BITIRUV MALAKAVIY ISH - UrDUdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi10.pdfetimologik va qiyosiy lug’atlar...
Transcript of BITIRUV MALAKAVIY ISH - UrDUdl.urdu.uz/arm/files/bmi/bmi10.pdfetimologik va qiyosiy lug’atlar...
«O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI CHET TILLARl FAKULTETI DUSOVA HILOLA BOTIR QIZI
TARJIMADA METONIMIYA (ingliz va o’zbek tillari misolida)
BITIRUV MALAKAVIY ISH 5120112-Filologiya va tillarni o’qitish(ingliz tili) ta’limyo’nalishi
bo’yichanbakalavr darajasini olish uchun taqdim etilga
Urganch 2015
- 2 - 2
KIRISH……………….........................................................................................3
I.BOB. METONIMIYANING NAZARIY ASOSLARI
1.1.Metonimiya haqida umumiy tushuncha.................................................7
1.2. Metonimiyaning tasnifi va o’rganilishi ……………………………...13
II.BOB. E. HEMINGUEYNING “ALVIDO QUROL” ASARIDA
METONIMIYA TARJIMASI HUSUSIDA
2.1. “Alvido Qurol’’ asarida metonimiyaning qo’llanilishi…………………22
2.2. Metonimiya tarjimasida shakl va mazmun birligi……………………...29
2.3. Tarjima nuqsonlari va kamchiliklari........................................................35
X U L O S A..........................................................................................................41
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.............................................43
- 3 - 3
K I R I SH
Bugungi jadal globallashuv jarayonlarida axborot kommunikasiya
texnologiyalarining rivoji misli ko’rilmagan holatlarini qamragan bir vaqtda, bir
tildan boshqasiga so’z o’tmasligini tasavvur etishni o’zi mushkul, shunday ekan
tilimiz yanada boyib boradi, ravnaq topadi va go’zallashadi. Bu bugungi kunda
dunyoning inkor etib bo’lmaydigan lisoniy mantiqiy haqiqatlaridan biridir.
Muhtaram yurtboshimizning quyidagi so’zlari tilshunoslar va
tarjimashunoslarga alohida mas’uliyat yuklaydi: “Biz ajdodlardan avlodlarga o’tib
kelayotgan bebaho boylik sifatida ona tilimizni asrab- avaylashimiz, uni boyitish,
nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur, ayniqsa, fundamental
fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi
kabi o’ta muhim sohalarda ona tilimizning qo’llanish doirasini kengaytirish,
etimologik va qiyosiy lug’atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va
kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so’z bilan aytganda, o’zbek tilini ilmiy asosda
har tomonlama rivojlantirish, milliy o’zlikni, vatan tuyg’usini anglashdek ezgu
maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz”. (1;87)
Mavzuning dolzarbligi Ma’lumki, ingliz adabiyotining yorqin vakillari,
V.Shekspir, Dj.London, T.Drayzer asarlari qatorida E.Hemingueyning durdona
asarlari ham dunyo tillari qatorida o’zbek tiliga tarjima qilingan va o’zbek xalqini
o’z ma’naviy va milliy qadriyatlari bilan bahramand qilib, kitobxonlar diqqatini
o’ziga jalb qilib kelgan.
Mazkur asarlarning tarjima sifati, uslubi bilan bog’liq jihatlari o’rganilmagan.
Shu sabab ushbu masalani o’rganish tarjimashunoslikda muhim ahamiyatga ega.
Shunga ko’ra biz ishimizda E.Hemingueyning “Alvido qurol” asarining asliyati va
tarjimasini tahlilga tortdik. Asar tarjimasida badiiy tasvir vositasi, ya’ni
ko’chimning eng murakkab shakllaridan biri bo’lgan metonimiyaning tarjimada
qay darajada saqlaganligini atroflicha tadqiq etdik. Bu esa mavzuning
dolzarbligini ta’minladi.
- 4 - 4
Mavzuning o‘rganilish darajasi “Metonimiya” atamasi paydo bo‘lganidan
beri o‘tgan yillar davomida metonimiyaga doir ko’plab tadqiqotlar, izlanishlar
amalga oshirildi. Ayniqsa o’zbek olimlari tomonidan metonimiya sohasida ko’plab
izlanishlar olib borildi. Bunga misol qilib R.Qo’ng’irov, S.Karimovlarning ilmiy
tadqiqotlarini keltirishimiz mumkin. Metonimiya hodisasi R.Qong’irov,
S.Karimovning tadqiqotlarida o’zbek badiiy tili misolida qisman o’rganilgani
bilan ajralib turadi. Agar T.Aliqulov, M.Mirtojiyev tadqiqotlarida nazariy jihatdan
asoslangan bo’lsa, yuqoridagi ikki tadqiqotda esa metonimiya asar tilida yozuvchi
uslubni yuzaga keltiruvchi hodisa sifatida tahlil etilgan. Ikkinchidan bu ikki
tadqiqotda metonimiya lingvistik hodisa ekanligiga ham alohida urg’u berilgan.
Demak, tadqiqotlar orasida metonimiya grammatik hodisa sifatida
o’rganilgan. Metonimiyani tasviriy vositaning shakllari bilan qorishtirish, holatlari
uchrab turadi. 60-yillarda T.Aliqulov tadqiqotlarida metonimiya ko’p ma’nolik
hodisa sifatida qaraldi. 70-yillarga kelib esa M.Mirtojiyev tadqiqotlarida
metonimiyaning bunday xususiyati yanada chuqurlashtirib o’rganildi. Har ikki
tadqiqotda ham metonimiya hodisasi nazariy jihatdan asoslanishga harakat
qilingan. Metonimiya hodisasi badiiy asarlardan olingan parchalar yoki ma’lum
ijodkor qo’llangan tasviriy vosita asosida emas, asosan tadqiqotlarning o’z
qarashlaridagi so’zlarni tahlil etish jarayonida ko’rsatilgan. M.Mirtojiyev
metonimiyani polisemiyaning bir shakli sifatida o’rganar ekan, unga shunday ta’rif
beradi. “Metonimiya .... nomdoshlovchi bilan nomdoshlanuvchi o’rtasidagi
aloqadorlik tufayli ko’chma ma’no hosil bo’lishidir” muallif bu fikrini misollarda
asoslashga erishadi.
Metonimiya hodisasi M.Mirtojiyev tadqiqotining bir qismi sifatida
o’rganilganligi sababli ham uning xususiyatlari ilmiy nazariy jihatdan to’la
ochilgan. Muallifning doktorlik dissertasiyasida ham mazkur fikrlar
rivojlantirilgan. Mazkur tadqiqotda metonimiyaning klassifikasiyasi haqida fikr
yuritilar ekan, muallif nomi asarning nomi bilan qo’llaniladi. Birinchi qo’llanmada
o’zbek tilida metonimiyaning olti ikkinchisida yetti xil ko’rinishi mavjudligi
asoslab berilgan. Masala bir muallif tomonidan yoritilganligi sababli ham
- 5 - 5
metonimiya hodisasining ko’rinishlari har ikki qo’llanmada ham bir xil ta’rif
keltirilgan. Bu o’rinda metonimiyaning yetti xil ko’rinishini keltirish maqsadga
muvofiq. Narsa (idish) ichidagi narsaning ma’nosi o’sha narsaga o’tkaziladi.
Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita, qurol bilan
almashtiriladi. Biror narsadan yasalgan material bilan almashtirish. Ma’lum
mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o’rinda yashab turgan kishilar ma’nosi shu
yerga davlat yoki mamlakatga ko’chiriladi. Alohida olingan aniqlovchi to’liq
narsani almashtiradi. Aniq tushuncha nomi o’rniga mavhum ma’noli ot
qo’llaniladi.
Nutq madaniyati va usulbiyat asoslari qo’llanmasida ta’kidlab o’tish joizki
o’zbek tili stilistikasi va mazkur qo’llanmadagi tilning tasviriy vositalari qismlari
professor R.Qo’ng’irov tomonidan yozilgan metonimiya hodisasining ko’chma
ma’noga asoslangan.
Tadqiqot maqsadi Tadqiqotdan ko’zlangan asosiy maqsad mavzuni
nazariy jihatdan yoritib berish hamda E.Hemingueyning “Alvido qurol” asari
tarjimasida metonimiyaning o’zbek tilida qay darajada tiklanganligini o’rganish
va tarjima jarayonidagi nuqsonlar va yutuqlarni aniqlashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari Tadqiqot maqsadidan chiqib o’z oldimizga quyidagi
vazifalarni ko’ndalang qo’ydik.
- Metonimiya tushunchasiga to’la oydinlik kiritish va uning tarjima bilan bog’liq
jihatlarini kompleks o’rganish;
- Tarjimada metonimiyani saqlashda tarjimonning individual uslubiy mahoratini
ochib berish;
- Metoniya tarjimasida shakl va mazmun birligi saqlanishini aniqlash;
Tadqiqotning ilmiy yangiligi Tadqiqot ishi o’zbek tarjimashunosligida
metonimiyaning ingliz tilidan o’zbek tiliga o’girishda yuzaga keladigan
muammolarni o’rganishga qaratilgan dastlabki monografik plandagi ishlardan
biridir. Unda tadqiq etilgan masalalar ishning ilmiy yangiligini belgiladi.
- Metonimiya tushunchasiga ma’lum va muayyan ma’noda oydinlik kiritildi, uning
mavjud tasniflari umumlashtirildi;
- 6 - 6
- Tarjima va asl nusxaga qiyosiy – tipologik jihatdan o’rganib chiqildi hamda
o’zaro nomutonosibliklar aniqlandi.
- tarjimada metonimiya muqobillarining shakl va mazmun birligi o’rganildi.
- Badiiy asardagi metonimiyani saqlashda tarjimonning individual– uslubi tarjima
asarning sifatini aniqlash imkonini berishi tadqiq qilindi.
Tadqiqot manbalari Tadqiqot manbai sifatida E.Hemingueyning “Alvido
qurol” asari asliyati va uning o’zbekcha tarjimasi asos qilib olindi.
Tarjimashunoslarning ilmiy qarashlari, tarjimalari, taqrizlari, shuningdek, folklor
asarlari namunalari, ilmiy maqola va risolalar mazkur mavzuni tadqiq etishda
metodologik asos o’rnini bosadi.
Tadqiqqotning ilmiy – nazariy va amaliy ahamiyati Mazkur tadqiqot
tarjimashunoslikda kam o`rganilgan soha tarjimada metonimiyani saqlanishiga
bog`lik masalalarga bag`ishlanganligi, bundan keyin yaratiladigan tadqiqotlar
uchun nazariy manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqotning metodologik asosi va metodlari N. Vladimirova, G`
Salomov, R.Fayzullayeva, Q.Musayevlarning ilmiy fikrlari, nazariy qarashlari
tadqiqotga metdologik asos bo`lib xizmat etdi.
Mavzuning maqsad vazifalaridan kelib chiqqan holda qiyosiy – tipologik,
uslubiy (stilistik), tekstologik, semantik, va statistik tahlil qilish metodlariga
tayanildi.
Tadqiqotning tuzilishi Tadqiqot kirish, asosiy ikki bob, xulosa, adabiyotlar
ro’yxatida iborat bo’lib 44 saxifani tashkil qiladi.
- 7 - 7
I. METONIMIYANING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Metonimiya haqida umumiy tushuncha
Metonimiya tarjimasi doimiy ravishda tadqiq qilishni talab qiluvchi
tajimashunoslikda muhim bo‘lgan masalalardan biri hisoblanadi. Metonimiyada
ikki predmet tashqi ko’rinish yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga qandaydir
aloqasi bo’lsa ham, umuman bir-biridan farq qiluvchi predmetlar belgilari
chog’ishtiriladi. Metonimiya ancha murakkab ma’no ko‘chish hodisasi hisoblanib,
ayni zamonda ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslar diqqatini o‘ziga jalb etib
keladi. Bu ma’no ko‘chishga tilshunoslar ko‘p ma’noli so‘zlardagi semema va
semalarning xarakterli xususiyatlarini ochish, ko‘chma ma’no hosil qiluvchi
hodisalar tahlili nuqtai nazaridan yondoshsalar, adabiyotshunoslar esa polisemantik
so‘zlardagi tasvirning turli vositalar (o‘xshatish, sifatlash, majoz istoriya)ni yuzaga
keltiruvchi omillar deb biladilar. Har ikkala yo‘nalishda ham maqsad bitta, u ham
bo‘lsa, so‘zning ko‘p ma’noligi va undagi uslubiy imkoniyatlarni o‘rganishdir.
So‘zning ko‘p ma’noliligini o‘rganish, avvalo, leksik uslubiyat uchun
muhim rol o‘ynaydi. Chunki, bir so‘zning o‘zida turli xil ma’noning bo‘lishi uchun
og‘zaki va yozma nutqda qo‘llashda uslubiy bo‘yog‘iga, ma’nosiga e’tibor berishni
talab qiladi. Shu boisdan ma’no ko‘chish ham sinonimiya, omonimiya va boshqa
leksik vositalar singari hazil, mutoyiba, kulgi va turli so‘z o‘yinlarini yuzaga
keltiradi. Bunday paytlarda so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosi to‘qnashtiriladi,
natijada kutilmagan yangi ma’no hosil bo‘ladi. So‘zlarning ana shu nozik ma’no
ottenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida keng qo‘llanadi.
Uslubiyat – nutqning eng yaqin va muvofiq vositasini tavsiya etadi, me’yor
qilib belgilaydi. Nutqning turli uslubiy qatlamlarida qo’llanmalardan vositalarini
belgilab beradi. Shunga ko’ra uslubiyat so’z san’ati ifoda vositalari haqidagi
alohida bir fandir. Hozirgi kunda uslubiyat sohasida tadqiq etilgan tadqiqotlar
bizning e’tiborimizni tortdi. Ayniqsa, metafora, metonimiya va sinekdoxa kabi
tasviriy vositalar va o’xshatishlar ham ijodkor asari tilidagi o’ziga xos
xususiyatlarini ochib berish ham mas’uliyatli va ham qiziqarlidir. Ana shu fan
haqidagi tushunchalarimizning boyib borishida tilshunos olimlarimiz va
- 8 - 8
yozuvchilarimizning xizmati benihoyatdir. Ularning katta mehnati tufayli o’zbek
tilining ko’pgina sohalarida qat’iy me’yorlar belgilaydi, til birikmalarining aloqa
jarayonidagi lisoniy namunalari tavsiya etiladi.
Til taraqqiyotidagi ko’pgina masalalar ilmiy nazariy asosda qo’yildi.
Masalan: dastlab o’zbek tilida tasviriy vositalar, ko’chimlar bo’yicha hal
qilinadigan masalalariga kam e’tibor berilar edi. Keyinchalik bu sohalarda
so’zlarning biriga ko’chirish yoki so’zlarni shu maqsadda, umuman ko’chma
ma’noda (asossiz ma’noga emas), ishlatilishiga troplar (ko’chimlar) deyiladi.
Ko’chimlar ko’proq og’zaki nutq uchun xarakterli hodisadir. Ulardan
zo’rma-zo’raki foydalanib bo’lmaydi, nutqni buzishi mumkin. Ularga yozuvchi
yoki notiq zarurat tug’ilgandagina murojaat qilishi lozim. Aks holda ular badiiy
asar qimmatni oshirish o’rniga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ko’chim (trop)lar
quydagi asosiy turlarga bo’linadi: Metonimiya, metafora, sinekdoxa, epitet
(sifatlash), o’xshatish, jonlantirish, simvol, allegoriya, giperbola, litota, perifraza,
antifraza, ironiyalaridir. (17;13)
Badiiy tasvir vositalaridan biz kuzatishlarimizni metonimiyaga qaratdik.
Metonimiya – grekcha metonumiya so’zidan olingan bo’lib boshqacha nom
berish degan ma’noni bildiradi. Metaforaga o’xshash tropning asosiy turlaridan biri
bo’lgan metonimiya ham so’zlarning, ko’chma ma’nosiga asoslanadi.
Metofarada bir-birlariga o’xshash predmet va ularning belgilari ko’chirilsa,
metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko’rinish yoki ichki xususiyatlari bilan bir-
biriga qandaydir aloqasi bo’lsa ham ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi
predmetlar belgilari chog’ishtiriladi. Masalan: Ra’no Anvarga xat yozib yuboradi
va gapning qolganini Fuzuliydan o’qirsiz, deydi (A.Qodiriy “Mehrobdan chayon”).
Bunda muallifning nomi uning asari o’rniga ko’chgan uni nomi bilan qo’llanadi.
(17;19)
Yoki darsdan so’ng A.Qodiriyni olish uchun do’stimni uyiga bordim gapida
ham asar avtor nomi bilan qo’llanilgan.
Umuman metonimiyada biror narsa ichidagi predmetni ma’nosi, o’sha
narsaga o’tkaziladi. Masalan: Bir piyola ichdim. Bir tovoq tushurdim, “piyola”,
- 9 - 9
“choy” ma’nosida tovoq esa “osh” ma’nosida keltirilgan. Yoki muallif nomi asar
o’rnida qo’llanilishi mumkin: Navoiyni o’qidim, Oybekni o’qidim: yana harakat
natijasi shu harakatni bajaruvchi qurol nomi bilan almashtiriladi. Masalan: mazkur
gaplarning hammasi ustoz S.Ayniy qalamiga tegishli. Yoki yana:
Besh asrkim nazmiy saroyini
Titratadi zanjirband bir sher
Temur tigi yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher
Biror narsani u yasalgan material bilan almashtirish mumkin:
Endi senga tismol aytay bir avlon
O’lmas po’lat berdi, yegniga qalqon
Ma’lum bir hududda qishloqda yashab turgan kishilar ma’nosi shu yerga
qishloq yoki hududga ko’chiriladi. Yanvarning 15 larida butun qishloq to’g’on
qurilishiga otlandi. (Oybek oltin vodiydan shabadalar) Ma’lum bir hududda
qishloqda yashab turgan kishilar ma’nosi shu yerga qishloq yoki hududga
ko’chiriladi. (Oybek oltin vodiydan shabadalar)
Metonimiya hodisasi ko’pgina olimlar tomonida o’rganilgan va unga turli
xil tasniflar berishgan. Masalan olim E.Qilichev o’zining “Badiiy tasvirning leksik
vositalari” kitobida metonimiyaga quyidagicha ta’rif bergan.
Metonimiya polisemiyaning bir ko’rinishidir. Predemet yoki hodisalarni
anglatuvchi so’zlar metonimiya yo’li bilan yangi ko’chma ma’no anglatar ekan,
bunda bir- biridan tubdan farq qiluvchi va butunlay boshqa-boshqa tushunchalarni
ifodalovchi predmet-narsa va hodisalarning makon yoki zamonda o’zaro ichki va
tashqi jihatdan yaqinligi, bog’liqligi, aloqadorligi ko’zda tutiladi. Ya’ni predmet
yoki hodisalarni makon yoki zamondagi o’zaro doimiy bog’lanishlari asosida
birining nomi ikkinchisiga ko’chiriladi. (12; 23)
Masalan ’’kent ko’chdi‘’ birikmasidagi ‘’kent ‘’ so’zi ko’chma ma’noda ’’
odamlar’’ ’’kishilar’’ ma’nosini ifodalaydi. Bunda ikki voqealik orasida o’zaro
o’rin munosabatiga ko’ra yaqinlik, aloqadorlik, bog’liqlilik ifodalanmoqda, ya’ni
- 10 - 10
shu joyda o’rnashgan, joylashgan odamlar, kishilar ko’chdi ma’nosidir.
Shuningdek avtor nomi asarlari o’nida qo’llanilishi mumkin, bunda keng
kitobxonlar orasida tanilgan mashhur yozuvchi yoki shoirlarning asrlari haqida
gap boradi. Chunki bir yozuvchi barcha asarlarining nomini sanamay, nutqda
ixchamlikda erishish va fikrni qisqa bayon qilish uchun shu yozuvchining nomi
ishlatilaveradi.
So’zlardagi metonomik ma’no ko’chirilishining bu turi S.Ayniyning asarida
uchraydi: Men bibixalifa (qizlar maktabi )da Xofiz, Bedildan bir necha qism
o’qidim. Misolidagi “Xofiz’, “Bedil” so’zlari ularning kitobi (she’rlari)
ma’nosini ifodalamoqda. Shu konteksdagi “Bibixalifa” so’zi va undan keyingi
qavs ichida keltirilgan “qizlar maktabi” birikmasi kishilar diqqatini tortadi.
Qadimda “bibixalifalar” deyilganda “qizlar o’qiydigan maktab“ tushunilgani
yozuvchi bir shtrix bilan izohlab kelgan, buni yozuvchining ma’nosi metonimiya
yo’li bilan ko’chgan, tushunilishi qiyin bo’lgan istorizm so’zlari asar kontekstida
izohlab ketish mahorati deb bilmoq kerak. Metonomik ma’no ko’chirish usullari
xilma –xil bo’lib, biror bir asarning janri o’rnida uning nomi ishlatilishi ham
mumkin.
So’zlarning metonomik ko’chma ma’noda qo’llash, ulardagi semantik
strukturani o’zgartirish orqali kitobxonga estetik ta’sir qilish bayonining
emotsionalligini oshirish ko’zda tutiladi. Bu holatda ham tilning estetik funksiyasi
uni kommunikativ funksiyasi bilan dialektik birlikda olib boriladi.
Har bir brigada o’ziga topshirilgan qit’ani mehr bilan ishlamoqda edi.
Misoldagi “brigada” so’zi “brigadada ishlovchi kishilar, a’zolar, ma’nosida
ishlatilgan bo’lib, kitobxonlarga qisqa, ya’ni bir so’z orqali keng tushunchani
ifodalab, estetik ta’sir ko’rsatmoqda . Shuningdek, kitobxon, hech shubhasiz, bu
so’zlarning ma’nosini anglab yetadi. Yuqorida qayd qilinganidek, nutqini obrazli
qilish, ixchamlash zaruriyati bilan metonomik ma’no ishlatiladi. Bunda so’zning
dastlabki nominativ funksiyasi yo’qolib, semantik siljish yuz beradi.
Metonomik ma’no ko’chirishda fikrni lo’nda qilib berish bilan birga,
avtorning emotsiya va to’lqinlarini voqealikka munosabatini ifodalash ham
- 11 - 11
ko’zda tutiladi: ….bular topgan pul va molning bir qismi hamma kattalar
cho’ntagiga tushadi. Misoldagi “kattalar” amaldorlar , yuqori mansabdagi kishilar
ma’nosi qo’llanilgan. Bu o’rinda ta’kidlash lozimki, “katta” sifatining uning
ifodalagan ko’chma ma’no bilan o’xshashlik belgisi yo’q. Ammo nutqdagi
“kattalar” deganda mansabdor shaxslar bevosita anglashaveradi.
Metonimiya badiiy adabiyotda eng ko’p qo’llaniladigan badiiy vosita.
Olimlardan Tursunov.U, Muxtorov.J o’zlarining “Xozirgi o’zbek adabiiy tili”
kitobida metonimiyani bir qancha turlarga bo’lganlar. Shulardan biri sinekdoxadir.
Sinekdoxada qism va butun munosabati asosida ma’no ko’chiriladi. U
metonimiyaning bir ko’rinishidir. (22;121)
Masalan “Oyoqyalanglar” so’zida kishi organizmidan - tana qismidan
“oyoq“ va uning “sochiqligi”ga ishora qilish bilan bir vaqtning o’zida ikki ma’no
mujjasamlashgan. Yani “oyoq” organizm qismi orqali butun “odam” tushunilsa,
unga “yalang” “ochiq” so’zi qo’shilib, “kambag’al”, “qashshoq” ma’nosini bergan.
Natijada bu so’zning ifoda planidan ko’ra mazmuni kengayib, ta’sirchanlik,
emotsionallik xususiyati ham yanada oshgan.
E.Qilichevning “Badiiy tasvirning leksik vositalari” kitobida metonimiyaga
quyidagicha ta’rif berilgan: Metonimiya deb voqea-hodisa, narsa-buyumlar
o’rtasidagi o’zaro yaqinlik va bog’liqlik asosida ma'no ko’chishiga aytiladi.
Metonimiya ham qiyosga asoslanadi. Faqat «metaforada bir-biriga o’xshash
predmetlarning belgilari qiyoslansa, metonimiyada bu ikki predmet tashqi
ko’rinishi yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga qandaydir aloqasi bo’lsa ham,
ammo, umuman bir-biridan farq qiluvchi (bir biriga o’xshamagan) predmetlarning
belgilari chog’ishtiriladi".
Masalan: ...yaxshiliqmi, yomonliqmi haytovur bo’ladirgan ko’ngilsiz gapni
kechikkani yaxshi... Fuzuliyni yaxshilab o’qish kerak. (A.Qodiriy)
Ushbu gapda muallif va uning asarlari o’rtasidagi aloqadorlikka asoslanib, «asar»
muallif nomi bilan qayta nomlanyapti. Yoki, Saroy tinch uyquda, tun yarim
(A.Qodiriy). Bu misolda "saroy” so’zi orqali «saroydagi odamlar» ma’nosi ham
ifodalangan. Metonimiyaning turli ko’rinishlari mavjud va bu haqda tilshunoslikka
- 12 - 12
oid adabiyotlardan atroflicha ma’lumot olish mumkin. Biz sizga bir mansurani
havola qilmoqchimiz. Unda muallifning metonimik qayta nomlash usulidan
mahorat bilan foydalanganiga o’zingiz guvoh bo’lasiz:
Xemengueyni o’qish
– Aka Xemenguey ham badimga urib ketdi, – dedi buxorolik shoir. – Endi
o’qiyapman Jabron Xali, Folkner, Frishni.
O’sha kuni uyga keldim. Yana kezib chiqdim o’zim sevgan Ernst olamlarini.
To’g'ri ekan. Badga urishi mumkin ekan hatto Xemenguey ham.
Agar o’z erking ko’rinsa juda uzoq. Ishonching darz ketsa.
Tuyulsa omonat, liqildoq.
Muomalaga o’rgatar Xemenguey. Olijanob muomalaga. Biz esa tobora
yiroqlashib boryapmiz bunday muomaladan. (I.G’afurov)
Ba’zi adabiyotlarda metonimiya metaforani bir ko’rinishi deb qaraydilar,
lekin metonimiya metaforadan farq qiladi. Metonimiya ham nom ko‘chish usuli
bo‘lib, narsalar orasidagi obyektiv bog‘liqlikka asoslanadi. Bog‘liqlik asosidagi
ma’no ko‘chish bir necha xil bo‘lishi mumkin:
1. Narsa nomi – shu narsa asosidagi boshqa bir narsaga ko‘chadi:
Dasturxon – stolga yoziladigan mato // dasturxon ishtaxamni ochib yubordi
(dasturxondagi ovqatlar).
2. Bir narsaning shu narsaga asoslangan o‘lchov birligi nomi bo‘lib xizmat
qiladi: bosh, kalla – “bosh” o‘lchov birligi: ikki bosh uzum, bunda metafora ham
qatnashadi – shakliy o‘xshashlik bor.
3. Bir narsaning nomi shu predmetdan hosil bo‘ladigan predmetga ko‘chadi:
til (nutq a’zosi), til (nutq).
4. Belgining nomi shunday belgisi bor narsaga ko‘chiriladi – ko‘k (rang
nomi) – ko‘k (osmon)
Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,
Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘rayman.
Cho‘lpon. (“Go‘zal”)
- 13 - 13
5. Harakatning nomi shu harakat natijasida hosil bo‘ladigan narsaga
ko‘chiriladi: to‘ymoq – to‘y.
Metonimiyaning muayyan ko‘rinishi – sinekdoxa butun va qism
orasidagi bog‘liqlikni nazarda tutadi. Metonimiya va metafora orasidagi farq nom
ko‘chish asoslaridadir. Metaforaga o‘xshashlik, metonimiyaga bog‘liqlik asos
bo‘ladi. Bu eng asosiy farq bo‘lib, o‘xshashlik va bog‘liqlik munosabatlari
orasidagi tafovut bu farqni yanada kuchaytiradi.
Bu tafovut shundaki, o‘xshashlik qaysidir darajada erkin, ya’ni subyekt
o‘xshashlikni ochadigina emas. Noo‘xshash narsalar orasida mutanosiblikni topish
qadimdan iste’dod sanaladi. Metaforada qiyos asosi nihoyatda murakkab bo‘lishi
mumkin. Yuqorida ana shunday holatlar haqida gapirib, faqat so‘zning semem
tarkibiga suyanib turib bu xil metaforalarni ochish qiyin bo‘lishi haqida gapirgan
edik.
Metonimiyada esa bog‘liqlik asos bo‘ladi. Bog‘liqlik obyektiv mavjud
bo‘lmasa, uni tiklab bo‘lmaydi. Darhaqiqat, bog‘liqlik (munosabati) xususiyati
doimiy bo‘lib, uni hamma tan oladi va qayd etadi. Ko‘chaning oldingi qismini
nima uchun bosh deb atalishiga umumtektologik-mantiqiy qonuniyatlar ko‘rsatish
qiyin. Biroq metonimiyaning xususiy ko‘rinishi bo‘lgan sinekdoxa – butunni qism,
qismni butun bilan atash asosini kibernetika ham tushuntirib bera oladi. Chunki
kibernetikaning asosiy qonunlaridan bo‘lmish axborot nazariyasi bo‘yicha har
qanday butun qism haqida, har qanday qism butun haqida axborot tashiydi.
1.2. Metonimiyaning tasnifi va o’rganilishi
Badiiy asarda so’zlarning o’z ma’nosida ishlatilishi bilan birga
tasvirlanayotgan voqealikning mohiyatini ochish uchun so’zning turli ma’nolarda
tovlanishi tilshunoslik hamda adabiyotshunoslikda maxsus o’rganib kelinadi.
Masalan: Mirtojiyev yozishicha, “Tildagi polisemiya hodisasi juda qadimdanoq
olimlar diqqatini o’ziga jalb qilib keldi”. Eramizdan avval uni falsafa va uslubiyat
nuqtai nazaridan o’rganishdi. Tilchilarimizning qayd etishicha bu masala bilan
Xitoy va Hind olimlari eramizning boshlarida esa yunonlar ham shug’ullanishgan
ekan. So’zlarning turli ma’nolarda tovlanishi qadimgi turkiy til boyliklariga
- 14 - 14
bag’ishlangan asarlarda ham o’rganilgan. Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni
lug’otit turk”, Alisher Navoiyning “Muhabbat-ul lug’atayn” asarlarida bunday
hodisani kuzatish mumkin.
So’zlarning rang-barang ma’nolarda kelishi adabiy matnlarni tahlil etish
jarayonida aniqlanadi. So’zning o’z ma’nosidan boshqa manoda qo’llanilishi
tilshunoslik va adabiyotshunoslikda trop atamasi bilan yuritilgan. Badiiy tildagi
bunday hodisani R.Qo’ng’irov shunday izohlaydi: “Adabiy asarning badiiy
qimmatini, ifodaligini, ekspressivligini kuchaytirish uchun bir narsaning nomini,
belgisini ikkinchisiga ko’chirish yoki so’zlarni shu maqsadda, umuman ko’chma
ma’noda ishlatishga troplar deyiladi”.
So’z yoki so’z birikmasining o’z ma’nosidan boshqa ma’noda qo’llanilishini
trop atamasi bilan nomlash tilshunoslik hmda adabiyotshunoslikka oid darslik
hamda qo’llanmalarda adabiyotshunoslik lug’atlarida ham uchraydi. Troplar
adabiyotshunoslikda boshqacha nom bilan yuritilgan holatlar ham mavjud.
Masalan: N.Shukurov va boshqa olimlar tomonidan yaratilgan
“Adabiyotshunoslikka kirish darsligida troplash ko’chim atamasi bilan ham
izohlanadi. So’zning ko’chma ma’nosi adabiyotda ko’chim (trop) termini bilan
ifodalanadi. Demak, bu ta’rifda atama yuzaga kelishiga so’zning o’z ma’nosidan
boshqa ma’noga o’tishi, ko’chishi asos qilib olingan. Bunday tarifga troplarning
vazifasi, xususiyatidan kelib chiqib, o’zbek tiliga moslashtirilishi asos qilib
olingan. Trop jahon tilshunosligi va adabiyotshunosligida atama sifatida qabul
qilingan tushunchadir. Asli grek tilida paydo bo’lgan bu atamaning barcha
tillardagi atamashunoslik lug’atlarida ta’rif va tavsiflari mavjud. So’ngi yillarda
o’zbek tilida yaratilgan atamashunoslik lug’atlarida troplar ko’chim atamasi bilan
ham yonma-yon tarzda qo’llanilmoqda. Bu atama haqidagi tasavvurlar
mutaxassislarimizda yetarli bo’lsa-da, o’rganilayotgan masalaning mohiyatini
to’laroq ochish maqsadida atamashunoslik lug’atlaridagi ta’riflarning birini
keltirish o’rinli deb o’ylaymiz. (27; 134)
Troplar – biror narsa yoki hodisani ifodalash uchun so’z yoki so’z
birikmalarining o’z ma’nosidan boshqa ma’noda qo’llanilishi anglatuvchi
- 15 - 15
tushuncha. Ko’chma ma’noda qo’llanilgan so’zning o’z va ko’chma ma’nosining
munosabati hamda ularning narsa yoki voqelikka bo’lgan munosabatiga qarab
ko’chimlar bir necha turlarga bo’linadi. Ulardan eng asosiylari: metafora,
metonimiya, sinekdoxa, allegoriya, litota, simvol va hokazolar. Bizning ongimizda
qandaydir xususiyatlari, belgilari bilan bir-biriga yaqin bo’lgan ikki narsa yoki
hodisani chog’ishtirish, o’xshatish troplarga asos qilinib olinadi. Boshqacha
aytganda, biror narsa yoki voqea-hodisa haqida aniq, yorqin tasavvur hosil qilish
uchun unda boshqa biror narsa yoki voqeaning belgisi ko’chiriladi, o’xshatiladi.
Ko’chim umuman tilga xos hodisa bo’lib, u so’zning qo’llanish doirasini, uning
ma’no tovlanishlarini boyitadi. Shuning uchun ko’chimlarning badiiy nutqda
ishlatilishi, ifodalilikni, ta’sirchanlikni oshirishga, tasvirlanayotgan voqea hodisani
ravshanroq, baholashga yordam beradi.
Ko’chim tufayli badiiy nutqning turli stilistik vazifalari kuchayadi. Shuning
uchun ham ko’chimlar jonli til bilan birga, badiiy adabiyotda ham g’oyat keng
qo’llaniladigan maxsus tasviriy vositalardandir.
Bizningcha ushbu ta’rifda troplar va ularning turlarining vazifasi juda to’g’ri
asoslangan. Eng muhimi troplar til hodisasi sifatida baholanmoqda, ularning badiiy
nutqning stilistik vazifalarini kuchaytirish ta’kidlanmoqda. O’zbek tili uslublarini
vazifaviy jihatdan tasnif qilish amalga til va tildan tashqarida bo’lgan omillarga
tayanadi. (28; 320)
Bu uslublarning N.A.Bashakov, A.Sulaymonov, A.Shomaqsudov,
G’.Abdurahmonov, B.O’rinboyev, S.Muhammadiyevlar tavsiya etilgan
qatlamlarida qo’llaniladigan vositalarni belgilab beradi. Shunga ko’ra stilistika so’z
san’ati ifoda vositalar haqidagi bir janrdir. Tildagi ana shunday muammolar bilan
shug’ullanadigan uslubshunoslikning quyidagi yo’nalishlari mavjud:
1. Tilning leksik resurslari o’rganuvchi yo’nalish.
2. Funksional stilistika vazifaviy uslubshunoslik.
3. Badiiy adabiyot uslublari.
4. Amaliy uslubshunoslik .
- 16 - 16
Mavzu nuqtai nazaridan bu o’rinda bizni vazifaviy uslubshunoslik qiziqtiradi.
Kishilar o’z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha foydalanganlarida avvalo ularni
o’z extiyojlaridan kelib chiqib nutq mavzuiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va
qo’llaydilar. Tilshunoslikda ko’chma ma’no hosil qiluvchi so’zlarni tasniflash va
ularni nomlash boshqa yo’sinda ko’rinadi.
M.Mirtojiyev o’z risoslasida bunday tasniflarni umumlashtirgan. Shunday
bo’lsada ko’chma ma’no hosil qiluvchi so’zlarni tasniflagan tilshunoslarning
ayrimlari ishlariga e’tiborni qaratish o’rinlidir. Bu muammo jahon
tilshunoslarining ayrimlari ishlariga e’tiborni qaratish o’rinlidir. Bu muammo
jahon tilshunoslarining doimiy e’tiboridagi hodisadir. Masalan fransuz tilshunosi
J.Maruzo ko’chma ma’noli so’zlarni uch turga metafora, metonimiya, sinekdoxaga
ajratadi. Rus tilshunosi L.A.Buxolovskiy esa ko’chma ma’no hosil qiluvchi
hodisani olti turga bo’lgan. 1) Metafora, 2) Vazifadoshlik, 3) Emotsionallik, 4)
Metonimiya, 5) Xalq etimologiyasi sifatida 6) Aloqadorlik L.A.Buxolovskiy
sinekdoxani metonimiyaning bir ko’rinishi deb hisoblaydi. (13;51-75)
Tilshunos K.A.Levkovskaya ko’chma ma’no hosil qiluvchi so’zlarni faqat
metonimiya deb tushunadi: N.M.Shanskiy esa ko’chma ma’noli so’zlarni uch turga
1) o’xshashlik (metafora) 2) yondoshlik (metonimiya) 3) vazifadoshlikka ajratib
o’rganadi. O’zbek tilshunosi A.Azizovning “Tilshunoslikka kirish” darsligida esa
sinekdoxani metonimiyaning bir ko’rinishi sifatida ko’rsatiladi. Demak, yuqoridagi
asarlarda shuningdek biz kutgan ayrim manbalarda ham ko’chma ma’no hosil
qiluvchi so’z yoki so’z birikmasi haqida fikr yuritilganda asosiy metofara va
metonimiya e’tirof etilgan. Sinekdoxa esa ko’chma ma’no hosil qiluvchi ikkinchi
hodisa sifatida o’rganiladi va asosan u metonimiyaning bir turi sifatida qaraladi va
ba’zan unga qo’shilib yuboriladi. (4;56)
Bizningcha, ko’p ma’noli so’z va birikmalar hosil qiluvchi til hodisalarini
faqat uch turga metafora, metonimiya, sinekdoxa bilan cheklanish unchalik to’g’ri
emas. Negadir o’zbek tilida polisemiya hodisasining tadqiqotchisi M.Mirtojiyev
ham jahon tilshunoslarining bu masaladagi qarashlarni maqullaydi ya’ni o’z
tadqiqotiga boshqa ko’p ma’noli til hodisalari xususida fikr yuritmaydilar. O’zbek
- 17 - 17
tilida trop, ko’chim yoki majoziy vositalar nomi bilan ifodalangan hodisalar faqat
uch turni tashkil etmay, ularning hammasida ham ko’p ma’nolik alomatlari
mavjuddir. Albatta bu o’rinda o’zbek tilining barcha tasviriy vositalarini sanab
o’tmoqchi emasmiz. O’zbek tilining tasviriy vositalari deyilganda tilshunoslikda
mavjud stilistik figuralar esa ma’no va shakl tuzilishiga ko’ra doimiy o’zgarmaslik
xususiyatiga egadir. Demak, troplar so’zlarning ko’p ma’noli, so’zlarning boshqa
ma’nolarga ko’chishi xususiyatlariga ega. Figuralarda bunday hodisa kuzatilmaydi.
Ammo stilistik figuralar (antiteza, gradesiya, ritorik so’roq, ellipsis, takror, epifora
va boshqalar) troplarni to’ldirish, undagi mazmunga aniqlik kiritishda ham xizmat
qiladi.
Metafоra, metonimiya va sinekdoxa troplarning asosiy, badiiy tilda keng
qo’llanilgan turidir. R.Qo’ng’irovning “O’zbek tilining tasviriy vositalari” kitobida
troplarning yana bir necha turlarni jumladan, yuqoridagi uch turidan tashqari epitet
(sifatlash), o’xshatish, perifraz, ironiya, antifraza giperbola (mubolag’a), simvol
litota, jonlantirish kabi turlarini keltirgan. “O’zbek tili stilistikasi” da shunday
troplarning bu turlari to’g’risida fikr yuritiladi. Troplarning bunday turlari va
ularning badiiy tildagi xususiyatlari S.Karimovning risolasida ham yoritilgan.
(6;12-109) (28;236-246) (11;7-41)
Xullas, metonimiya so’zga xos semantik-uslubiy hodisa bo’lib, undagi
muayyan ma’no taraqqiyoti, yangi hosila ma’nosining narsa va ma’nolar
o’rtasidagi aloqadorlikka ko’ra yuzaga kelish kechimi deb tushunilish kerak.
O’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar ham mavjud. H.Shukurov bir maqolasida
nutqdagi gaplarning tarkibida kelgan birikmalardan biror so’z ellipsiz hodisasiga
uchrashi natijasida so’zda nutqiy metonimiyalar sodir bo’lishini tahlil etadi.
Tadqiqotchining kuzatishicha, bunday metonimiyalar asosan otlarda keng
tarqalgan bo’lib, ular aniqlovchi, birikmalarning natijasida yuzaga kelgan.
Metonimiyaning morfologik hamda sintaktik stilistikaga oid xususiyatlari
mavjuddir. “Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari” qo’llanmasida metonimiyaning
aniqlovchilik hamda ot vazifasida kelgan ko’rinishlari asoslab berilgan. Otlarda
- 18 - 18
metonimiya tilshunoslar metonimiyaning uchdan 12 gacha shakllari mavjudligini
ko’rsatib o’tishganini ta’kidlaydi. (16; 102)
Metonimiya hodisasi R.Qo’ng’irov, S.Karimovning tadqiqotlarida o’zbek
badiiy tili misolida qisman o’rganilgani bilan ajralib turadi. Agar T.Aliqulov,
M.Mirtojiyev tadqiqotlarida nazariy jihatdan asoslangan bo’lsa, yuqoridagi ikki
tadqiqotda esa metonimiya asar tilida yozuvchi uslubni yuzaga keltiruvchi hodisa
sifatida tahlil etilgan. Ikkinchidan bu ikki tadqiqotda metonimiya lingvistik hodisa
ekanligiga ham alohida urg’u berilgan.
Demak, tadqiqotlar orasida metonimiya grammatik hodisa sifatida
o’rganilgan bo’lsa kerakli metonimiyani tasviriy vositaning shakllari bilan
qorishtirish, holatlari uchrab turadi. 60-yillarda T.Aliqulov tadqiqotlarida
metonimiya ko’p ma’nolik hodisa sifatida qaraldi. 70-yillarga kelib esa
M.Mirtojiyev tadqiqotlarida metonimiyaning bunday xususiyati yanada
chuqurlashtirib o’rganildi. Har ikki tadqiqotda ham metonimiya hodisasi nazariy
jihatdan asoslanishga harakat qilingan. Metonimiya hodisasi badiiy asarlardan
olingan parchalar yoki ma’lum ijodkor qo’llangan tasviriy vosita asosida emas,
asosan tadqiqotlarning o’z qarashlaridagi so’zlarni tahlil etish jarayonida
ko’rsatilgan. M.Mirtojiyev metonimiyani polisemiyaning bir shakli sifatida
o’rganar ekan, unga shunday ta’rif beradi. “Metonimiya .... nomdoshlovchi bilan
nomdoshlanuvchi o’rtasidagi aloqadorlik tufayli ko’chma ma’no hosil bo’lishidir”
muallif bu fikrini misollarda asoslashga erishadi.
Metonimiya hodisasi M.Mirtojiyev katta tadqiqotining bir qismi sifatida
o’rganilganligi sababli ham uning xususiyatlari ilmiy nazariy jihatdan to’la
ochilgan. Muallifning doktorlik dissertasiyasida ham mazkur fikrlar
rivojlantirilgan. Mazkur tadqiqotda metonimiyaning klassifikasiyasi haqida fikr
yuritilar ekan, muallif nomi asarning nomi bilan qo’llaniladi. Birinchi qo’llanmada
o’zbek tilida metonimiyaning olti ikkinchisida yetti xil ko’rinishi mavjudligi
asoslab berilgan. Masala bir muallif tomonidan yoritilganligi sababli ham
metonimiya hodisasining ko’rinishlari har ikki qo’llanmada ham bir xil tarif
keltirilgan. Bu o’rinda metonimiyaning yetti xil ko’rinishini keltirish maqsadga
- 19 - 19
muvofiq. Narsa (idish) ichidagi narsaning ma’nosi o’sha narsaga o’tkaziladi.
Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita, qurol bilan
almashtiriladi. Biror narsani yasalgan material bilan almashtirish. Ma’lum
mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o’rinda yashab turgan kishilar ma’nosi shu
yerga davlat yoki mamlakatda ko’chiriladi. Alohida olingan aniqlovchi to’liq
narsani almashtiradi. Aniq tushuncha nomi o’rniga mavhum ma’noli ot
qo’llaniladi.
O’zbek tilshunosligida metonimiya hodisasi to’g’risida umumlashma hodisa
beradigan tadqiqot yaratilganligining boisi ham shu asoslangan. Ya’ni “Tashqi
yoki ichki tomondan bir-biriga aloqador narsa yoki hodisaning nomi boshqa narsa
yoki hodisaga ko’chiriladi” degan ta’rif keltiriladi. Demak bu ta’rifda metonimiya
hodisasi uchun narsalardagi tashqi yoki ichki tomondan aloqadorlik asos qilib
olinmoqda.
Lug’atlarda metonimiyaga bir muncha mukammalroq ta’rif berilgan hamda
uning beshta ko’rinishi xususida fikr yuritilgan. Metonimiyaga shunday ta’rif
kelitiriladi. Metonimiya (grekcha metonumiya qayta nomlash so’zidan olingan).
So’zlarning ko’chma ma’nosiga asoslangan ko’chimning asosiy turlaridan biri ikki
tushuncha o’rtasidagi yaqinlikka asoslangan o’xshatishsiz ko’chim. Metonimiya
biror narsa yoki voqyea-hodisaning nomi boshqasiga ko’chiriladi, u boshqa nom
bilan ifodalanadi, biroq bu nomlanish yoki narsalar o’rtasidagi yaqinlikka,
aloqadorlikka asoslanadi. Lug’atdagi metonimiyada predmetning tashqi ko’rini
yoki ichki xususiyatlari bilan bir-biriga aloqador bo’lgan lekin bir-biriga
o’xshamagan predmet belgilari chog’ishtirilishi haqida fikr bayon etilar ekan,
metonimiyaning quyidagi ko’rinishlari mavjudligi ta’kidlanadi. 1) Kishi yoki
narsaga xos xususiyat o’sha yoki narsaning nomiga o’tkaziladi. 2) avtorning nomi
uning natijasi shu harakatni bajaruvchi qurolning nomiga ko’chiriladi. 3) ma’lum
joydagi narsalar ma’nosi shu joyga ko’chiriladi. 4) Narsa predmetlarga shaxsni
harakati ijodi ko’chiriladi.
O’zbek tili stilistikasida metonimiyaga shunday ta’rif berilgan. Metonimiya
grekcha so’zdan olingan bo’lib boshqacha nom berishi degan ma’noni beradi. Biz
- 20 - 20
yuqorida lug’atda qayta nomlash degan ta’riflar bilan tanishdik. Albatta qayta
nomlash va boshqacha nom berish o’rtasida ma’no jihatdan qisman bo’lsada farq
mavjud. O’zbek tili stilistikasida ana shunday ta’rif keltiriladi. Metonimiya
hodisasi ham so’zlarning ko’chma ma’nosi bilan bog’liq. Ammo bu yerda asosan
biror narsa yoki voqea hodisaning nomi boshqa biror narsa yoki hodisaga
ko’chiriladi. Bu predmet yoki voqea hodisa ongimizda bir-biri bilan aloqador
tushunchalarni anglatishi bilan o’zaro bog’langan bo’ladi.
Nutq madaniyati va usulbiyat asoslari qo’llanmasida ta’kidlab o’tish joizki
o’zbek tili stilistikasi va mazkur qo’llanmadagi tilning tasviriy vositalari qismlari
professor R.Qo’ng’irov tomonidan yozilgan metonimiya hodisasining ko’chma
ma’noga asoslangan.
Metonimiyada nomdoshlovchi bilan nomdoshlovchi alohida ikki narsa
voqyelik, harakat, holat, belgi kabi bo’lgani kabi sinekdoxalarda tamoman
boshqachadir. Ma’no ko’chishi metonimiyada obyektlarning o’zaro aloqadorlik
belgisiga qarab nomlashdan kelib chiqadi.
Metonimiyaga xos yo’l bilan ma’no taraqqiyot ot sifat, fe’l olmosh, son va
ravish turkumiga oid so’zlarda yuzaga kelgani holda, bu hodisaga xos yo’l bilan
ma’no taraqqiyot faqat ot turkumiga oid so’zlarda yuzaga keladi.
Mazkur hodisani metonimiyaga nisbatan shuncha farqlari borligini nazarda
tutib metonimiya emas alohida ma’no ko’chishi deb atadik. (11; 75)
L.Boboxonova o’zining “Ingiliz tili stilistika”si kitobida metonimiyani ikki
turga , ya’ni tildagi metonimiya va nutqdagi metonimiyaga ajratib qo’yibdi.
Nutqdagi metonimiyaning stilistik vazifasini mukammal aniqlab olish uchun
avvalo tildagi metonimiyada ba’zi bir misollarni ko’rib chiqamiz
Masalan, “Terim paytida ko’p qo’l kerak bo’ladi “ (Ro’znomadan).
Tildagi metonimiya doim siyqasi chiqqan, hammaga ma’lum bo’lib qolgan bo’ladi.
Tildagi metonimiyaga yana bir misol : Uning qalami qasos o’ti bilan yonardi”.
Nutqdagi metonimiyalar badiiy ma’noli yoki tasodifiy bo’ladi. Masalan,
Qalam orom topsa, uyg’onar bolam. Bolam uxlaganda, qalam uyg’onar. (G.J). Bu
- 21 - 21
metonimiya badiiy ma’noli metonimiya hisoblanadi .Metonimiyalar tushunchalar
o’rtasidagi munosabatiga ko’ra, turli xil bo’ladi:
1) Metonomik so’zlarning mavhum hamda aniq tushunchalari asosida hosil
bo’lishi mumkin.Yuqorida keltirilgan gap shunga misol bo’la oladi.Bu yerda
“qalam” so’zining aniq tushunchasi (ijod) o’rtasidagi munosabat mutloq aniqdir.
Aniq hamda mavhum tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni quyidagi
misolda ko’rishimiz mumkin; Ikkovimizning fikrimiz qarama-qarshi bo’lsa ham,
siz menga avval quloq bering, so’ngra bir gap bo’lar (A.Q)
2) Narsa, hodisa yoki kishilarga xos xususiyatlar o’sha narsaning yoki
kishilarning nomiga o’tkaziladi: Pakana xuddi xech nima bo’lmaganday “miyg’ida
kulib turardi (Mushtum).” Tantanali majlis zalida ”a’lo”, “yaxshi” qator o’tirdi.
(S.J)
3) Bo’lakning butunga yoki butunning bo’lakka munosabatiga misol qilib,
quyidagilarni keltirish mumkin: Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko’rmagan (O.)
4) Ma’lum narsa bilan uning nomi o’rtasidagi munosabat asosida
metonimiyaning yana bir turi vujudga keladi:
“Majlisga butun qishloq keldi”. “Auditoriya kuldi”. Keltirilgan misoldagi
“qishloq” so’zi qishloqda yashovchi aholi ma’nosini ifodalagan; “auditoriya” so’zi
esa (yig’ilishga), ma’ruzaga kelga talabalarni bildiradi.
5) Ba’zan esa muallifning ismi uning asari o’rnida qo’llaniladi. Fuzuliyni oldim
qo’limga, Majnun bo’lib yig’lab qichqirdim (H.O.). “Ba’zan Shekspirni tushunish
qiyin “. Navoiy “Qush tili” ustida to’lg’in zaqvq bilan ishladi (O,).
Bu tasnif cheklangan emas, uni davom ettirish mumkin, chunki metonimiyaning
boshqa turlari mavjud .
Metanimiya istoriyadan yetarlicha ajralib turishini bilmoq lozim. Birichidan,
istoriyani doimo o’xshatish yordamida o’zgartirib ifodalashimiz mumkin,
metanimiya bilan esa bunday qilib bo’lmaydi.Bundan tashqari, ko’pinch
metanimiya tabiatini ochish, tushunib yeyish uchun ma’lum bir matn zarur, istoriya
uchun esa ma’lum matnni bo’lishi shart emas.Eskirgan, odatiy qo’llanuvchi
- 22 - 22
metanimiyalarni tushunishda matn kerak bo’lmaydi. Quyidagi misollardan buni
ko’rish mumkin:
Qo’shiq kuylar qizaloq,
Tinglar uni dala, bog’.
Meni og’ir ishga qo’ying, iltimos qilaman. El qatori ishlab ter to’kay (S.A.).
Eskirgan metanimiyalarning ko’pchiligi frazeologiyadan joy olgan. Metanimiya
xuddi istoriya singari voqealik dallillarni obrazli ifoda etish maqsadida
qo’llqniladi. U muallif bayon etilayotgan voqealikkaqaratilgan mulohazalarni
ochib berishi mumkin. Biror belgi yoki hodisaning bo’rttirilgan, umumlashtirilgan
bir xususiyati, shu narsa boshqa narsa bilan taqqoslagan vaqtda, o’sha boshqa narsa
haqida ham ma’lumot beradi.
II. E.HEMINGUEYNING “ALVIDO QUROL’’ ASARIDA
METONIMIYA TARJIMASI HUSUSIDA
- 23 - 23
2.1’’Alvido Qurol’’ asarida metonimiyaning qo’llanilishi
XIX asrning oxiri XX asrda dunyoda imperiyalar tarqalib, kolonial tobelikda
yashab kelgan ko’p xalqlar ozodlikka chiqdi, mustaqil milliy davlatni tuzish,
tiklash va qurishga erishdi.Demokratiya, ozodlik, tenglik, birodarlik g’oyalari yer
yuziga keng tarqaldi.Tarjimachilik bu kabi ulug’ g’oyalarning tez tarqalishiga
yalovbardorlik qildi.XX asr tarixga ilmiy-texnikaviy rivojlanish asri, jumladan,
tarjimachilik keng rivojlangan, qanot yozgan asr bo’ldi. XIX asrning so’nggi
choragidan e’tiboran O’zbekistonda tarjimachilik yangi o’zanga kirdi.Matbuotning
tarmoq otishi, o’quv dargohlarining misilsiz kengayishi, savodxonlik darajasining
ko’tarilishi, tarjimachilikni yil sayin, kun sayin kuchaytirib bordi.
XX asrning o’rtalarida ayniqsa oltmishinchi yillariga kelib, O’zbekiston
dunyo adabiyotlari eng ko’p tarjima qilinadigan o’lkalardan biriga aylandi. Milliy
zaminda ko’plab professional layoqatli tarjimon ijodkorlar yetishib chiqdi.Rus
mumtoz va zamonaviy adabiyoti qon-qarindosh mamlakatlar, uzoq yaqin o’lkalar
adabiyotning eng qimmatli madaniyat ko’rsatkichi bo’lgan namunalari mahorat
bilan o’zbek tiliga tarjima qilindi.Tarjimalar milliy tilning o’sishi, lug’at
boyligining kengayishi, turli soha terminlarining ishlanishi, tartibga solinishi, til
normalariga muvofiqlantirilishi, turli-turman yo’nalishdagi lug’atlarni tayyorlab
nashr qilishga yo’l ochdi. (24; 48-49)
XX asr boshidan e’tiboran turli sohalar bo’yicha G’arbiy Ovropa tillarida
yaratilgan asarlarning o’zbekchaga ko’plab o’girila boshlagani va bu jarayonning
keyingi yarim asrdan ko’proq davr moboynida yanada jadallashib ketgani yurtimiz
ilmiy-texnikaviy salohiyatimizning kamol topishi va boshqa xalqlar bilan abadiy-
madaniy aloqalarning kengayishida muhim ahamiyat kasb etadi.Bizning
e’tiborimizni o’ziga ko’proq tortayotgan mamlakatlar qalam ahllari, chunonchi,
G’arbiy Ovropa mamlakatlari adabiyotining ajralmas bo’lagi hisblanmish Angliya
adabiyoti va ingliz zabon ijodkorlar sanalmish amerika adabiyoti vakillari
asarlarining o’zbek tiliga tarjimalari haqida gap ketadigan bo’lsa , shuni alohida
qayd etish lozimki, bunday tarjima asalari o’zbek kitobxonlari e’tiborini darhol
o’ziga tordi va tez orada ularning ko’pchiligi xalqimizning sevimli asarlariga
- 24 - 24
aylanib kitob javonlaridan o’rin oldi.40- yillarda o’zbek kitobxonlari jahon
adabiyotining bir talay yirik namoyondalari asarlarini ona tilida mutola qila
boshladilar.Abdulla Oripov Gyotening “Faust”ini, Qodir Mirmuhammedov
“Oddiseya”,Mirtemir qirg’iz eposi “Manasni”, Muhammad Ali hind xalqining
“Ramayona” eposi Ibrohim G’ofurov tomonidan Ernest Hemingueyning “Alvido
qurol” asari va boshqa bir qator asalar o’zbek tiliga tarjima qilindi. (14;14-16)
Tarjima qilingan asalar ichidan ayniqsa Ernest Hemingueyning “Alvido qurol”
asari o’zbek kitobxonlarining sevimli asariga aylangan.Asar yozuvchining
hayotidan olingan bo’lib, unda urushda bo’lgan voqeakalar ta’svirlanadi.Asar
o’zbek tiliga Ibrohim G’ofurov tomonidan tarjima qilingan.Yozuvchi asarda badiiy
vositalardan mohirona qo’llagan bo’lib, bunda bizlar badiiy vositalardan
metonimiya, metafra, sinekdoxa, epitet, perifraza, kabi ko’pgina badiiy vositalarni
ko’ramiz. BMIning II bobi asardagi metonimiyalarni qo’llanilishi, tarjimada shakl
va mazmunni saqlanib qolishi va tarjimadagi kamchiliklar ko’rib chiqamiz.
Kitobning birinchi betida asarga shunday ta’rif berilgan “Ernest
Xemingueyning Alvido qurol romani shafqatsiz va mantiqsiz urushga qarshi
yozilgan otashin asardir.Romanning bosh qahramoni leytenat Genri sof, yorqin
muhabbat yo’lida be’mani urushni tashlab ketadi.Bu ramon buyuk yozuvchining
eng ehtirosli asarlaridan biridir”deb aytilgan.
Metonimiyalarning E.Hemingueyning “Alvido qurol” (Farewell to Arms )
asarida qo’llanilishi va uning o’ziga xos tomonlari.
E. Hemingueyning “Farewell to Arms” asari Ibrohim G’ofurov tomonidan
o’zbek tiliga “Alvido Qurol” nomi bilan tarjima qiligan. Asar juda qiziqarli, tili
ham ravon, stilistik bo’yoqlarga boy asar bo’lib, unda avvalo o’zbek tillarini aslan
qudratining ifodasini ko’rish mumkin bo’lsa, qolaversa yozuvchining tilga shaxsiy
munosabatlari va uning qudratini oshirishda erishgan xissalarini sezish
mumkin.Shundan kelib chiqib bu asarni stilistik jihatdan tahlil qilishga harakat
qildik.Mazkur bitiruv malakaviy ish muhokamasida kaminaning vazifasi asarda
qo’llanilga metonimiyalarni topish, ularni tahlil qilish va ularni o’zbek tiliga
qanday tajima qilinganligini aytish, badiiy asarni tarjima qilish jarayonida
- 25 - 25
metonimiya o’zbek tilida ham o’zining tuzilishi va ma’nosini saqlab qolgan va
qolmaganligini ko’rib chiqishimiz va tarjimada uchraydigan muoammolarni
kitobxonlarga tushuntirishimiz, BMIning oldiga qo’yilgan asosiy vazifalarimizdan
biridir.Yozuvchining individual uslubidan kelib chiqqan holda, asada qo’lanilgan
metanimiyalarning son va sifat jihatidan yangi tomonlari bor yo’qligini
o’rganishdir. Asarni o’qib bo’lib undagi metonimiyalarni topdim va ularni qoidasi
bo’yich 5 guruhga bo’ldim, ular quyidagilar:
1) Metonimiya so’zlarning mavhum hamda aniq tushunchalari asosida hosil
bo’lishi mumkin.
2) Narsa, hodisa yoki kishilarga xos xususiyatlar o’sha narsaning yoki
kishilarning nomiga o’tkaziladi.
3) Bo’lakning butunga yoki butunning bo’lakka munosabati.(Sinekdoxa)
4) Ma’lum narsa bilan uning nomi o’rtasidagi munosabat asosida
metonimiyaning yana bir turi vujudga keladi.
5) Ba’zan esa muallifning ismi uning asari o’rnida qo’llaniladi.
1. The river ran behind us and the town had been captured very
handsomely but the maintains beyond it could not be taken and I was very glad the
Aaustrians seemed to want to come to the town sometimes, if the war should and
because thewy did not bombard it to destroy it but only a little in a military war.
(8;4)
Daryo bizning ortimizda oqardi, shaharni ham osongina qo’lga kiritdik, lekin
nariroqdagi tog’larni ishg’ol qila olmadik; men shunisiga xursand edimki,
avstriyaliklar qachonlardir urush tugasa, qaytib boramiz-ku, degan o’y bo’lsa
kerak, shaxarni aytarli bombardion qilishmas yo’liga po’psa qilib qo’yardilar
xalos. (7; 9)
Bu yerda us metonimiya, o’zbek tiliga bizni deb tarjima qilinadi. Chunki daryo
bizni orqamizdan oqmaydi. Biz orqali yashaydigan joy nazarda tutilmoqda. Bu gap
metonimiyaning to’rtinchi turiga kiradi, ya’ni ma’lum narsa bilan uning o’rtasidagi
munosabatni ko’rishimiz mumkin.
2. The battary in the next garden woke me in the morning. (8; 1)
- 26 - 26
Ertalab meni qo’shni bog’dagi batariya uyg’otib yubordi. (7; 19)
Batareya so’zi batareya qurollaridan chiqadigan qattiq tovushni bildiradi.Uni
batareya emas, batareyadan chiqadigan qattiq tovush uyg’otib yuborgan. Bu gapda
narsa bilan uning o’rtasidagi munosabat ko’rsatilgan. Bu gap metonimaning
to’rtinchi turiga mnsub.
3. The battary fired twice. (8; 11)
Batareya ikki marta o’q uzdi. (7; 19)
Bu gapda batareya qurol ma’nosini bildiradi. Bu gapda metonimiyaning
to’rtinchi turi narsa bilan uning nomi o’rtasidagi munosabat ko’rsatilmoqda.
4. Don’t write anything that will bother the censor. (8; 18)
Senzorga ozor beradigan gaplarni yozib o’tirmang yana. (7; 30)
Bu yerda senzor metonimiya.Yozuvchi senzor deb jamitatni nazarda tutmoqda.
Bu gap metonimiyaning to’rtinchi turiga misol bo’la oladi.
5. A regiment went by in the road and I watched them pass. (8; 24)
Yonimdagi yo’ldan polk o’tib borardi, men saflar qanday qadam
tashlayotganiga qarab turar edim. (7; 39)
Regriment so’zi o’zbek tiliga polk deb tarjima qilanadi. Polk so’zininig ma’nosi
ko’pchilikdan tashkil topgan asakarlarning guruhi nazarda tutiladi.Polkning oyog’i
yo’q u yurolmaydi, polk orqali odamlar nazarda tutilmoqda.Bu gapda
metonimuyaning to’rtinchi turi qo’llanilgan.
6. There were stragglers going by long after the regriment had passed men who
could not keep up with their platoons. (8; 24)
Polk allaqachon o’tib bo’lganiga qaramasdan, yo’lda hamon orqada qolganlar
o’tib borishardi - bular o’z bo’linmalari bilan barobar borishga qurblari yetmay
qolganlar edi. (7; 39)
Bu gapda polk so’zi metonimiya bo’lib, unda odamlar nazarda tutilmoqda. Bu
misol narsa bilan uning o’rtasidagi munosabatni ko’rsatadi.
7. I would like to eat at the Cova and then walk the Via- Manzoni in the hot
evening and cross over and turn off along the canal and go to the hotel with
Catherine Barkley. (8; 28)
- 27 - 27
U bilan “Kova”da ovqatlanib olsang-da, keyin dim kechki havoda Via-
Mansoni bo’ylab ketsang, ko’prikdan o’tib, kanal yoqalab burilsangda Ketrin
Barkiln bilan otelga kirsang. (7; 44)
Kova so’zi gapda metonimiya bo’lib, u Italiyadagi bir shahar. Bu yerda Kova
so’zi orqali Kovadagi restaranni nazarda tutmoqda. Ya’ni narsa bilan uning
o’tasidagi nomi ko’rsartilmoqda.
8. The saint hung down on the outside of my uniform and I undid the throat of my
tunic, unbuttoned the shirtn collar and dropped him in under the shirt. (8; 32)
Avliyo xarbiy frenchim ustida turib qoldi, men yoqamni ochib, kuylagimning
yoqasini bo’shatdimda avliyo Antoniyni ichimga solib qo’ydim. (7; 51)
9. “ It’s a saint Anthony” she said.(8; 31)
Bu avliyo antoniy – dedi u. (7; 50)
Bu gapda narsani nomi bilan atamoqda, ya’ni Avliyo Antoniy deb medalyonni
nazarda tutmoqda.Bu misolda tirik odam emas, balki unig rami tushirilgan
medalyonni ko’rsatmoqda.
10. The Saint Anthony was in a little metal capsule. (8; 32)
Avliyo Antoniy oq metaldan ishlangan kichkina medalyonga joylangan edi.
(7; 50)
Bu yerda Avliyo Antoniyning rasmi haqida gapirilmoqda, chunki tirik odamni
medalyonga joylab bo’lmaydi.Bu misol metonimiyaning to’rtinchi turiga kiradi.
11. The enemy’s ears are everywhere. (8; 66)
Dushmanning har yerda qulog’i bor. (7; 98)
Bu gapda quloq metonimiya bo’lib, yozuvchi quloq orqali odamlarni nazarda
tutmoqda. Ya’ni bu gapni shunday tushunishimiz mumkin. Dushmanning hamma
yerda odami, ayg’oqchisi bor deb. Bu misolda metonimiyaning birinchi turi, ya’ni
metonimik so’zlarni aniq va mavhum tushunchalariasosida bog’lanishiga misol
bo’la oladi.
12.In the fall when the rains came the leaves all fell from the chesnut trees and the
branches were bare and the trunks black with rain. (8; 1)
Kuz kirib, yomg’ir ketidan yomg’ir quyib bergach, kashtanlarning yaproqlari
- 28 - 28
duv to’kilardi-da, shoxlari qip-yalang’och bo’lib qoldida, daraxtlarning tepalari
yomg’irdan qorayib ketdi. (7; 8)
Bugungi kunda ingliz tilida “autumn” ya’ni kuz degan so’zning o’rnida “fall”
degan so’zi ishlatilishini ko’ramiz. Bu so’z kelib chiqishiga ko’ra “come or go
down freely” ya’ni kelmoq yoki tushmoq deb tarjima qilinadi.Kuzda daraxtlarning
yaproqlari tushadi. Shuning uchun kuz “fall” ya’ni “tushish” deb nomlanadi.
Bunda butun qism bilan ifodalanmoqda. Bu gap metonimiyaning uchinchi turiga
tegishli.
13.”When you come back bring a phonograph”
“Bring good opera disks”.
“Bring Caruso”.
“Don’t bring Caruso. He bellows”. (8; 7)
-Qaytib kelayotganingizda grammafon obkeling.
-Yaxshi opera plastinkalaridan obkeling.
-Karuzoni obkeling.
-Karuzo kerak emas, uvillaydi. (7; 13)
Asarda Genrinig do’sti undan plastinka olib kelishini so’radi. Bunda u Karuzoni
plastinkasini so’radi, Karuzoni o’zini emas. Ya’ni o’sh plastinkani uni yozgan
odam nomi bilan aytilmoqda. Bu gapda muallifning ismi uning asari o’rnida
qo’llanmoqda. Bu misol metonimiyaning to’rtinchi turiga tegishli.
14.Rinaldi was sitting on the bed with a copy of Hugo’s English grammar. (17; 12)
Rinaldi Huyugoning ingliz tili grammatikasini qo’lda tutib, karovotda o’tirgan
ekan. (8; 22)
Bu misolda asar yozuvchining nomi bilan ishlatilmoqda. Huyugo kitobni yozgan
muallif bo’lib kitob unig nomi bilan aytilmoqda.Bu gap metonimiyaning beshinchi
turiga mansub.
15. We were in the foot-hills on the near side of the river and as the road mounted
there were the high mountains off to the north with snow still on the tops. (8; 32)
Biz daryo tomondan tog’ etagi bilan ketmoqda edik, yo’l yuqorilagach, shimol
tomanda baland qorli cho’qqilar ko’rindi. (7; 51)
- 29 - 29
Bu yerda “tog’ etagi” metonimiya bo’lib, tog’ etagi deganda tog’ning yo’li
nazarda tutilmoqda. Narsa bilan bilan uning o’rtasidagi munosabat ko’rsatilmoqda.
Bu gapda metonimiyaning uchinchi turi qo’llanilmoqda.
2.2. Metonimiya tarjimasida shakl va mazmun birligi
Har bir badiiy asar shakl va mazmunning dialektik birligini tashkil etadi. Bu
hususiyatning badiiy tarjimada qayta yaratilishi to’la-to’kis adekvatlikka
erishishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Ayrim tarjimonlar faoliyatida
kuzatilganidek, mazmun birinchi o’ringa qo’yilib, shaklga e’tiborsizlik bilan
qaraladigan bo’lsa, muallif uslubi hamda personajlarning nutqlari tasviri to’laqonli
chiqmaydi. Tarjima hamma vaqt shakl va mazmunni bir buyum holda tiklashdek
ijodiy jarayon bo’lib, u tarjimondan asliyatning mazmun va g’oya birligini qayta
yaratish bilan bir qatorda uning muvofiq shaklini tiklashni ham talab qiladi.Ilmiy
va tanqidiy adabiyotda shakl va mazmunning dialektik birligini tarjimada qayta
yaratish zarurligi haqida fikr ko’p uchraydi. Ammo mavjud ishlarning birortasi bu
masala misollar asosida, kengroq va atroflicha yoritib berilmagan. Tarjimada shakl
va mazmunni tiklanishiga bag’ishlangan birorta maxsus ish haligacha maydonga
kelmagan.
Mazmun va shakl birligining tarjimada to’lqonli aks ettirilishi san’atkordan
nafaqat amaliy, balki nazariy bilimlar bilan qurollangan bo’lishni talab etadi. Til
hodisalari sirlarini o’zlashtirib olmasdan, asliyat va tarjima tillarining o’ziga xos
qonun-qoidalaridan hamda muallifning individual ijodiy uslubidan xabardor
bo’lmay turib, asliyat va ruhiyatini to’laqonli talqin etish also mumkin emas.
Asliyatni shakl va mazmun birligini qayta yaratishning nihoyatda
murakkabligi ayrim malakaviy va nazariy jihatdan ancha yetuk bo’lmagan
tarjimonlarni umidsizlantirib qo’yadi. Mashhur tarjimashunos G.Gachechiladze
haqli ravishda: “Birinchi ko’rinishda asarni qayta yaratish uning shakl va mazmun
birligini takrorlash yo’li bilangina amalga oshishi mumkinday bo’lsa (shaklning
asosiy unsuri esa asar ijod etilgan tildir).Tarjima qilish, darhaqiqat imkoniyatdan
tashqaridir. Ammo bu boshi berkday bo’lib ko’rinadigan ko’chadan chiqib olish
- 30 - 30
imkoniyati bor: bu tarjimani san’at ekanidir. Tarjima shuning uchun ham san’atki,
unda shakl va mazmun bir-biridan ajratilgan holda emas, balki bir butun tarzda
qayta yaratiladi… Tarjimon asliyatga mos shakl va mazmun birligini yaratishi
lozim” deydi. (6;26-27)
Jahon adabiyoti durdonalari bo’lmish ko’pgina asarlarning o’zbek
tarjimalarida shakl va mazmun birligi yaxshi aks etganligi uchun ham ular
xalqimizning sevimli asrlariga aylanib qoladilar. O’zbek kitobxonlarining bu
asarlarning g’oya va mazmunlariga emas, balki ulardagi fikrni bayon qilishda
tanlangan shakllar ham sehrlab qo’ymoqda. Shekspirning “Gamlet”,va “Otello”
tragediyalari, A.S.Pushkinning “Yevgeniy Onegin”, L.N. Tolstoyning “Urush va
tinchlik” hamda “Anna Karenina”, Voynichning “So’na”, M.Sholoxovning ”Tinch
Don” romanlari shakl va mazmun jihatidan bir butun holda o’zbekchaga
san’atkorona tarjima etilganligi uchun ham ularning mualliflari kitobxon ko’z
oldida butun buyukliklari bilan gavdalanib turadi.
Tarjimada tasviriy vositalar, ko’chimlar nihoyatda katta ro’l o’ynaydi.Ular
asarning ekspressivligini oshiradi va kitobxonga zavq berib, uning asarga bo’lgan
qiziqishini oshiradi. Badiiy vositalar bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinganda asl
nusxasidan farq qilmasligi, tarjimon asarni tarjima qilganda asl nusxasidek shakl
va mazmunni saqlab qolishi kerak. Men E.Xemingueyning “Farewell to Arms”
asarini o’qib, Ibrohim G’ofurov tomonidan o’zbek tiliga “Alvido Qurol“ deb
tarjima qilingan o’zbekcha nusxasini ham o’qib chiqdim va ikkala asarni bir-biri
bilan solishtirdim.Ya’ni asar o’zbek tiliga tarjima qilinganda ingliz tilidagi badiiy
vositalar o’z ahamiyatini yo’qotmaganmi va tarjimon shakl va mazmunni asarning
asl nusxasidagidek saqlab qola olganmi yo’qmi shuni ko’rib chiqdik. Ikkala asarni
ham o’qib undan metonimiya tarjimasida shakl va mazmunga doir bir qancha
misollar topdim va ularni quyidagicha tahlil qildim. Ya’ni ularni leksik
ekvivalentlar asosida guruhlarga bo’ldim.
Leksik ekvivalentlarning 3 ta turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar kiradi:
1. To’liq ekvivalentlar
2. Qisman ekvivalentlar
- 31 - 31
3. Murakkab ekvivalentlar (ekvivalenti yo’q)
To’liq ekvivalentlar – bunda asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta so’z to’g’ri
kelishi va ikki tildagi so’z ma’nolari to’liq ekvivalentga ega bo’lishi
tushuniladi.Bunday so’zlar sirasiga odatda atoqli otlar, geografik va joy nomlari,
korxona, tashkilot, muassasa, idora, kema va mehmonxona nomlari va shu kabilar
kiradi. Ekvivalentlar aksariyat hollarda monosemantik, ya’ni bitta ma’noga ega
bo’lgan so’zlardir.
Qisman ekvivalentlar - agar asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta so’z qisman
to’g’ri kelsa, bunda biz qisman ekvivalentlar haqida fikr yuritamiz.Tarjima
nazariyasida qisman ekvivalenlarning uch turi ham ajratiladi. Bunga sabab bir
tildan boshqa tilga to’g’ri keladigan, ekvivalentdan tashqari yana bir nechta so’z
ma’nolaridan iborat bo’lishi mumkin.Ko’p ma’noli so’zning bittasi ekvivalent,
qolganlari esa qo’shimcha ma’no sifatida namoyon bo’ladi. Masalan ingliz tilidagi
ko’p ma’noli “cover” so’zini oladigan bo’lsak, u o’zbek tilidagi “yopmoq”,
“to’shamoq”, “ustiga yozmoq”, “bekitib qo’ymoq” va boshqa ma’nolariga ega.
Semantik munosabatning ikkinchi varianti qisman ekvivalent so’zga to’g’ri
keladigan ma’noning kesishish hodisasi. Bu degani ikki tildagi muayyan so’z bir
xil ma’no yoki ma’nolarga ega bo’lishi mumkin va shunday bo’lsa ham ayni
paytda ularning bir-biriga to’g’ri kelmaydigan ma’nolari ham bo’lishi mumkin.
So’zning bu ma’nolari turlicha bo’lishiga asliyat va tarjima tillari turli oilalarga
mansub bo’lganligi, o’zlashtirilgan so’zlar boshqa tillardan olinganligi va boshqa
bir qator lingvistik va ekstralingvistik omillar sabab bo’ladi.
Murakkab ekvivalentlar – munosabatlarning uchinchi turiga kiradi.Turli
xalqlar ob’ektiv reallikni turlicha qabul qiladi va uni tilda turlicha, o’ziga xos
ravishda aks ettiradi. Ma’lumki, ingliz tilida “qo’l” tushunchasini ifodalashni bir
nechta turi mavjud. O’zbek tilida “qo’l” tushunchasi bitta so’z bilan ifodalanadi.
Ingliz tilida “hand” so’zidan tashqari bu tushuchani tilda ifodalash uchun yuqorida
ko’rsatilgan so’z bilan birga ayni paytda “arm” so’zi ham ishlatiladi. Bundan
tashqari “hand” so’zi ko’chma ma’noda ham qo’llaniladi va ular ham o’zbek
tilidagi ko’chma ma’nolarning aksariyatiga to’g’ri kelsa ham, farq qiladigan
- 32 - 32
jihatlari ko’p. Ushbu guruhga tegishli so’zlar tarjimasi alohida e’tiborga molik,
chunki shu va shu kabi so’zlar tarjima jarayonida muammolar tug’diradi. Buning
uchun kontekstni bilish lozim. Kontektsiz bu gapni o’zbek tiliga tarjima qilib
bo’lmaydi. Tarjimada ekvivalenti bo’lmagan so’zlarga – boshqa davlatlarda
qo’llanmaydigan ismlar, geografik va joy nomlari hamda xos so’zlar kiradi. Xos
so’zlar tarjima nazariyasi adabiyotlarida realiya sifatida qo’llaniladi. Bunga, bir
tomondan, ingliz tilidagi lobby, muffin, drugstore, ikkinchi tomondan o’zbek
tilidagi tandir, somsa, qiz uzatish, uloq va shu kabi tushunchalar kiradi. (24; 106-
107-108)
Hemingueyning “Farewell to Arms” (Alvido Qurol) asarini va uning o’zbek
tilidagi tarjimasini mana shu ekvivalentlarni 3 turi bo’yicha tahlil qildik va
metonimiya tarjimasidagi shakl va mazmunni saqlanib qolishini mana shu turlarga
qarab aniqladik. Metonimiya hodisasi o’zbek tilida tarjima qilinganda shakl va
mazmun to’liq saqlanib qolganmi, qisman saqlanib qolganmi yoki umuman
metonimiyalik hodisasini yo’otganmi? Biz shu masalalarni “Alvido Qurol” asarida
ko’rib chiqdik. Asarni o’qib undan shakl va mazmunga doir ko’plab misollar
topdik va ularni eng yaxshilarini tanlab olib tahlil qildik.
1. The river ran behind us and the town had been captured very handsomely
but the maintains beyond it could not be taken and I was very glad the Aaustrians
seemed to want to come to the town sometimes, if the war should and because they
did not bombard it to destroy it but only a little in a milit any war. (8; 1)
Daryo bizning ortimizda oqardi, shaharni ham osongina qo’lga kiritdik,
lekin nariroqdagi tog’larni ishg’ol qila olmadik; men shunisiga xursand edimki,
avstriyaliklar qachonlardir urush tugasa, qaytib boramiz-ku, degan o’y bo’lsa
kerak, shaxarni aytarli bombardion qilishmas yo’liga po’psa qilib qo’yardilar
xalos. (7; 9)
Bu yerda metonimiya “us” so’zi bo’lib u o’zbek tiliga “bizni”, “bizga” deb
tarjima qilinadi. Ya’ni bu gap orqali daryo ularning ortidan emas, balki ular
joylashgan yerning ya’ni joyning ortidan oqadi degan ma’noni bildiradi. Mazmun
jihatdan oilb qaraydigan bo’lsak “us” so’zi o’zbek tiliga to’g’ri tarjima qilingan va
- 33 - 33
tarjimon mazmunni to’liq saqlab qolgan. Shakl jihatidan ham tarjimon shaklni
ham to’liq saqlab qolgan, ya’ni “us” so’zi ingliz tilida bitta so’z bilan berilgan,
tarjimada ham bitta so’z bilan “bizning” so’zi bilan tarjima qilingan.Bu gapda
metonimiya tarjimasida shakl va mazmun birligi to’liq saqlanib qolingan. Misolda
ekvivalentlarning birinchi turi ishlatilgan, asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta
so’z to’g’ri kelgan, ya’ni “us” bilan “bizning” so’zlari va bu so’zlar ikki tildagi
so’z ma’nolari to’liq ekvivalentga ega bo’lgan.
2. Menga qarang leytenat siz meni albatta polkka eltib tashlashingiz kerakmi?
(7; 41)
“Listen letonanat”.Do you have to take me to that regiment? (8; 26)
Misolda “regiment” o’zbek tilida “polk” so’zi metonimiyani asosi bo’lib
duribdi. Bu yerda polk so’zi orqali askarlar yashaydigan qarorgoh nazarda
tutilmoqda. Bu misol leksik ekvivalent birinchi turiga kiradi. Asliyatdagi so’zga
tarjima tilidagi bitta so’z to’g’ri kelgan, ya’ni asliyatdagi so’z “regiment” shu
so’zni o’zbek tiliga tarjima qilsak “polk” so’zi. ”Regiment” so’zini o’zbek tiliga
tarjima qilinganda ham bitta so’zga teng bo’lib turibdi. Tarjimon metonimiyani
tarjima qilganda shaklni to’liq saqlab qolgan. Endi mazmun jihatdan tahlil
qiladigan bo’lsak, bu so’zlarning ikki tildagi so’z ma’nolari to’liq ekvivalentga
egadir. “Regiment” va “polk” so’zlari to’liq ekvivalentga egadir. Bu gapda
metonimiyani tarjima qilganda mazmun to’liq saqlanib qolgan.Tarjimon
metonimiya tarjimasida shakl va mazmunni to’liq
saqlab qolgan. Bu tarjimonning yutug’idir.
3. Sometimes in the dark we heart the troops marching under the window and
guns going past pulled by motor-tractors. (8; 1)
Ba’zan qorong’ida derazadan qo’shinlarning o’tib borishini, to’p-to’pxonalar
tortib kelayotganini eshitib qolardik. (7; 7)
Bu gapda “guns” metonimiya bo’lib, u o’zbek tiliga “to’pponcha”, “miltiq” deb
tarjima qilinadi. Ingliz tilidagi misolga qaraydigan bo’lsak qurollar traktorda
borayotgan edi deb tarjima qilianadi. Lekin qurollarning oyog’i bo’lmaydi, ular
yurib bilmaydi, shuni uchun ham bu gap metonimiyadir. Misoldagi “gun” so’zini
- 34 - 34
tarjimon “to’p-topxona” deb tarjma qilgan. B u gapda leksik ekvivalentni ikkinchi
turi qo’llanilgan bo’lib unda asliyatdagi so’zga tarjima tilida bitta so’z qisman
to’g’ri kelgan.Ya’ni “guns” so’zi “qurol”, “to’pponcha” deb emas, balki “to’p-
to’pxona deb tarjima qilgan.Tarjimon bu gapni kontekstan kelib chiqib tarjima
qilgan. ”To’p-to’pxona” ham qurolning bir turi hisoblanadi. Tarjimon bu yerda
mazmunni qisman saqlab qolgan. Shakl jihatdan olib qaraydigan bo’lsak, bu yerda
asliyatda bitta so’z berilgan bo’lib, bu so’z “guns” so’zidir. Lekin tarjimon bu
so’zni tarjima qilnganda ikkita so’zdan foydalan, natijada shakl o’zgarib ketgan.Bu
misolda shakl saqlanmagan, mazmuni esa qisman saqlangan.
4.There is a class that controls a country that is stupid and does not realize
anything and never can. (8; 37)
Mamlakatni befahm, hech nimani tushunmaydigan sinf boshqarmoqda. (7; 58)
Bu gapda “class” so’zi metonimiyadir. “Class” so’zi, ya’ni “sinf” so’zi orqali
“hukumron doiralarni-inson” larni nazarda tutmoqda. Bu misol leksik
ekvivalentlarni ikkinchi turiga kiradi. “Class” so’zini o’zbek tiliga tarjima
qiladigan bo’lsak, ko’p ma’noli so’z bo’lib, “sinf”, “dars”, “sinf, tabaqa”, “turkum,
sinf”, “malaka”, “nav, tur”,daraja”, “daraja” kabi ma’nolariga ega. Bu so’zlarning
ichida bittasi ekvivalent qolganlari qo’shimcha ma’no bo’ladi. Tarjimon
kontekstdan kelib chiqqan holda bu misolda “sinf, tabaqa”so’zini ekvivalent qilib
oladi, qolganlari qo’shimcha ma’no bo’lib qoladi.Metonimiya tarjimasidagi shakl
to’liq saqlanib qolgan, ya’ni tarjimon “class” so’zini o’zbek tilida ham bitta so’z
“sinf” so’zi bilan ifodalagan.Mazmun esa qisman saqlanib qolgan.
5. ”If you have no papers I can give you papers”
“What papers?”
“Leave papers”.
“I have no papers” (8; 170)
-Agar qog’ozlaringiz bo’lmasa, qog’oz to’g’irlab beraman.
-Qanday qog’oz?
-Ruhsat guvohnomasimi?
-Menga qog’ozlar kerak emas.Qog’ozlarim bor. (7; 249)
- 35 - 35
Bu gapda “papers” ya’ni “qog’oz”lar so’zi metonimiyadir.Ya’ni qog’oz so’zi
orqali hujjatlarni nazarda tutilmoqda.Bu yerda leksik ekvivalentlarni ikkinchi turi,
qisman o’xshashlik qo’llanilgan.”Paper” so’zi ko’p ma’noli bo’lib, o’zbek tiliga
“qog’oz”, “gazeta”,‘qog’ozlar, hujjatlar, qo’lyozmalar”, “ilmiy maqola,
dissertatsiya, doklad” deb tarjima qilinadi. Bu ko’p ma’noli so’zlar ichida
“qog’ozlar, hujjatlar” ekvivalent, qolganlari qo’shimcha ma’no bo’lib turibdi.
Tarjimon bu gapni kontekstdan kelib tarjima qilgan va kontekstga mos keladigan
so’zni tanlab olgan.Shakl jihatdan olib qaralsa, metonimiya tarjimasida shakl to’liq
saqlangan, mazmun esa qisman saqlanib qolgan.
6. Babe Ruth was a pitcher then playing for Boston. (8; 95)
Beyb Rut xozir Bostonda o’ynamoqda ekan. (7;145)
Bu gapda Boston metonimiya bo’lib, u Shimoliy Amrikada joylashgan shahar.Bu
gapni tahlil qiladigan bo’lsak, bunda tarjima Boston shaharini emas, balki
Bostondagi komanda nazarda tutilmoqda.Ya’ni Beyb Rut Bostonda emas, balki
Bostondagi biror komanda o’ynamoqda. Bu yerda leksik ekvivalentlarning to’liq
qismi qo’llanilgan.Asliyatdagi Boston so’zini tarjima qilganda, o’zbek tilida bitta
so’zga to’g’ri kelgan, ya’ni Boston deb tarjima qilingan va ikkala tilda ham so’z
ma’nolari to’liq ekvivalentga ega bo’lgan.Chunki Boston joy nomi bo’lib, uni
tarjima qilganda ham huddi o’ziday tarjima qilinadi.Bu misoldagi metonimiya
tarjimasidagi shakl va mazmun to’liq saqlanib qolgan.
2.3. Tarjima nuqsonlari va kamchiliklari
Tarjimachilik nazariyasining vujudga kelishi va uning universal qoidalarining
ishlanish ijodiy tarjima amaliyotiga keskin va xayrli ta’sir qildi. XX asrning
o’rtalaridagiga nisbatan olganda ham, tarjimalarning sifati va saviyasi sezilarli
darajada ko’tarildi. Tarjimada savodsizlik, taglama tarjimalardan foydalangan
holda tarjima qilish, vositali tillar orqali tarjima qilish ancha kamaydi. Asliyat va
tarjima tilining butun qirralari va nozikliklari, bir-birlariga qay darajada mos va
muvofiq ekanliklari, ziddiyatlari, murakkab tomonlarini qiyosan mukammal bilish
- 36 - 36
xozirgi zamonda tarjimaning eng birinchi shartlaridan ekanligi hamma yerda tan
olinadi.
Adabiy-badiiy asarlar tarjimasi uchun bu ham kamlik qiladi. Asliyat va
tarjima tillarining poetik ifoda xazinalarini bilish, so’zlar va gap qurilishlarining
semantik, sintaktik, stilistik olamlarida, tilshunoslik dunyosida o’z ishini aniq
biluvchi va tasavvur qiluvchi ko’zi ochiq usta g’avvos kabi harakat qilish- badiiy
so’z, ilmiy tafakkur sohalarida nozik hissiyotlarni san’atkorona singari ijod qilish –
tarjimonlik kasbining bosh xususiyati, uning ma’sulyatini qanday bilishi,
madaniyatining asosi, tamal toshi deb qaraladigan bo’ldi.Tarjima matnining asliyat
matniga va uning janr hamda poetik xususiyatlariga mosligi, adekvatligi, barcha
xususiy va umumiy universal talablarning o’zaro uyg’unligi, ekvivalentlik va
interpretatsiya tamoyillari, so’zlarning bir tildan boshqa tillarga o’tganda
metamorfozasi, rang-barang pragmatik kuzatishlar va xulosalarning barchasi o’z
ilmiy andozalarini topdi.Tarjima ikki til yoki tillar o’rtasidagi voqealikning
hodisasi. Tarjima nazariyasida lingvistikaning o’rni beqiyos. Keyingi o’n yillarda
nazariyada lingvistik muammolar ko’p va qayta-qayta ishlanmoqda.Ulardan
ma’lum bo’ladiki, tarjimada lingvistikasiz ishonch bilan qadam tashlash qiyin. Shu
bilan birga lingvistik muammolar qatorida tarjimaning poetik, estetik, psixologik,
falsafiy, ijtimoiy muammolarini chuqur va izchil o’rganish, tarjima tanqidiga
hozigiga qaraganda kuchliroq e’tibor qaratish bu jozibador sohaning muhim
vazifalar sirasiga kiradi. Tarjimashunoslik o’zinig mana shunday qirralari bilan
hamisha jozibador va samarali bo’la oladi.
Tarjimon mehnatini hech qachon ikkinchi darajali deb tushunmaslik kerak.
Uning mehnati yozuvchi mehnati bilan barobar. Ulug’ Gumboltning “til-faoliyat”
degan mashhur aforizimi hammadan ko’ra ko’proq tarjimonlarga tegishlidir.
Tarjimon tilni harakatga keltiradi. Uning mehnati tilni faoliyat manbayiga,
faoliyatni esa til manbayiga aylantiradi. Zotan tarjimon mehnati bois tillarning
xazinalari yangi so’zlar, terminlar, ifodalar, gapning g’aroyib, ilgari ko’rilmagan,
sinalmagan sintaktik qurilishlari bilan boyiydi.Tarjimonning ijodiy mehnati bois til
yangilanadi. (14;12- 13)
- 37 - 37
Albatta tilning rivojlanishida tarjima va tarjimachilikning o’rni beqiyosdir.
Tarjima sohasida yutuqlar bo’lgani sari, kamchiliklar va nuqsonlar ham kam
emas.Asliyatdagi asarni biror tilga tarjima qilish jarayonida turli xil muammolarga
duch kelinadi. Har bir tarjimon nafaqat tarima qilayotgan mamlakatni tilini yaxshi
bilishi kerak, shuningdek o’sha mamlakatni urf-odatini, madanityatini, milliy
mentalitetini yaxshi bilishi lozim. Agarda tarjimon tilni yaxshi bilisayu, lekin o’sha
davlatni madaniyatini, urf-odatini yaxshi bilmasa tarjima qilish jarayonida
xatoliklarga duch keladi va asarni tushunib, anglab yetmagan holda tarjima qiladi.
Natijada asarning mano-mazmuni o’zgarib ketadi. Nafaqat tarjimon asarni tarjima
qilish jarayonida o’sh mamalakatni urf-odati, madaniyatini bilib qolmasdan, asar
yozilgan vaqtdagi mamlakatni hayoti, jamiyatdagi o’zgarishlardan habardor
bo’lmog’i lozim va shuningdek asardagi qahramonlarning ruhiyati ham muhim rol
o’ynaydi. Suning uchun tarjimon har tomonlama yetuk va bilimli bo’lmog’i lozim.
II bobning uchinchi faslida E.Hemingueyning “Alvido Qurol” asarining
tarjimasidagi kamchiliklar va nuqsonlar haqida fikr yuritamiz. Asarning ikkala
nusxasini, ya’ni asl va tarjima qilingan nusxalarini o’qib chiqib, metonimiya
tarjimasiga doir kamchiliklarni topdik va ularni tahlil qildik.
1. Har holda bu yerda ikki qo’lini burniga tiqib o’tirishdan boshqa chorasi yo’q
dedi kapitan. (7; 24)
“He can’t do anything about it anyway”. (8; 16)
Bu yerda muallif “ikki qo’lini burniga tiqmoq” deganda hech nima qilmay, hech
ish qilmay o’tirishni nazarda tutgan. Ikki qo’lini burniga tiqmoq iborasi orqali
muallif metonimiyaning uchinchi turi ya’ni bo’lakning butung yoki butunning
bo’lakka munosabati (sinekdoxa)ni ko’rsatgan. Qo’l inson tana a’zosining bir
qismi, demak bu yerda butunning bo’lakka munosabati aks etgan. Asarning
inglizcha variantini ko’radigan bo’lsak bu gap metonimiya hodisasi
qo’llanilmagan, lekin tarjimon bu gapni o’zek tiliga metonimiya qilib tarjima
qilgan. Bu gapni ingliz tilidagi tarjimasini ko’radigan bo’lsak, u shunday deb
tarjima qilnadi: “Uni bu yerda qiladigan boshqa ishi yo’q” deb tarjima qilsa
bo’ladi. “Tarjimon asarni emotsional xususiyatini oshirish maqsadida oddiy gapni,
- 38 - 38
o’zbek tiliga tarjima qilganda ibora qatnashtirib metonimiya hodisasini yuzaga
keltirgan. Tarjimon bu yerda erkin tarjimadan foydalanib, asarni o’zining
ruhiyatidan kelib chiqib tarjima qilgan.Bu esa tarjimonning kamchiligi hisoblanadi.
2. Men uni qattiq o’pib, azot bag’rimga tortim. (7; 32)
I kissed her hard and held her tight and tried to open her lips. (8; 23)
Bu misolda aytadiki men uni qattiq o’pib bag’rimga tortim deydi. Bag’ir insonning
ichki a’zolarining bir qismi bo’lib, butunning bo’lakka bo’lgan munosabatini
ko’rsatadi. Odam bag’riga tortolmaydi, chunki bag’r insonning ichki a’zosi,
yozuvchi bu yerda quchoqladi degan ma’noni bag’r so’zi orqali bergan. Bu
misolda sinekdoxa qo’llanilgan. Ba’zida tarjimonlar asarni tarjima qila yotganda
uni ekspressivligini oshirish maqsadida stiliktik vositalardan foydalanadilar, garchi
asliyatda yozuvchi o’sha gapni yoki so’zni stilistik bo’yoq bermagan bo’lsa ham.
3. Rulga o’tiring-dedim men. (7; 41)
“You drive “, I said. (8; 25)
Bu yerda rul so’zi orqali mashina nazarda tutilmoqda, negaki rulga o’tirib
bo’lmaydi, gapda qism orqali butun narsa anglanmoqda. Bu gapda sinekdoxa
qo’llanilgan. Shu misolni inglizcha varianti ko’radigan bo’lsak, bu yerda “you
drive” deb berilgan bo’lib, drive so’zi o’zbekchaga tarjima qilinganda mashinani
haydamoq, boshqarmoq, mashinaga o’tqazmoq deb tarjima qilinadi. Bu gapni
mashinani haydang deb tarjima qilinadi. Asarni inglizcha variantida sinekdoxa
qo’llanilmagan, lekin o’zbek tiliga tarjima qilinganda, tarjimon badiiy vositadan
foydalangan. Bunda tarjimon erkin tarjimadan foydalangan.
Asarni o’qib tahlil qilish jarayonida metonimiya hodisasidan tashqari
tarjimada qilingan bir nechta xatoliklarni ko’rsatib o’tishga qaror qildik. Masalan
bu misolni ko’rsak:
1.The snow blew in our faces so we could hardly see. (8; 213)
Qor odamning basharasiga urar, ko’z ochirgani qo’ymasdi. (7; 308)
Endi shu ikkala misolni ham ko’rib chiqsak. ”Face” so’zini o’zbek tiliga tarjima
qilsak “yuz”, “aft”, “bashara”, “chehra”, “oraz” deb tarjima qilinadi. Bu
so’zlarning hammasi bir aniq narsani anglatgan bilan turli xil ma’nolarga ega. Yuz
- 39 - 39
so’zi inson tana a’zosining bir qismi hisoblanadi. Barcha joylarda biz yuz, aft,
bashara, oraz, chehra so’zlarini qo’llay olmaymiz. Ularning har qaysisini o’z o’rni,
joyi bor. Yuz, chehra, oraz so’zlari ijobiy ma’noni anglatsa, aft, bashara esa salbiy
ma’noni anglatadi.Tarjimon esa tarjima qilish jarayonida kontekstga qarab mana
shu so’zlardan birisini, ya’ni eng loyig’ini tanlab olishi lozim.U tanlab olgan so’z
asarning asliyatdagi ma’nosi bilan bir xil bo’lishi kerak. Asardagi misolga
qaraydigan bo’lsak tarjimon u yerda “face” so’zini salbiy ma’noda tarjima qilgan.
O’sha gapda “bashara” so’zi o’rniga “yuz” so’zini qo’llaganda maqsadga muvofiq
bo’lardi va kitobxonda asardagi qahramonlarga nisbatan yomon ko’rish hissi
uyg’onmasdi. Agarda asardagi qahramon yomon odam bo’lganda “bashara” so’zini
bemalol ishlatsa bo’lar edi. Bunda tarjimon o’sha odamning yomon inson ekanligi
salbiy so’zlarni qo’llash orqali ham kitobxonga tushuntirsa bo’ladi. Lekin bu yerda
tarjimon “face” so’zining tarjimasini to’g’ri tanlay olmagan, natijada asarning
mazmuniga salbiy ta’sir ko’rsatgan.
2.I knew the barman and sat on a high stool and ate salted almonds and potato
chips. (8; 174)
Barmen eski tanishim edi, baland kursida o’tirib sho’r danak bilan quvroq
qovrilgan kartoshka yedim. (7; 255)
Bu yerda “salted almond” so’zi o’zbek tiliga “sho’r bodom” deb tarjima qilinadi,
lekin tarjimon uni “sho’r danak” deb tarjima qilgan. “Sho’r bodom” Italiya
uslibida tayyorlanadigan taom. “Sho’r danak” esa Samarqand va Buxoroda
tayyorlanadigan mashhur taom. Bu yerda tarjimon xatolikka yo’l qo’ygan, ya’ni
“sho’r bodom” bilan “sho’r danak’ni alamashtirgan.Tarjimon o’sha xalqni urf-
odati, madaniyati, shuningdek milliy taomlari bilan ham tanish bo’lishi kerak.
Agarda tarjimon o’sha mamlakatni madaniyati, milliy taomlari, urf-odatlari haqida
yetarlicha bilimga ega bo’lmasa xatolikklarga yo’l qo’yadi.
3.-Siz tezda o’rganib olasiz. O’g’lim hayitga kelmoqchi, u sizga o’rgatib
qo’yadi. (7; 309)
“You will learn easily. My boy will be here for Christmas and e will teach you”
(8; 213)
- 40 - 40
Bu misoldagi “Christmas” so’zini tarjimon “hayit” so’zi bilan almashtirgan.
Christmas Xristianlarning milliy diniy bayrami bo’lib 25-dekabrdan boshlanib to
yangi yilgacha davom etadi. 25-dekabr Xristianlarning payg’ambari Iso
payg’ambarning tug’ilgan kunidir. Bu bayram oilaviy bayram bo’lib, har bir uyda
Kristmas archasi bezatiladi. Kristmas bilan bog’liq bo’lgan ko’p an’anaviy
qo’shiqlar, shirinliklar bo’ladi o’sha kunda. “Hayit” esa musulmon xalqlarining
milliy dinniy bayramidir. Bu kunda odamlar ota-bobolarning, yaqin
qarindoshlarining qabrlariga ziyorat qilish uchun boradilar. Odamlar bir-
birlarinikiga mehmonga borishadi. Bu kunda odamlar bir-birlari bilan
urishmaydilar, urushganlar esa yarashadilar. Bu ikkala bayramning o’zini urf-
odatlari bor bo’lib, ular bir-birlariga umuman o’xshamaydi. Tarjimon esa bu iki
bayramni xuddi bir bayramdek qilib tarjima qilgan. Bular tarjimada qilingan
xatolar va kamchiliklarga kiradi.
- 41 - 41
XULOSA
1. E.Xemingueyning “Alvido qurol” asarini ingliz tilidan o’zbek tiliga
o’girgan tarjimon ko’chimning eng murakkab turlaridan bo’lgan metonimiyaning
tarjimada asliyatini saqlashga katta e’tibor qaratgan. Asliyat tiliga mos muqobil
variant topishi, uning ma’no va mazmun xususiyatlarini yoki shakli saqlangan
yoki o’zgartirgan holda berishi, transliteratsiya, izoh berish va badiiy tarjimadan
ko’ra ko’proq ilmiy tarjima usullaridan foydalanganligi kuzatiladi. Bu - yangi
tarjima usullarini vujudga keltirib chiqaradi.
2. Tarjima jarayonida matn mazmuniga ziyon yetkazmaslik, badiiy o’ziga
xoslikni va asar badiiy koloritini saqlashga urinishlar va bu boradagi ijodiy
yondashuvlar kuzatilsa-da, tarjimon anchagina nuqsonlarga yo’l qo’ygan,
aksariyat hollarda ba’zi badiiy tasvir vositalari, milliy so’z va iboralarning leksik
va kontekstual ma’nolarini hamda shakliy ixchamlikni, musiqiy ohangdorlikni
saqlay olmagan. Bunga sabab esa uning ko’proq ilmiy hamda erkin tarjima
printsipiga amal qilganligidan dalolatdir.
3. Noqardosh tildan tarjima qilayotgan tarjimon har bir mayda detalga,
mushtaraklikka va o’ziga xoslikka ehtibor bermasa, asar milliyligiga putur
yetkazib qo’yishi, badiiy asar muallifining individual uslubini va ruhini kitobxonga
to’g’ri yetkaza olmasligi mumkin. Ingliz xalqining urf-odatlari, turmush tarzi,
ruhiyati, madaniyati, mentaliteti va tilini yaxshi o’rgangan tarjimon metonimiya
orqali asliyat mazmunini tarjimada to’la bera oldi.
4. E.Xemingueyning “Alvido qurol” asarini ingliz tilidan o’zbek tiliga
tarjimasi o’zbek kitobxoniga ingliz xalqining ma’lum bir davrdagi (urush
davridagi) rasm-rusmlari, yashash tarzi, madaniyati, mentaliteti, milliy xarakteri
borasida tasavvur hosil qilishga yordamchi manba bo’lib xizmat qiladi.
5. Milliy realiyalar transliteratsiya yoki ekvivalent qo’llash orqali o’girilganki,
bu narsa tarjima tili asliyatni singdira olmasligi, kitobxon uchun
tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi bilan belgilanadi. Tarjimon qo’llagan bu
usul eng to’g’ri bo’lib, o’zbek o’quvchisi ko’z o’ngida voqeaning qaerda, qaysi
- 42 - 42
millat doirasida kechganligini realiyalar tarjimasi orqali gavdalantiradi va oson
tushunilishini ta’minlaydi. Bu o’z o’rnida tarjima realiyalarning o’zbek tiliga
o’zlashib, ularning lug’at tarkibidan joy olishiga zamin yaratdi.
6. E.Xemingueyning “Alvido qurol” asarining o’zbek tiliga qilingan
tarjimasidagi ayrim metonimik chekinishlar ingliz tili qonuniyatlari asosida
asliyatning ma’no va mazmuninigina emas, balki uning badiiy uslubini, timsollar
silsilasini va ta’sirchan ruhini saqlash imkonini berdi. Qolaversa, mazkur asar
o’zbek kitobxonlariga o’ziga xos badiiy-ilmiy asar sifatida taqdim etildi.
- 43 - 43
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. -Toshkent: ma’naviyat,
2008, 87-b
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – T: “Manaviyat”, 2009.
83-b
3. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida // Til elni
birlashtirishi lozim. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2011. 67-b
4. Azizov A. “Tilshunoslikka kirish”. Toshkent. 1963 y.
5. Boboxonova L, “Ingliz tili stilistikasi” Toshkent. 1995
6. Gachicheladze G, Проблемы реалического переводаб автореф докт. дисс.
Тбилиси. 1961ю стр 26-27. .
7.Heminguey E “Alvido Qurol” T., Adabiyot va san’at nashriyoti, 1973.
8. Hemingway E. “A Farewell to Arms”. L. 1971.
9. Hudayberganov E “Adabiyotshunoslikka kirish”T.,”O’AJNBT”, Markazi 2003
10. Jo’rayev T, Salomov G’ “Tarjima san’ati: Maqollar to’plami”.T.1985
11.Karimov S. “Badiiy uslub va tilning ifoda tasvir vositalari”. 7-41 b
12.Mirzayev M, Usmonov S, Rasulov I. T.: O’qituvchi, 1970 yil, 26-bet.
13.Mirtojiyev M. “O’zbek tilida polisimiya”. T: Fan 51-75 betlar.
14.Musayev Q. “Tarjima nazariyasi asoslari” Toshkent-2005 14-16-b
15.Nurmanov A., “O’zbek tilshunosligi tarixi”. Toshkent., 2002, 213-215-b
16.Qo’ng’irov R. va boshqalar. “Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari”. 102-b.
17. Qo’ng’irov R. “O’zbek tilining ta’sviriy vositalari”. Toshkent. “Fan”. 1977 yil
13- b
18. Salomov G’ “Tarjima nazariyasiga kirish”T., 1978
19. Sattorova Z. “Tarjima va xalqaro adabiy jarayon”. “Tarjima san’ati”, 6-kitob.
20.Toshkent.1985
21.Suvonova R, O’zbek tilida metonimiya. Toshkent, 2003 y.
22.Tursunov U, Muxtorov J, Raxmatullayev Sh. “ Hozirgi o’zbek adabiy tili “.
23.Toshkent. 1965 121- b
24.G’ofurov I, Mo’minov O, Qambarov N “Tarjima nazariyasi” Toshkent-2012
- 44 - 44
25.Ефимов А, “Стилистика руского язика”. MTU. 1962 y. 2- bet.
26.Shukurov N, Hotamov N, Xolmatov SH, Mahmudov M
Adabiyotshunoslikka kirish” T., 1979
27. Shukurov N va boshqalar, Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent,
O’qituvchi, 1984 y, 134-b
28. Shomaqsudov A va boshqalar. “O’zbek tili stilistikasi”. 236-246 b
29. Виноградов В.В “Основке тип лексическиx значный слова”. Moskva,
1953. №3.46-b
30. Убрятова Е И Удвоение основк в якуцком языке –Вопроск грамматики
(Сборник статей к 75- летию академика И Меанинова). M. – L., 1960, 221-b
FOYDALANILGAN SAYTLAR
1. www.ziyonet.uz
2. www.google.com
3. www.referatz.com
4. www.wikipedia.com