BESH BOLALI YIGITCHA...hikoyalari kishini o ylashga, fikrlashga undaydi. Mana uning dadasi. Bir o zi...

11

Transcript of BESH BOLALI YIGITCHA...hikoyalari kishini o ylashga, fikrlashga undaydi. Mana uning dadasi. Bir o zi...

XUDOYBERDI TO‘XTABOYEV

BESH BOLALIYIGITCHA

SARGUZASHT ROMAN

Toshkent«Yangi asr avlodi»

2012

Kitobxon.Com

ISBN 978-9943-08-835-1© Xudoyberdi To‘xtaboyev, «Besh bolali yigitcha». (Sarguzasht

roman). «Yangi asr avlodi», 2012-yil.

UDK: 821.512.133-3BBK: 84 (5O‘zb)7T - 98To‘xtaboyev X. Besh bolali yigitcha / Sarguzasht roman. –T.:

«Yangi asr avlodi», 2012. – 288 b.

ISBN 978-9943-08-835-1

Bolalik – beboshlik, deymiz. Ammo bu davr zahmatlarga,mashaqqatlarga limmo-lim bo‘lsa-chi? Beboshlikka, sho‘xliklarga o‘rinqolarmikan? Bunday bolaning qalbi, dunyosi kattalar hayotiga yaqinbo‘ladi. O‘zi bilib-bilmay taffakuri o‘sib, irodasi metin insonga aylanadi.

Sevimli adibimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning qayta-qaytao‘qiladigan ishbu asarini siz, aziz kitobxonlarga hadya etayotganimizdanmamnunmiz.

UDK: 821.512.133-3BBK: 84 (5O‘zb)7

Kitobxon.Com

ACHCHIQ HAQIQAT

Ushbu kitob qo‘lyozmasini o‘qir ekanman, yuragimbir-ikki martagina siqilgani yo‘q. Nihoyat — ajoyib,dedim oxirgi sahifani yopar ekanman, ko‘nglim yorishib.Achchiq qismat haqida hikoya qilib, iliq harorat hadyaetish – har kimga ham berilmaydigan iste’doddir.Xudoyberdi To‘xtaboyev buni uddalay olgan.

Men bunday qobiliyat egasini iste’dod targ‘ibotchisi,degan bo‘lardim. O‘zidagi ezgulikni o‘zgalargatarqatmoqchi bo‘lgan odamni g‘allakorga mengzashmumkin emasmi?

“Besh bolali yigitcha” – ajoyib asar. Urush davridagibolalik haqida kam yozilmagan. Men buning salbiyjihatini ko‘rmayman. Yer yuzida o‘zining bolaligini yodgaolmagan yozuvchilar deyarli yo‘q. Endi esa bu bilanzamon mashg‘ul – adabiyotga shunday odamlar kiribkelishdiki, ularning bolaligi, o‘smirligi urushga to‘g‘rikelgan, aniqrog‘i, urushning og‘ir ko‘lankasi ularningbolaligi, o‘smirligi, yoshligiga soya solgan. Buni qalamdaaks etgan urush davridagi bolalik xotiralari bilanizohlash mumkin.

Yana bir gap. Urush katta-kichik, hatto eng kichikyoshdagi go‘daklar uchun ham iztiroblar, kurashlar davriediki – to‘rt yilda yigirma million inson yo‘qotilganinieslang – hozir, oradan shuncha yillar o‘tgan bo‘lsa-da,dard, og‘riq bilan yodga olinadi. Dushmanga qarshi urusholib borilar va bu haqda go‘zal she’rlar va romanlarbitilgandi. Front ortidagi mehnat haqida ham kamyozilmagan. Iztiroblari, intilishlari, g‘am-kulfatlari bilanyosh bolalar ham urush zahmatini his qilgan, beixtiyorravishda unga jalb etilgan edi. Bu go‘daklar ertaga katta

3

Kitobxon.Com

4

odamlarga aylanadigan buyuk ishtirokchilar edilar. Bukelajak ishtiroki edi.

Kimki Aleksandr Neverovning “Toshkent – nonshahri” qissasini o‘qigan bo‘lsa, Xudoyberdi To‘xtaboyevkitobidagi talay jihatlar tanish ko‘rinadi. Bu his-tuyg‘ular, fikrlarning ajoyib uyg‘unligidir.

Kitobdagi kichik qahramonlarning yetimligi,muhtojligi, darbadarligi fuqarolar urushi davridagi yoshtengqurlarining azob-uqubatlarini esga soladi. Esgasoladi, xolos. Va bunday yodga solish Neverov vaTo‘xtaboyev kitoblarining ajoyib tarzdagi tafovutininamoyon etadi. Mazkur asarlardagi zamon, davrulardagi o‘ziga xoslikni, jamiyat ruhiyatini ochib beradi.

Bosh qahramon Orif – nafaqat besh nafar go‘dakningakasi, u qarovchisiz bolalarning, o‘z oilasining kichikyo‘lboshchisi ham. Oila shamchirog‘i o‘chib qolmasligiuchun Orifning zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan.

Ota-onasidan judo bo‘lgan bolalar o‘z dunyosidayashalarsa-da, urush, vayronagarchiliklarni to‘la hisetadilar.

Front uchun zambarak sotib olish maqsadida bor-budini sotgan qariya-chi? Adolat uchun o‘zini o‘tga,cho‘qqa urishga shay turgan bolalar uyining omadsizdirektori rus ayoli Mariya Pavlovna-chi?

Oriflar oilasi yaxshi odamlar orasida yashaydi, biroqhayot kabi haqiqat qissasi ham shafqatsiz va yaxshiodamlar hamma vaqt ham boshiga musibat tushganbolalarga yordam qo‘llarini cho‘za olmaydilar. Ammoular go‘daklar yonida bo‘lmasalar-da, mehribonlikko‘rsata oladilar. Bu esa yaxshi qahramonlarning emas,balki yovuzlikka qarshi kurashib, dunyoni munavvaretuvchi yaxshilik, ezgulikning kuchidir! Adib mazkurhaqiqatni tasdiqlar ekan, bolalarning ToshkentdanQo‘qonga — qadrdon qishloqlariga kelishdagimashaqqatli yo‘lida ezgulik yordam qilgani, yovuzlik esaxalaqit berganini yorqin aks ettiradi.

5

Xudoyberdi To‘xtaboyev – ajoyib iste’dod egasi. Urushyillaridagi o‘smirlar hayotini yorituvchi kitobi hamachchiq qismatdan hikoya qiluvchi ajoyib asardir.

Axir, yaxshilikning faqat shirin ta’mi borligi haqidakim aytdi?

Hayotda yaxshilik, xotirjamlik, ravon yo‘l emas,aksincha, sinovlar insonni inson darajasiga ko‘taradi.Bu sinovlar achchiq bo‘lmasa qani edi! Modomiki, davrshuni taqozo etgan ekan, nachora!

Besh bolali Orif achchiq sinovlarni boshidan kechirdi.U g‘olib bo‘ldi.

Aytish mumkinki, u zafar quchgan Orifdir!

Albert LIXANOV

6

«TANISHING, DO‘STINGIZ ORIFJON!»

Og‘ir urush yillari... Shu urushning kasofati tufaylibutun-butun qishloqlar huvillab qolgan. Yosh-u qari –barcha urushning tashvishi bilan yashaydi, ular orasidabir oz quv, bir oz sho‘x-shaddod, bir oz latifago‘y, ammojuda ham pok Orifjon ismli bola ham bor. Urushningkulfatlari uning ham yelkasiga tushgan. Bu haqda uningo‘zi yarim hazil, yarim chin qilib shunday deydi: «Belimsal bukikroq, buni o‘zim ham tan olaman, ukalarimniko‘taraverib, shunaqanggi bo‘lib qolganman, bo‘yim hamtengqurlarimga qaraganda sal pastroq, buni ham inkorqilmayman. Men yuqoriga qarab o‘saman deganimdaukalarim yelkamga minib olib, pastga qarabbosishavergan. Shuning uchun pakanaroq bo‘lib qolgan-man. Besh bolali deyishlariga ham, rostini aytsam unchajahlim chiqmaydi. Nega desangiz, chindan ham roppa-rosa beshta ukam bor. Beshoviniyam o‘zim kattaqilganman, oyijonim traktorchi, urush boshlanganidanbuyon kechasi-yu, kunduzi dalada».

Orifjon tabiatan sho‘x bola. Og‘ir paytlarda o‘ziga-o‘zilatifa aytib, ovunib o‘tiradi. Kuni bo‘yi makka uqalaydi,sigirining tagini tozalaydi, pol artadi, o‘tin yoradi, kiryuvadi. Ba’zan o‘zi singari tengqurlarining o‘yinlarigaaralashib ketishni xayol qiladi. Ammo o‘yinga berilibketib, uydagi ishlarning qolib ketishidan qo‘rqadi.

Shu tariqa iste’dodli yozuvchi, O‘zbekiston xalqyozuvchisi Xudoyberdi Tuxtaboyevning «Besh bolaliyigitcha» romanining qahramoni Orifjonning qiziqarli,ammo og‘ir hayot yo‘li boshlanadi. Uning xarakteridagiba’zi bir jihatlar adibning «Sariq devni minib»romanidagi yoqimtoy Hoshimjonni esga tushiradi.Ularning sho‘xligi ham, quvligi ham, xayolparastligiham, adolatga intilishlari ham go‘yo bir qarashda bir-birlariga aynan o‘xshashdek bo‘lib tuyuladi. Ammo«Besh bolali yigitcha» romanini sinchiklab uqigan

7

kitobxon bu xildagi o‘xshashlikning juda ham yuzakiekanligiga ishonch hosil qiladi. Bu farq avvalo hayotiymaterialning o‘zgachaligida, qahramon-larning turlisharoitlarda harakat qilishlarida, ularning bir-birlarigamutlaqo o‘xshamaydigan yorqin taqdirlarining haqqoniyyaratilganligida.

«Besh bolali yigitcha» romanidagi voqealarOrifjonning hikoyasi orqali beriladi. Uning hikoyasibilan tanishar ekansiz, gohida beixtiyor jilmayasiz, qah-qah otib kulasiz, gohida urush yillaridagi kecha-yukunduz tinimsiz mehnat qilgan vatanparvarodamlarning buyuk ishlariga tasanno aytasiz, gohidako‘pchilikdan ajralib qolgan «ortiqcha» kishilarningqiliqlaridan jirkanasiz. Hech kimga sir emaski,bolalarning hayot va odamlar haqidagi tasavvurlari judaham toza va musaffo bo‘ladi. Ular borliqni tabiiy holdaqabul qiladi. Shu sababli Orifjonning odamlar haqidagihikoyalari kishini o‘ylashga, fikrlashga undaydi.

Mana uning dadasi. Bir o‘zi «bitta traktorning ishinibemalol» bajaradigan bu odam armiyaga chaqiruv qog‘ozikelganida kolxozdagi ishining qolib ketayotganligidanko‘ngli o‘ksiydi. Tuni bilan urushdan qaytib kelgunigaqadar yetib ortadigan o‘tin tayyorlab chiqadi. Oyisiningxatti-harakatlari va qiliqlariga bir e’tibor bering. Butunumri mehnat bilan o‘tgan bu ayolning oyog‘ida doimo«kerza etik, erkaklarning paxtali shimi, egnida serpaxtafufayka, boshida quloqchin, yuzlari kir, qo‘llari moy»bo‘lib yuradi. U eriga chaqiruv qog‘ozi kelganida unihijjalay-hijjalay o‘qib chiqadi-da, huzur qilib nonchaynayotgan o‘g‘li Omonning kir boshiga yuzini bosib,o‘y surib ketadi. Uyqusizlikdan traktorning tagida qolibketgan bu ayolning obrazi uzoq vaqt kitobxonningxotirasida saqlanib qoladi.

Adib hayotiy bo‘yoqlar va ranglardan juda ham o‘rinlifoydalanadi. Shu sababli romanda yaratilgan ayrimobrazlar va kartinalar yozuvchining mahorati tobora

8

takomillashib borayotganligini ko‘rsatib turibdi. Menbu o‘rinda urushda bir oyog‘ini yo‘qotib kelgan, generalbilan qo‘l berib so‘rashganligini pesh qilib gapiribyuradigan To‘ron amakini ham, darsda afandilatifalarini aytib beradigan Roziq amakini ham, ona-bolaraisni ham, har gapining birida «mozori sharif» debturmasa, ko‘ngli joyiga tushmaydigan Meli baqqolni ham,mo‘ylovining uchlari buralib-buralib borib qulog‘iningorqasiga o‘tib ketgan temir yo‘l qorovulini ham, pakanabuvani ham ko‘zda tutayotirman. Har biri o‘zining xulqi,odati, qiliqlari, taqdiri bilan kitobxonning ko‘z o‘ngidaravshan gavdalanadi. Shuningdek, urush yillaridagio‘qish kartinasi ham, bolalar uyidagi yetim bolalarningyashash tarzlari ham juda tiniq «chiziladi». Yoshkitobxon kichkintoylarning urush davridagi hayoti bilantanishar ekan, bugungi kundagi farovon hayotningqadriga shu qadar yetgisi keladi.

Romandagi Parpi buva va O‘ris xola obrazlari hamyozuvchi tomonidan alohida mehr-muhabbat bilanchiziladi. Ikkala obraz talqinida ham XudoyberdiTo‘xtaboyev ijodiga xos eng yaxshi fazilatlar aks etgan.Qolaversa, bu obrazlar Orifjonning tasavvuri orqaliberiladi. Orifjon bo‘lsa Parpi buva bilan O‘ris xolaninginson sifatidagi o‘ziga xos fazilatlari va nuqsonlarinijuda ham samimiy hikoya qiladi. Aytaylik Parpi buva –chin vatanparvar. U bir paytlar qo‘lida qurol bilan jangqilgan. Oradan yillar o‘tadi. Nemis-fashist bosqinchilariParpi buvaning nazarida «girmonning har bitta o‘qiaravaning gupchagidek keladi», «o‘sha girmon deganlarijuda zo‘r bo‘lsa, Ko‘rshermatcha bo‘lar-da», deydi u. Ugirmonni yengish uchun frontda jang qilayotgano‘g‘illariga zambarak sovg‘a qilmoqchi bo‘ladi. Shumaqsadda mayizi, o‘rigi, oq jo‘xorisi, sigiri, buzog‘inisotadi. To‘plangan bir xurjun pul ham yetmaydi. Hattoyomon ko‘rgan kishisi Meli baqqoldan qarz olib bo‘lsaham zambarak sotib olmoqchi bo‘ladi. O‘ris xola

9

Yurtning boshiga og‘ir kun tushganda yetimxonagatushgan bolalarning boshini silaydi.

«Besh bolali yigitcha» romaniniig asosida Orifjonukalari va do‘stlarining hayoti turadi. Orifjon bo‘lsahamisha to‘g‘ri yo‘ldan yuravermaydi. U ba’zan adolatniqaror toptirish uchun xatolarga ham yo‘l qo‘yadi. UkasiSultonni izlab ko‘pgina qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazadi.Kichik singlisi o‘lim to‘shagida yotganida unga u-bu olibkelish uchun chayqov bozorida tuflisini sotmoqchi bo‘ladi.Hatto birovlarning qovunini o‘g‘irlab bo‘lsa ham, ukasiningko‘nglini olmoqchi bo‘ladi. Bola baribir bola-da! U doimoadolat bo‘lishini istaydi va adolat qidiradi. Lekin turmushmurakkab. Turmushning murakkabligini osongina anglabolish ham qiyin. Shu jihatdan romandagi «Sarsonlik-Sargardonlik» bobi o‘zining hayotiyligi, tasvirning tiniqligibilan alohida ajralib turadi.

Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Besh bolali yigitcha»romani adibning ilgarigi asarlaridan ba’zi bir jihatlaribilan farq qiladi. Bu birinchi navbatda yozuvchi ijodidahayotiy voqealarning yana ham boyiganligi vakuchayganligida ko‘rinadi. Agar adibning avvalgiromanlarida sehrli qalpoqcha yordami bilan ezgulikniqaror toptirish yo‘lida harakat qiladigan beg‘uborHoshimjon bilan tanishgan bo‘lsak, bu asari orqali og‘irurush yillarida hayotning qiyinchiliklarini kattalarbilan bab-baravar tortgan, ammo yaxshi kishilarta’sirida tarbiya topgan, adolatparvar, ezgulikni qarortoptirish yo‘lida tinib-tinchimaydigan Orifjon va uningdo‘stlari obrazlari bilan do‘stlashib qolamiz. Mana shutariqa adib o‘z kitobxonlarini Ikkinchi jahon urushiyillari erta-yu kech tinimsiz mehnat qilib, g‘alabanitezlatishga munosib hissasini qo‘shgan xalqimizningbuyuk bardoshi va mislsiz matonati bilan tanishtiradi.

Pirmat SHERMUHAMEDOV,filologiya fanlari doktori

Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasihttps://kitobxon.com/oz/asar/1585 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версиясиhttps://kitobxon.com/uz/asar/1585 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версиюможно найти на сайте

https://kitobxon.com/ru/asar/1585