekistonda quyosh yil davomida qariyb
balandda bo‘ladi. Markaziy Osiyo ustidagi atmosfera sirkulyatsiyasida arktika,
mo‘tadil va tropik havo massalari ishtirok etadi. Yilning sovuq va salqin davrida
(noyabr-aprel) Eron tog‘lari ustida shakllangan juda iliq tropik havo bilan Markaziy
Osiyo shimoliy kengliklaridagi sovuq havoning o‘zaro yaqin joylashganligi
haroratning keskin o‘zgarib turishiga sabab bo‘ladi. Siklonlar shimol va shimoliy -
g‘arbdan arktika sovuq havosining kelishi bilan yakunlanadi. Qishda
O‘zbekistonning ko‘pgina joylarida ob-havo beqaror bo‘lib, sovuq bilan iliq kunlar
almashinib turadi. Yilning iliq va issiq yarmida (may-oktyabr) Markaziy Osiyo bilan
undan janubda joylashgan hududlar orasida haroratlar farqi deyarli qolmaydi. Harorati
(27-31°S) tropik havo shakllanadi. Bu davrda siklon faoliyati va u bilan bog‘liq
bo‘lgan yog‘in ham to‘xtaydi. Lekin vaqt-vaqti bilan kelib turadigan salqin havo
issiqning ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.Tog‘li hududlarda iqlim shakllanishida
relyefning ta’siri hal qiluvchi rol uynaydi. Jumladan, hatto bir tog‘ tizmasi hududida
ham yog‘in miqdori turlicha taqsimlanadi. Bunda nafaqat tog‘ yon bag‘irlarining
dengiz sathidan balandligi, balki, yon bag‘ir ekspozitsiyasi, relyefning holati va
boshqalar ta’sir etadi.
Ob-havo yoz oylari ancha barqaror, qish oylari esa o‘zgaruvchan kechadi, havo
harorati katta mavsumi va kunlik amplitudaga ega. Qish oylarida cho‘l hududlarda
havo massalari transformatsiyasi nisbatan sust kechadi. Ba’zan, Arktikadan kelgan
sovuq havo oqimi janubdan tog‘lar bilan o‘ralgan tekisliklarga hech qanday to‘siqsiz
kirib kelib, havoning yanada sovib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham bu
yerda, ayniqsa, Qoraqalpog‘istonda qish ancha sovuq keladi. Ammo, ko‘pincha Fors
qo‘ltig‘i va Arabston dengizidan kelayotgan iliq havo uncha baland bo‘lmagan
Kopetdog‘ va Paropamiz tog‘ tizmalaridan oshib o‘tib, qish sovug‘ini ancha
yumshatadi.
O‘zbekiston iqlimi keskin o‘zgaruvchan kontinental iqlimdir. Mintaqadagi
kunduzgi va tungi, yozgi va qishki havo harorati keskin farqlidir. Yillik havo
harorati farqi sezilarli darajada yuqori. Yanvar oyi o‘rtacha harorati -60S gacha
tushsa, iyul oyida o‘rtacha havo harorati +320 S gacha ko‘tariladi. Past tekislik
hududlarida yillik yog‘ingarchilik miqdori -120-200 mm, cho‘l hududlarida -1000
mm. gacha yetadi. Yog‘ingarchilik miqdori kam bo‘lgani sababli, qishloq xo‘jaligi
sun’iy sug‘orish tizimiga bog‘liqdir. Eng sovuq oy - yanvarning o‘rtacha harorati
Ustyurtda - 9°S, Qizilqum cho‘lining janubiy qismida 0°, O‘zbekistonning chekka
janubida esa -2°, -3°S ni tashkil qiladi. Tog‘larda havo harorati, asosan, joyning dengiz
sathidan balandligiga bog‘liq.Yoz oylarida tekisliklarda havo kam o‘zgaradi: iyul
oyining (eng issiq oy) o‘rtacha harorati Ustyurtda 26 -27 °S dan Termizda 30°S gacha
o‘zgaradi. Tog‘ oldi zonalarida havo yoz oylarida uncha qattiq isib ketmaydi.
Tog‘larda esa har 100 m yuqoriga ko‘tarilgan sari harorat o‘rta hisobda 0,65 - 0,70 °S
ga kamayib boradi. Yozda qish fasliga nisbatan havo harorati kam o‘zgaradi, ya’ni
ob-havo ancha barqaror holatda bo‘ladi. Havoning o‘rtacha oylik haroratining yillik
amplitudasi tekisliklarda eng yuqori bo‘ladi, masalan, Qarshida yillik amplituda 29°S
dan ziyod. Tog‘larda esa bu ko‘rsatkich eng past bo‘ladi. Haroratning amplitudasi
qishda kam, yozda yuqori bo‘lib, ma’lum darajada havoning bulutligiga bog‘liq:
uning eng yuqori darajasi ochiq havoga to‘g‘ri keladi, bulutli kunlarda u 6 - 9°S past
bo‘ladi. Respublika hududida iliq davrning o‘rtacha davomiyligi Ustyurtda 160 kun
bo‘lsa, Sherobod va Termizda 280 kunni tashkil qiladi.
Mamlakatning tekislik qismida eng past o‘rtacha ko‘p yillik maksimal harorat
(35-36°S) Orol dengizi bo‘ylarida kuzatiladi. Ammo dengizning ta’siri faqat sohilning
dengizga yaqin qismida seziladi. Undan uzoqlashgan sayin o‘sha kenglikdagi eng
yuqori harorat 40°S ga, respublika janubida esa 44°S ga ko‘tariladi. Tog‘ oldi
zonalarida harorat 39-41°S dan oshmaydi va yuqoriga ko‘tarilgan sari kamayib
boradi. Dashtlarda eng yuqori mutloq harorat 48-50°S ga etadi. Tog‘ etaklarida,
taxminan1000 m. balandlikkacha, eng issiq harorat ancha yuqori bo‘lishi mumkin (44-
45°S). Tabiiyki, yuqoriga ko‘tarilgan sari havo harorati pasayib boradi. Qish oylarida
havoning o‘rtacha oylik nisbiy namligi O‘zbekistonning shimolida (Orol dengizi
sohillari) 80 - 85 % dan eng janubida 60 % gacha o‘zgaradi. Tog‘ oldi va tog‘li
hududlarda esa bu miqdor 50 - 70 % ni tashkil etadi. Mart oyidan boshlab nisbiy
namlik kamaya boshlaydi. Orol dengizi bo‘ylarida u 60 - 65 % gacha, boshqa
hududlarda 30-40 % gacha pasayadi, tog‘ oldi hududlarida namlik bir oz yuqori bo‘ladi.
Tog‘larda nisbiy namlik balandlikka, relyefga va qiyalikga qarab o‘zgaradi. Qishda
ko‘pincha u balandlikka nisbatan proporsional ravishda pasayadi, yozda esa oshadi.
1.2.O‘zbekistonning geologik va gidrogeologik sharoitlari
1.2.1. Geologik tuzilishi, sizot suvlarining gidrodinamik
mintaqalari bo’ycha tavsifi
O‘zbekiston hududi tekislik, tog‘lik va tog‘ oralig‘i cho‘kmalaridan iborat.
Tog‘ massivlari Tyanshan burmali sistemasining g‘arbiy chekkasi bo‘lib, ko‘pgina
tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, uning aksariyat qismi Ural-Oxota, qolgani Alp-
Himolay burmali mintaqasiga mansub. Tyanshanning O‘zbekiston hududidagi
geologik tuzilishida tog‘ jinslarining ikkita megakompleksi ishtirok etgan. Tog‘
tuzilmalaripi tashkil etgan quyi megakompleks proterozoy va paleozoy yoshidagi
murakkab dislokatsiyalangan cho‘kindi, metamorfik va magmatik jinslardan iborat.
Yuqorisi mezozoy va kaynozoyning genetik har xil bo‘lgan, aksar tekisliklarda, tog‘
oralig‘i vodiylari, botiqlar hamda kichikroq ko‘tarilmalarda tarqalgan
yotqiziqlaridir. O‘zbekiston hududida O‘rta va Janubiy Tyanshan jinslari yer
yuzasiga chiqib qolgan. Ularning qoplama-burmali sistemasida yer po‘stining
tokembriydan perm davrigacha bo‘lgan evolyupiyasini aks ettiruvchi turli
geodinamik muhitning hosilalari ishtirok etadi [3].
Tyanshanning geologik tuzilishidagi o‘ziga xoslik shundaki, hududning
geologik rivojlanishida uning mezozoygacha va mezokaynozoy davri tarixida
keskin farq mavjud. Tog‘ inshootlari, asosan, okean havzalari doirasida shakllangan
tokembriy va paleozoy yotqiziqlaridan tuzilgan. Keyinchalik takrorlangan bir
qancha tektonik jarayonlar natijasida kontinental va okean osti yer po‘sti jinslari,
turli davrlarda mavjud bo‘lgan orollar yoyi majmualari jinslarining qorishuvilgan
Tyanshanning yer po‘sti qalinligi 55 km. li murakkab geterogen strukturaga
aylangan.
O‘rta Tyanshan O‘zbekistonning shimoliy-sharqida joylashgan va Ugom,
Sandalash, Piskom, Chatqol va Qurama tizmalarini o‘z ichiga oladi. Quyi
toshko‘mir yotqiziqlari Piskom, Ugom, Chatqol tizmalari, Pistalitov, Xonbandi va
Nurota tog‘larining shimoliy etaklarida keng tarqalgan.
O‘rta toshko‘mir davrida O‘rta Tyanshan hududida (Mo‘g‘ultov, Qurama,
Chatqol, Piskom va boshqa tizmalar) diorit-monsodiorit-granodiorit-adamellit
tarkibli intruziyalar shakllangan. Yirik va murakkab strukturali Qurama. Qoramozor,
Chatqol va boshqa massivlar aynan shulardan tuzilgan. Keyinroq Qurama hududida
vulkanizm rivojlangan.
Tyanshan O‘zbekistan hududida Sulton Uvaystog‘, Bo‘kantov, Tomditov,
Ovminzatov-Beltov, Quljuqtov, Nurota, Molguzar tog‘lari, Turkiston va Zarafshon
tizmalari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘lari, Chaqilikalon, Hisor tizmasi, Janubiy
Farg‘onani o‘z ichiga oladi. U mazkur hududlarda turli davrlarda mavjud bo‘lgan
qadimiy havzalarning okean osti yer po‘sti qoldiqlari va siyalik qobiqchi
mikrokontinentlar bo‘laklari, shuningdek, granitoid mintaqalarning vulkaniq-plutonik
va kollizion jinslaridan tashkil topgan.
Tyanshan strukturalari tokembriy va paleozoy jinslaridan tuzilgan. Tokembriy
kesimida metamorfizm jihatdan bir-biridan keskin farqlanuvchi 2 ta majmua ajralib
turadi. Quyisi radiologik aniqlangan yoshi 1600-1700 va 1750 mln. yoshga teng
gneys; plagio-gneys; biotitli, kordierit-sillima-nitbiotitli va boshqa kristalli slanetslar;
kvarsit va amfibolitlardan iborat siyalik tarkib bilan harakterlanadi. Yuqori
tokembriy majmuasi Qizilqum va Nurota tog‘larida topilgan. U kechkiproterozoy
paleohavzasining rivojlanish bosqichiga taalluqchi vulkanogen-kremniyli-karbonat
yotqiziqlardan tuzilgan. Kembriy boshlarida Turkiston okean havzasining sayoz
passiv chekkalarida karbonat va terrigen-karbonat cho‘kindilar to‘plangan.
Yerlarni melioratsiya qilish nuqtai nazaridan, sug‘orish va zax qochirish
obyektlari gidrogeologik sharoitlarining omillari va ko‘rsatgichlariga quyidagilar
kiradi: sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashuvi, rejimi, balansi va
umumiy gidrokimyoviy sharoiti.
Quydagi 1.2.1- jadvalda sizot suvlarining gidrodinamik mintaqalari bo’ycha
tavsifi keltirilgan.
1.2.1- jadval. Sizot suvlarining gidrodinamik mintaqalari
Mintaqa
lar
Mintaqalar tavsifi
Sizot
suvlari
oqimlari
turlari
Yer osti
suvi
oqimining
qiymati,
mm/yil
Sizot
suvlarining
asosiy
minerallash
ganligi, g/l
Sizot
suvlarini
asosiy
yotish
chuqur
ligi, m
Sizot
suvlarining
tuproq
hosil
boʼlish
jarayoni
dagi
ahamiyati
Geomorfologik
sharoit
1 2 3 4 5 6 7
1. Kuchli
(jadal)
drenajlan
gan yerlar
Turli
tezlikda
xarakatlan
uvchi sizot
suvlarining
chuqur
joylashgan
oqimlari
Gilli
yotqiziqlar
da 100-
300 dan
500-700
shagal
jinslarida
Barcha
iqlim
sharoitlarid
a o‘ta
chuchuk va
chuchuk
>50-10
(tabiiy
sharoitd
a va
sug‘oril
adigan
yerlard
a)
Ishtirok
etmaydi,
tuproqlar
avtomorf
Tog‘ oldi shleyflari
va tashilish
konuslarining
yuqori qismlari;
chuqur o‘yilgan
togʼoldi tekisliklari
va allyuvial
tekisliklar, baland
daryo oldi zinalari,
gili tuproqlardan
tashkil topadi.
1.2.1- jadvalning davomi.
1 2 3 4 5 6 7
2.
Drenalang
an yerlar
>100-200
mm/kun
tezlikda
harakat
qiluvchi
sizot
suvlari
oqimi
300-500 Barcha
iqlim
sharoitlarid
a o‘ta
chuchuk va
chuchuk
Turli
xil
sug‘oril
adigan
yerlard
a 0-4, ;
gumid
viloyatl
arda 3
metrda
n
chuqurr
oq
Sizot
suvlari yer
yuziga
yaqin
joylashgan
da
tuproqlarn
i
botqoqlani
shiga olib
keladi.
Аllyuvial terrasalar,
tashilish
konuslarida yer osti
suvlarini yer yuziga
chiqishi; kichik
yopqich qatlamli
gili tuproqlar bilan
shag‘allardan
tashkil topadi.
3.
Kuchsiz
drenajlan
gan
yerlar.
Tezligi 25-
100
mm/kun
bo‘lgan
sekinlashg
an sizot
suvlari
oqimlari
150-300 Gumid
iqlimli
sharoitda
chuchuk,
arid iqlimli
sharoitda
kuchsiz
minerallash
gan
Turlich
a,
sug‘oril
adigan
yerlard
a 0 dan
3, 4
gacha;
gumid
viloyatl
arida
1,5-.
Yer
yuziga
yaqin
joylashgan
da
tuproqlar
botqoqlan
adi; arid
iqlimli
sharoitda
kuchsiz
shoʼrlanad
i.
O‘rta va pastki
daryo terrasalari;
tashilish konusining
o‘rta qismlari.
Qalinligi 5- gacha
gilli tuproq bo‘lgan
qumli shag‘alli
jinslardan iborat.
4. O‘ta
kuchsiz
drenajlan
gan
yerlar.
Tezligi 5-
25 mm/kun
boʼlgan
o‘ta
sekinlashg
an sizot
suvlari
oqimlari
50-150 Gumid
iqlimli
sharoitda
chuchuk va
arid iqlimli
sharoitda
minerallash
ganligi
ko‘tarilgan
suvlar,
minerallash
ganlik
cho‘l
mintaqasid
a sahroga
tomon ortib
boradi.
Turli
xil
sug‘oril
adigan
yerlard
a 0 dan
2-
gacha;
gumid
viloyatl
arda
<1,0-.
Yer
yuziga
yaqin
joylashgan
da
tuproqlar
botqoqlan
adi; arid
iqlimli
yerlarda
tuproqlar
sho‘rlaydi.
Keng daryo
terrasalari, suv
ayirgich tekisliklar,
o‘yilmagan tog‘oldi
tekisliklari,
daryolarni subaeral
deltalari, tashilish
konuslarining cheka
qismlari, konus
oralig‘i pastliklari,
ko‘l, ko‘l-muzlik va
morena yassi
tekisliklari; qum
yoki qum-gilli
jinslar tagida yotgan
qalin gili
tuproqlardan tashkil
topadi.
1.2.1- jadvalning davomi.
1 2 3 4 5 6 7
5.
Oqimsiz
yerlar
Sizot
suvlari
havzasi,
tezligi <5
mm/kunSi
zot suvlari
havzasi,
tezligi <5
mm/kun
<50 Gumid
iqlimli
sharoitda
chuchuk va
arid iqlimli
sharoitda
minerallash
ganligi
ko‘tarilgan
suvlar,
minerallash
ganlik
cho‘l
mintaqasid
a sahroga
tomon ortib
boradi.
Turli
xil
sug‘oril
adigan
yerlard
a 0 dan
1-
gacha;
gumid
viloyatl
arda
<0,5-.
Yer
yuziga
yaqin
joylashgan
da
tuproqlar
botqoqlan
adi; arid
iqlimli
yerlarda
tuproqlar
sho‘rlaydi.
Daryolarni hozirgi
zamon va qadimgi
dengiz oldi
deltalari, dengiz
oldi pastliklari,
daryolarni subaeral
deltalari, yassi suv
ayirg‘ich tekisliklari
morena va ko‘l-
muzlik tekisliklari;
mayda qumlar, gilli-
qumli yotqiziqlar
tagida yotgan gilli
tuproqlar va
gillardan tashkil
topadi.
1.2.2. Sizot suvlarining yotish chuqurligi, minerallashganligi,
rejimi, balansi va umumiy gidrogeokimyoviy sharoitlari
Iqlim va gidrogeologik sharoitlarning kompleks taʼsirlaridan sizot suvlarining
minerallashganligi o‘ta chuchukdan nomokopgacha o‘zgarib turadi (200-300 g/l).
Sizot suvlarining yotishi keng diapozonda o‘zgarib turadi. Sizot suvlarining yotish
chuqurligi, minerallashuvi va kimyoviy tarkibi, fasliy, yillik va ko‘p yillik
o‘zgarishlarga uchraydi. Sizot suvlarining rejimi va balansi, tabiiy va xo‘jalik
omillari taʼsirida shakllanadi.
Har bir iqlim va gidrodinamik mintaqalar doirasida (chegarasida) tabiiy
gidrokimyoviy sharoitni murakkablashtiradigan yoki o‘zgartiradigan bir yoki bir
necha lokal omillar bo‘lishi mumkin. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
- tog‘ jinslari va sizot suvlarining hozirgi vaqtda sho‘rlanganligi va qoldiq
dengiz sho‘rlanishi;
- tarkibida tuz bo‘lgan tub tog‘ jinslari, denudatsiya jarayonlari
(parchalanishi, buzilishi, tashilishi, yotqizilishi) va uning mahsulotlarini
to‘planishi; sizot suvlarini bosimli yuqori minerallashgan suvlar bilan
qo‘shimcha ozuqalanishi;
- tuproqlarni soda bilan sho‘rlanishiga olib keladigan sizot suvlarining
yuqori ishqoriyligi;
- balchiqli vulqonlar va muz-gumbaz tektonikasi.
Sug‘oriladigan va zaxi qochiriladigan yerlarda gidrogeologik sharoitning turli
tumanligi, meliorativ tizimlarni loyiha qilishda va ekspluatatsiya qilishda meliorativ
tadbirlarni tabaqalashtirishni zarurligini ko‘rsatadi.
Turli gidrogeologik-meliorativ sharoitli maydonlarni bir-biridan ajratish
uchun turlarga bo‘lish va gidrogeologik-meliorativ tumanlashtirish usullari
qo‘llaniladi. Bu turdagi ishlar, o‘z tarkibiga tajriba-filtratsion ishlarni, yer osti
suvlari rejimi va balansi, filtratsiyani matematik modellashtirish, statistik hisoblarni
oladigan gidrogeologik sʼyomka asosida bajariladi.
Gidrogeologik sharoitlar turi deganda tabiiy sharoitda yer osti suvlarini
shakllanish sharoiti va qonuniyatlarini xarakterlaydigan, kutilayotgan melioratsiya
taʼsirini va zaruriy tadbirlar tarkibini qulay gidrogeologik sharoitni taʼminlaydigan
kompleks koʼrsatkichlarni tushunmoq lozim.
Gidrogeologik sharoitni murakkablik darajasi sug‘oriladigan tumanlarda
to‘rtta guruhga bo‘linadi:
1
.
2
‘
3
4
‘
Orogen guruhdagi sug‘oriladigan tumanlar gidrogeologik sharoitning
murakkabgacha o‘zgarib turadi. Ular suv o‘tkazmas qatlamning katta chuqurlikda
yotishi bilan va to‘rtlamchi yotqiziqlarni tarkibida suvni yaxshi o‘tkazuvchi mayda
va yirik shag‘al (galka va graviy) jinslari mavjudiligi bilan harakterlanadi. Platforma
guruhidagi sug‘oriladigan tumanlar, odatda o‘rtacha murakkablik, murakkab va o‘ta
murakkab sharoitlar va regional suv o‘tkazmas qatlamlarni kichik chuqurlikda
yotishi bilan harakterlanadi. To‘rtlamchi yotqiziqlar tarkibida mayda va yirik
shag‘alli jinslar boʼlmaydi. Sizot suvlari deyarlik hamma yerda ozuqa olganligi va
doimo harakatda bo‘lganligi, har doim va hamma yerda sarf bo‘lishi mumkinligi
uchun, ozuqa olish maydoni qilib asosiy ozuqalanish jarayoni kechadigan maydon
qabul qilinadi, oqim oqish (tranzit) maydoni qilib gidrogeologik jarayonning asosiy
omili bo‘lib - oqim oqish jarayoni sodir bo‘ladigan maydon qabul qilinadi; sarflanish
viloyati qilib - asosiy jarayon sizot suvlari sarf bo‘ladigan maydon qabul qilinadi
[20].
1.2.3. Irrigatsion sizot suvlari
O‘zbekiston sharoitida, sug‘oriladigan yerlarda gidrogeologik sharoit keskin
o‘zgarishlarga uchragan. Tabiiy jaryonlar o‘rnini sunʼiy, xo‘jalik faoliyati bilan
bog‘liq jarayonlar egallaydi. Sizot suvlari atmosfera yog‘inlari, yer usti oqar suvlari
(daryolar), yer osti suvlari oqimlari, irrigatsion suvlar, sho‘r yuvish suvlari, bosimsiz
sizot suvlaridan pastda joylashgan bosimli suvlardan kelib qo‘shiladigan suvlar
hisobiga ozuqa oladi. Sug‘orish maydonlarida sizot suvlarining ozuqa olishida
irrigatsion suvlar va pastdagi bosimli suvlar katta rol o‘ynaydi. Sug‘orishdan
bo‘ladigan infiltratsiya hisobiga sizot suvlarining ustida infiltratsion suvlar
to‘planadi. Ularni irrigatsion sizot suvlari deb yuritiladi.
Irrigatsion sizot suvlari, xususan sizot suvlaridan faqat hosil bo‘lishi bilan
emas, balki harakati bilan farq qiladi. Ular sizot suvlari yuzasida yotadi va ularga
bosim bilan taʼsir qiladi. Ular infiltratsiya bo‘layotgan yerlarda sizot suvlari sathini
ko‘taradi va pastga qarab tik harakat hosil qiladi. Bu ikki xil suvlar
minerallashganligi bilan bir-biridan farq qiladi. Xususan sizot suvlarini
minerallashganligi yuqori bo‘lsa, irrigatsion-sizot sizot suvlarining
minerallashganligi past darajada boʼladi. Sizot suvlari yuzasida minerallashganligi
past bo‘lgan yerlarda ko‘p vaqtlarda (hollarda) chuchuk, turli qalinlikka ega bo‘lgan
irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘ladi.
Birinchidan, agar sug‘orish dalalari ostida minerallashganligi past irrigatsion-
sizot suvlari hosil boʼlsa, sug‘oriladigan tuproqlarda sho‘rlanish jarayoni deyarli
kechmaydi, tuzi yuviladi va qulay meliorativ holat vujudga keladi. Ikkinchidan,
hosil bo‘lgan minerallashganligi past irrigatsion-sizot suvlari, suv tanqis yillari
sug‘orish suvlarining qo‘shimcha manbai bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uchinchidan,
ayrim hollarda minerallashganligi yuqori suvlar hosil bo‘lishi mumkin, va ular
yerlarni qayta sho‘rlanishiga sababchi bo‘ladi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan
maydonlari ostida 24,32 km3 irrigatsion-sizot suvlari zaxiralari mavjudligi
aniqlandi. Ulardan minerallashganligi 0-1,0 g/l bo‘lgan suvlar - 0,6234 km3,
minerallashganligi 1-3,0 g/l bo‘lgan suvlar - 15,93 km3, minerallashganligi 3-5,0 g/l
bo‘lgan suvlar 4,4 km3, minerallashganligi 5-10 g/l bulgan suvlar 2,8 km3 va
minerallashganligi 10-20 g/l bo‘lgan suvlar 0,6 km3 irrigatsion-sizot suvlari mavjud.
Jami 24,3 km3 zahiradan iborat [23]. Irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘lishini har
doim ham ijobiy hodisa deb bo‘lmaydi. Аyrim hollarda, sug‘orish taʼsirida
irrigatsion-sizot suvlarini hosil bo‘lishi, pastki chuqurliklarda to‘plangan (mavjud
bo‘lgan) suvda yaxshi eriydigan tuzlarni yer yuziga qarab harakat qilishiga olib
keladi va tuproqlarda qayta sho‘rlanishni paydo bo‘lishiga olib keladi Yangi,
irrigatsion-sizot suvlari hosil bo‘lishi vaqtida, qishloq xo‘jaligi uchun noqulay
sharoit-bu ularning barqaror emasligidadir. Irrigatsion-sizot suvlari xususan sizot
suvlarini bosadi va bosimlar farqi hisobiga pastga qarab harakat qiladi va xususan
sizot suvlarini pastga va yon atrofga tarqalishiga (bosilib kirishiga) olib keladi. Sizot
suvlari bilan o‘simlik qobig‘i o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik turli xil ko‘rinishda
amalga oshadi. Sizot suvlari kapillyar g‘ovaklar orqali tuproqning ildiz tizimi
rivojlangan chuqurligiga yetib boradi va uni ozuqlantiradi. Bu ijobiy omil
hisoblanadi. Аgar sizot suvlari yer yuziga yaqin joylashgan bo‘lsa, tuproqdagi
g‘ovaklar suvga to‘ladi, ular havoni o‘tkazmaydi va natijada o‘simlikning
rivojlanishi susayadi yoki o‘ladi, yoki hosildorlik kamayadi Osma sizot suvlari
sugʼorish maydonlarida biror-bir qonuniyatga bo‘ysunmay tarqaladi, va dalalarda
turli kattalikdagi maydonchalarning meliorativ holatini buzadi. Qayta sho‘rlanish
sodir bo‘ladi. Lekin osma sizot suvlari dalaning hamma yerida, hamma ekinlar
ekilganda ham hosil bo‘lavermaydi. Osma sizot suvlari hosil bo‘lishi uchun
aeratsiya mintaqasida kichik qalinlikdagi tarqalish maydoni chegaralangan, suvni
yomon o‘tkazadigan yoki o‘tkazmaydigan gilli qatlamchalar bo‘lishi shart.
Ikkinchidan sug‘orishdan shimilayotgan suvning miqdori (W) qatlamchaning
filtratsiya koeffitsientidan katta bo‘lishi kerak (W>>K). Demak, bug‘lanish sizot
suvlari yuzasidan sodir bo‘lmaydi, balki kapillyar hoshiya yuzasidan sodir bo‘ladi.
Shu sababli zovurlarda sizot suvlar sathini pasaytirayotganda, faqat sizot suvlari
chuqurligiga emas, balki uning tepasida hosil bo‘lgan kapillyar hoshiyaning
chuqurligiga eʼtibor qaratish kerak.
1.3. O‘zbekistonning tuproq-meliorativ sharoitlari
O‘zbekistoining tekislik qismi cho‘l zonasiga mansub. Cho‘lda iqlim
xususiyatlariga ko‘ra tuproq hosil bo‘lish jarayoni ancha sust kechadi va vaqt omili
muhim rol o‘ynaydi. Bu yerda tuproq tiplarining o‘ziga xos tomonlari yer yuzasi ayrim
qismlarining yoshiga bog‘liq. Qadimiy paleogen va neogen jinslari ustida sur-
qo‘ng‘ir, yosh to‘rtlamchi davr yuzalarida taqir va taqirli tuproqlar vujudga kelgan.
O‘zbekistoining tekislik qismidagi tuproqdari genetik va tasnifi jihatidan tog‘ oldi va
tog‘ etagi tuproqlaridan farq qiladi. Tog‘larda harorat pastroq, yog‘in esa ko‘p,
o‘simlik guruhlari ham farq qiladi. Bo‘z tuproq tipchalari tog‘ etagi tekisliklarida,
tog‘ oldi va past tog‘larda tarqalgan. O‘rtacha balandlikdagi tog‘ mintaqasi jigarrang
va qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlari bilan, baland tog‘ tepalari och qo‘ng‘ir, o‘tloqi-
dasht tuproqlari bilan qoplangan.Yuqorida aytib o‘tilgan barcha tuproq tiplari grunt
suvlari chuqur joylashgan sharoitlarda rivojlangan va avtomorf tuproqlardir. Grunt
suvlari yuza joylashgan yerlarda esa gidromorf tuproqlar rivojlangan. Bunday
sharoitda grunt suvlaridan tuproqning yuqori qatlamiga kapillyar namlik ko‘tarilib,
o‘tloq va botqoq o‘simliklari vujudga keladi, tuzlar qayta taqsimlanadi. Gidromorf
tuproqlarning sernamligi o‘simlik qoplamining yaxshi rivojlanishini ta’minlaydi,
o‘simlik qoldiqlarining sekin minerallashuvi (anaerob parchalanish) esa gumus
(chirindi) qatlamining qalin bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunday tuproqlar o‘tloqi
tuproqlardeb ataladi. Grunt suvlari sathi yana ham yuqori bo‘lganda (yer yuzasidan
1 m va undan kam) tuproq yuzasidanam ko‘payib, botqoq tuproqlarhosil bo‘ladi.
o‘tloqi, botqoq va botqoqi-o‘tloqi tuproqlar muayyan geomorfologik sharoitlarda
(past daryo terrasalarida, grunt suvlarining tog‘ etagidagi tekisliklarning ayrim
qismlariga kirib borgan joylarida) zonal avtomorf tuproqlar bilan birga uchraydi.
O‘zbekiston tuproqlarining, ayniqsa, cho‘l sur-qo‘ng‘ir, taqir, cho‘l qumli
tuproqlarning gumus miqdori juda kam (yuqori qatlamida 1 % chamasida). Bo‘z
tuproqlarda ham gumus miqdori oz, lekin cho‘l zonasining tuproqlariga nisbatan
biroz ko‘proq (1,5 - 2 %). Sug‘orilganda, ayniqsa, o‘g‘itlanganda tuproqning
unumdorligi keskin oshadi. Sug‘oriladigan tuproqlarda namlik, organik moddalarning
qo‘shilishi va parchalanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shunga ko‘ra sug‘oriladigan
tuproqlar mustaqil tuproq tipi sifatida ajratiladi. Sug‘oriladigan tuproqlarning
quyidagi tiplari mavjud: cho‘l zonasining o‘tloqi-voha va botqoqi-voha tuproqlari;
bo‘z tuproqli mintaqaning taqir-voha, bo‘z tuproq-voha, o‘tloqi-voha va botqoqi-
voha tuproqlari. O‘zbekiston hududi Turon tuproq-iqlim provinsiyasi (fatsiyasi)ga
mansub. Bu provinsiya uchun maxsus gidrotermik rejim, biologik siklning alohida
davrlari orasidagi keskin farq hisoblanadi [3].
Tekisliklar tuproqlari-cho‘l zonasi avtomorf sur-qo‘ng‘ir tuproqlar bilan
qoplangan. Bu tuproqlar qoldiq platolar, qadimiy Ustyurt platosi yoyilma konuslari,
Qizilqum va boshqa yerlarda rivojlangan. Tuproq qatlamining 18 - 25 sm chuqurligida
gips kristallari va suvda eruvchi tuzlar bor. Tuproqning yuqori qatlamida gumus
miqdori 0,2 - 0,8 %.
Cho‘l qum tuproqlari - Qizilqum va boshqa qumli cho‘llarda keng tarqalgan.
Yuqori qatlami zich emas, ba’zi joylarda yupqa qatlam hosil qiladi. Yuza
qatlamining qalinligi qariyb 5 sm. Bu qatlamda harorat yoz kunlari 70 - 80° C gacha
ko‘tariladi va kun davomida keskin o‘zgarib turadi. Qumning yuza qatlami himoya
vazifasini o‘tab, quyi qatlamdagi namni saqlab turadi. Cho‘l qum tuproqlarida
gumus miqdori juda kam 0,2 - 0,5 % dan oshmaydi. Cho‘l qum tuproqlari mexanik
tarkibining xususiyati shundan iboratki, bu tuproqlarning tarkibida mayda chang
(0,25 - 0,05 mm) va yirik chang (0,05 - 0,01 mm) fraksiyalari ko‘p. Bu tuproqlarda
deyarli sho‘rlanish bo‘lmaydi.
Taqir tuproqlar - O‘zbekistonning cho‘l qismida, Amudaryo, Qashqadaryo,
Sheroboddaryo va boshqa daryolarning qadimiy allyuvial tekisliklarida, Zarafshon
va Surxondaryo vodiylarida uchraydi. Har xil darajada sho‘rlangan. Tarkibida
karbonatlar miqdori ko‘p (8 - 10 %). Gumus 0,3 – 0,8 %. Sug‘oriladigan taqir
tuproqdagi mavjud agroirrigatsion dehqonchilik agrotexnikasi, yerga solingan
mahalliy o‘g‘it, shuningdek, suvning loyqalik darajasiga qarab 30-40 sm dan 1 - 2
m gacha qalinlikda bo‘ladi. Agroirrigatsion qavat rangi tuproqning mexanik tarkibi,
qovushqoqligi va kimyoviy xossa qarab belgilanadi. Tuzlarning eng ko‘p qismi
tuproqning yuqori qatlamida bo‘ladi. Ular sizot suvlarning ko‘tarilib bug‘laiishi
natijasida to‘planadi. Sho‘rxok tuproqlar morfologik ko‘rinishi jihatidan qatqaloq,
mayin va qora bo‘ladi. Sho‘rxok tuproqlarning meliorativ holati yaxshilangach, ekin
ekish mumkin.
O‘tloqi-voha (sug‘oriladigan) tuproqlari cho‘l zonasidagi sug‘oriladigan
vohalarda (Buxoro, Xorazm, Markaziy Farg‘onada, Qoraqalpog‘iston va boshqa
joylarda) asosiy maydonni egallagan. Ular taqir-voha, botqoq-voha tuproqlari bilan
birga uchraydi. Zarafshon, Amudaryo vodiylarida yirik vohalari 2 - 3 ming yillardan
beri mavjud. Shu muddat davomida bu yerda qalinligi 2 - 3 metrli agroirrigatsion
gorizont vujudga kelgan va tabiiy tuproqni ko‘mib yuborgan. O‘gloqi-voha allyuvial
tuproqlarning agroirrigatsion gorizonti bir xil ko‘kish - bo‘z rangli, antropogen
qo‘shimchalar aralashgan. Haydalma qatlami ancha zich. Tarkibida 1 - 1,3 % gumus
bor.
Cho‘l iqlimi sharoitida va namlanish rejimiga ko‘ra o‘tloqi-voha tuproqlari
sho‘rlanishga ko‘proq moyil. Tuproq sho‘ri drenaj yordamida muntazam yuvib
turiladi.
Tog‘lardagi tuproqlar. O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘laridagi
tuproqlarning genetik xilma-xilligi umumiy geografik qonuniyatga bo‘ysunadi.
Joyning mutlaq balandligi ortib borgan sari yer yuzasining bo‘laklarga bo‘linishi,
odatda, kuchayadi, havo temperaturasining rejimi yumshab, yog‘in miqdori ortadi,
o‘simlik qoplami ham chala cho‘l efemerlaridan quruq dashtga xos o‘tlar, archazor-
siyrak daraxtli o‘rmon, o‘rmon, o‘tloqi-dasht va dasht o‘simliklariga qadar
navbatlanib boradi. Mavjud landshaft mintaqalarining har biri tuproq tarkibi va
tuproq qoplamining o‘ziga xos tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi.
Tik mintaqalardagi tuproqlar 3 tuproq-iqlim miptaqasiga bo‘linadi: bo‘z
tuproq, o‘rta tog‘ jigarrang tuproq va baland tog‘ och-qung‘ir o‘tloqi-dasht
tuproqlari. Bo‘z tuproqtrning quyi chegarasi dengiz sathidan 250-400 m
balandlikda. Bu tuproqlar 900 - 1600 m balandlikda tog‘ jigarrang tuproqlari bilan
almashinadi. Bo‘z tuproqlar tog‘larda o‘ziga xos tuproq tipini hosil qilgan. Efemer
yoki quruq dasht o‘simliklarining barq urib o‘sishi natijasida tuproqda chim qatlami
vujudga kelgan va organik moddalar to‘plangan. Bo‘z tuproqlar morfologiyasi va
kimyoviy tarkibiga ko‘ra 3 xil: och tusli, tipik (oddiy) va to‘q tusli bo‘ladi. Bo‘z
tuproqlarda gumus chimli qavatida 1-4 % miqdorida; oziq moddalar yetarli, fizik
xossalari yaxshi. Gumusli qavati (50 - 60 sm) sur rangli. Sug‘orish natijasida 1,5-2
m gacha agroirrigatsion qatlam hosil bo‘lgan. Ma’lum geomorfologik sharoitlarda
tog‘ etagidagi yassi, kam zovurlangan tekisliklarda sug‘orish natijasida grunt suvlari
ko‘tarilib, o‘tloqi tuproq vujudga keladi, tuproqni sho‘r bosadi. Daryolarning quyi
terrasalari, deltalari, tog‘ etagidagi allyuvial-prolyuvial tekisliklardagi gidromorf
tuproqlar genetik jihatdan bir oz farq qiladi.
O‘rta balandlikda tog‘ jigarrang tuproqlari tik pog‘onada nisbatan bir jinsli
mintaqa hosil qilgan. Tuproqlarning genetik jihatdan turlicha bo‘lishi, asosan tog‘
tizmalarining kungay va quyosh kam tushadigan shim. yonbag‘irlaridagi kontrast
gidrotermik sharoitlarga bog‘liq. Tuproq profili aniq differensiyalangan. gumusli
qavati (45 - 60 sm) yaxshi rivojlangan, rangi to‘q sur-jigarrang. Jigarrang tuproqda
chirindi miqdori ko‘p (5-8 %), gumusli qatlami yumshoq, rangi qo‘ngir. Qo‘ng‘ir
tog‘-o‘rmon tuproqlari tog‘ yon bag‘irlarining quyoshga teskari tomonida tarqalgan
va seryog‘in yillarda surilmalar bo‘lib turadi. Och qo‘ng‘ir o‘tloqi - dasht baland
tog‘ tuproqlari O‘zbekiston hududida tik mintaqalarning eng yuqoridagisi bo‘lib,
baland tizmalarning suv ayirg‘ich qismida tarqalgan. Asosan deluvial yotqiziqlar va
tub jinslarning nurashidan (elyuviy ) hosil bo‘lgan. Och qo‘ng‘ir baland tog‘
tuproqlarining profili unchalik qalin emas, bir oz sur qo‘ng‘ir rangdagi gumusli
qavati yaxshi rivojlangan. O‘simlik qoplami tutash bo‘lmaganligi uchun chimli
joylari kam. Haydaladigan qatlami qo‘ng‘ir rangli, serkesak, qalinligi 50-70 sm,
mayda tosh aralashgan. Och-qo‘ng‘ir tuproq tarkibida 5- 7 % organik modda bor.
Baland tog‘ mintaqasida, qor qoplamlari va buloqlar yonida o‘tloqi va torfli-botqoqi
tuproqlar shakllangan.
Qizg‘ish tusli tuproqlar. O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida
keng tarqalgan o‘chlamchi davr qizil rangli neogen tuproq hosil qiluvchi jinslarda
rivojlangan bo‘lib, ularning aksariyati og‘ir mexanik tarkibga ega, juda zichlashgan
va ancha ekstremal rejimni keltirib chiqaradi, bu esa tuproq hosil bo‘lishida va
unumdorligida aks etgan. Bu tuproq-iqlim sharoitida shakllangan tuproqlar
profilining qizg‘ish- qo‘ng‘ir tusliligi, yirik chang va loyqa fraksiyalari ko‘p bo‘lgan
holda mexanik tarkibining og‘irligi, gumus (1-1,2 %) va oziq moddalar (NRK)
miqdorining ozligi, karbonatliligi, profilining zichlanganligi, g‘ovakligi, suv
singdiruvchanligining pastligi va o‘simliklar o‘zlashtira oladigan namlikning kam
miqdorda bo‘lishi xususiyatlari bilan lyoss yotqiziqlarda shakllangan tuproqlardan
keskin farq qiladi. Bu tuproqlar ko‘pincha keng to‘lqinsimon va o‘r - qirli relyefli
tog‘ va tog‘oldi mintaqalarga mansub, yer yuzasining nishabliklari, o‘simlik
qoplamining siyrakligi, gumusning ozligi, bahorgi kuchli yog‘inlar, shuningdek,
chorva mollarini tartibsiz yaylovlatib boqish, lalmi va sug‘oriladigan yon bag‘irlik
yerlardan noto‘g‘ri foydalanish eroziya jarayonlari rivojlanishiga yordam beradi.
O‘z navbatida eroziya tuproqning kimyoviy, agrokimyoviy, agrofizik, biologik va
morfologik ko‘rsatkichlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi, unumdorligini keskin
pasaytiradi. Subtropik zonaning asosiy tuproqlari bo‘lgan qizil tuproqlar qizg‘ish
tusli tuproqlardan yuqori qatlamlarida gumus (6-9 % gacha) va azot (0,2-0,4 %)
miqdorining ko‘pligi hamda tuproq fizik xossalarining ancha yaxshiligi, ayniqsa,
suvga chidamli strukturaning ko‘pligi, eroziyaga qarshi tura olishi va suv
o‘tkazuvchanligi bilan farq qiladi.
1.4. O‘zbekiston yer fondi va uning taqsimlanishi
O‘zbekiston Respublikasining yalpi yer maydoni 44,74 mln. gektarni tashkil
qiladi. O‘zbekistan yer fondidan qishloq xo‘jalikda turli-tuman maqsadlarda
foydalaniladi. Respublikada umumiy quruqlik maydonining (qariyb 40 mln. ga) 5-6
mln. gektari dehqonchilikda foylalaniladi. Bu maydon sug‘oriladigan va lalmikor
yerlardan iborat. Qolgan yerlar, asosan, yaylov va qisman tog‘ o‘rmonzorlari bilan
band. Sug‘oriladigan yerlar 4296,44 ming gektardan iborat, shundan 1600 ming
gektari cho‘l zonasida, qolgan qismi bo‘z tuproqli mintaqada joylashgan. Avtomorf
tuproqli maydonlar yirik daryolarning o‘zlashtirilgan vodiy va deltalari, shuningdek,
tog‘ etagidagi tekisliklardan iborat. Sug‘orish natijasida bu yerlarda grunt suvlari
ko‘tarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2017 yil 27 dekabrdagi
3405-sonli qarorida takidlanganidek, respublikada 167 ming gektar yerning suv bilan
ta’minlanishi juda past darajada qolmoqda, 1957 ming gektar sug‘oriladigan yerlar
turli darajada sho‘rlangan, shu jumladan, 542 ming gektar yerlar - o‘rtacha, 99 ming
gektari kuchli darajada sho‘rlangandir (1.4.1-jadval) [2].
2018 yilgi ma’lumot bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi
quyidagicha: sug‘oriladigan maydon 4296,44 ming gektarni tashkil qilib, shu
jumladan, sho‘rlanmagan maydon 2348,39 ming gektar ( 54,66 %), sho‘rlangan
yerlar 1945,94 ming.ga (45,29 % ), shu jumladan kuchli sho‘rlangan yerlar 93,91
ming.ga (4,83 %), o‘rtacha sho‘rlangan 517,77 ming.ga (26,61%), kam sho‘rlangan
1334,25 ming gektar yerni (68,57%) tashkil qiladi [6].
1.4.1-jadval. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi sug‘oriladigan
yerlarning sho‘rlanish darajasi bo‘yicha ma’lumot
№ Viloyatlar
nomi Yillar
Umumiy
sug‘oriladig
an maydon
Sho‘rlanma
gan
Umumiy
sho‘rlangan
yerlar
shu jumladan
kuchli
sho‘rlangan
o‘rtacha
sho‘rlangan
kam
sho‘rlangan
ming.
ga %
ming.
ga %
ming.
ga %
ming.
ga %
ming.
ga %
1 2 3 4 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
1
Qoraqal
pog‘iston
Respublikasi
2017 510,56 159,5 31,2 351,1 68,8 21,98 4,3 168,51 33,0 160,62 31,5
2018 510,40 152,5 29,9 357,9 70,1 23,78 4,7 178,96 35,1 155,13 30,4
VILOYATLAR
2 Andijon 2017 264,95 258,3 97,5 6,7 2,5 3,77 1,4 2,92 1,1
2018 264,53 258,5 97,7 6,0 2,3 3,12 1,2 2,90 1,1
3 Buxoro 2017 274,97 39,4 14,4 235,5 85,6 6,31 2,3 58,14 21,1 171,08 62,2
2018 274,61 38,9 14,2 235,7 85,8 6,65 2,4 59,49 21,7 169,57 61,7
4 Jizzax 2017 300,36 70,2 23,4 230,2 76,6 5,24 1,7 61,82 20,6 163,10 54,3
2018 300,36 70,0 23,3 230,4 76,7 4,83 1,6 49,95 16,6 175,60 58,5
2017 515,08 280,3 54,4 234,8 45,6 10,23 2,0 39,85 7,7 184,67 35,9
5 Qashqadaryo 2018 514,65 280,9 54,6 233,8 45,4 9,92 1,9 38,99 7,6 184,84 35,9
6 Navoiy 2017 123,10 22,5 18,3 100,6 81,7 0,69 0,7 11,08 11,0 88,81 88,3
2018 123,09 22,5 18,3 100,6 81,7 0,92 0,9 11,97 11,9 87,68 87,2
7 Namangan 2017 283,44 258,7 91,3 24,8 8,7 0,71 2,9 6,02 24,3 18,05 72,8
2018 283,21 258,5 91,3 24,7 8,7 0,72 2,9 5,51 22,3 18,49 74,8
8 Samarqand 2017 379,67 374,3 98,6 5,4 1,4 4,97 1,3 0,39 0,1 0,00 0,0
2018 379,67 372,9 98,2 6,8 1,8 6,26 1,6 0,48 0,1 0,02 0,0
1.4.1-jadvalnjng davomi
1 2 3 4 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
9 Surxondaryo 2017 325,63 228,0 70,0 97,6 30,0 1,17 0,4 30,30 9,3 66,18 20,3
2018 325,62 228,6 70,2 97,0 29,8 1,16 0,4 30,48 9,4 65,40 20,1
10 Sirdaryo 2017 287,46 9,1 3,2 278,0 96,7 5,31 1,8 53,56 18,6 219,17 76,2
2018 287,15 8,6 3,0 278,6 97,0 8,17 2,8 49,84 17,4 220,55 76,8
11 Toshkent 2017 398,52 388,1 97,4 10,4 2,6 0,04 0,01 1,53 0,4 8,87 2,2
2018 398,52 388,0 97,3 10,6 2,7 0,05 0,01 1,57 0,4 8,94 2,2
12 Farg‘ona 2017 368,76 278,20 75 90,6 25 0,54 0,6 6,62 7,3 83,38 92,1
2018 368,73 268,50 73 100,2 27 0,57 0,6 8,49 8,5 91,17 91,0
13 Xorazm 2017 266,11 265,28 100,0 31,25 11,8 79,66 30,0 154,37 58,2
2018 265,90 263,76 100,0 30,87 11,7 78,92 29,9 153,97 58,4
Respublika
bo‘yicha
2017 4298,60 2366,6 55,05 1930,9 44,92 88,44 4,58 521,25 27,00 1321,2 68,42
2018 4296,44 2348,4 54,66 1945,9 45,29 93,91 4,83 517,77 26,61 1334,3 68,57
Sug‘oriladigan tuproqlarning aksariyatqismi mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va
yengil qumoqli tuproqlardan iborat. Soz va og‘ir qumoqli mexanik tarkibli tuproqlar esa
22 % dan ko‘proqni tashkil etadi. Sug‘oriladigan tuproqlar Farg‘ona vodiysida (900
ming ga), Zarafshon vodiysida (750 ming ga), Amudaryo quyi qismida (780 ming
ga) katta maydonlarni egallagan. Lalmikor yerlar maydoni 6,6 mln. ga dan ziyod.
Ekin ekish uchun yetarli darajada namlikni saqlovchi yerlardan foydalaniladi.
Lalmikor yerlarning nisbatan katta maydonlari Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent
va Jizzax viloyatlarida joylashgan. Och bo‘z tuproqli lalmikor yerlarning bir qismi
sug‘orib dehqonchilik qilinadi. Cho‘l yaylovlari O‘zbekistonda eng katta maydon -
26,5 mln. ga ni tashkil qiladi, shundan 11 mln. ga bo‘z-qo‘ng‘ir tuproqli, qariyb 13 mln.
ga qumli yerlar va qumli tuproqlar. Qolgan qismi o‘tloqi - taqir, taqir tuproqlar va taqirli
hamda sho‘rxoklardan iborat. Cho‘l - yaylov joylardagi sug‘orishga yaroqli yalpi
maydon qariyb 12 mln, ga.
Amudaryo deltasi qismidagi o‘tloqi va o‘tloqi-taqir tuproqlar 600 ming
gektardan ziyod maydonni tashkil qiladi. Taqir tuproqlar va taqirlar - 2,3 mln. ga. Tog‘
jigar rang va o‘rmon qo‘ng‘ir tuproqlar (1160 ming ga) o‘rtacha balandlikdagi
tog‘larning past-baland tog‘li relyefli qismiga to‘g‘ri keladi. Bu joylarda respublikada
tog‘ yon bag‘irlaridagi sel va tuproqni eroziyadan asrovchi yagona o‘rmon zonasi
mavjud. Jigarrang tuproq zonasidan yuqorida och-qo‘ng‘ir o‘lloqi-dasht baland tog‘
tuproq xillari tarqalgan. U joylar yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.
I-bo’lim bo’ycha xulosa
Ushbu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasining tabiiy iqlim sharoitlari,
geografik joylashgan o‘rni, sug‘oriladigan maydonlarning geomorfologik tuzilishi
qisqacha yoritilgan. Shu bilan bir qatorda Respublikadagi tuproq - meliorativ
holatini yaxshilash, geologo-gidrogeologik sharoitlar hamda sizot suvlarining
joylashish chuqurligi va ularning mineralizasiyasi, o‘zgarish dinamikasi bo‘yicha
ma'lumotlar keltirib o‘tilgan.